Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA OLMOSH SO‘Z TURKUMINI O‘RGATISH TEXNOLOGIYALARI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA OLMOSH SO‘Z TURKUMINI O‘RGATISH TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
9463
528
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
so’z turkumlari / olmosh / metod / texnologiya / kishilik olmoshlari / mashqlar. / types of speech / pronoun / method / technology / personal pronouns / exercises.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xakimova, Zulayho Alisher Qizi

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining kishilik olmoshlari mavzusini tushunishlari va o’zlashtirishlari uchun ona tili darslarida foydalanish uchun ba’zi metod va texnologiyalar keltirib o’tilgan. Bundan tashqari texnologiya va olmosh tushunchalariga ham alohida to’xtalib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TECHNOLOGIES FOR TEACHING A PRONOUN VOCABULARY TO PRIMARY SCHOOL PUPILS

This article outlines some of the methods and technologies that elementary students can use in their native language lessons to help them understand and master the topic of personal pronouns. The concepts of technology and rhyme are also discussed.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA OLMOSH SO‘Z TURKUMINI O‘RGATISH TEXNOLOGIYALARI»

Scientific Journal Impact Factor

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIGA OLMOSH SO'Z TURKUMINI O'RGATISH TEXNOLOGIYALARI

Xakimova Zulayho Alisher qizi,

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti, Ta'lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim) 2-bosqich magistri

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining kishilik olmoshlari mavzusini tushunishlari va o'zlashtirishlari uchun ona tili darslarida foydalanish uchun ba 'zi metod va texnologiyalar keltirib o 'tilgan. Bundan tashqari texnologiya va olmosh tushunchalariga ham alohida to 'xtalib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: so'z turkumlari, olmosh, metod, texnologiya, kishilik olmoshlari, mashqlar.

TECHNOLOGIES FOR TEACHING A PRONOUN VOCABULARY TO

PRIMARY SCHOOL PUPILS

Khakimova Zulayho Alisher kizi,

Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Theory and methods of education (primary education) 2nd year master

This article outlines some of the methods and technologies that elementary students can use in their native language lessons to help them understand and master the topic of personal pronouns. The concepts of technology and rhyme are also discussed.

Keywords: types of speech, pronoun, method, technology, personal pronouns, exercises.

ТЕХНОЛОГИИ ОБУЧЕНИЯ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ КАТЕГОРИИ МЕСТОИМЕННОЕ СЛОВО

Хакимова Зулайхо Алишер кызы,

Ташкентский государственный педагогический университет имени Низами, Теория и методика обучения (начальное образование) 2 курс магистратуры

АННОТАЦИЯ

В этой статье описаны некоторые методы и технологии, которые учащиеся начальной школы могут использовать на уроках родного языка,

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

чтобы помочь им понять и усвоить тему личных местоимений. Обсуждаются также понятия технологии и рифмы.

Ключевые слова: часты речи, местоимения, метод, технология, личные местоимения, упражнения.

KIRISH

Barchamizga ma'lum, bugungi kunda barcha sohalarda bo'lgani kabi ta'lim sohasida ham ko'pgina islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunday islohotlar ta'limning barcha sohalariga tegishlidir. Jumladan boshlang'ich ta'lim bosqichiga ham. Bunday islohotlardan ko'zlangan asosiy maqsad o'quvchilarning chuqur bilim olishlarini ta'minlashdir.

Boshlang'ich sinfda ona tili darslari alohida ahamiyatga egadir. Ona tili fanini o'qitishning asosiy maqsadi - o'z fikrini og'zaki va yozma tarzda to'g'ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o'zgalar fikrini anglaydigan - muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat.1 Bu maqsadni amalga oshirish esa boshlang'ich ta'lim o'qituvchilariga kata mas'uliyat yuklaydi, ulardan chuqur bilim, mahorat talab qiladi. Bunday talablarga javob berish uchun boshlang'ich sinf o'qituvchilari o'zlari dars beradigan fanlardagi har bir yangiliklarni kuzatib borishi, darslarda foydalaniladigan turli texnologiyalar, metodlar bilan qurollangan bo'lishlari kerak. Chunki turli metod va texnologiyalar bilan tashkil qilingan darslar an'anaviy darslarga nisbatan samaraliroq bo'lishi kuzatilmoqda. Texnologiya tushunchasi haqida to'xtalib o'tamiz. Texnologiya- yunoncha so'z bo'lib, texne-mahorat, san'at, logos-tushuncha, ta'limot ma'nolarini anglatadi. Ushbu tushuncha iqtisodiy sohaga xos bo'lgan tushuncha hisoblanadi. Keyinchalik esa pedagogik texnologiya tushunchasi fanga kiritildi va ilmiy isbotlandi. Pedagogik texnologiya bilimlarni o'rganish yaxlit jarayonida ta'lim shakllarini optimallashtirish, texnikaviy, insoniy imkoniyatlar, ularning o'zaro hamkorligini amalga oshirish metodlari tizimidir. 2

