Научная статья на тему 'MONOPREDIKATIV GAPLARNING LISONIY PARADIGMATIKASI'

MONOPREDIKATIV GAPLARNING LISONIY PARADIGMATIKASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
488
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Lisoniy birlik / gap turlari / monopredikativ gaplar / paradigma / ega / kesim / predikat / gap strukturasi

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — M.Boshmonov

Maqolada o’zbek tilidagi monopredikativ gaplarning lisoniy jihati paradigmatik tahlilga tortiladi. Lisoniy jihatda umumiy, shakliy, ma`naviy maqomlardagi paradigmalar belgilanadi. Shuningdek, gap paradigmatikasi muammolarining yangicha yechimi ko’rsatiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MONOPREDIKATIV GAPLARNING LISONIY PARADIGMATIKASI»

MONOPREDIKATIV GAPLARNING LISONIY PARADIGMATIKASI

M.Boshmonov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Maqolada o'zbek tilidagi monopredikativ gaplarning lisoniy jihati paradigmatik tahlilga tortiladi. Lisoniy jihatda umumiy, shakliy, manaviy maqomlardagi paradigmalar belgilanadi. Shuningdek, gap paradigmatikasi muammolarining yangicha yechimi ko'rsatiladi.

Kalit so'zlar: Lisoniy birlik, gap turlari, monopredikativ gaplar, paradigma, ega, kesim, predikat, gap strukturasi.

LANGUAGE PARADIGMATICS OF MONOPREDICATIVE SENTENCES

M.Boshmonov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The article deals with the paradigmatic analysis of the linguistic aspect of monopredicative sentences in Uzbek. Linguistically, paradigms of general, formal, spiritual status are defined. There are also new solutions to the problem of speech paradigm.

Keywords: Linguistic unit, sentence types, monopredicative sentences, paradigm, possessive, cut, predicate, sentence structure.

Gap paradigmasi masalalari tilshunoslikda o'tgan asrning 60-yilllaridan boshlab muhokama qilina boshlandi(4). Bunda dastavval ikki qarama-qarshi yo'nalish ko'zga tashlanadi. Birinchi yo'nalish nuqtai nazariga ko'ra gap so'zning morfologik shakl o'zgarishlari kabi muayyan grammatik elementlar (qo'shimchalar) olib o'zgaradi. Bunday o'zgarishlar, mohiyatan, gapning paradigmatik shakl o'zgarishlari maqomida bo'ladi. Mazkur nuqtai nazar, ayniqsa, N.Y.Shvedova, E.A.Sedelnikov, P.Adames, E.Grabe, O.M.Moskalskayalarning ishlarida atroflicha ifoda etildi(7). Gap grammatik paradigmasi masalasidagi ikkinchi nuqtai nazar tarafdorlari gapning-gap struktur andozasining muayyan qo'shimchalar olib o'zgarishini paradigma sifatida talqin qilishni inkor etadilar. Ularning fikricha, gap paradigmasi, eng avvalo, andozalararo o'zgarishlarga tayanmog'i lozim. Bunda ko'rsatilishicha, paradigmatik munosabatlar konkret semantik yuzlanishlari e'tiborga olinmaydigan turli xildagi sintaktik andozalar o'rtasidagi munosabatlardir. Bunday nuqtai nazar bazi o'ziga xosliklari bilan E.I.Shutanova, T.P.Lometov, V.S.Yurchenko ishlarida kuzatiladi(8). (Izoh: bu yo'nalishlardan tashqari gapning transfotmatsion paradigmatikasi yo'nalishi ham

mavjud bo'lib, u grammatik paradigmatikadan o'ziga xos tamoyillari bilan farqlanadi. Bu o'rinda transformatsion paradigmatika masalalariga to'xtalinmaydi).

Gapning Grammatik paradigmatikasi masalasida namoyon bo'luvchi yuqoridagi tavsiflangan qarama-qarshi nuqtai nazarlarni ayrim tilshunoslar betaraflashtirish (neytrallashtirish) ga ham intiladilar. Ularning ishlarida gap ham so'z shakliga nisbatlanib voqe bo'ladigan paradigmaga ega bo'lishi ko'rsatiladi(2).

O'zbek tilshunosligida ham bu sohada o'ziga xos yo'nalishlar ko'zga tashlanadi. Ularning ayrimlarida gap paradigmasi N.Y.Shvedova va uning izdoshlari talqin etgani kabi so'zning morfologik o'zgarishlariga nisbatlangan holda yoritilsa(10), boshqalarida keng doirada talqin etiladi(1).

