Научная статья на тему 'MODALLIK: TARIX VA TAVSIF'

MODALLIK: TARIX VA TAVSIF Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
5
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
modallik / modus / modal tizim / lad / musiqa / fonizm / funsiya / o‘zgaruvchanlik

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Hilolaxon Jamoliddin Qizi Mulladjanova

Mazkur maqola musiqashunoslik sohasidagi dolzarb mavzulardan bo‘lmish modallik tushunchasining tarixi va tavsifotiga bag‘ishlangan. Unda qadimgi modal va yangi neomodal tizimlarining shakllanishining asosiy bosqichlari keltirilib, o‘ziga xos xususiyatlari tavsiflanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MODALLIK: TARIX VA TAVSIF»

MODALLIK: TARIX VA TAVSIF

Hilolaxon Jamoliddin qizi Mulladjanova hilolanuritdinova92@gmail.com O'zRFA San'atshunoslik instituti

Annotatsiya: Mazkur maqola musiqashunoslik sohasidagi dolzarb mavzulardan bo'lmish modallik tushunchasining tarixi va tavsifotiga bag'ishlangan. Unda qadimgi modal va yangi neomodal tizimlarining shakllanishining asosiy bosqichlari keltirilib, o'ziga xos xususiyatlari tavsiflanadi.

Kalit so'zlar: modallik, modus, modal tizim, lad, musiqa, fonizm, funsiya, o'zgaruvchanlik

MODALITY: HISTORY AND DESCRIPTION

Hilolaxon Jamoliddin qizi Mulladjanova hilolanuritdinova92@gmail.com Institute of Fine Arts of Academy of Sciences of Uzbekistan

Abstract: This article is devoted to the history and description of the concept of modality, which is one of the current topics in the field of musicology. It describes the main stages of the formation of old modal and new neomodal systems and describes their characteristics.

Keywords: modality, mode, modal system, fret, music, phonism, function, variability

"Modallik" tushunchasi zamonaviy musiqashunoslikda turli hodisalar doirasi (kompozitorlik texnika, tafakkur turi, o'rta asrlar ritmikasi va moduslari, lad tamoyili)ga nisbatan qo'llaniladi. Ushbu definisiyaning shakllanishi va evolyutsion bosqichlarini tavsiflanishi ko'p masalalarni oydinlashtiradi. Zero, uning ma'no va mazmuni tarixan o'zgarib boyib kelgan.

Aslini olganda "modal" so'zi lad kategoriyasi va uning turlarini belgilovchi modus (lot. modus) so'zidan olingan bo'lib, o'lchov, qoida, usul, qiyofa ma'nolarini anglatadi. O'rta asr lad nazariyasida "modus" tushunchasi tropus, tonus atamalari bilan bog'liq holda cherkov ladlari hamda Uyg'onish davri musiqasi ladlari tuzilishi va turlariga nisbatan qo'llanilgan"[1. 349-350b.]. Demak, modallik musiqa san'atida eng qadimgi "tafakkur uslub"laridan bo'lib, qadimgi yunon monodiyasi, o'rta asr monodik lad shakllari (Grigorian kuylash, pravoslav cherkov musiqasi), erta polifoniya, so'nggi o'rta asrlar va Uyg'onish davri polifoniyasi, shuningdek, barokko davri musiqasini o'z

ITFVE^^Hl 381 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)

ichiga qamrab oladi. Yevropa professional musiqasi taxminan VII asrdan to XVI asrlargacha nazariyotchilar tomonidan tizimlashtirilgan cherkov ladlariga asoslangan bo'lib, ular modal tizim deb atalgan.

Modallikning ladlarga nisbatan keng talqin qilinishi bilan bir qatorda ushbu tushuncha mumtoz davrgacha bo'lgan garmoniyaga nisbatan ham qo'llaniladi. Aynan XVI asr musiqasida "gorizontalning vertikalda tasvirlanishi", ya'ni polifoniya asosida vertikalning (akkord, uchtovushlik) paydo bo'lishi ma'lum darajada namoyon bo'ladi. "Grigorian monodiyasining asosini tashkil qilovchi modal tizim kechki o'rta asr (Ars Nova) va uyg'onish davri ko'p ovozli polifonik musiqada o'z ahamiyatini saqlab, XVI asrda Dj. Palestrina, O.Lasso va boshqa kompozitorlar ijodida yetuklikka erishdi"[2. 9-10b.] . Shu ma'noda tabiiy ladlar garmoniyasi va modal garmoniyaning o'zaro munosabatlari muhim ahamiyatga egadir. Aslida olganda, modal garmoniya uzoq davrlarda xalq musiqasiga tegishli bo'lgan tabiiy ladlarga asoslangan1.