So'z turkumlarini o'rganish mavzulari boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutqini o'stirishda alohida ahamiyatga egadir. Chunki bu mavzular orqali o'quvchilarning so'z boyligi ortadi. Boshlang'ich sinfda so'z turkumlaridan ot, sifat, son, fe'l va olmoshlar nazariy va amaliy tarzda o'rgatiladi. Olmosh so'z turkumi ham ona tili nazariyasida alohida ahamiyatga ega mavzulardan biridir. Gap ichida ot, sifat,

1 Umumiy o'rta ta'limning Davlat Ta'lim standard va O'quv dasturi. Boshlang'ich ta'lim. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligi Respublika Ta'lim Markazi. Toshkent-2017

2 "Boshlang'ich ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar". Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari hamda boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish yo'nalishi talabalari uchun o'quv qo'llanma. Tal'at G'afforova. "Tafakkur" nashriyoti. Toshkent-2011.

son, ravish, ba'zan so'z birikmasi va gap o'rnida qo'llana oladigan, aniq lug'aviy ma'noga ega bo'lmagan so'z turkumi olmosh deb ataladi. 3 Olmoshlar ko'pincha boshqa so'z turkumlari o'rnida qo'llaniladi. Bu esa nutqdagi takrorlarning oldini olishga yordam beradi. Yuqorida ta'rif keltirilgan adabiyotda olmoshlarning jami yettita ma'no turi keltirilgan:

1) kishilik olmoshlari

2) o'zlik olmoshi

3) ko'rsatish olmoshlari

4) so'roq olmoshlari

5) belgilash olmoshlari

6) bo'lishsizlik olmoshlari

7) gumon olmoshlari

Olmosh so'z turkumini boshlang'ich sinf o'quv dasturi va darsliklarini tahlil qiladigan bo'lsak, bu so'z turkumi haqida boshqa so'z turkulariga nisbatan kamroq ma'lumotlar keltirilganini ko'rishimiz mumkin. Olmosh so'z turkumi haqida boshlang'ich sinfning 4-sinfida ma'lumotlar beriladi. 4-sinfda yuqorida berilgan olmoshlarning ma'no turlaridan faqat kishilik olmoshlari o'rgatiladi. O'quv dasturi bo'yicha kishilik olmoshlari uchun 13 soat ajratilgan. Bunda olmosh so'z turkumiga to'g'ridan to'g'ri ta'rif berilmaydi. Badiiy asarlardan yoki o'quvchilarning o'zlari tomonidan tuzilgan misollar orqali tushuntiriladi. Chunki o'quvchilar shu darslargacha kishilik olmoshlarini nutqlarida keng qo'llab keladilar. Kishilik olmoshlarini o'rgatish jarayonida o'quvchilarda quyidagi bilim va ko'nikmalar hosil qilinadi:

- men, sen, u, biz, siz, ular kishilik olmoshlari kim? kimlar? so'rog'iga javob bo'ladi;

- kishilik olmoshlari so'z turkumi;

- kishilik olmoshlari 3 ta shaxsni birlik va ko'plikda ifodalaydi;

- ular kelishiklar bilan turlanadi; -ni, -ning qo'shimchalari men, sen olmoshlariga qo'shilganda o'zakdagi n tushib qoladi; u olmoshiga -ga, -da, -dan qo'shimchalari qo'shilsa, bir n tovushi orttiriladi kabi bilimlar beriladi;

- olmoshlami nutqda to'g'ri va o'rinli qo'llash, ularni kelishikli holatda to'g'ri yozish, so'roqlar yordamida aniqlash va farqlash ko'nikmalari hosil qilinadi.4

4-sinfda kishilik olmoshlari quyidagi mavzularga bo'lib o'rganiladi:

3 "Ona tili" M.Hamrayev "Sharq" nashriyot-matbaa AK. Toshkent. 2012-yil. 74-bet.

4 "Ona tili o'qitish metodikasi" Boshlang'ich ta'lim fakultetlari talabalari uchun darslik. K. Qosimova va boshqalar. "Nosif' nashriyoti. Toshkent-2009.

- Kishilik olmoshlari;

- Kishilik olmoshlarining kelishik qo'shimchalari bilan qo'llanilishi;

Ushbu mavzularni o'rganish jarayonida turli xil metodlardan foydalanish

mumkin. Masalan, suhbat, yarim izlanishli muammoli metod, induktiv metodlari shular jumlasidandir. Bulardan tashqari ushbu mavzuni tushuntirishda ko'rgazmalilikdan va boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun ishlab chiqilgan multimediali ilovalardan foydalanish ham yaxshi samara beradi.