Bizning kuzatishlarimiz shuni ko'rsatadiki, gap paradigmasi muammosi mazkur masalaga til sistemasining yetakchi anatomiyasi - lisoniy va nutqiy jihatlar anatomiyasi nuqtai nazaridan yondoshilgandagina o'zining to'g'ri yechimiga yo'l topadi. Shunga ko'ra, eng avvalo, gap paradigmasinig lisoniy va nutqiy ko'rinishlari farqlanmog'i lozim. Biroq bu muammoni hal etmoq uchun, avvalo, gapning o'zidagi lisoniy va nutqiy jihatlarini farqlash va ularni ayrim-ayrim holda asoslash talab etiladi. Shundan keyingina gapning lisoniy paradigmasini va nutqiyparadigmasini belgilash, shuningdek, ularni ayrim-ayrim tarzda tavsiflash imkoniyatiga ega bo'linadi. Gap paradigmatikasi talqini masalasidagi yuqorida bayon etilgan keskin qarama-qarshiliklar ham gap konstruksiyasini sistema sifatida tasavvur rta bilmaslik, ulardagi lisoniy va nutqiy jihatlari aniq farqlay olmaslik oqibatida yuzaga kelgan.

Gapdagi lisoniy va nutqiy jihatlar, eng avvalo, unda voqe bo'luvchi lisoniy shakl va lisoniy ma'no; nutqiy shakl va nutqiy ma'no tushunchakarini aniqlash orqali oydinlashtiriladi. Mazkur tushunchalar esa, o'z navbatida, gapdagi markaziy kategoriya sanalmish pedikativlik kategoriyasi bilan chambarchas bog'liq. Zero, gapning lisoniy-nutqiy, shakily-ma'noviy jihatlari boshqa tomondan qaralganda - bu -pedikatsiyaning lisoniy-nutqiy, shakily-ma'noviy jihatlaridan iborat bo'ladi. Pedikatsiya bizning talqinimizda inson ongi, ruhining quvvat - axborot almashish maqsadida borliqni nutqiy vaziyat talabiga muvofiq grammatik vositalar - mayl, zamon, shaxs-son, tasdiq-inkor ko'rsatgichlari, shuningdek, tartib va intonatsiya bilan bog'liq yuzaga chiquvchi struktur andozalari yordamida faol aks ettirish usuli tarzi da aniqlanadi. Uning lisoniy grammatik, nutqiy grammatik va ularga ustama tarzida voqe bo'luvchi nutqiy kommunikativ sathlari belgilanadi. Lisoniy grammatik sathda pedikatsiyaning ifodalovchi (lisoniy shakl) muayyan ko'rinishlardagi so'z sinflari munosabatini ko'rsatuvchi substansional- pazitsion struktura (struruktur andoza), ifodalanuvchi (lisoniy ma'nosi) - sub'ekt - predikat ma'nolarini tashuvchi (keng ma'noda) semantik (sturuktur andoza); nutqiy grammatik sathda predikatsiyaning ifodalovcjisi (nutqiy shakl) - so'zlarning mayl, zamon va shaxs-son, tasdiq-inkorko'rsatgichlari, shuningdek, tartib va intonatsiya yordamida keluvchi shakily

kombinatsiyasi, ifodalovchi (nutqiy ma'nosi) - so'zlarining mayl, zamon va shaxs-son, tasdiq-inkor ma'nolari bilan birga keluvchi ma'noviy kombinatsiyasi; nutqiy kommunikativ sathda predikatsiyaning ifodalovchi (nutqiy shakl) -tartib, intonatsion prosodik kontur va boshqa shu kabi vositalar yordamida nutqiy vaziyat talabga muvofiq guruhlangan so'zlar kombinatsiyasi, ifodalovchisi (nutqiy ma'nosi) - so'z ma'nolari negizida nutqiy vaziyat talabga muvofiq tema-rematik usulda guruhlangan ma'noviy qisimlar kombinatsiyasidan iborat bo'ladi. Shulardan kelib chiqib monopedikativ gaplarning lisoniy jihati so'z sinflari munosabatini ko'rsatuvchi substansional-pazitsion struktura (struktur andoza) va unda voqe bo'luvchi, shuningdek keng ma'noda subyekt - predikat ma'nolarini tashuvchi semantic strukturadan iborat bo'ladi, nutqiy jihati esa so'zlarning mayl, zamon va shaxs-son, tasdiq-inkor ko'rsatgichlari, tartib, intonatsiya yordamida kechuvchi shakily kombinatsiya va ular ifoda etuvchi ma'nolar, shuningdek, bunga ustama tarzda nutqiy vaziyat talabiga muvofiq guruhlangan so'z shakllari hamda ular ifoda etilgan tema-rematik ma'nolardan iborat bo'ladi.

