Научная статья на тему 'MIRZO ULUG‘BEKNING IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTNI RIVOJLANTIRISH BORASIDA AMALGA OSHIRGAN ISHLARI'

MIRZO ULUG‘BEKNING IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTNI RIVOJLANTIRISH BORASIDA AMALGA OSHIRGAN ISHLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shamsiddinova Sh.

Har qanday mustaqil davlatning asosini uning iqtisodiy imkoniyatlari va ushbu imkoniyatlardan samarali foydalana olish qobiliyatiga ega ekanligi tashkil etadi. Shu nuqtayi nazardan, davlatchiligimiz tarixidagi har qanday davlatning qancha vaqt hukm surganligi yoki undagi ijtimoiy-siyosiy muhitning holati birinchi galda uning iqtisodiy qobiliyatidan kelib chiqadi. Shundan kelib chiqqan holda esa biz o‘z o‘rganish obyektimizni bir nuqtaga qaratdik va o‘rganish obyekti sifatida esa temuriyzodalardan bo‘lmish Mirzo Ulug‘bekning mamlakat ijtimoiy hayotini yaxshilash uchun qilga sa’y-harakatlari va moliya sohasidagi amaliy ishlarini yoritishga harakat qildik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MIRZO ULUG‘BEKNING IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTNI RIVOJLANTIRISH BORASIDA AMALGA OSHIRGAN ISHLARI»

MIRZO ULUG'BEKNING IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTNI RIVOJLANTIRISH BORASIDA AMALGA OSHIRGAN ISHLARI

Shamsiddinova Sh.

o 'qituvchi,

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.11159966 Har qanday mustaqil davlatning asosini uning iqtisodiy imkoniyatlari va ushbu imkoniyatlardan samarali foydalana olish qobiliyatiga ega ekanligi tashkil etadi. Shu nuqtayi nazardan, davlatchiligimiz tarixidagi har qanday davlatning qancha vaqt hukm surganligi yoki undagi ijtimoiy-siyosiy muhitning holati birinchi galda uning iqtisodiy qobiliyatidan kelib chiqadi. Shundan kelib chiqqan holda esa biz o'z o'rganish obyektimizni bir nuqtaga qaratdik va o'rganish obyekti sifatida esa temuriyzodalardan bo'lmish Mirzo Ulug'bekning mamlakat ijtimoiy hayotini yaxshilash uchun qilga sa'y-harakatlari va moliya sohasidagi amaliy ishlarini yoritishga harakat qildik.

Amir Temur va Temuriylar davrida mamlakatda davlat, jamiyat va shaxs manfaatlari uyg'unlashtirildi. Buning natijasida esa siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy barkamollikka erishildi. Shu jihatdan ham Temur barpo etgan davlat dovrug'i butun jahonga tarqaldi. Amir Temur Movarounnahr diyorini birlashtirish yo'lida olib borgan tinimsiz janglari bilan bir qatorda uning rivoji uchun boshqa sohalar ham muhim ekanligini yaxshi bilardi. Xususan, markazlashgan mamlakatning barpo etilishi qishloq xo'jaligini rivojlantirishga intilish kuchaydi. Temur va uning vorislaridan ayrimlari, jumladan Mirzo Ulug'bek otliq qo'shin o'tish chog'ida dehqonlarning yerlarini toptash va ekinlarini yakson bo'lishidan va raiyatni talon-tarojdan saqlash uchun qator choralar ko'rishdi [_2, - 70 b.]. Bundan ko'rinadiki, Amir Temur va Temuriylar davlatchilik faoliyatida xalq manfaati har narsadan ustun turgan.

Mirzo Ulug'bek yoshligidanoq ilm-u ma'rifatga oshno bo'lib ulg'aydi. Taqdir taqozosi bilan u ham shohlik, ham olim martabasiga erishdi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, musulmon olamida Ulug'bek Mirzodan boshqa biron podshoh bu qadar ilm-fanda dovrug' taratmagan. Alloma podshoh Samarqandni ilm-fan maskani aylantirildi, falakiyot fani rivojiga ulkan hissa qo'shdi. Ulug'bek Mirzo davrida mamlakatda ilm-fan va madaniyat gulladi, savdo sotiq rivojlandi.

XV asrning birinchi yarmida Movarounnahr va Xurosonda Shoxruh Mirzo va Ulug'bek Mirzo hukmronlik qilgan yillarda irrigatsiya ishlari ayniqsa rivoj topdi. Dashtlarga suv chiqarilib, yangi yerlar o'zlashtirildi. Bu boradi xususiy sohibkorlarning dashtliklardan yangi erlarni ochish, korizlar qazib, bog' barpo etish,

tashlandiq yerlarni sug'orib, obod etish uchun amalga oshirgan har qanday faoliyati Temuriylar tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Hatto bunday sohibkorlar bir-ikki yil davomida hamma soliq va to'lovlardan ozod etildi. Ulug'bek hukmronlik qilgan davrida (1409-1449) Buxoro vohasining janubi sharqiy chegarasiga yondashgan Somonjuq dashtiga suv chiqarilib, yang yerlar o'zlashtiriladi. [4, - 117 b.]

Mirzo Ulug'bek o'z davrida mamlakat rivoji uchun qo'lidan kelgancha islohotlar o'tkazdi. Xususan, uning davrida garchi Samarqand va Buxoroda kumush tangalar zarb qilgan bo'lsa-da, ular o'z nomi bilan emas, balki padari buzrukvori Shohruh Mirzoning vafotidan keyingina o'z nomidan kumush pullarni zarb qilish ishlari Samarqand va Hirotda faqat ikki yil davom etdi. Shuning uchun ham Ulug'bek Mirzo nomi bilan zarb qilingan kumush tangalar kam uchraydi.