Biz ham quyida kishilik olmoshlariga taalluqli bo'lgan mavzularni tushuntirishda qo'llanilishi mumkin bo'lgan bir necha usullarni keltirib o'tamiz.

Bulardan birinchisi ko'rgazmalilik usulidir. Bunda o'quvchilarga bir necha rasmlar ko'rsatiladi va ular bilan birgalikda kishilik olmoshlari yozilgan so'zlar ham xattaxtaga ilib qo'yiladi. O'quvchilar esa rasmlarga mos kishilik olmoshlarini ko'rsatishlari lozim bo'ladi.

Kishilik olmoshlari mavzularini o'quvchilarga tushuntirishda darslikda ham turli xil mashqlardan foydalaniladi. Bu mashqlar ham samarali hisoblanadi. Darslikdan tashqari quyidagi mashqlarni ham kishilik olmoshlari mavzusini tushuntirishda foydalanish mumkin.

1) Bunda o'quvchilar qaysi kishilik olmoshlari qaysi shaxsga tegishli ekanligini tushuntirishda quyidagi "Moslashtiring" nomli jadvaldan foydalanish mumkin.

1

Kishilik olmoshlari 1

Men Shaxslar 1

Sen I shaxs

U II shaxs

Biz III shaxs

Siz

Ular

Yuqoridagi kabi jadvallar tasvirlangan ko'rgazmalar xattaxtaga ilinadi. O'quvchilarga esa kishilik olmoshlari o'zlari ifodalab kelgan shaxslarni aniqlash topshirig'i beriladi. O'quvchilar navbat bilan chiqib chap tomondagi jadval bilan o'ng tomonda berilgan jadvalni birlashtiradilar.

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Men

Sen

U

Biz

Siz

Ular

Kishilik olmoshlari mavzularini o'quvchilarga tushuntirishda darslikda ham turli xil mashqlardan foydalaniladi. Bu mashqlar ham samarali hisoblanadi. Darslikdan

tashqari quyidagi mashqlami ham kishilik olmoshlari mavzusini tushuntirishda foydalanish mumkin.

2) Ma'lumki, olmoshlar kelishik qo'shimchalari bilan qo'llanganida ba'zi kishilik olmoshlari tovush o'zgarishlariga uchraydi. O'quvchilarga esa bu imloda xatoliklarga yo'l qo'yishlariga olib kelishi mumkin. Bunday xatolarning oldini olish maqsadida quyidagi mashq turidan foydalanish mumkin.

Kelishiklar Bosh kelishik (- ) Qaratqich kelishigi (-ning)

Tushum kelishigi (-ni)

Jo'nalish kelishigi (-ga)

O'rin-payt kelishigi (da)

Chiqish kelishigi (dan)

Yuqorida keltirilgan jadval o'quvchilarga ekranda ko'rsatiladi va kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan qo'llanilishi eslatiladi. Shundan so'ng o'quvchilar navbat bilan olmoshlarni kelishik qo'shimchalari bilan qo'llagan holda so'z birikmalari tuzadilar. Tovush o'zgarishiga uchragan olmoshlarga navbat yetganda o'qituvchi tomondan kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan qo'llangandagi tovush o'zgarishlari eslatiladi va mustahkamlanadi. Masalan, mening kitobim, unga yordam berdim kabi.

XULOSA

Tadqiqot jarayonida shunday fikrlar keltirishimiz mumkinki, yuqoridagi kabi mashq turlari o'quvchilarning mavzular yuzasidan egallagan bilimlari mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari o'quvchilarda ziyraklik, topqirlik kabi sifatlarning rivojlanishiga zamin yaratadi.

REFERENCES

1. Umumiy o'rta ta'limning Davlat Ta'lim standarti va O'quv dasturi. Boshlang'ich ta'lim. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligi Respublika Ta'lim Markazi. Toshkent-2017

Men + ning = mening ( tovush tushishi)

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

VOLUME 1 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

2. Tal'at G'afforova. "Boshlang'ich ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar" Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari hamda boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish yo'nalishi talabalari uchun o'quv qo'llanma. "Tafakkur" nashriyoti. Toshkent-2011.

3. Hamrayev M. "Ona tili" "Sharq" nashriyot-matbaa AK. Toshkent. 2012-yil.

4. Qosimova K. va boshqalar. "Ona tili o'qitish metodikasi" Boshlang'ich ta'lim fakultetlari talabalari uchun darslik. "Nosir" nashriyoti. Toshkent-2009.

5. G'ulomova X. va boshqalar. "Ona tili" Umumiy o'rta ta'limning 4-sinfi uchun darslik. "O'qituvchi" nashriyot-matbaa uyi. Toshkent-2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.