Научная статья на тему 'TURK TILIDA KO‘RSATISH OLMOSHLARINING O‘ZIGA XOSLIGI'

TURK TILIDA KO‘RSATISH OLMOSHLARINING O‘ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
781
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zamir / Olmosh / ko’rsatish olmoshi / Muharrem Ergin / Tahsin Banguoğlu / Von Gabain / Zeynep Korkmaz / F. Kadri Timurtaş / Özdemir Asaf / İşaret Sıfatı. / Zamir / Olmosh / show diamond / Muharrem Ergin / Tahsin Banguoglu / Von Gabain / Zeynep Korkmaz / F. Kadri Timurtaş / Özdemir Asaf / Sign Quality.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ozan, Selma

Ushbu ilmiy maqolada ko’rsatish olmoshlari yoritilib,ko’plab tadqiqotchilarning amalga oshirgan tadqiqotlari tadbiq etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFICS OF DEMONSTRATIVE PRONOUNS IN TURKISH

This paper discusses demonstration pronouns and applies research conducted by many researchers

Текст научной работы на тему «TURK TILIDA KO‘RSATISH OLMOSHLARINING O‘ZIGA XOSLIGI»

TURK TILIDA KO'RSATISH OLMOSHLARINING O'ZIGA XOSLIGI

Ozan Selma

Turkshunoslikfakulteti Turkiy tillar kafedrasi 3-bosqich talabasi Ilmiy rahbar:o'qit. Z. Salimova

ANNOTATSiYA:

Ushbu ilmiy maqolada ko'rsatish olmoshlari yoritilib,ko'plab tadqiqotchilarning amalga oshirgan tadqiqotlari tadbiq etilgan.

Kalit so'zlar: Zamir,Olmosh, ko'rsatish olmoshi,Muharrem Ergin,Tahsin Banguoglu,Von Gabain,Zeynep Korkmaz, F. Kadri Timurta§, Özdemir Asaf, i§aret Sifati.

Turk tili, uzun tarixiy taraqqiyot va keng geografik hududga tarqalgan lahjalari bilan birgalikta til ustida tadqiqot ishlarini amalga oshirayotganlar uchun boy material hisoblanadi. Olmoshlar , kishilik,so'roq,ko'rsatish va bo'lishsizlik tushunchalarini olib otlar o'rnida qo'llanila oladigan so'zlar sifatida tanilgan. Turk tili grammatika manbalarida olmoshlar ya'ni zamirler to'g'risida turli xil fikrlar mavjud. Misol tariqasida olmoshlarga Muharrem Ergin (1997,217) "Ob'ektlarni ifodalovchi yoki ular o'rnida qo'llanila oluvchi so'zlar"Tahsin Banguoglu (2004 ,360) "Shaxs yoki ob'yekt tushunchasini bildirib, ot o'rnini egallaydigan so'zlar. Olmoshlar har qanday ko'rinishi bilan otlarga o'xshaydi". Nurettin Ko? (1986 ,174) "Olmoshlar jumlada takrorlanishning oldinini olish maqsadida otlarning hamda ot birikmalarining o'rnini bosa oladigan so'zlar"deya ta'rif bergan. So'z turlari va olmoshlarning so'z turlari orasidagi o'rni grammatika manbalarida bir qancha bir biriga bog'liq ,yaqin yondashuvlar bilan ishlangan. Muharrem Ergin (1997,217) so'z turlarini ot,fe'l va ko'makchilar sifatida uch guruhga bo'lib tadqiqot ishlarini amalga oshirgan. Olmoshlarni ham ot guruhiga kiritgan. Olmoshlar ko'plik qo'shimchasini oladi va turlanadi. Misol uchun ko'plik qo'shimchasini oladi dedik ammo ben olmoshiga lar ko'plik qo'shimchasini qo'shib benler deya olmaymiz ,biz ko'rinishida bo'ladi. Bene emas bana,benin emasu benim ko'rinishida bo'lgani kabi .Turk tilida olmoshlar ikkita katta guruhga bo'linadi. Bular "Sözcük halindeki zamirler" ya'ni so'z ko'rinishidagi olmoshlar 1 hamda "Ek halindeki zamirler" ya'ni qo'shimcha ko'rinishidagi olmoshlar. Albatta bularning bir qancha turi mavjud. So'z ko'rinishiga ega bo'lgan olmoshlar.

