OLMOSHNING MA'NO TURLARI HAQIDAGI QARASHLAR
Shohsuvor Tursun o'g'li Musayev
Chirchiq davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar: Xosiyat Abdurasul qizi Abduqahhorova
ANNOTATSIYA
Maqolada mustaqil so'z turkumlaridan bin bo'lgan olmosh so'z turkumi haqidagi qarashlar, jumladan, olmoshning ma'no turlari, badiiy adabiyotda qo'llanilganda ifodalaydigan turli xil ma'no qirralari yuzasidan fikr-mulohazalar yuritilgan.
Kalit so'zlar: Olmosh so'z turkumi, kishilik, ko'rsatish, o'zlik, so'roq, belgilash, gumon, bo'lishsizlik olmoshlari.
The article discusses the views of the rhyme phrase, which is one of the independent word categories, including the types of meaning of the rhyme and the different aspects of meaning that it expresses when used in fiction.
Keywords: Pronouns, person, show, identity, question, designation, suspicion, indivisibility.
Bugungi kunda barcha sohalar qatorida o'zbek tilshunosligida qator o'zgarish va yangilanishlar yuz bermoqda. Bu o'zgarishlar, albatta, jamiyat taraqqiyotining rivojlanishidan darak beradi. Bugun o'zbek tilini yaxlit bir tizim sifatida o'rganish, uning mantiqiy madaniyatini zamon talablari darajasiga ko'tarish hayotimizning eng asosiy tarkibiy qismiga aylandi. Qisqa davr ichida o'zbek tilshunosligi sezilarli darajada muvofaqqiyatlarga erishdi. Lisoniy birliklarni yangidan yangi metod va usullar asosida tadqiq etish, ularning til tizimidagi tutgan o'rnini yoritib berish oldimizga turgan eng asosiy vazifalardan biridir. Shulardan biri alohida xususiyatlarga ega bo'lgan olmosh so'z turkumi bo'lib, uning ma'no turlari yuzasidan turlicha yondashuvlar mavjud. Nutqda olmoshlar o'zining leksik-grammatik vazifasidan tashqari nutqiy vaziyatga qarab turlicha stilistik vazifalarni doim bajaradi va emotsional-ekspressiv bo'yoqdorlikni vujudga keltiradi. Bu borada U. Suyarov, R. Qo'ng'urov, M. Asqarova, T.Akramov, B.Isobekov, S.Karimov, B.Yo'ldoshev, M.Hamrayev. M.Fozi-lova, Y.Tojiyev, E.Qilichev va boshqalarning monagrafik tadqiqotlarida, o'quv -qo'llanmalarida aytib o'tilgan fikrlar
VIEWS ON THE TYPES OF MEANING OF THE DIAMOND
ABSTRACT
KIRISH
va sanoqli maqolalargina mavjud. Bu manbalarda olmoshlarga xos bo'lgan jihatlar ochib berilgan.
ASOSIY QISM
Olmosh (ichi bo'sh so'zlar) - Barcha mustaqil so'z turkumlari va hatto yordamchi so'zlar, so'z birikmasi hamda gap o'rnida almashinib qo'llanuvchi, ularga ishora qiluvchi yoki so'roq bildiruvchi so'zlar olmosh hisoblanadi. Olmoshlarning aniq atash ma'nosi bo'lmaydi. Uning qaysi ma'noda kelayotganligi matnda qaysi so'z yoki gap o'rnida almasinib kelishiga qarab belgilanadi.
Olmoshlarning bevosita atash ma'nosiga ega bo'lmaganligi uchun "Ichi bo'sh so'zlar" deb ham yuritiladi. Olmoshlar ma'nosiga ko'ra quyidagi yetti guruhga bo'linadi:
1.Kishilik olmoshlari uch shaxsdan biriga ishora qiladi.
Birlik Ko'plik
I-men biz (so'zlovchi)
II-sen siz (tinglovchi)
III-u ular (o'zga)
III shaxs kishilik olmoshi narsalarga nisbatan ham ishlatilishi mumkin. Masalan: Mashinam bor. U qora. Kiyimlarim ko 'p. Lekin ular eskirgan.
