Научная статья на тему 'OʻZBEK VA INGLIZ TILIDA “MODALLIK”NING TAHLILI (MAKTAB DARSLIGI MISOLIDA)'

OʻZBEK VA INGLIZ TILIDA “MODALLIK”NING TAHLILI (MAKTAB DARSLIGI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
317
110
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Modal soʻz / infinitive shakl / ma’no shakllari / obyektiv / Must / can / could.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shayzakova Kunduz Erkinovna

Maqolada oʻzbek va ingliz tilidagi modal fe’llarning qoʻllanilish maktab darsligida berilishi asosida tahlilga tortilgan. Ikki tildagi modal fe’llarning muhim jihatlari darsliklarda berilgan matnlar asosida tuzilgan mashq va misollar bilan qiyoslangan hamda muhokama qilingan. Shuningdek modal fe’llarni gapning ma’nosiga ta’siri hamda modal fe’llarning oʻziga xos xususiyat misollar asosida yoritib berilgan. Ishda tahlil, taqqoslash, qiyoslash, dalillash metodlaridan foydalanilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻZBEK VA INGLIZ TILIDA “MODALLIK”NING TAHLILI (MAKTAB DARSLIGI MISOLIDA)»

"O^BEKVAIN^^

(MAKTAB DARSLIGIMISOLIDA)

Shayzakova Kunduz Erkinovna

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Oqqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7480525

Annotatsiya: Maqolada o'zbek va ingliz tilidagi modal fe'llarning qo'llanilish maktab darsligida berilishi asosida tahlilga tortilgan. Ikki tildagi modal fe'llaming muhim jihatlari darsliklarda berilgan matnlar asosida tuzilgan mashq va misollar bilan qiyoslangan hamda muhokama qilingan. Shuningdek modal fe'llarni gapning ma'nosiga ta'siri hamda modal fe'llaming o'ziga xos xususiyat misollar asosida yoritib berilgan. Ishda tahlil, taqqoslash, qiyoslash, dalillash metodlaridan foydalanilgan.

Kalit so'zlar: Modal so'z, infinitive shakl, ma'no shakllari, obyektiv, Must, can, could.

ANALYSIS OF "MODALITY" IN UZBEKI AND ENGLISH (in the example of a school textbook)

Abstract: In the article, the use of modal verbs in Uzbek and English is analyzed on the basis of their teaching in school textbooks. The important aspects of modal verbs in two languages are compared and discussed with exercises and examples based on the texts given in the textbooks. Also, the influence of modal verbs on the meaning of the sentence and the specific characteristics of modal verbs are explained on the basis of examples. Analysis, comparison, comparison, proof methods were used in the work.

Key words: Modal word, infinitive form, meaning forms, objective, Must, can, could.

Modallik gapning asosiy belgisi, gap mazmunining muhim qismidir. Tilshunoslikda modallik deganda, odatda, gap mazmunining obyektiv borliqqa munosabati va so'zlovchining gap mazmuniga bo'lgan munosabati tushuniladi. Bu modallik, asosan, 2 guruhga ajratiladi.

- Obyektiv,

- subyektiv modallik.

Obyektiv modallik gapning sintaktik boiinish sathida o'z ifodasini topadi. Subyektiv modallik gapda ifodalanayotgan obyektiv mazmunga so'zlovchining

munosäbatini ifodalaydi va modusga kiracü. Subyektiv modallik kirish so'z vazifasida kelgan maxsus modal so'z yoki modal vazifasidagi boshqa so'zlar yodamida ifodalanadi[l, B. 37]. O'zbek tilida mustaqil so'z, yordamchi so'zlar qatori alohida so'z turkumlari mavjud. Ular gap bo'laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydi. Ular faqat aytilayotgan fikrga so'zlovchining ishonch, gumon, tasdiq, achinish, quvonch kabi munosabatlarni bildiradi. Bunday so'zlar modal so'zlar sanaladi. Ulardan keyin gapda doim vergul qo4yiladi[ 2, B. 103].

Masalan: albatta, shaksiz, shubhasiz, xullas, darhaqiqat, awalo, ehtimol, taxminan, umuman kabi so'zlar kiradi.

"Modal so'zlar ham boshqa so'z guruhlari kabi morfologik, sintaktik va semantik belgilarga ega. Ularning o'zgarmasligi morfologik belgisi sanalsa, kirish so'z vazifasida kelishi sintaktik vazifasidir. Modal so'zlarning semantik belgisi aniqlik, taxmin kabi modal ma'nolarni anglatishidir"[3, B. 132].

Modal so'zlar tasnifi haqida o'zbek tilshunosligida turlicha qarashlari mavjud:

Masalan: Q. Sapayev ularni turlicha guruhlarga ajratadi.

1. Gapda ifodalangan fikrning aniqligini, rostligini tasdiqlovchi modal so'zlar:

shubhasiz, so (zsiz, shaksiz, haqiqatdan, darhaqiqat kabilar:

2. Gapda ifodalangan fikr taxminiy gumon, noaniq ekanini bildiruvchi modal so'zlar: ehtimol, chamasi, shekilli, aftidan, hoytovur, chog 7 kabi.

3. Biror voqea hodisadan afsuslanish, ajablanish kabilarni bilduvchi modal so'zlar: afsuski, attang ajabo kabi.

4. Fikrning o'zaro munosabatini va tartibini bildiruvchi modal so'zlar demak, xususan, masalan, aksincha, jumladan, chunonchi, binobarin, xullas, awalo kabi[4, B. 266].

