INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
UDK : 636.2
MONBELYARD ZOTLI SIGIRLARNING EKSTERER
XUSUSIYATLARI
1Ilyasova Jamila Tajibaevna, 2Amirov Shavkat Kuzibayevich
1tayanch doktorant, Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, 2q.x.f.n., professor v.b., Samarqand agroinnovaciyalar va tadqiqotlar instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.13854159
Annotasiya. Maqolada, Qoraqalpog'iston respublikasi hududiga turli fasllarda keltirilgan monbelyard zotli sigirlar va ularning eksterer xususiyatlaridagi farqlar haqida ma'umotlar bayon etilgan. Tajriba guruhidagi sigirlar tana o'lchamlari bo'yicha; yag'rin balandligi, sag'ri balandligi, ko'krak chuqurligi, ko'krak aylanasi, ko'krak kengligi, tananing qiya uzunligi, orqa dung suyak eni va poycha aylanasida tegishlicha; 2,9; 2,2; 1,9; 2,7; 1,2 0,4; 0,3 va 0,3 sm yuqori ko'rsatkichlarni namoyon etgan. Tana tuzilish ya'ni uzunoyoqlik, chuzinchoqlik indekslarida tajriba guruhidagi sigirlar mos holda 0,3 va 2,1 % ustunlik qilgan. Nazorat guruhidagi sigirlarda tos-ko'kirak, ko'krak, zichlik indekslari bo'yicha ustunlik aniqlanib, tegishlicha 1,9; 0,1 va 1,4 % ni tashkil etgan.
Kalit so'zlar. Chorvachilik, qoramol, zot, monbelyard, eksterer, tana indeksi, konstituciya, tana o'lchamlari, yag'rin balandligi, sag'ri balandligi va hokazo.Аннотация. В статье изложены данные по особенностей экстерьера коров монбельярдской породы, завезенных в республику Каракалпакистан в разных сезонах года. Коровы подопытной группы имели превосходство по промерам тела: высоты в холке, высоты в крестце, глубины груди, ширины груди, косую длину туловища, ширине в маклоках, и обхвату пясти на 2,9; 2,2; 1,9; 2,7; 1,2; 0,4; 0,3 и 0,3 см соответственно. Коровы опытной группы превосходили своих сверстников по индексам высоконогости и растянутости на 0,3 и 2,1% соответственно. У коров контрольной группы установлено превосходство по тазо-грудной, грудной индексам и индексу сбитости на 1,9; 0,1 и 1,4% соответственно.
Abstract. The article presents information on the differences in the exterior characteristics of Montbeliard cows imported to the Republic of Karakalpakstan in different seasons of the year. The cows of the experimental group showed high values for body size; hip height, hip height, chest depth, chest circumference, chest width, oblique body length, spine width and calf circumference, respectively; 2,9; 2.2; 1.9; 2.7; 1.2 0.4; 0.3 and 0.3 sm. The cows of the experimental group had a predominant body structure, i.e. legginess and slenderness indicators by 0.3 and 2.1%, respectively. The cows of the control group exceeded the pelvic-thoracic, chest and density indicators by 1.9; was 0.1 and 1.4%.
Kirish.
Qoramolchilikni sanoat asosida o'tkazish yoki sanoat asosida mahsulot ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, qoramollarning eksterer xususiyatlariga ko'pgina talablarni qo'yadi. Shu sababli turli zotdagi qoramollarning eksterer xususiyatlariga so'ngi yillarda katta e'tibor qaratish, qiziqish uyg'otgan.
Qoramollarning eksterer-konistitutsiya xususiyati avvalo hayvonning sog'lomligiga, mahsuldorlik yo'nalishi va zotning tashqi ko'rinish va sifatiga baho berishda muhim belgidir.
[2] ma'lumotlariga ko'ra, qoramollarni tanlash ishlarida nafaqat mahsuldorlik ko'rsatkichlari balkim, selekciya belgisi sifatida eksterer bahosi ham hisobga olinishi kerak. [1]
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
ekstererni baholashda bir necha usullardan, jumladan mobil qurilmaga o'rnatilgan baholash dasturidan ham foydalanilmoqda. [3] qoramollarni ekstererini baholash usullaridan biri chiziqli yozuvda tasvirlashdir. [4] ko'pgina olimlarning fikricha eksterer ko'rsatkichlar irsiy belgi hisoblanib, mahsuldorlik bilan uzviy bog'liqlikda bo'ladi.