I va II shaxs birlikdagi kishilik olmoshiga -ni, -ning, -niki qo'shimchalari qo'shilganda qo'shimcha tarkibidan bir -n tovushi tushib qoladi.
Men -ni meni
+ -ning sening
Sen -niki seniki
III shaxs birlikdagi kishilik olmoshiga -ga, -da, -dan qo'shimchalari qo'shilganda bir -n tovushi ortadi. M: unga, unda, undan kabi. Kishilik olmoshlari egalik shakllarini qabul qilmaydi.
Kishilik olmoshlariga ko'plik shakli (-lar ) qo'shilganda:
a) men - kishilik olmoshi ko'plikni qabul qilmaydi.
b) sen - kishilik olmoshiga ko'plik shakli qo'shilganda hurmatsizlik ma'nosi anglashiladi. Masalan, Buyruq shunaqa. Senlar qolasan.
c) biz, siz - kishilik olmoshlariga ko'plik qo'shimchasi qo'shilganda kuchaytirish ma'nosi anglashiladi. Bizlar talabamiz.
Har uchala shaxs ko'plikdagi kishilik olmoshlari (biz, siz, ular) uslubiy talab bilan birlikdagi kishilik olmoshlari o'rnida (men, sen, u) qo'llanishi mumkin.
d) Ko'plikni ifodalovchi olmosh birlikda ham qo'llanadi. Biz-men-kamtarlik, maqtanish ma'nolarida keladi: Kamtarlik ma'nosida - Biz bu maqolada yechimini
kutayotgan muammoni olib chiqdik. Maqtanish, kibr ma'nosida - Bu ishni biz uddaladik.
e) Sen o'rnida siz, u o'rnida ular olmoshi ishlatilib, hurmat ma'nosini ifodalaydi. Masalan, Siz bugun darsda faol ishtirok etdingiz. Men buvimni yaxshi ko 'raman. Ular ham meni sevadi.
f) Siz olmoshi, ko'pincha, birlik sonda hurmat ma'nosida qo'llanilganligi sababli ikkinchi shaxs ko'plik sonda sizlar shakli ishlatilishi mumkin. Sizlar kelajagimiz.
2. O'zlik olmoshi.
Kishilik olmoshlari o'rnida qo'llanilib ko'pincha shaxsni, ba'zan predmetni ko'rsatuvchi o'z so'zi o'zlik olmoshi hisoblandi. O'zlik olmoshi egalik shakllarini olib har uchala shas kishilik olmoshi o'rnida almashinib qo'llaniladi.
Men - o'zim Biz - o'zimiz
Sen - o'zing Siz - o'zinggiz
U - o'zi Ular - o'zlari
Kishilik va o'zlik olmoshi ketm -ket kelsa, ta'kid ma'nosi anglashiladi. Bu ishni men o'zim qildim. O'zlik olmoshi kinoya, piching ma'nolarini anglatishi mumkin. O'zlarimi kelsinlar. O'zlik olmoshi egalik shakllarisiz qo'llanmaydi. O'zlik olmoshiga barcha shakllar egalikdan keyin qo'shiladi. (ko'plik bundan mustasno).
O'z-imiz-ga, O'z-i-day
O'z-im-niki, O'z-lar-i
O'zlik olmoshi iboralarni yasalishiga asos bo'la oladi.
3. Ko'rsatish olmoshi.
So'z, so'z birikmasi va gap o'rida qo'llanadi va ularga ishora qiladi. Quyidagilar ko'rsatish olmoshari hisoblanadi: u, bu, o'sha, shu, ana, mana, ana bu, ana shu, mana bu kabi.
I. So'z o'rnida: Misolyo 'q. Chunki mana shu qiyin.
II. So'z birikmasi: Yangi mashina oldim. Buni ko 'rishga kel.
III. Gap: Chekish yomon. Bu yodingda bo'lsin.
Ko'rsatish olmoshlari og'zaki nutqda: anavi, manavi. Badiiy adabiyotda quyidagicha ifodalanadi: ul, bul, shul, andoq, o'shal. Kishilik olmoshi va ko'rsatish olmoshi o'zaro shakldosh. Kishilik olmoshi kim? Masalan, U keldi. Ko'rsatish olmoshi qaysi? so'roqlariga javob boladi. U kishidan bir gap chiqdi. Ko'rsatish olmoshlariga egalik, -ga, -da, -dan, -dek, -aqa, -cha qo'shimchalari qo'shilganda -n tovushi ortadi.
