Научная статья на тему 'ERON MILLIY MUSIQASIDA DASTGOHLARNING O’RNI'

ERON MILLIY MUSIQASIDA DASTGOHLARNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1708
79
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Eron milliy musiqasi / dastgohlar / maqomot / Barkashli Mahdiy / Navo / Segoh / Rost / Urmaviy / Iranian national music / makoms / makomot / Barkashli Mahdi / Navo / Segoh / Rost / Urmaviy

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Husainova, Gulnoza

Ushbu maqolada Eron xalqining milliy musiqasi unda dastgohlarning o’rni haqida so`z yuritilgan. Maqomot tarkibiga kiruvchi dastgohlarning tarkibiy tuzilishi haqida ma`lumotlar berilgan. Bu maqola orqali eron milliy musiqasi va dastgohlar bilan tanishish imkoniyati mavjud.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF DASTGAKHS IN NATIONAL MUSIC OF IRAN

This article talks about the national music of the Iranian people, about the role of makoms in it. The data on the structural structure of the makoms that are part of the makomat are given. Through this article you will be able to get acquainted with the Iranian national music and the world of Iranian makoms.

Текст научной работы на тему «ERON MILLIY MUSIQASIDA DASTGOHLARNING O’RNI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

ERON MILLIY MUSIQASIDA DASTGOHLARNING O'RNI

Husainova Gulnoza

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Sharq tillari" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Eron xalqining milliy musiqasi unda dastgohlarning o'rni haqida so^z yuritilgan. Maqomot tarkibiga kiruvchi dastgohlarning tarkibiy tuzilishi haqida malumotlar berilgan. Bu maqola orqali eron milliy musiqasi va dastgohlar bilan tanishish imkoniyati mavjud.

Kalit so zlar: Eron milliy musiqasi, dastgohlar, maqomot, Barkashli Mahdiy, Navo, Segoh, Rost, Urmaviy

В этой статье рассказывается о национальной музыке иранского народа, о роли в ней макомов. Приведены данные о структурном строении макомов, входящих в состав макомата. Через эту статью вы сможете познакомиться с иранской национальной музыкой и миром иранских макомов.

Ключевые слова: Иранская национальная музыка, макамы, макамот, Баркашли Махди, Наво, Сегох, Рост, Урмавий

This article talks about the national music of the Iranian people, about the role of makoms in it. The data on the structural structure of the makoms that are part of the makomat are given. Through this article you will be able to get acquainted with the Iranian national music and the world of Iranian makoms.

Key words: Iranian national music, makoms, makomot, Barkashli Mahdi, Navo, Segoh, Rost, Urmaviy

Eron qadimiy sharq davlatlaridan biridir. Uning shakllanish davrlari milloddan oldingi uch minginchi yillar boshiga borib taqaladi. Eronda ham barcha xalqlar qatori, xalq musiqasi ikki ulkan yo'nalishga ega. Sosoniylar musiqa madaniyati, va umuman, Eron musiqasi tarixi xususida taniqli musiqashunos olim M.Barkeshli o'zining "Eron dastgohlari" kitobida batafsil fikr yuritgan. Ushbu kitob Eron klassik musiqasi (maqomlari) bo'lmish 7 ta dastgohlarning nota yozuvlari va ularga berilgan tarixiy va ilmiy - nazariy izohlari bilan berilgan. Bu izohlar fors va fransuz tillarida bayon qilingan. Ayni paytda kitob M.Ashrafiy muzeyida saqlanmoqda. Muso Ma'rufiy va mohir sozanda va musiqashunos olim Dariush Safvutalar ("Ustodoni musiqiy Eron va alg'oni musiqii Eron", fors tilida Tehronda nashr etilgan) o'zlarining

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Eron musiqasi tarixi xususida yaratgan risola va kitoblarida keng bayon etadilar. Ularda yozilishicha, Eron musiqa san'ati shu davrga kelib gullab yashnagan. Musiqa namunalari bilan birga turli adabiy, falsafiy, tarixiy va ilmiy risolalar yuzaga kelgan. Musiqa shunchalik keng rivoj topdiki, ular nafaqt kelgusi avlodlarga qoldirish darajada mukammal bo'lgan, balki ular boshqa xalqlar musiqa madaniyat iga, hattoki arab musiqasiga ham o'z ta'sirini ko'rsatagan edi.