Berilgan omillarga muvofiq monopredikativ gaplarning lisoniy paradigmatikasi, mohiyati, ulardagi yo lisoniy shaklning, yo lisoniy ma'noning yoki yaxlit umumiy jihatining paradigmasidan, mohiyatan, ulardagi nutqiy-grammatik va nutqiy -kommunikativ sathlarda voqe bo'luvchi nutqiy shakllar yoki umumiy nutqiy jihatlar paradigmasidan tashkil topadi. Shunday qilib, monopredikativ gaplar lisoniy yoki nutqiy sathlarda yaxlit umumiy jihatdan ham, yoki ayrim ko'rinishlardagi shakily, yo ma'noviy jihatlardan ham paradigmatic munosabatlarga kirishaveradilar.

Monopredikativ gaplarda lisoniy va nutqiy paraligmalar farqlangach, endigi vazifa lisoniy paradigmani asoslashdan iborat bo'ladi (monopredikativ gaplarning nutqiy paradigmalari alohida axborot ob'ekti sifatida yoritilishni talab etadi). Lisoniy paradigm, ta'kidlagandek, umumiy paradigm, shakily paradigm, ma'noviy paradigmga ajratiladi. Mazkur paradigmalar tafakkurning umumlashtirish bosqichlariga ko'ra ham farqlanadilar. Umumiy paradigma tafakkur umumlashtirishining eng yuqori bosqichiga voqe bo'ladi. Shakliy yoki ma'noviy paradigmalar esa umumlashtirishning nisbatan keyingi bosqichlarida amalga oshadi. Dedikativ tafakkur, shuningdek sistema sifatida yondashuv mezonlariga ko'ra, eng avvalo, umumlashtirishning eng yuqori bosqichida voqe bo'luvchi umumiy paradigmani tavsiflash lozim bo'ladi. Shuningdek keyin, imkoniyatiga qarab, umumlashtirishning keying bosqichlarida amal qiluvchi shakliy va ma'noviy paradigmalarni tavsiflash o'rinli hisoblanadi.

Monopredikativ gap umumiy paradigmasida monopredikativ gaplarning j amiga asoslanuvchi ko'rinish, ya'ni monopredikativ gap tushunchasi umumlashtirishning yuqori bosqichida dastlabki invariant sifatida yuzaga chiqadi (Izoh: paradigmatik munosabatlarda shakliy va ma'noviy, shuningdek, variativ-invariant jihatlar

