Научная статья на тему 'MODAL SO‘ZLARNING GURUHLANISHI'

MODAL SO‘ZLARNING GURUHLANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
6
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Modal so‘zlar / kirish so‘zlar / tasdiq modallari / gumon modallari / ishonch modallari / morfologiya. / Modal words / introductory words / affirmative modals / suspect modals / confidence modals / morphology

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Narbayeva Xosiyat

Bu maqolada modal so‘zlarning guruhlanishi haqida ma’lumot berildi. Ularning gapda qo‘llangan o‘rinlariga misollar keltiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GROUPS OF MODAL WORDS

This article provides information on the grouping of modal words. Gives examples of their places used in sentences.

Текст научной работы на тему «MODAL SO‘ZLARNING GURUHLANISHI»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

GROUPS OF MODAL WORDS

Narbayeva Xosiyat

Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyoz, Faculty of Turkic Languages, 2nd level student of Uzbek language education in

foreign language group https://doi.org/10.5281/zenodo.11175046

EURASIAN IOURNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

ARTICLE INFO

ABSTRACT

This article provides information on the grouping of modal words. Gives examples of their places used in sentences.

Received: 02nd May 2024 Accepted: 09th May 2024 Online: 10th May 2024 KEYWORDS Modal words, introductory words, affirmative modals, suspect modals, confidence modals, morphology.

MODAL SO'ZLARNING GURUHLANISHI

Narbayeva Xosiyat

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti O'zga tilli guruhlarda o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11175046

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 02nd May 2024 Accepted: 09th May 2024 Online: 10th May 2024 KEYWORDS Modal so'zlar, kirish so'zlar, tasdiq modallari, gumon modallari, ishonch modallari, morfologiya.

Bu maqolada modal so'zlarning guruhlanishi haqida ma'lumot berildi. Ularning gapda qo'llangan o'rinlariga misollar keltiradi.

Ma'naviyatni yuksaltirish uchun har bir shaxs doim adabiyot bilan hamnafas bo'lishi kerak. Chunki haqiqiy badiiy asar hech qachon kitobxonlar qo'lidan tushmaydi. Badiiy asar yashashi uchun esa kechani, bugunni va ertanggi kun haqida gapirishi kerak. Badiiy asarlarni o'zining jozibador tili bilan insonni lol qoldiradi. Birgina so'z orqali bir insonning butun bir his-tuyg'ulari ochib beriladi. Tilshunoslikda bunday birliklarni Kirish so'zlar va modal so'zlar atamasi ostida o'rganamiz. O'quvchilar kirish so'zlarning qanday ma'no anglatayotganini bilishi mumkin, lekin ularni grammatik jihatdan, sintaktik jihatdan qanday tahlil qilinishini, kirish so'zlarini guruhlarga ajratilganliklarini bilmasliklari mumkin. Bunday paytda o'quvchilar darsni diqqat bilan tinglashlari, amaliy mashg'ulotlar orqali amalda qo'llashliklari talab qilinsa, o'qituvchidan darsni to'g'ri tashkil qilish, dars davomida interfaol metodlardan foydalanish talab qilinadi. Ma'lum bo'ladiki, gap [Pm]i tarkibida mayl/modallik ma'nosi ham mavjud.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Modallik gap kesimini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Tilshunoslikda modallikning o'zigina gapni tashkil etadi degan qarash ham mavjud. Chunki gap [Pm]jida mavjud va xilma-xil vosita bilan ifodalangan taxmin, gumon, shubha, ishonch, qat'iylik, shart, istak, tilak, buyruq, imkoniyat, zaruriyat, majburiylik kabi ma'no ifodalangan har qanday hukm, fikrda ustuvor qiymati bilan ajralib turadi. Shu boisdan gap tarkibida gap bo'laklari bilan grammatik aloqaga kirishmagan, so'z birikmasi hosil qilmagan bo'lsa-da, [Pm] dagi mazkur ma'noga bevosita daxldor bo'lgan subyektiv modallik munosabatini ifodalaydigan atov birliklari ko'plab uchraydi: 1. Aka, bugun ota-onalar yig'ilishiga dadam boradilarmi? - Dadam, albatta, boradilar, balki, onam ham borarlar.1 Kirish bo'lak o'zi qo'shiluvchi gapshakl anglatayotgan fikrga so'zlovchining turli aqliy va hissiy munosabatini bildiradi; o'zi qo'shilayotgan gapshaklga bir butun holda taalluqli bo'ladi, odatda gapshakldan oldin joylashadi, shunga ko'ra asli kirish deb emas, kirishish deb nomlanishi to'g'riroq.2 Inson nutq hosil qilish jarayonida beixtiyor kirish so'zlaridan foydalanadi. Kirish so'zlar morfologiyada modal so'zlar atamasida atalsa, sintaksisda kirish so'zlar atamasi bilan o'rganiladi. Bu nutqning ta'sirchanligini, ifodaliligini va jozibadorligini oshiradi. Ko'pchilik kirish so'zlarni gapning o'rtasida ham boshida ham oxirida ham qo'llashimiz mumkin. Masalan: Darhaqiqat, Vali aka o'g'liga bir otagina bo'lib qolmay, uning eng yaqin hamdardi ham edi. Ba'zi jihatdan, masalan, ildamlikda bu yigitni o'zidan ustun ko'rdi. Odam mehnati bilan yuksaladi, shubhasiz. Modal so'zlar ma'no jihatidan sakkizta guruhga ajratiladi. Bulardan birinchisi ishonch bildirivchi modallar hisoblanadi va bularga albatta, shaksiz, so'zsiz, shubhasiz kabi modal so'zlar kiradi. Ular gapda quyidagi shaklda keladi. Biz bugun, albatta, g'alaba qozonamiz. Uni bu gapni aytgani rost, shaksiz.Maktabdagi musobaqalarda qatnashadi va, so'zsiz birinchi o'rinni egallaydi. Kim ko'rsa ham uni, shubhasiz, Paxtazorning qahramoni, der. Ikkinchi guruhi gumon bildiruvchi modallar hisoblanadi va bularga ehtimol, balki, chamasi, shekilli, aftidan kabi modal so'zlar kiradi. Masalan: Sherbek o'shanda hol so'rab, ehtimol, xato qilgandir. Balki, mahallasidan ham xotinlar kelgandir. Chamasi, Azizbek osonlik bilan jon beradigan ko'rinmaydir. Majlis bo'lishini eshitmagan shekilli, u kelmadi. Aftidan, ular endigina zavoddan chiqqan bo'lsa kerak, bo'yoq hidi gupillab dimoqqa urib turibdi. Uchinchi turi tasdiq bildiruvchi modallar bo'lib ularga darhaqiqat, haqiqatan kabi modal so'zlar kiradi. Darhaqiqat, Vali aka o'g'liga bir otagina bo'lib qolmay, uning eng yaqin hamdardi ham edi. To'rtinchi turi bu fikrning xulasalanganligini bildiruvchi modallar hisoblanadi va ularga xullas, demak, umuman kabi. Xullas, insonning inson bo'lishi uchun kerakli gaplar deyarli Shayx Sa'diy "Guliston"ining o'zidayoq aytib o'tilgan. Demak, uni siz yozgan ekansiz-da. Beshinchi tur modal so'zlari fikrning tartibini bildiruvchi modallar hisoblanadi va avvalo, avvalambor kabi modal so'zlar kiradi. Avvalo, mening uyim yo'q. Undan keyin meni muborakbod etib yurgan tanishlarim ham yo'q, - dedi Anvar qo'l siltab. Avvalambor, - dedi zardasi qaynay boshlab Xolmirza, - mening brigadamda sizbop ish yo'q. Oltinchi tur modallari fikrning dallilanishi uchun qo'llaniladigan modalllar hisoblanadi va ularga masalan, jumladan kabi modal so'zlar kiradi. O'tirishka begona kishilar ham aytilsa mumkinmi, ozor