Modallikning belgilari va xususiyatlari barokko va erta klassitsizm davri musiqasida ham saqlanib qoldi. Uning ta'siri XVII asrgacha ham sezilib turadi, bu davrda esa modal xususiyatlar mumtoz tizim hossalari bilan sekin-asta o'rin almasha boshlaydi. XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida "major-minor" tizimi shakllanishi tufayli Yevropa professional musiqa amaliyotida "modal tizim" asta-sekin istilohdan chiqib ketadi.

Yangicha musiqiy tafakkur XIX-XX asrlarda turli mamlakatlar kompozitorlari tomonidan yana modallikni o'ziga xos "kompozitsion texnika" sifatida qaytadan kashf etilishiga turtki bo'ldi. XIX asrning ikkinchi yarmida milliy kompozitorlik maktablarining taraqqiy etishi natijasida lad tovushqatorlariga, uning modal tamoyillariga qiziqish yanada kuchaydi. Mumtoz major va minordan farq qilovchi ladlar ushbu davrning yirik kompozitorlari: M.Glinka, F.Shopen, F.List, M.Musorgskiy, N.Rimskiy-Korsakov, E.Grig, J.Bize va boshqalarda ko'p uchraydi. Xususan, tabiiy ladlarni qaytadan paydo bo'lishi va qo'llanilishi chet el romantik kompozitorlari, rus mumtoz musiqasi, ayniqsa "Qudratli to'da" kompozitorlari ijodida kuzatiladi. Bu musiqaning milliy xususiyatlarini chuqurlashishi, boyitilishi va xalq qo'shiqlariga bo'lgan ijodiy qiziqishni rivojlanishi hamda ularni professional san'atga tatbiq etilishi; yangi ifodaviy lad-garmonik vositalarni qidirish, musiqiy tilning bo'yoqdorligiga intilish bilan bog'liq. Badiiy g'oyalarni yangicha vositalar bilan ifodalash major-minor tizimidan "chetlashib" konsonans garmoniyalar, tonal funksional aloqalarning ustuvor ahamiyatini asta-sekin susayishiga olib keldi. Natijada mumtoz davrgacha mavjud bo'lgan modal qonuniyatlar yangicha rivojlanish bosqichida o'ziga xos talqinda qaytadan jonlandi.

1 Ta'kidlash joizki, ushbu ladlarning o'rta asrlarda berilgan nomlari zamonaviy ilmda ham qo'llanilsa-da, dastlabki qadimgi yunon turlariga mos kelmaydi.

382

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)

Musiqiy tilning xilma-xil vositalarga boyib borishi, o'ziga xos taraqqiyoti musiqa nazariyoti oldida zamonaviy musiqada modal tamoyillar tafsirini izohlash ehtiyojini yuzaga keltirmoqda. Zamonaviy kompozitorlik musiqasida modallikning qaytadan yangi shakllarda vujudga kelishi O'rta asr va Uyg'onish davri musiqasidan katta farq qiladi. "XX asr musiqasida tovushqatorning ahamiyati oshishi munosabati bilan, "modal texnika" tushunchasining kiritilishi va mazkur davr musiqasini "yangi modallik musiqasi" deb atalishi bilan tavsiflanadi. XX asr modalligi deganda yetti pog'onali tabiiy ladlar, diatonik va simmetrik ladlar umumiyligi tushuniladi. Ushbu lad turlari eng ko'p tarqalgan ko'rinishlardan biridir. Lekin, ba'zida modal texnika seriyaviy texnikaga yaqinlashib, undagi ikki xususiyatlar o'zaro uyg'unlashib sintezlashish holatlari ham kuzatiladi. Shu tufayli, 12 tonli seriyalik va mikroxromatika ko'rinishlari ham modallikning asosiy tamoyillari sifatida sanaladi"[3. 19-b.]. Zamonaviy musiqada modal tafakkur tamoyillarining namoyon bo'lishini yangi modallik, ya'ni neomodallik (Yu.Xolopov) tushunchasi bilan bog'lash lozimdir. Neomodal tizim diatonik, simmetrik, xromatik, mikroxromatik lad shakllarini o'z ichiga olgan ko'p ladli tizim bo'lib, quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:

1. Tovushqatorningyetakchi ahamiyati

Lad tovushqatorining ifodaviy imkoniyatlari uning intonatsion xususiyatlaridan kelib chiqib, garmonik rivojlanishning dinamikasi esa ladni bo'yoqdorligida, ladlarning ketma-ket yoki bir vaqtning o'zida taqqoslanishida namoyon bo'ladi. Yu.Xolopov fikriga ko'ra: "tovushqatorning o'ziga xos qiyofasi - ladlarni farqlaydigan muhim xususiyatdir. Lekin "lad" tushunchasini "tovushqator" tushunchasi bilan adashtirmaslik kerak, chunki tovushqator - lad strukturasidir"[3. 21-b.].

2. Linear ya 'ni kuychan aloqalarning ustuvorligi

Har bir ovozdagi tovushlar o'rtasidagi kuychan aloqalarning ustunligi ularning gorizontal va vertikal bo'yicha intonatsion tutashganligida ham namoyon bo'ladi. XX asrning so'nggi choragida yaratilgan musiqiy asarlarda linearlikning ahamiyatining oshishi kuzatilmoqda. Ye.Dolinskaya ta'kidlaganidek, "gorizontalning vertikalga ta'sirida namoyon bo'lgan kuy va garmoniya munosabatlarining o'zgarishi aloqalarning kuychan turi, ovozlarning chiziqli harakati va linear garmoniyani musiqiy jarayonga olib kirdi"[4. 153-b.]. Kuychan omillar, o'z navbatida akkordlarning tuzilishi, fakturali shakllari, o'zaro qo'shilishi va ketma-ketligiga ham ta'sir o'tkazadi.

3. Kuchsiz markazlashganligi

Yakunlovchi tayanch tonga doimiy tortilishlarning sezilmasligi, kuchsiz ifodalanganligi va umuman olganda, ba'zi hollarda yagona markazning yo'qligi neomodal tizimga xos xususiyatdir. Shu bilan birga, markazning ustunligi turli darajada ifodalanishi kuzatiladi.

4. O'zgaruvchanlik

383

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)

Modal tizimda o'zgaruvchanlik asosiy tayanch xususiyatlardan biridir. Lad markazlarining joylashishi va tuzilishi, lad tovushqatorining strukturasiga bog'liq bo'lib, quyidagi holatlar nisbatan ko'proq qo'llanilgan:

- tovushqator saqlanib, markaz va lad o'zgaradi;

- markaz saqlanib, tovushqator o'zgaradi.

5. Dissonantligi

XX asr musiqasida dissonantlik ustuvor tamoyillardan biri bo'lib, aytish mumkinki, modallikni neomodal texnikaga aylanishiga sababchi bo'lgan muhim omillardan biridir. Tonal musiqada dissonans konsonansga tortilgan bo'lsa, endi u yanada keskin dissonansga tortiladi va bu bilan fonizm ham kuchayadi. Ya'ni, dissonanslar fonizm modeli bo'lib xizmat qiladi.

6. Tersiyaviy va notersiyaviy tuzulishdagi turli xil akkordlarning qo 'llanilishi

Tersiyasizlik tamoyili, kvintali, kvartali, sekundali ohangdoshliklar qo'shilmalari,

aralash strukturadagi akkordlar o'ziga xos ohangli effektlarga ega bo'lib, musiqa asarlarining badiiy g'oyasidan kelib chiqqan holda muhim garmonik vosita sifatida qo'llaniladi.