dialetikasi haqida atroflicha ma'lumot olish uchun qarang:[5]). Birinchi bosqichda invariant o'zining pirivativ (sintagmatik) zidlanishli gaplar, ekipolent (paradigmatik) zidlanishli gaplar, gradual (integrativ) zidlanishli gaplar kabi sistem variativ a'zolarga ega bo'ladi (privative yoki sintagmatik zidlanishli gaplar deyilganda predikativ munosabatning belgili (ikki a'zoli ) va belgisiz (bir a'zoli) ligiga ko'ra zidlanuvchi ikki tizimli (sostavil) - bir tizimli (sostavil); ekvipolent yoki paradigmatic zidlanishli gaplar deyilganda teng huquq va hajimda zidlanayotgan fe'lli - otli; gradual yoki intergativ zidlanishli gaplar deyilganda esa turli ierarxik bosqichlarda zidlanayotgan asos (yig'iq) - negiz (yoyiq) gaplar tushuniladi. Mazkur tip gaplarning grammatik tabiati alohida yaratilshi taqazo etadi).ikkinchi bosqichda mazkur variativ a'zolarning har bir o'ziga xos invariant sifatida yuzaga chiqadiva o'z variatiga zidlanishli gaplar -ikki tizimli, bir tizimli gaplar; ekvipolent zidlanishli gaplar fe'lli, otli gaplar, gradul zidlanishli gaplar - asos, negiz gaplar ko'rinishlarida variativ a'zolarga ega bo'ladi. Uchinchi bosqichda esa ko'rsatilgan variativ a'zolarning har biri o'z navbatida invariant sifatida yuzaga chiqadi va system variativ ko'rinishdagi a'zolarga ega bo'laveradi. Keyingi uchunchi bosqichdagi variativ a'zolar invariant gaplar: ikki tizimli, bir tizimli; fe'lli, otli; asos, negiz ko'rinishidagi gaplarning til sistemasidagi o'zaro tutashuv, kesishuv (совместная встречаемость) asosida yuzaga chiquvchi variativ a'zolar maqomida bo'lishi ham mumkin. Bunda, asosan, sakkiz xil ko'rinishdagi variativ a'zolarning system paradigmatic munosabatlari voqe bo'ladi. Ular quyidagi paradigmatic qatorini yuzaga keltiradi: ikki tizimli asos fe'lli gap, ikki tizimli negiz fe'lli gap, ikki tizimli asos otli gap, ikki tizimli negiz otli gap, bir tizimli asos gap, bir tizimli negiz otli gap (Izoh: bizning talqinimizda gapning lisoniy invariant "ega+kesim" yoki "bir bosh bo'lak" ko'rinishida aniqlanadi. Biroq bu masalada ba'zi adabiyotlarda o'zgacharoq gap ham tutilmoqda. Xususan, formal-funksional yo'nalish talqinlarida gapning lisoniy invariant kesimlik kategoriyasi doirasida belgilanmoqda[9]).

Monopredikativ gaplarning yuqorida keltirilgan umumiy lisoniy paradigmasidagi har bir variativ a'zo o'z shakli va ma'nosiga ko'ra boshqa variativ a'zodan saqlanadi. Keltirilgan variativ a'zolarning shalki, ta'ni struktur andozalari nuqtai nazardan farqlanishi o'z-o'zidan ayon. Shunga ularning umumiy grammatik ma'nosi nuqtai nazardan farqlanishi mazkur variativ a'zolarning nomi orqali ifoda etilgan . Xususan, bunda umumlashtirishning yuqori bosqichida "monopredikativ gap" degan tushunchaning o'zi ham shu tipdagi gaplar ko'rsatib turadigan umumiy grammatik ma'no hisoblanadi. Shunga o'xshash, birinchi bosqichdagi privativ zidlanishli gaplar, ekvipolent zidlanishli gaplar, gradual zidlanishli gaplar; ikkinchi bosqichdagi bir tizimli gaplar - ikki tizimli gaplar,fe'lli gaplar- otli gaplar, asos gaplar- negiz gaplar ba keying bosqichdagi shu xildagi ma'noviy tushunchalar ham ularning umumiy grammatik ma'nosi sanaladi. Aslida, gap struktur andozasi keng

doiradagi ma'nolarni ifoda etadi. Bunda, bir tomondan, borliqni ifoda etish bilan bog'liq ma'no (ayrim adabiyotlardagi "in'ikos semantikasi") voqe bo'lsa, ikkinchi tomondan, o'ta darajada umumlashgan ma'nolar, masalan bir tizimligap, ikkinchi tizimli gap, fe'lli gap, otli gap kabi tipini ko'rsatuvchi grammatik ma'nolar (ayrim adabiyotlardagi "lingvistik semantika") yuzaga chiqadi. Keltirilgan lisoniy paradigmadagi variativ a'zolar ana shu ikkinchi xildagi o'ta umumlashgan grammatik (lingvistik) ma'nolarga ko'ra bir-biridan farqlanib turadilar.

Ta'kidlangandek, monopredikativ gaplarning lisoniy sathda faqat shakliy yoki faqat manoviy jihatlardan ham paradigmatik munosabatlarga kirishaveradilar. Lisoniy maqomdagi shakliy paradigma uchun, ko'pincha, gap konstruktsiyasi tarkibiy pozitsiyalaridagi substantsional elementlarning system o'zgarishlari asos bo'lishi mumkin. Masalan, ikki tizimli gaplarda kesim pozitsiyasining substantsional o'zgarishlari taxminan quyidagi variativ-invariant maqomdagi paradigmatik sistemani namoyon etishi mumkin: 3(N0)-K(Vf), 3(N0)-K(Adj), 3(NO)-K(Pron), 3(NO)-K(inf)va boshqalar (Izoh: shartli belgilar quydagilarni bildiradi: 3- ega K-kesim, N- bosh kelishikdagi ot, Vf- shaxs fe'li, Adj- sifat, Numson, Pron-olish, inf-harakat nomi). Shu xildagi lisoniy-shakliy paradigmalar, gap konstruksiyalari tarkibidagi boshqa pazitsiyalar- ega, to'ldiruvchi, hol pozitsiyalaridagi substansional elementlarning o'zgarish asosida voqe bo'laverish mumkin.

