MODERNIZATSIYALASHUV JARAYONIDA YOSHLARNING IJTIMOIY- SIYOSIY
FAOLLIGINI OSHIRISH VA UNING HUQUQIY KAFOLATI 1Achilov Alisher Temirovich, 2Turaxonov Behro'z Umid o'g'li, 3Ibodullayev Sherzodbek
Rashid o'g'li
1O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) 2'3Toshkent Davlat Agrar universiteti Yuristprudensiya yo'nalishi talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.10885490
Annotatsiya. Maqolada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar jarayoni, kuchli fuqarolik jamiyatini qurishda yoshlarning faolligi, bu borada O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlarida yoshlar huquqlari va erkinliklari tahlil qilingan bo'lib, davlatimizning yosh avlodga yaratib bergan ulkan imkoniyatlari ekanligi to'g'risida fikrlar bildirilgan.
Kalit so'zlar: Konstitutsiya, yoshlar, fuqarolik jamiyati, jamoatchilik nazorat, taraqqiyot strategiyasi, ta'lim olish huquqi, mehnat qilish huquqi, ijtimoiy va siyosiy hayotda ishtirok etish huquqi, axborot olish huquqi.
Аннотация. В статье анализируется процесс осуществляемых в нашей стране масштабных реформ, деятельность молодежи в построении сильного гражданского общества, права и свободы молодежи в Конституции Республики Узбекистан и нормативно-правовых документах, а также выражаются большие возможности, которые наша страна создала для мнения молодого поколения.
Ключевые слова: Конституция, молодежь, гражданское общество, общественный контроль, стратегия развития, право на образование, право на труд, право на участие в общественной и политической жизни, право на информацию.
Abstract. The article analyzes the process of large-scale reforms being carried out in our country, the activities of youth in building a strong civil society, the rights andfreedoms of youth in the Constitution of the Republic of Uzbekistan and legal documents, and also expresses the great opportunities that our country has created for the opinions of the younger generation.
Keywords: Constitution, youth, civil society, public control, strategy development, law and education, law and labor, law and participation in public and political life, law and information
Ma'lumki har bir suveren davlat o'z taraqqiyot yo'lini o'zi belgilash huquqiga ega. Shu bois mustaqil O'zbekiston mamlakati ham o'z xalqi nomidan qabul qilingan Konstitutsiyasiga tayanib ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy-ma'rifiy sohalarda demokratik o'zgarishlarni umume'tirof etilgan xalqaro huquq normalari asosida isloh etishga kirishdi. Unga ko'ra: «O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o'rnatilishi mumkin emas" ligi maxsus konstitutsiyaviy norma sifatida belgilangan.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar jarayonini, kuchli fuqarolik jamiyati va huquqiy demokratik davlat qurishdek ezgu maqsadlar ro'yobini yoshlar ishtirokisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Shu o'rinda fuqarolik jamiyati tushunchasi haqida to'xtalib o'tish joiz, fuqarolik jamiyati - bu yuksak fazilatlarga ega bo'lgan insonlar jamiyatidir. Fuqarolik jamiyati shunday ijtimoiy tuzumki, unda qonunlar ustuvorligi ta'minlanadi, inson huquq va erkinliklari qaror topadi, siyosiy partiyalar va institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi
ta'minlanadi, insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadi, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlarining mavqei yuksak bo'ladi. Mamlakatning har bir fuqarosi fuqarolik institutlari faoliyatida keng ishtirok etadi va ular orqali siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy va huquqiy jihatdan o'z ehtiyojlarini qondiradi.
Fuqarolik jamiyatida davlat va uning organlari faoliyati ustidan fuqarolarning jamoatchilik nazorati o'rnatiladi. Konstitutsiyamizning 36-moddasida ham fuqarolarning davlat organlarining faoliyatlari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanishi ko'rsatib o'tilgan. Shunga muvofiq, 2018 yilning 12 aprel kuni 21 moddadan iborat O'zbekiston Respublikasining "Jamoatchilik nazorati to'g'risida"gi Qonuni" i qabul qilinganligi ham bu masalaning huquqiy asosi hisoblanadi. Qonunga ko'ra fuqarolik jamiyatining to'rtta asosiy institutlari jamoatchilik nazorati sub'ekti hisoblanadi. Ularga O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari kiradi. Davlatning bir qator vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. Aytish mumkinki, fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichma-bosqich o'tish orqali ro'y beradi.