Shavkat Rahmatullayevning modal so'zlar haqidagi ta'rifi quyidagicha:

Nisbatlash paradigmasidagi III shaxs morfemasi son (miqdor) ma'nosini ifodalashi jihatidan ham I, II shaxs morfemalaridan farqli: I, II shaxs morfe-malari ayni vaqtda ham shaxs, ham son ma'nosini ifodalaydi, bu shaxslarning morfemalari son ma'nosini ifodalashi jihatidan oppozitsiya (zidlanish) hosil qiladi; bunday zidlanish III shaxs morfemasida yo'q, shunga ko'ra son ma'nosini ifodalashi jihatidan betaraf. III shaxsning ko'plik shakli deb keltirilgan -lari affiksi tarkibidagi ~lar qismi "ko'plik" ma'nosini emas, modal ma'noni ("sizlash"ni) ifodalashga xizmat qiladi, son ma'nosining ifodalanishi betarafligicha qoladi[3, B. 136].

7-sinf uchun "ona tili" darsligida modal so'zlar quyidagicha talqin qilinadi.

1. Ishonch: albatta, shaksiz.

2. Gumon: ehtimol, balki, chamasi, shekilli.

3. Tasdiq: darhaqiqat, haqiqatdan.

4. Fikrni xulosalash: xullas, demak, umuman.

5. Fikrni tartibirawflfe awalombor.

6. Fikrni dalillanishi: masalan, jumladan.

7. Quvonch: xayriyat[2, B. 104].

Modal so'zlar dialogik nutqlarda awal aytilgan fikrga munosabatni ifodalab, so'z-gap vazifasida keladi.

Masalan: "Uchuvchilik bizning ishimizdan ham og'ir, shunday emasmi?-Albatta " (Oydin)[ 4, B. 267].

O'zbek tilida modallik so'zlardan tashqari ko'makchi fe'llar yordamida ham ifodalanadi. Ular, asosan, o'z mustaqil ma'nolarini yo'qotgan, asosdan anglashilgan harakatning bosqichlari(boshlanishi, davom etishi, tugallanishi) va tarzi(tezligi, imkoniyati)ni bildiruvchi boshlamoq, olmoq, yubormoq, turmoq, chiqmoq singari ko'makchi fe'llar kiradi[2, B. 59].

Masalan: - Unsin ostonadan hatlashi bilan paranjisini yig Hshtirib oldi, qarshisiga yugurib chiqqan Zumrad bilan quchoqlashib ko *risha ketishdi. (Oybek).

- Umarali o 'rnida turdi-da, tashqariga chiqib ketdi. (Oybek).

O'zbek tilida bo'lgani kabi ingliz tilida ham modallik mavjud. Ular ham so'z, ham fe'l shaklida uchraydi. Modal so'zlar alohida so'zlar sifatida o'rganilmaydi. Ingliz tilidagi modal so'zlar ham o'zbek tiidagi singari aytilayotgan fikrga so'zlovchining munosabatini bildiradi. Ingliz tilidagi modal so'zlarning ba'zilari conjunction^bog'lovchi) mavzusida o'rganiladi.

Masalan: well-xo 'sh.

- Well, shall we go to walk after our classes today?

Ingliz tilidagi modal so'zlar, asosan, gapni boshlab beruvchi element deb qaraladi.

Ingliz tilida quyidagi modal so'zlar mavjud:

- Of cource-albatta, maybe-ehtimol, for instance-chunonchi, well-yaxshi, alas-attang.

Bundan tashqari, ingliz tilida modallikning bir necha turi mavjud. Inherent(maxsus), objective(maqsad), epistimitik objective, deontic objective, epistemological, subjective, evidential modality kabi. Modallikni kuchaytiruvchi fe'llar mavjud. Ingliz tilidagi modal fe'llardan, asosan, aniqlik, taxmin, qobiliyat haqida gapirganda, ruxsat, ijozat so'raganda, iltimos va takliflami bayon qilganda foydalaniladi[8, B. 35].

Ingliz tilida quyidagi modal fellar mavjud:

Must, can, could\ can Y be, have to, should, may, might, ought to, will

Probability: It's snowing, so it must be very cold outside.

Ehtimoh qor yog'yapti, shuning uchun tashqari sovuq bo'lsa kerak.

Ability: I can speak six languages.

Qobiliyat: men oltita tilda gaplasha olaman.

Obligation and advice: You should stop smoking. Majburiyat va maslahat: siz chekishni to'xtatishingiz kerak. Permission: Could I leave early today, please? Ruxsat so 'rash: iltimos men bugun ertaroq ketay? Habits: John will always be late! Odatlar: John har doim kechikadi:

Xulosa qilib aytganda, o'zbek va ingliz tilda modallik, gap mazmuning obyektiv borliqqa munosabati va so'zlovchining gap mazmuniga boigam munosabati hisoblanadi. Modallik har ikkala tilda ham keng qamrovli o'rganilgan, har ikkala tilda modallik mazmuni, uning morfologik va sintaktik xususiyatlarini tadqiq etish yo'lida ijobiy samara berishi shubhasiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Mahmudov N., Nurmonov A., "O'zbek tilining nazariy grammatikasi" Toshkent. 1995.

2. Ona tili umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. Toshkent. Tasvir. 2014.

3. Rahmatullayev Sh. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent. Universitet. 2006.

4. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. Toshkent. Ma'naviyat. 2017.

5. Sapayev Q. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent. Universitet. 2009.

6. www, google, com., file:///C:/Users/admin/Downloads/ingliz-tilida-modal-fe-llarining-o-ziga-xos-xususivati. pdf

7. Usmonov O'. U., Ashurov Sh. S., Ingliz tili nazariy grammatikasi. Sam.:- 2007

8. Yakubov J. A., Modallik kategoriyasining mant va tilda ifodalanish xususiyatlari. Avtoreferat. Toshkent. 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.