Lisoniy maqomdagi ma'noviy paradigmalar gap konstruksiyalarida faoliyat ko'rsatuvchi funktivlardagi mavhumlashgan infarmatsion ma'nolar (substansional ma'nolar)ning system o'zgarishlari asosida yuzaga chiqadi. Bunday mavhum infarmatsion ma'nolar gapda umumiy tarzda voqe bo'luvchi "su'bekt- predikat" ma'noviy qurilmasining juz'iy ko'rinishlari sanaladi. Xususan, ikki tizimli gaplarda shu nuqtai nazardan qaralganda subyekt (predmet) - harakat, sub'ekt (predmet) -holat, sub'ekt (predmet)- belgi, sub'ekt (predmet) - miqdor sub'ekt (predmet) - o'rin, sub'ekt (predmet)- payt kabi variativ - invariant maqomdagi semantic qurilmalarning system paradigmatic o'zgarishlar yuzaga chiqish mumkin. Shunga o'xshash, variativ-invariant maqomidagi system o'zgaruvchi ma'noviy paradigmatic ko'rinishlar boshqa tipdagi gaplar ham kuzatilaverishi mumkin [3,6].

Monopredikativ gaplarning lisoniy paradigmalari lo'rsatilganlar bilangina cheklanmasligi mumkin. Ularning barchasi bu o'rinda tavsiflash imkoniyati mavjud emas. Biroq qanday ko'rinishlarda voqe bo'lishdan qat'iy nazar, ular umumlashtirishning muayyan bosqichida belgilanadigan yo shakliy, yo ma'noviy yoki umumiy maqomdagi andozalarda ro'y beradigan o'zgarishlar asosida namoyon bo'ladi. Bu xususiyat, ya'ni andozalardagi o'zgarishlar, monopedikativ gaplarda lisoniy paradigmani nutqiy paradigmadan farqlovchi yetakchi mil hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Berdialiyev A. O'zbek tili sinattik paradigmatikasi asoslari (Maxsus kurs), T., 1991 15-21 b.

2. Beryozin F.M., goloviy B.N Общее языковнаниею - М.. Просвещениеб 1997.-с.215-216.

3. Золотова Г.А К типологин простого предложения // Вопроси язикознанияб 19786 №3б с. 49-61

4. Костиниский Ю.М. Вопросы синтаксической paradigmatika // Вопроси язикознанияб 1969 б №5. с. 106-114.

5. Nabiyeva D. O'zbek tilining turli sathlarida umumiylik-xususiylik dialiktikasining namoyon bo'lishi. T., "Sharq", 2005-139,163 betlar.

6. Nurmonova A. va boshqalar. O'zbek tilining mazmuniy sintaksisi, T., "Fan", 1992, 58-70-b

7. Шведова Н.Ю. Paradigmatika простого предложежения в современном русском языке ( опыт типологии) //Русский язик. Грамматические исследованиям., "Наука" 1969, c.9-10.

8. Юрченко В.С.Структура предложения и система синтаксиса//Вопросы языкознания, 1979, №4, С. 77-89.

9. Qurbonova M. va boshqalar. O'zbek tilining structural sintaksisi (O'quv qo'llanmasi), T.,2004, 48-114-betlar.

10. G'ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Sintaksis, T., "O'qituvchi", 1987, 36-b.

11. Yuldasheva, S. (2021). The Emergence of Libraries as a Hotbed of Spirituality and Enlightenment. International Journal of Culture and Modernity, 10, 43-51.

12. Юлдашева, С. Н. (2020). СОЦИОЛОГИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ЧИТАТЕЛЬСКОЙ АУДИТОРИИ. ТИПОЛОГИЯ ЧИТАТЕЛЕЙ. Oriental Art and Culture, (V).

13. Sohibaxon, Y. (2021). O'ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI. Oriental Art and Culture, (7), 260-268.

14. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927.

15. Юлдашева, С. (2019). Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик фаолияти. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 59-62.