Ekstererda uchraydigan kamchilik va nuqsonlar, hayvonlarni xo'jalikda foydalanish muddatlariga ham bevosita ta'sirini ko'rsatadi. Nuqsoni mavjud qoramollardan kelajakda avlod olish uchun foydalanilmaydi, sababi bu nuqsonlar irsiy bo'lib, avlodga beriladi. Bunday hayvonlardan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanib bo'lingach, burdoqilash uchun ma'lum muddat boqilib, so'ngra go'shtga topshiriladi.
Ekstererda kamchiliklar uchrasa uni tuzatish oziqlantirish va saqlashni to'g'ri yo'lga qo'yish bilan bartaraf etiladi. Chorvachilikda ma'lum qonuniyatlar bor, masalan yosh hayvonlarning o'sish va rivojlanishida. Demak, yosh hayvonning umrini dastlabki davrlarida oziqlantirish me'yorda tashkil etilmasa, usha davrda eksterer ya'ni tananing ayrim qismlari o'sishdan ortta qoladi, agar bu davr cho'zilib ketsa, keyingi davrda me'yordan ortiq oziqlantirish bilan ham bu kamchilikni tuzatib bo'lmaydi. Natijada yosh hayvon o'sishdan qoladi, bunday hayvonlar podadan erta chiqib qoladi, Bu holat xo'jalikning ixtisodiy samaradorligiga katta salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Ekstererni baholashda hayvonning tanasini barcha qismlariga diqqat bilan e'tibor berib, zootexnik selektsioner baholaydi. Qoramol tanasi uning zoti va mahsuldorlik yo'nalishiga munosib bo'lmog'i kerak. Eksterer ko'z bilan chamalab baholangach, unga aniqliq kiritish maqsadida, tanasidan o'lchamlar olinib qo'shimcha ravishda baholar to'ldiriladi, yoki aniqlik kiritiladi. Olingan tana o'lchamlari asosida tana indekslari aniqlanib, ekstererga to'liq baho beriladi.
Tadqiqotning maqsadi.
Yuqorida ta'kidlangan fikrlarni inobatga olib, biz tadqiqotlarimizda yilning turli fasllarida Frantsiyadan keltirilgan va xo'jalikda urchitilayotgan etuk yoshdagi monbelyard zotli sigirlarning eksterer xususiyatlarini o'rganishni maqsad qilib oldik. Vaholangki bu tadbir, selektsiyada nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot obyekti va o'rganish uslubi. "Qung'irotboy Mexri" fermer xo'jaligi va undagi monbelyard zotli sigirlar. Maqsadga erishish uchun bu tadqiqotlarimizda yilning turli fasllarida (kuz va bahor) etuk yoshdagi sigirlar tanasidan o'lchamlar oldik. I guruhga (15 bosh nazorat) fevral-mart oyida xo'jalikka keltirilgan, II guruh (tajriba) ga sentyabr oyida keltirilgan sigirlar (15 bosh) biriktirildi.
O'lchamlar olishda: o'lchov tayog'i, o'lchov lentasi va o'lchov tsirkulidan foydalandik. Qoramollar tanasining mutanosibligiga ko'z bilan chamalab va tanasidagi o'lchamlar olishda quyidagi ko'rsatgichlar asos bo'ldi: Yag'rin balandligi, ko'krak chuqurligi, ko'krak kengligi, yonbosh suyaklar kengligi, gavdaning qiya uzunligi, ko'krak aylanasi, kaft yoki poycha aylanasi. Ikkala gruhdagi sigirlarni tana o'lchamlarini qiyosiy baholash uchun har guruhdagi sigirlardan o'lchov asboblari yordamida o'lchamlar olindi. Tana o'lchamlari asosida tana indekslari maxsus formulalar asosida hisoblab topildi.
Tadqiqiy va tahliliy natijalar.