1 R. Sayfullayeva, B. Mengliyev, G. Boqiyeva, M. Qurbonova, Z. Yunusova, M. Abduzalova Hozirgi o'zbek adabiy tili Toshkent - 2009.

2 Rahmatullayev. Sh. Hozirgi adabiy o'zbek tili - Toshkent: Universitet, 2006

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

chekmasmisiz chaqirilganda o'zimizga yaqin va ahil kishilar bo'lur. Masalan, Mirzakarim qutidor kabi. Hamma, jumladan, o'zim ham qotib-qotib kuldim.Yettinchi tur modallari acinish ma'nosini anglatuvchi modallar hisoblanadi va ularga attang, afsus kabi modal so'zlar kiradi. Masalan: Attang, shuncha mol-dunyo yonib kettiya. Birodarim bilan topishdimku, deb o'ylagan edi, afsus, quvonchiga qor yog'di. Sakkizinchi tur modallai quvonish ma'nosini bildiruvchi modallar bo'lib ularga xayriyat modal so'zi kiritiladi. Xayriyat, bir shamol bo'ldi-yu, bulutni haydab ketdi.

Modal so'zlar qo'llanilgan biror matnni mutola qilayotgan o'quvchi yoki kitobxon ularning yuz qiyofasini yoki holatini ham tasavvur qilishi oson bo'ladi. Modal so'zlarni mustaqil so'zlardan farqlashimiz kerak bo'ladi. Masalan: Bugun Salimaning ehtimoli to'g'ri chiqdi. Bu gapda ehtimoli so'zi tahmini ma'nosida qo'llanilgan bo'lib o'zi mustaqil holda qo'llanilgan.

References:

1. Rahmatullayev. Sh. Hozirgi adabiy o'zbek tili - Toshkent: Universitet, 2006

2. R. Sayfullayeva, B. Mengliyev, G. Boqiyeva, M. Qurbonova, Z. Yunusova, M. Abduzalova Hozirgi o'zbek adabiy tili Toshkent - 2009.

3. H. Jamolxonov. Hozirgi o'zbek adabiy tili Toshkent - "Talqin" - 2005

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.