Inson ijtimoiy faolligining asosida uning huquqiy kafolati, erkinligi jamiyatda demokratik mezonlarning mavjudligi yotadi. Inson huquqlarini esa insoniyat mavjudligi va ularning birgalikda yashashining asosidir. Insonlarning birgalikda yashashini kafolati bu jamiyatda, butun dunyoda huquqning, huquqiy madaniyatning mavjudligidir. Ya'ni, insonlarning va ularning kelajagi bo'lgan yoshlarning yashash, o'qish, moddiy va ma'naviy boyliklardan foydalanish kabi huquqlari real qonuniy asosga qo'yilgan jamiyatdagina shaxsning erkin, faol inson sifatida faoliyat ko'rsatishiga imkon yaratiladi. Har qanday inson faoliyati - bu uning ongi, fikri, tafakkuri va dunyoqarashining real hayotiy faoliyatga aylanishi samarasidir. Boshqacha qilib aytganda, mustaqil fikrlashning mahsulidir.
O'zbekiston Respublikasida yoshlarning huquqlari va ularni himoya qilish turli jihatlarni qamrab oladi, jumladan, ta'lim, bandlikni ta'minlash, ijtimoiy va siyosiy hayotda ishtirok etish, axborot olish, sog'liqni saqlash va boshqalardir. O'zbekistonda yoshlar huquqlari va ularni himoya qilish mexanizmlarining asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:
- Ta'lim olish huquqi: O'zbekistonda yoshlar bepul umumiy o'rta ta'lim olish huquqiga ega. Davlat boshlang'ich ta'limdan oliy ma'lumotgacha bo'lgan barcha darajalarda ta'lim olish imkoniyatini beradi. Ta'lim dasturlarini davlat tomonidan moliyalashtirish, shu jumladan kam ta'minlangan oilalar talabalari uchun subsidiyalar taqdim etiladi.
- Mexnat qilish huquqi: yoshlar ishga joylashish huquqiga va teng ish imkoniyatlariga hamda o'zi istagan kasbni erkin ravishda tanlash huquqiga ega. Davlat yoshlarni ish topishda qo'llab-quvvatlash bo'yicha turli dasturlarni amalga oshiradi, ularning kasbiy mahoratini oshirish uchun treninglar va turli o'quv kurslari o'tkazadi.
- Ijtimoiy va siyosiy hayotda ishtirok etish huquqi: O'zbekistonda yoshlar ijtimoiy va siyosiy jarayonlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega. Qaror qabul qilishda yoshlarning ishtirokiga qaratilgan tashkilot va tuzilmalar mavjud (masalan Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar parlamentlari).
- O'z huquqlarni himoya qilish: O'zbekistonda yoshlar huquqlarini himoya qilishning turli qonunlari va mexanizmlari mavjud. Masalan, mamlakatda yoshlarning huquqiy maqomi, ularning huquq va majburiyatlari, shuningdek, huquqlarni himoya qilish mexanizmlarini belgilaydigan yoshlar to'g'risidagi qonun mavjud.
- Axborot olish huquqi: yoshlar davlat hamda xususiy korxonalar tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan axborot va ta'limdan bepul foydalanish huquqiga ega (nodavlat ta'lim muassasalaridagi ta'lim grantlari).
- Sog'liqni saqlash: Davlat yoshlarning yuqori sifatli tibbiy xizmatlar va sog'liqni saqlash dasturlaridan foydalanishini ta'minlaydi.
O'zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi, "Ta'lim to'g'risida"gi yangi tahrirdagi qonunlari, yoshlar ishlari sohasiga oid Prezident farmonlari, qarorlari hamda O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi yoshlarimizga zamonaviy standartlar asosida ta'lim-tarbiya berish, ularning iqtidorini yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Darhaqiqat, Yangi O'zbekistonda bu borada ulkan ishlar qilinmoqda, ko'plab ota-onalar, o'qituvchi va o'quvchilar hamda keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar asosida O'zbekistonda 11 yillik ta'lim qayta tiklandi. Joylardagi o'qituvchilarga bo'lgan ehtiyojni qoplash uchun Toshkent viloyatida Chirchiq davlat pedagogika instituti va viloyatlardagiuniversitetlar huzurida pedagogika institutlari tashkil etildi. Bundan tashqari, 15 ta oliy ta'lim muassasasida tashkil etilgan maxsus sirqi bo'limlarda o'rta-maxsus ma'lumotga ega bo'lgan 5 mingdan ortiq pedagoglar uchun oliy ma'lumot olish imkoniyati yaratildi. Ta'lim tizimidagi innovatsiya va kreativ yondashuvlar asosida Muhammad Xorazmiy va Mirzo Ulug'bek nomlari bilan ataladigan, aniq fanlar chuqur o'qitiladigan maktablar tashkil etildi.