Qoramollarning tana qismlari, ularni anatomik tuzilishi haqida tasavvur berib, mahsuldorlik yo'nalishini ham shu orqali aniqlash mumkin bo'ladi.
Ma'lumki, monbelyard qoramollar mahsuldorligi bo'yicha sut-go'sht yo'nalishi zotlar qatoriga kirib, yuqori sut mahsuldorligikni namayon qiladi. Eksterer ko'rsatkichlarini
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
o'rganganimizda, bu ma'lumotlar yana bir bor o'z tasdig'ini topdi. Eksterer qismlarini mutonasibligidan ularni sog'lomligi a'lo darajadaligidan dalolat berdi. Sigirlarning ko'z bilan chamalab baho berganimizda, tana qismlarida hech qanday kamchilik va nuqsonlar kuzatilmadi. Sigirlarning tana qismlaridan olingan o'lchamlar quyidagi jadvalda aks ettirildi.
1-jadval
Tajribadagi sigirlarning tana o'lchamlari, sm (n=15)
Tana o'lchamlari I guruh (nazorat) II guruh (tajriba)
X ±S x Cv, % X ±S x Cv, %
Yag'rin balandligi 140,2+0,57 1,58 143,1+0,71** 1,91
Sag'ri balandligi 143,1+0,54 1,46 145,3+0,64* 1,72
Ko'krak chuqurligi 72,5+0,58 3,08 74,4+0,56* 2,91
Ko'krak aylanasi 188,2+0,54 1,10 190,9+0,58** 0,94
Ko'krak kengligi 42,1+0,43 3,96 43,3+0,43* 3,87
Tananing qiya uzunligi 162,9+0,49 1,16 163,3+0,39 0,92
Orqa do'ng suyak kengligi 49,2+0,28 2,20 49,5+0,27 2,14
Poycha aylanasi 21,6+0,21 3,83 21,9+0,25 4,38
Eslatma: *P<0,05, **P<0,01
1-jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki (I-nazorat, bahor faslida keltirilgan) nazorat guruhidagi sigirlarni tana o'lchamlaridagi farq, II-tajriba (kuz faslida keltirilgan) guruhi nazorat guruhi sigirlarnikiga nisbatan ustunlikda kechgan. Asosan: yag'rin balandligi, ko'krak aylanasi kabi ko'rsatkichlarda tegishlicha farqlar 2,9; 2,7; sm ustunlikda kuzatildi (P<0,01). Shuningdek, sag'ri balandligi va ko'krak kengligida kichik ustunlik mos holda 2,2 va 1,2 sm ga tajriba guruhidagi sigirlarda kuzatiladi (P<0,05).
Bizga ma'lumki, qoramollar mu'tadil iqlimga moslashgan bo'lib, ularga sovuq ob-havoga nisbatan issiq ob-havo salbiy ta'sir ko'rsatadi. Yuqoridagi ma'lumotlar, kuz faslida keltirilgan qoramollarning eksterer xususiyatlariga nafaqat oziqlantirish balkim, bu fasldagi ob-havo ya'ni mu'tadil iqlim sharoiti ham ijobiy ta'sir qilganligidan dalolatdir. Kuz faslida keltirilgan sigirlarning moslashish xususiyatiga kuz, qish, bahor faslidagi ob-havo va xo'jalikda ozuqalar bilan yaxshi ta'minlanganligi ijobiy ta'sir ko'rsatgan deyish mumkin. Shunday bo'lsada, har ikkala guruhdagi sigirlarning tana tuzilishi yirik va bunday hayvonlar sog'lom va yuqori mahsuldor bo'lib, ulardan kelajakda mahsulot ishlab chiqarishda uzoq muddat foydalanish mumkin. Tajribadagi monbelyard zotli sigirlarning tana o'lchamlari me'yorda bo'lishi, yirik jussaga ega bo'lganligini, ularning yuqori moslashuvchanlik xususiyati bilan asoslash mumkin.