Tarixiy manbalarda bayon etishlaricha, bu davrning alohida shaxslari tarixiy asarlar yaratishga, o'z ijrolari, musiqiy ohanglariga yangilik kiritishga muyassar bo'lib, avlodlar tomonidan doimo esga olingan.Ya'ni, xalq hayoti tizimiga oid va urf - odatlarga asoslangan, asrlar osha qadriyatlarga aylangan folklor musiqasi va maqomot tizimiga kiruvchi kasbiy musiqa namunasi - dastgohlardir. Dastgohlargacha kasbiy musiqa va musiqa ijodiyoti ham o'z mezonida shakllanib rivojlangan. Arab istilosidan keyin IX-X asrlarda Eron madaniyati zamirida mavjud bo'lgan shakl va janrlar yanada rivoj topa boshladi Bu davrga kelib kasbiy musiqa ijodiyotining namunalari sifatida Roh , Navo, Parda, Tarona, Xusravoniy kuylari, Rost, Rahoviy Zurafkand, Zangula, Navro'z, Parvona, Zobo'l, Naxib, Karashma, Tiroz, Ashur, Nag'ma kabi janr va shakllar yuzaga kelib, amaliyotda keng rivojlangan . Shu bois bo'lsa kerak, bularning barchasi keyinchalik maqomot tarkibidan joy olgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Klassik janrlarning shakllari va asarlarni rivojida Eronning mohir sozandalari va oxangsozlari (Eronda bastakorlar ya'ni , xalq yo'lida asar yaratuvchilarga nisbatan ohagsoz iborasi ishlatiladi) xizmatlari katta. XIX asr va XX asrning birinchi yarmida Mirzo Abdullo, Darvishxon, Abdulloxon, Maxmud Karamiy, Faromurzo Poydur, Abu al Hasan Sabo, Muso Marufiy kabi san'at namoyandalari mohir ustozlar sifatida tanilganlar. Hozirgi davrda esa Husayin Malik, Abul Hasan Sabox; Toxir Zoda, Shohnoz kabi ijrochilar dastgox ijrochilik san'atining yetuk namoyandalari va davomchilari sifatida mashhurdirlar. Dastgoh Sharqning ko'p xalqlarida tarqalgan maqomatning o'ziga xos shakli, ozarbayjon mug'omlari, arab maqomlari, o'zbek-tojik maqomlari va shu kabi boshqa xalqlar og'zaki an'anadagi kasbiy musiqalarga xos bo'lgan yirik turkumiy asardir. Zotan, Eron dastgohlari bir qator o'ziga xos xususiyatlari bilan boshqa xalqlar kasbiy musiqasidan alohida ajralib turadi. "Dastgoh" so'zini ko'p ma'nolarda ishlatishadi. Shular qatorida musiqiy iboralarda ham qo'llaniladi . Jumladan musiqiy asar, tovush qator tizimida dastgoh iborasi ikki so'zdan tuzilgan: dast -"qo'l", goh "vaqt" va "joy" so'zlarining birikmasidan tuzilgan. Eron dastgoh- larining tarkibiy qismlari yuqorida keltirganimizdek - 7 ta asosiy va 5 ta yondosh .qismlardan tashkil topgan. Bulardan asosiylari: Shur, Segoh , Chaxorgoh , Moxur, Humoyun, Novo, Rost -Panjgox; dastgohlari va quyidagi 5 ta - Nag'mai Abu