1. 1 Tahsin Banguoglu. Türk?enin grameri .-Baha matbaasi,istanbul,1974.-360

2. Muharrem Ergin. Türk Dil Bilgisi. -Bayrak yayinlan,istanbul,1997.-217

3. Nurettin Ko?.Yeni Dilbisi.-Inkilap Yayinevi,istanbul,1986.-174

1. §ahis (ki§i) zamirleri (kishilik olmoshlari)

2. i§aret zamirleri (ko'rsatish olmoshlari)

3. Belgisiz zamirler (belgilash olmoshlari)

4. Soru zamirleri (so'roq olmoshlari)

5. Dönü§lülük zamirleri (o'zlik olmoshlari) Qo'shimcha ko'rinishidagi olmoshlar

1. iyelik zamirleri (egalik olmoshlari)

2. ilgi zamiri (ki qo'shimchasi)

Ki§ilik

Soru

iyelik

Zamirler

Belgisiz

i§aret

Dönü§lülük

ilgi

Ko'rsatish olmoshlari Turk tilida i§aret zamiri yoki gösterme zamiri deb ataladi. Ko'rsatish olmoshlari shaxs,predmet yoki belgini vaqt va o'ringa nisbatan ko'rsatish,ajratish uchun ishlatiladi. Turk tilida ko'rsatish olmoshlari bu ,§u,o ko'plik shakli esa bunlar,§unlar ,onlar hisoblanadi. Grammatik manbalarda ko'rsatish olmoshlari tarixiy rivojlanish jarayoni nuqtai nazaridan quyidagicha baholanadi: A. Von Gabain (2003, 67) ko'rsatish olmoshlarini "bo" va "ol" deb qabul qilib, "sho" shaklini esa faqat Yenisey yozuvlarida uchraganini bildiradi. §inasi Tekin (1992, 8889), shuningdek, "§u" olmoshini faqat Yenisey yozuvlarida, "ol" esa "anin, anta, anfa va boshqalar" sifatida ishlatilganligini bildiradi. Uning so'zlariga ko'ra, "bu" olmoshini "munu, munda, muncha va hokazo" shakllarda ko'rish mumkin. F. Kadri Timurtash (1994, 84-85), Eski Anadolu Turkchasida ko'rsatish olmoshlari "bu, §u, ol, o va §ol" so'zlari ekanligini aytgan. U o'z ishida bu olmoshlarning ishlatilish xususiyatlarini yoritib bermagan, faqat shakl o'zgartirishini o'rgangan. Müharrem Ergin (1997,273-275) ko'rsatish olmoshlari biror joydagi biron bir narsani ko'rsatadigan so'zlar ekanligini ta'kidlab,ularning ko'plik shakli hisoblangan "bunlar,§unlar,onlar" so'zlari eng yaqin,yaqin va uzoqda joylashgan narsalarni ishora qilganligini aytib o'tgan. Ergin ko'rsatish olmoshlarining ko'plik shaklini yasashda ko'plik qo'shimchasidan foydalanilgani hamda bir "n" tovushining orttirilganini ta'kidlagan. Shuningdek boshqa ko'rsatish olmoshlariga nisbatan "§u" ko'rsatish olmoshining yangi ekanligini aytgan. Ya'na misol tariqasida shuni keltirib o'tishimiz

mumkinki,Zeynep Korkmaz ko'rsatish olmoshlari masofaga bog'liq ekanligini, bu va bunlar yaqindagi ,§u va çunlar biroz uzoqdagi ,o va onlar esa juda uzoqdagi narsa -buyumni ko'rsatishda ishlatilinishini bayon etgan. Zeynep Korkmaz o'z tadqiqot ishlarida ko'rsatish olmoshlariga kelishiklarning ham birika olishini jadval ko'rinishida yoritib bergan. Ya'ni ko'rsatish olmoshlari gapda isim ya'ni ot o'rnida qo'llanilish o'rniga qarab kelishiklarni ham o'ziga qabul qiladi.Ammo egalik qo'shimchalarini aslo qabul qilmaydi.

Bu, o,

- Bunlar, §unlar, onlar,

- Bura, §ura, ora,

- Burasi, §urasi, orasi, -Burada, §urada, orada,

- Buradan, çuradan, oradan,

- Burayi, §urayi, orayi,

- Buralar, çuralar, oralar,

- Öteki, beriki, karçiki,

Turk tilida kaynaçtirma harflar mavjud. Bular y,n,s,§ undoshlari hisoblanadi. Onu,bunu,§unu so'zlarida n harfi orttirilgan. Sababi unli bilan tugagan so'zlarga unli bilan boshlanuvchi qo'shimcha qo'shilayotgan bo'lsa albatta kaynaçtirma undoshlardan biri qo'shiladi.Eski Turkchada esa ko'rsatish olmoshlari hozirgi2 ko'rinishidan farqli o'laroq bu,munun muna, munar, buni, muni, bunda, munta, muntada, muntuda, su, sunda, anin shaklida bo'lgan.Onu kirmiç olmali yaçaminda birisi... Dinlendikçe, susmasi, dûçûndûkçe susmasi... Tek baçina iki ki§i olmu§ kendisiyle gölgesi... Özdemir Asaf