1-jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, gavdaning qiya uzunligi bo'yicha tajriba guruhidagi sigirlar, nazorat guruhidagi sigirlar ko'rsatgichidan kichik ustunlikda ya'ni 0,4 sm yuqori ko'rsatgichni namayon etdi. Umuman olganda, sigirlar tanasining yaqshi rivojlanganligi va olingan o'lchamlar, ularni oziq hazm qilish organlarini ijobiy shakllanganligidan dalolat berib, dag'al ozuqalarni samarali o'zlashtirishini ta'minlab, sut hosil bo'lishini jadallashtiradi.
Sigirlarning ekstereriga to'liq baho berish maqsadida biz, ulardan olingan tana o'lchamlari asosida tana indekslarini hisobladik va ekstereriga qo'shimcha usulda baho berdik. Tajribalarimizda, sigirlarning ettita tana indekslarini hisobladik.
2-jadval
Sigirlarning tana tuzilish indekslari, %
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024
Tana tuzilish indekslari Guruh
I II
Uzunoyoqlik 48,0 48,3
Cho'zinchoqlik 114,1 116,2
Tos-ko'krak 87,5 85,6
Ko'krak 58,2 58,1
Zichlik 116,9 115,5
Suyakdorlik 15,3 15,4
O'suvchanlik 98,5 102,1
Sigirlarning tana indekslari o'rganilganda (2-jadval), tajriba guruhidagi sigirlarda uzunoyoqlilik indeksi, nazorat guruhidagilardan 0,3 % ga ustunlik qildi. Bu ko'rsatkich sanoat asosida sut ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, sigirlarni sog'ish jaroyonida muhimdir. Nazorat guruhidagi sigirlarda tos-ko'kirak, ko'krak, zichlik indekslari bo'yicha ustunlik aniqlanib, tegishlicha 1,9; 0,1 va 1,4 % ni tashkil etdi. Bu ularning biroz sut tipidan og'ayotganligidan dalolat beradi.
Xulosa. Shunday qilib, sigirlarning eksterer ko'rsatgichlari nafaqat ularning irsiyatiga va oziqlanish darajasiga, balkim iqlim, ob-havo sharoitiga ham bog'liq bo'lar ekan. Sentyabr oyida xo'jalikka keltirilgan qoramollar bahor faslini boshida keltirilgnan qoramollarga nisbatan mavjud iqlim sharoitiga yaxshi moslashib borib, ozuqalardan samarali foydalangan. Bu ularning eksterer ko'rsatkichlarida o'z ifodasini topgan.
Tajriba guruhidagi sigirlar tana o'lchamlari bo'yicha; yag'rin balandligi, sag'ri balandligi, ko'krak chuqurligi, ko'krak aylanasi, ko'krak kengligi, tananing qiya uzunligi, orqa dung suyak eni va poycha aylanasida tegishlicha; 2,9; 2,2; 1,9; 2,7; 1,2 0,4; 0,3 va 0,3 sm yuqori ko'rsatkichlarni namoyon etdi. Tana tuzilish ya'ni uzunoyoqlik, chuzinchoqlik indekslarida tajriba guruhidagi sigirlar mos holda 0,3 va 2,1 % ustunlik qildi. Nazorat guruhidagi sigirlarda tos-ko'kirak, ko'krak, ziichlik indekslari bo'yicha ustunlik aniqlanib, tegishlicha 1,9; 0,1 va 1,4 % ni tashkil etdi. Bu ularning biroz sut tipidan og'ayotganligidan dalolat berdi.
REFERENCES
1. Баранова И.А., и др. Использование мобилных систем с разным программным обеспечением при определении телосложения животных. // Аграрная наука. 2022. №11. С. 128-132.
2. Габидуллин В.М., Алимова С.А. Влияние типа телосложения быков-производителей абердин-ангусской породу на оценку их племенной ценности. // Животноводство и кормопроизводство. 2023. Т.106. № 1. С. 91-100.
3. Яковлева О.О., Селимян М.О. Улучшения экстерерных признаков коров первого отела айрширской породы в условиях Вологодской области. // Молочное и мясное скотоводство. 2023. № 3. С.23-27.
4. Шевхужаев А.Ф., Погодаев В.А. Особенности развития мускулатуры бычков абердин-ангусской породы в зависомости от типа телосложения. //Зоотехния. 2021. № 5. С.22-27.