16. Yuldasheva, S., & Madumarova, M. (2020). TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS. European Journal of Arts, (1), 148-152.

17. Аскарова, М. (2020). УЗБЕК АДАБИЙ ТАЩИДИ ТАРАККИЁТИ. Oriental Art and Culture, (V).

18. Мирзаева, Н., & Аскарова, М. (2020). ЧУЛПОН ИЖОДИДА МИЛЛИЙ УЙЕОНИШ ХАРАКАТИ. Oriental Art and Culture, (V).

19. Аскарова, М. (2021). Адабий жараённинг зукко тадкикотчиси. Oriental Art and Culture, (7), 209-216.

20. Askarova, M. (2020). Homil yakubov's views on navoi studies. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 788-792.

21. Askarova, M. (2021). Homil Yakubov's views on Oybek lyrics. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24122415.

22. Nurxon, I., & Habibjonov, I. (2021). KITOB VA KITOBXONLIK-INSON MANAVIYATINING KOZGUSI. Oriental Art and Culture, (6).

23. угли Хабибжонов, И. Т. (2020). УЗБЕК СОЛЩ ТЕРМИНЛАРИНИНГ АФФИКСАЦИЯ УСУЛИ БИЛАН ЯСАЛИШИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 200-206.

24. Хабибжонов, И. Т. У. (2021). СОЛЩ-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИДА ДУБЛЕТЛИК ВА УНИ ТАРТИБГА СОЛИШ МАСАЛАЛАРИ. Scientific progress, 1(6), 842-846.

25. Ismoilova, N., & Habibjonov, I. (2021). Kitob va kitobxonlik-inson manaviyatining kozgusi. Oriental art and culture, 2(1), 159-166.

26. Habibjonov, I. (2020). Syntactic design of uzbek tax and customs terminology. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2910-2915.

27. Oglu, H. I. T. (2020). Formation of uzbek tax and customs terms (on the example of materials on the history of language). ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1308-1313.

28. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927.

29. Рузиева, Г., & Хабибжонов, И. (2021). САДР ЗИЁ КУТУБХОНАСИ. Oriental Art and Culture, (6).

30. Normatova, M., & Ikromjon, X. (2021). "QUTADG'U BILIG" IKKI JAHONNI TUTISHGA OCHUVCHI YO'L. Oriental Art and Culture, (6).

31. Угли, Х. И. Т. (2020). ТИЛШУНОСЛИКДА СОЛЩ-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИНИНГ ТАДЖИКИ. Oriental Art and Culture, (V).

32. Solieva, H. O. (2021). THE ROLE OF READING IN THE FORMATION OF A PERSON'S OPERATIVE MEMORY AND MENTAL MATURITY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 178-185.

33. Солиева, X. О. (2018). ВЗГЛЯДЫ ИБН СИНО НА МЕДИЦИНСКОЕ ВОСПИТАНИЕ МОЛОДЁЖИ. Актуальные научные исследования в современном мире, (5-6), 56-60.

34. Омоновна, С. X,. (2018). «Бебош бола» синдроми ёхуд нега болалар асабийлашади?. Современное образование (Узбекистан), (11).

35. Омоновна, С. X. (2018). Укувчилар тарбиясини шакллантиришда ота-оналарга педагогик билим бериш тизимининг ахдмияти. Современное образование (Узбекистан), (5).

36. Омоновна, С. X. (2019). Агар бола сизни «Эшитмаса»... Современное образование (Узбекистан), (4 (77)), 58-63.

37. Омоновна, X. С. (2020). ТАРИХИЙ КУЛЁЗМА МАНБАЛАРНИ КОНСЕРВАТЦИЯ-РЕСТАВРАЦИЯ КДЛИШ ЖАРАЁНЛАРИ ХУСУСИДА. Oriental Art and Culture, (V).

38. Омоновна, С. X. (2021). Глобаллашув жараёнида ахборот окдмининг ёшлар маънавиятига таъсири хусусида. Oriental Art and Culture, (7), 217-224.

39. Омоновна, С. X. (2021). Маданият ва маънавият масалаларида тарихий илдизлар излари. Oriental Art and Culture, (7), 244-253.

40. Парпиев, А. (2021). ЖАДИДЧИ ОБИДЖОН МАXМУДОВНИНГ ФАОЛИЯТИДАГИ ЯНГИ КИРРАЛАР. Oriental Art and Culture, (6).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.