Bu yerda onu so'zi ko'rsatish olmoshi hisoblanmaydi. O va onlar so'zlari ham ko'rsatish hamda kishilik olmoshi sifatida qo'llaniladi. Ko'rsatish hamda kishilik olmoshidagi o va onlar so'zini bir biridan farqlashning juda oson yo'li mavjud. Agar o yoki onlar so'zi inson ismlari o'rnida ishlatilsa kishilik olmoshi, boshqa holatlarda esa ko'rsatish olmoshi hisoblanadi. Misol uchun: Onu senden daha çok seviyormu^ (ki$i zamiri). Kishilik olmoshi hisoblanadi. Chunki bu yerda onu deganda biron bir shaxs haqida so'z yuritilmoqda. Onu begenmedim,bunu alabilir miyim? (í^aret

2 A. Von Gabain.Eski Tûrkçenin Grameri,Çeviren:Mehmet Akalin.-TDK yayinlari,Ankara,2003.-67 §inasi Tekin."Eski Tûrkçe".Tûrk dünyasi el kitabi .-Türk Kültürünü Araçtirma Enstitüsü Yayinlari ,Ankara,1992.-88-89

Faruk Kadri Timürta^.Eski Türkiye Türkçesi XV.Yüzyil Gramer-Metin-Sözlük .-Enderun Kitabevi, 1995.-84-85 Zeynep Korkmaz.Türkiye Türkçesi Grameri.-TDK Yayinlari,Ankara ,827

zamiri) . Bu yerda esa ko'rsatish olmoshi hisoblanadi. Ko'rsatish orqali ifodalanmoqda. O tatilde bolca ^ali^mayi du^unuyor . Kim? O

Dokunma,onlar yirtildigi i^in ?ope atilacak . Ne? (Kiyafetler). O so'zi gapdagi o'rniga qarab ham i§aret zamiri ham ki§ilik zamiri hamda i§aret sifati bo'la oladi.

Otdan oldin kelib,otni ishora qilsa i§aret sifati hisoblanadi. O magazaya biz de

gittik.

Inson ismining o'rnida qo'llanilsa ki§ilik zamiri. O ak§am uyuyamami§ Insondan tashqari boshqa narsa- buyum,predmet o'rnida kelsa i§aret zamiri hisoblanadi. Onlari kim kesti? (Neleri? Aga?lari)

"Bu,$u,o ,oteki,beriki,boylesi,$oylesi,oylesiM so'zlari turli xil vazifada kelishi mumkin.

Sen de bunu biliyor muydun? Bu i§aret zamiri Sen de bu bilgiyi internetten mi aldin. i§aret sifati §unu magazada gormu§tum .i§aret zamiri §u kirmizi gomlegi magazada gormu§tum. i§aret sifati O benim defterim . i§aret zamiri O defter benim. i§aret sifati

Quyidagi so'zlar ham i§aret zamiri hamda i§aret sifati bo'lib kela oladi. Otekini sen al . i§aret zamiri Oteki odaya gir. i§aret sifati Boylesi, insani yorar. i§aret zamiri Boylesi davrani§lar insani halden doydurur j§aret sifati. i§aret zamiri yoki i§aret sifati ekanligini qayerdan bilishimiz mumkin. Quyidagi savollarni bersak kifoya:

Ot o'rnida qo'llanilmoqdami yoki otni ishora qilmoqdami? Olmoshlar ot o'rnida qo'llaniladi sifatlar esa ot bilan birga keladi. Birlik va ko'plik mavjudmi? Sifatlarning ko'plik ko'rinishi yo'q;olmoshlarda esa bor. Kelishik qo'shimchalarini qabul qiladimi? Sifatlar kelishik qo'shimchasini qabul qilmaydi,olmoshlar esa qabul qiladi. Albatta bular Turk tiliga xos.

Xulosa tariqasida shuni aytish mumkinki ,ko'rsatish olmoshlari bahsi yuritilgan biron bir narsani ,buyum yoki predmetni biron bir joyda,vaqtda yoki tasavvurdagi joylarida nomlarini tilga olmasdan turib,ularni ishora qilishga yordam beradigan olmoshlarga ko'rsatish olmoshlari deyiladi.

REFERENCES

1. Tahsin Banguoglu. Türk?enin grameri .-Baha matbaasi,istanbul,1974.-360

2. Muharrem Ergin. Türk Dil Bilgisi. -Bayrak yayinlari,istanbul,1997.-217

3. Nurettin Ko?.Yeni Dilbisi.-Inkilap Yayinevi,istanbul,1986.-174

4. A. Von Gabain.Eski Türk?enin Grameri,Qeviren:Mehmet Akalin.-TDK yayinlari,Ankara,2003. -67

5. §inasi Tekin."Eski Türk?e".Türk dünyasi el kitabi .-Türk Kültürünü Ara§tirma Enstitüsü Yayinlari ,Ankara,1992.-88-89

6. Faruk Kadri Timürta§.Eski Türkiye Türk?esi XV.Yüzyil Gramer-Metin-Sözlük .Enderun Kitabevi, 1995.-84-85

7. Zeynep Korkmaz.Türkiye Türk?esi Grameri.-TDK Yayinlari,Ankara ,827

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.