Jahonga ma'lum bo'lib bormoqdaki, hozirda O'zbekiston Respublikasida barcha sohada amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo'nalishlar yotadi hamda "Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik" degan ezgu g'oya asosida amalga oishirilb kelinmoqda. O'zbekistonda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan ham bilish mumkin. Jumladan, yangi turdagi ta'lim maskanlari ochildi, xususan, Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashgan maktablar faoliyati yo'lga qo'yilmoqda. Birgina 2020 yilni oladigan bo'lsak, O'zbekistonda matematika fani bo'yicha 56 ta, kimyo-biologiya fani bo'yicha 28 ta, IT sohasida informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha 14 ta ana shunday maktablar tashkil etildi. Jahon tajribasi o'rganilib, yangi tartib-qoidalarni, zamonaviy ta'lim usullari joriy etilmoqda.
Biz demokratik huquqiy davlatda yashayapmiz, kelajakda uning yuqori bosqichi bo'lgan fuqarolik jamiyatini qaror toptirishni maqsad qilib qo'yganmiz. Bu jamiyat fuqarolarning yanada erkin va demokratik faoliyatlarining keng namoyon bo'lishini taqozo etadi. Kelajagimiz bo'lgan yoshlar o'qishda, sportda, ilmiy-texnik ijodda mehnat ko'nikmalarini hosil qilishda, mustaqil hayotiy pozitsiyaga ega bo'lishining ahamiyati ortib bormoqda. Buning uchun birinchidan, oilada sog'lom muhitning bo'lishi; ikkinchidan, ta'lim muassasalarida sifatli o'qitishni va o'quvchining fikrini eshitishni va erkin munozarani yo'lga qo'yishni; uchinchidan, mustaqil fikr yuritishko'nikmalarini hosil qiluvchi ijtimoiy muhitni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yoshlarda ijtimoiy faollikning shakllanishi nimalarda, qanday ijtimoiy foydali faoliyatda amalga oshadi. Bular esa quyidagi omillarda namoyon bo'ladi:
- inson jamiyat mahsuli va a'zosi sifatida jamiyat yaratgan noz-ne'matlarni qadrlashi va o'zi ham yaratishni o'rganishi;
- mehnat qilish uchun yaratilgan shart-sharoitni qadrlay olishi;
- jamiyat bergan bilim, tajriba va tafakkurni anglashi;
- jamiyat a'zolari Vatanning muqaddas tuprog'i, havosi, suvi va moddiy boyliklarini e'zozlashlari va ulardan oqilona foydalanishlari;
- jamiyat ishini o'z ishi kabi bilish, qadrlash va tashabbus ko'rsatishi;
- o'zining va avlodlarining farovon turmushini o'ylab, unga astoydil xizmat qilish. Bunday olijanob sifatlarga ega bo'lish yoshlardan bilim, yuksak e'tiqod va shijoatni
talabetsa, jamiyatdan esa demokratik tamoyillarning barqarorligi, huquqiy asoslarning mustahkamligi va jamiyat a'zolarini fidoyiligi kabi omillarning rivojlantirishni talab etadi.
Shu o'rinda, 2021 yil 6 noyabr kuni yangi saylangan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalari qo'shma majlisidagi "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo'lini qat'iy davom ettiramiz" nomli nutqi tahsinga loyiq. Unda "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" degan tamoyil asosiy g'oya va bosh mezon sifatida qabul qilinib, Taraqqiyot strategiyasida 7 ustuvor yo'nalish belgilab berilib, e'tiborni "Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish" nomli to'rtinchi ustuvor yo'nalishga qaratsak, barcha sohalar singari ta'lim -tarbiya sohasiga ham katta e'tibor qaratilib, "Yurtimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish uchun bizga zamonaviy ilm va yana bir bor ilm, tarbiya va yana bir bor tarbiya kerak. Bugungi va ertangi kunimizni, yoshlarimiz taqdirini hal qiladigan yuksak malakali muallim va murabbiylar, professor-o'qituvchilar, haqiqiy ziyolilar", deb ta'kidlangan.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,https://lex.uz/docs/-6445145
2. O'zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi qonuni, https://lex.uz/docs/-3026246;
3. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni, https://lex.uz/docs/5013007
4. O'zbekiston Respublikasining "Jamoatchilik nazorati to'g'risida"gi Qonuni", https://lex.uz/docs/3679092
5. O'zbekiston Respulikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 ytl 19 yanvardagi "O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 23-son qarori, https://lex.uz/docs/-5234746
6. www. xs.uz "Xalq so'zi" gazetasining 2021 yil 1 sentyabrdagi № 190-soni.