4. So'roq olmoshi.
Quyidagi ma'nolarni ifodalaydi: Shaxs - kim? Miqdor - qancha?
Narsa - nima? Sabab - nima uchun?, nima sababdan?
O'rin-joy - qayer? Harakat - nima qilmoq?, nima qo'ymoq?
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489
OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2022
Payt - qachon? Belgi - qanday?, qanaqa?, qaysi?.
Badiiy adabiyotda quyidagi turlari bor: ne, na, qay? qayon? Nechuk kabi. Belgi bildiruvchi so'roq olmoshi o'rnida narsa ma'nosini beruvchi olmosh ishlatiladi. Nima ovqat bor? So'roq olmoshi gapda boshqa so'zlarga nisbatan kuchliroq aytiladi.
5.Gumon olmoshi. Quyidagi yo'llar bilan hosil qilinadi:
a) so'roq olmoshi+dir=gumon olmoshi kimdir?, nimadir?, qachondir?, qayerdir?;
b) alla+so'roq olmoshi, narsa so'zi = gumon olmoshi allakim, allanima
allaqanday (allaqachon ravish hisoblanadi) alla + o'rin, payt = ravish. Masalan, allamahal, allavaqt, allajoy;
c) bir + kishi, narsa, nima = gumon olmoshi bir kishi,bir narsa,bir nima;
d) quyidagi so'zlar ham gumon olmoshi hisoblanadi: falonchi, pistonchi, birov, biror, bir qator, bir xil, bir.
6.Belgilash olmoshi
To'pdan ajratilgan yoki jamlab ko'rsatilgan shaxs, narsa, belgi kabilarni ifodalaydi. Belgilash olmoshi 2 xil bo'ladi:
1) to'dalab ko'rsatuvchi: hamma, barcha, bari, butun, bor, jami
2) to'pdan ajratib ko'rsatuvchi
Har + so'roq olmoshi, bir, narsa, kishi = gumon olmoshi. Har kim, har nima, har qachon. Har so'zi o'rin va payt bildiruvchi so'zlar bilan kelsa ravish hosil bo'ladi. Har mahal, har vaqt, har pallada. Ayrim, ba'zi, bir xil, buncha, shuncha so'zlari ham belgilash olmoshi hisoblanadi.
7. Bo'lishsizlik olmoshi quyidagicha hosil qilinadi: Hech+so'roq olmoshi, bir, narsa, kishi = bo'lishsizlik olmoshi.
Bo'lishsizlik olmoshi qatnashgan gapning kesimi inkor bo'ladi. Hech narsa degan emas. Hech qayerga bormaymiz. Olmoshlar badiiy adabiyotda stilistik vosita sifatida ishlatiladi.
XULOSA
Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, olmosh so'z turkumlarini tadqiq etish jarayonida badiiy adabiyotga murojaat qilinsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi. Chunki, olmosh ifodalaydigan turli xildagi ma'nolar matn ichidan anglashilib turadi. Biz tadqiq etgan mavzu bugungi kundagi yechimini kutayotgan mavzulardan biridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Sayfullayeva R.R, Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H, Qurbonova M.M, Yunusova Z.Q, Abuzalova M.Q. (2006). Hozirgi o'zbek adabiy tili. O'quv qo'llanma. -Toshkent, - 391 b.
320
UZBEKISTAN | www.caajsr.uz
2. Jamolxonov H.A. (2004). Hozirgi o'zbek adabiy tili. O'quv qo'llanmasi. 1-qism. -T.: Nizomiy nomli TDPU bosmaxonasi.
3. Tursunov U.M, Muxtorov J, Rahmatullayev Sh. (19920. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Qayta ishlangan, to'ldirilgan 3- nashri. - T.: "O'zbekiston".
4. Shoabdurahmonov Sh, Asqarova M, Hojiyev A, Rasulov I, Doniyorov X. (1980). Hozirgi o'zbek adabiy tili. I qism. "O'qituvchi", T.