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Ato, Nag'mai Dashti, Nag'mai Afshori, Nag'mai Bayomu Kurd, Nag'mai Bayomu Isfaxon kabi yondosh qismlardan iborat. Eron dastgohlarining ham xuddi maqomlar kabi o'z xususiyatlari mavjud. Bular: Shur (xayajonli), Humoyun ko'tarinki -shoxona), Segoh (uchinchi ton), Chaxorgoh: (to'rtinchi ton), Rost - Panjgox: haqiqat, beshinchi ton), Navo (kuychan) va Moxur (qayg'uli). Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Eron dastgohlari badixaga asoslangan turkumiy asarlar majmuidir. Shu bois bo'lsa kerak turli musiqashunos olimlarning nota yozuvlarida ularning tarkibiy qismlari turli sonlarda keladi. Bular sonining o'zgarishini yana bir jarayon bilan, ya'ni turli davrlarda notaga olinganligi bilan ham izohlash mumkin. Chunki Eron dastgohlari doimo rivojlanish jarayoni bilan bog'liqdir. Dastgoh turkumiy asarlarining har biri 40 dan 60 tagacha go'shalardan tashkil topadi. Go'sha dastgoh turkumining asar birligidir. Ular dastgoxlar tarkibida har biri o'z ichki xususiyatlariga asoslanadi va shunga ko'ra nomlangan bo'lsada, ular amaliyotda go'sha iborasi bilan qo'shib aytiladi. Masalan: Go'shai Bastanogor, go'shai Chahorgoh, Go'shai shodarvoni marvarid va xokazo.

"Go'sha" so'zining lug'aviy ma'nosi - burchak, tarmoq , aspekt; kompozistiya turkumidagi eng kichik tarkibiy elementdir . Ularning hajmi ham turliligi bilan ajralib turadi . Chunki shunday go'shalar borki 3, 3.5 daqiqa ijro etiladi va nisbatan katta bo'lgan go'shalar 25 yoki 30 daqiqa ijro etilishi mumkin.

Dastgohlarning so'z bilan bog'liq qismlari odatga ko'ra klassik shoirlarning she'r va g'azallari bilan aytilib kelinadi. Umar Xayyom, Nizomiy Ganjaviy, Xofiz, Farududdin Attor, Abduraxmon Jomiy, Hiloliy kabi Sharq mutaffakir shoirlarining ijodi shular jumlasidandir . Dastgohlar xonanda va sozandalar tomonidan ijro etiladi. Ularning tarkibi odatda quyidagichadir : tor, kamoncha, santur, nay va daff . Ular orasida tor yetakchi cholgu bo'lib, ijrochilikda keng qo'llaniluvchi badixa uslubi ana shu cholg'uda amalga oshiriladi. Zamonaviy dastgoh ijrochiligida skripka va boshqa Yevropa cholg'ularini ham qo'llash amaliyotga kiritilgan.

Shur - eronliklarning sevimli dastgohidir. Xalq qo'shiq va raqslarining juda katta qismi ana shu lad asosida. U yumshoq, mayin , lirik bo'yog'i bilan ajralib turadi. V . Vinogradov unga shunday ta'rif beradi: "Uni eshitib, eronliklar va eron go'zalliklarini tushunish mumkin. Uzoyir Gadjibekov shurni ustalik bilan o'zining "Go'ro'g'li" operasida qo'llagan. Maxur - qadimiy dastgohlardan biridir. Birinchi bo'lib bu ladga izoxni Safiuddin Urmaviy keyinroq esa Abdurahmon Jomiy beradi . U ozar, tojik, o'zbek , turk, arab va xind xalqlarida uchraydi. Hindistonda bu lad boshqacha nomda va ozgina o'zgarishlarga uchragan, Sharqda anchadan buyon qo'llaniladi .