7. Funksionallikning susayishi

Akkordlar tarkibidagi strukturaviy yangiliklar albatta funksional aloqalarning o'zgarishiga olib keladi. Xususan, akkordlardagi "funksiya" tushunchasi orqa planda qolib, kuychanlik, fonizm va bo'yoqdorlik koloriti asosiy o'ringa chiqadi. Vertikallarning funksiyasi esa asosan bas va unda joylashgan tovushlar kompleksi bilan aniqlanib, ularning turg'unlik va noturg'unlik aloqalarida yuzaga chiqadi. Akkordli izchilliklarning subdominanta va dominantalik xususiyatlariga ega bo'lishi aniq sezilmaydi. Shuningdek, eng asosiy e'tibor fonizm va akkordlarning kuychan aloqasiga qaratiladi. Aynan neomodal garmoniyada ushbu ikkala jihatlar eng muhim omillardan biridir.

8. Fonizmning ustuvorligi

Zamonaviy musiqada akkordning funksiyasi fonizm, tembr, registr va boshqa omillar ahamiyatining o'sishi bilan bog'liq. Tabiiyki, tembrga bo'lgan qiziqish musiqiy tilning intonatsion tomoniga, shu hisobda, garmoniyaga ham tegishlidir. Garmoniyaning fonizm tomoniga, o'ziga xos tembrlariga bo'lgan qiziqishni o'sishi bilan akkord tonlarining joylashishi, ularning juftlanishi va registrli joylashuvi masalasi muhim axamiyatga ega bo'ladi2.

Turli tarixiy davrlarda modallik musiqiy tafakkur va ohang tizimining (звуковысотная система) holati va rivojlanish darajasini aks ettiradi. XX asrning so'nggi choragidan ushbu hodisa "neo" belgisi ostida ta'riflanishi mazkur davr ruhiga va badiiy amaliyotga mutlaq mos keladi. Ushbu voqelikning barcha xilma-xilligini

2 Batafsil qarang: Ю.Г.Кон "Об одном свойстве вертикали в атональной музыке" // "Музыка и современность" вып. 7., М.: 1971.

384 ^ЭЫ 2181-063Х / 1трас( РасЬг 4.311 (БЛР 2022)

to'laqonli ifodalay olish uchun ohang tizimi ulkan imkoniyatlaгga, badiiy ifodaviy vositalarga ega bo'lishi kerak. Aynan shu sifat neomodallikka xosdir. Yangi modallik hajmi, tuzilishi jihatidan xilma-xil bo'lgan lad shakllaгidan keng foydalanish imkonini beгadi. Biгinchidan, ladning o'zgamvchanlik imkoniyatlaгining ortishida bo'lsa, ikkinchisi esa modal "sintez"3 elementlarning keng qo'llanilishi bilan bog'liq.

Lad modellari (shakllari)ning xilma-xilligi vertikal ohangdoshliklarning ham keng doirasini yuzaga keltiradi. Shu asnoda, neomodal asarlarda har qanday tuzulishdagi, zichlikdagi, sonantlikdagi akkord (ohangdoshlik)lardan foydalanish mumkin. XX asr oxiri XXI asr boshidagi neomodallik o'zining g'ayrioddiy rango-rangligi, uning tarkibiy elementlarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Tovushbalandlik nisbatlarining gorizontal va vertikal jihatlaridagi o'zgaгisЫaгi uning asosiy ko'rsatkichlaridir. Shu bilan birga, lad modellari va akkord tuzilmalarini individuallashtirish, yangicha tovush, ohang shakllarini izlash tendensiyasi ham mavjud. Shunday qilib, XX asrning oxirida modallik tushunchasi yanada kengayib, ushbu kategoriyaning ma'noviy doirasini orttimvchi yangi xususiyatlarga ega bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Музыкальный энциклопедический словарь. - M.: "Советская энциклопедия", 1991., 349-350б.

2. Танеев С.И. Подвижной контрапункт строгого письма. - М.: ГМИ, 1959, 9-10 б.

3. Холопов Ю. Модальная гармония. // Музыкальное искусство. Т.: 1982,

19б.

4. Долинская Е. О русской музыке последней трети XX века. - М.: 2001.-153

б.

3 Seriya, mikroxromatika, sonor va boshqa elementlaT bilan uyg'unlashuvi nazaTda tutiladi.

385 ISSN 2181-063Х/Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.