Ahamiyatli jihati shundaki, Shohruh Mirzoning kumush tangalarida Amir Temur tangalariga xos tamg'a va Sohibqironning nomi qayd etilmagan. Ulug'bek Mirzo tangalarida esa bobosi Amir Temur davlatining tamg'asi bilan uni esga oladi. Masalan, tangada: "Hazrat Temur Ko'ragon himmatidan Ulug'bek Ko'ragon himmatidan Ulug'bek Ko'ragon so'zim" - deya qayd etilgan. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Ulug'bek Mirzodan boshqa bironta avlodi o'z nomidan qo'shib tanga zarb qilmagan. Ulug'bek Mirzo huddi ana shunday tangalarni 1447- yili Xorazmda, 1448-yili esa Hirotda zarb ettirgan [3, - 154-157, 671 c.].

Har qaysi davrda ham mamlakatda savdoni tartibga solish uchun tanga zarb etish oson ish bo'lmagan. Bu eng avvalo, bu juda katta mablag' va kuch talab qilsa, masalaning boshqa tomonidan amalga oshirilgan uzoqdagi tobe hududlarni itoatda tutib, markazga bo'ysundirishning qulay vositasi ham bo'lgan. Ulug'bek Mirzo mamlakatda savdo-sotiq ishlarini rivojlantirish va bozorda savdo muomalasida yuritilgan mis pullarni tartibga solish maqsadida 1428-1429 yillari pul islohoti o'tkazib , mis pullarni yangi ko'rinishdagi shaklda zarb qiladi. Biroq manbalarda Mirzo Ulug'bekning pul islohoti o'tkazganligi haqida hech qanday ma'lumot uchramaydi. Lekin uning davrida Movarounnahrda zarb qilingan mis pullarni chuqur o'rganish bu davrda pul islohoti o'tkazilganligini tasdiqlaydi.

O'rta Osiyoda topilgan juda ko'p dafinalarni o'rganish jarayonida bizga shu narsa ayon bo'ldiki, Ulug'bek Mirzo 1420-yili pul islohoti o'tkazadi. Zarb qilingan mis pullarning old tomonidagi besh burchak shaklida tasvirlangan yulduzcha o'rtasiga "zarb Samarqand adliya" - deb yozdirgan bo'lsa, orqa tomoniga esa bu pullarning zarb qilingan yili arabcha so'zlar bilan yozilgan. Lekin, 1420-yillari Samarqandda zarb qilingan mis pullari 1428-1429-yillari Buxoroda zarb qilingan pullar bilan bir dafinada topilmaydi yoki juda kamdan-kam uchradi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: 1420-yillari Samarqandda zarb qilingan mis tangalar 1428-1429-yillari Buxoroda zarb qilingan pullar bilan almashtirilgan, ya'ni

1420-yillari Samarqandda zarb qilingan eski mis pullar yig'ib olinib, o'rniga yangi ko'rinishdagi pullar muomalaga chiqarilgan. Bunday mis pullar faqat Buxoroda emas, balki butun Osiyoda keng tarqaladi. 1428-1429-yillarda zarb qilingan pullardan bunday ko'p topilishining asosiy sababi, bu pullar ushbu sana bilangina zarb qilinib qolmasdan, balki undan keyingi yillarda chiqarilgan pullarga ham 1428 yil sanasi qo'shib zarb qilinganligidir [5, - 65 b.]

Shu kabi pullar boshqa hududlarda ham, Xuroson, Andijon, Qarshi, Termiz, Samarqand va Shohruhiyada ham zarb qilingan bo'lsa, keyinchalik yagona hudud Buxoroga markazlashtirildi.

1428-1429-yillari zarb qilingan mis pullar XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida ham savdo muomalasida bo'lgan. Lekin bu pullarning ustiga har bir shahar o'z tamg'asini urib muomalaga chiqargan [1, - 270 b.].

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Mirzo Ulug'bek nafaqat ilm-fan va madaniyat sohasini rivojlanishiga imkoniyat yaratish bilan bir qatorda ijtimoiy-iqtisodiy hayotni ham yaxshilashga alohida e'tibor qaratdi. Chunki odil hukmdor sifatida Mirzo Ulug'bek mamlakat boshqaruvida saltanat qudrati faqat jang-u jadallardagi g'olibliklar yoki hukmron sulola vakillarining bitmas-tuganmas boyliklaridan tashqari mamlakat aholisining ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi barqarorligi muhimligini juda yaxshi anglardi va o'z boshqaruvida ushbu strategiyani amalda qo'llashga harakat qildi. Birgina Mirzo Ulug'bek zarb qildirgan tangalar ichki va tashqi savdo munosabatlarini tartibga solib, yanada rivojlanishiga zamin yaratdi. Bu o'z navbatida ham iqtisodiy jihatdan ham ijtimoiy jihatdan mamlakat hayotini barqarorlashtirdi.

Adabiyotlar:

1. Давидович Е.А. История денежшго обрашения средневековой Средней Азии. - Москва, 1983 г. - С.270.

2. Мавлонов У., Холикулов А., Усаров У. Узбекистонда ер-сув муносабатлари тарихидан. - Тошкент: TURON IQBOL, 2018. - Б.70.

3. Maкров А. Инвентарный каталог. № 154-157, 671-с.

4. Мухаммаджонов А. Куйи Зарафшон водийсининг сугорилиш тарихи (Кадимги даврдан то XX аср бошларигача). - Тошкент: Фан, 1972. - Б.117.

5. Тухтиев И. Амир Темур ва Темурийларнинг молия -пул сиёсати. -Тошкент: Узбекистон, 2006. - Б. 65.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.