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

BARKASHLI MAXDIY - Eron musiqashunosi. Musiqashunoslik va fizika fanlari doktori. O'rta asr musiqa nazariyasi, jumladan, Forobiy, Ibn Sino, Abdulqodir Marog'iy musiqiy risolalari tadqiqotchilaridan. Eron dastgohlari nashriga hissa qo'shgan, musiqa akustikasi muammolariga bag'ishlangan asarlar muallifi. Tehron xalqaro musiqashunoslar Kongressining (1962) tashkilotchilaridan. 1975 yil Toshkent davlat konservatoriyasida "Eron dastgohlari", "Forobiy nazariyasi", "Musiqaviy akustika" hamda "zamonaviy Eron musiqasining ijodiy muammolari" mavzuida ma'ruza va mashg'ulotlar o'tkazgan. Barkashli Maxdiy unga shunday ta'rif beradi: "U shijoatdan kelib chiqib , tantanovor, ulug'vorlik ruhi bilan sug'orilgan". Maxur dastgohi 35 go'shadan iborat. Daromad, mokadame, choxor -mezrob, karamma unda ham uchraydi. Qolgan go'shalar esa o'ziga xos. Dastgohdagi dilkosh, shikasma, sufiynoma kabi bir nechta go'shalarda yangidan-yangi lad qirralari ochilib boradi. O'zgaruvchanlik juda rang- barang. Masalan, sufiynoma - do, re, mi; koron - fa diez, sol, lya, si bemol, do tovush qatoridan boshlanib, asta-sekin pog'onalar o'zgarib boradi va natijada sof maxur - do majorda yakunlanadi. Humoyun - bir paytlar shu'baning hosilasi sifatida yuzaga kelgan va asrlar davomida o'zgarib mukammallashgan. "Uning yangrashi melanxolik, kuyi mayin", deb ta'rif beradi Barkeshli . Shulardan Humoyun uchinchi pog'onasining pasaymaganligi bilan farq qiladi . Qolgan tovushlari bir-biriga mos keladi. Humoyun ozarbayjon mug'omlarida xam uchraydi. Segoh - ushbu lad asosida Sharq xalqlari folkloridan ko'plab misollar topish mumkin. Segohda 20 ga yaqin go'shalar mavjud, ular orasida asosiysi 2 ta bo'lib, modulyastiyalovchi "xesor" va "muxolif" go'shalaridir. 1 -16 go'shagacha asosiy tonlarni kuylanishi bo'lsa, 17-go'shadan boshlab sezilarli og'ishma va modulyastiyalar beriladi. Lekin oxirida kuy dastlabki bosqichga qaytadi. Chahorgoh yoki Chorgoh; - Qadimgi va sharqda taniqli dastgohlardan. Jomiy uni dastgohning shu'ba qismi deb hisoblaydi . M. Barkashli "xursandchilik, quvnoqlik, baxt, dinamizmga boy musiqa deb e'tirof etadi. Navo - Eron musiqa merosida kamroq ijro etilsada, muhim urin egallaydi. M. Barkashli shunday ta'riflaydi: "Ushbu tizim sokin, sekin, chukur g'oya, falsafiy doston". Boshqa manbalarda "Navo tinchlik olib keladi" degan e'tirofni o'qishimiz mumkin. Safiuddin Urmaviy keltirgan Navo tovushqatori dastgoh tovushqatoriga mos keladi. Shashmaqomga ham mos keladi. Navo 15 ga qakin rang-barang go'shalardan tarkib topgan. Modulyastiyalangan go'shalar arak, naxofm, gavit, neyshaburak, xo'jaste va majusli. Navo boshqa dastgohlarga qiyoslaganda hajmda , eshitilishi va obraz tuzilishiga ko'ra kamer asardir. Unga kuychan harakatlar, qo'shiq kayfiyatidagi ohang aylanmalari xos bo'lib, ko'p takrorlanmaslik kuzatiladi. Rost - panjgoh - juda qadimiy tizim bo'lib, paydo bo'lishi Sosoniylar davriga borib taqaladi. Eron Rost - Panjgox dastgohi 30 ga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

yaqin go'shalardan tashkil topgan bo'lib, zabol, karache, arak, rak, panjgoh go'shalarida modulyastiya kuzatiladi . Unda bir pog'ona 3 xil ko'rinishda keladi va unga o'ziga xos badiiylik va rang-baranglik baxsh etib, tinglovchiga o'zgacha ta'sir etadi. Ritm (zarb) Shark xalqlarida qadimdan o'rganiladi . Arab, Eron va O'rta Osiyo olimlariga tegishli risolalarda ular atroflicha yoritilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Moqaddam A.S. Persian Language. Book one: Basic lessons. -Tehran, Council for Promotion of Persian Language and Literature, 2007.

2. Z. Nasullayev. «Fors tili» xrestomatiyasi. Toshkent, 2010 y.

3. I.Ganiyeva "Sharq xalqlari musiqa tarixi" Toshkent, 2018 y.

4. https://en.wikipedia.org/wiki/Persian traditional music

5. https://archive.org/details/iranian-classical-music

6. http: //www.rel ga.ru/Environ/WebObi ects/tgu-www.woa/wa/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.