Научная статья на тему 'AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA BUYUK IPAK YO‘LIDAGI DAVLATLARARO ALOQALAR'

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA BUYUK IPAK YO‘LIDAGI DAVLATLARARO ALOQALAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Begaliyev Т., Normamatova M.

Amir Temurning tashqi siyosat borasidagi faoliyatiga taalluqli juda ko‘p voqealar shuni ko‘rsatadiki, bu ulug‘ zot biron daqiqa bo‘lmasin siyosiy hodisalar tizginini nazardan qochirmagan va bu borada tinmasdan mexnat qilgan. U nafaqat o‘z poytaxti Samarqandda, balki bepoyon imperiyaning qayerida bo‘lmasin, har vaqt chet el elchilarini qabul qilgan, unga atrof mamlakatlardan uzluksiz suratda xabarlar kelib turgan. Umuman, Amir Temur davrida aloqa vositalari izchil va puxta tashkil etilgan edi. “Amr qildimki, deydi Temur o‘z “Tuzuklar”ida, mingta tezyurar tuya mingan, mingta ot mingan yelib-yuguruvchi kishini chopqunchi, ming nafar tezyurar piyodani (chopar) yetib tayinlasinlarki, turli mamlakatlar, sarxadlarning xabarlarini, qo‘shni hukmdorlarning maqsadlari va niyatlarini bilib, huzurimga kelib, xabar qilsinlar, toki biron voqea, kor-xol Yuz bermasdan burun chora va ilojini qilaylik...” [2].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA BUYUK IPAK YO‘LIDAGI DAVLATLARARO ALOQALAR»

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA BUYUK IPAK YO'LIDAGI

DAVLATLARARO ALOQALAR Begaliyev ^

Ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi, Shahrisabz davlat pedagogika instituti Normamatova M.

Ijtimoiy fanlar kafedrasi Tarix yo 'nalishi 2- bosqich talabasi, Shahrisabz davlat pedagogika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.11148165 Amir Temuming tashqi siyosat borasidagi faoliyatiga taalluqli juda ko 'p voqealar shuni ko'rsatadiki, bu ulug' zot biron daqiqa bo'lmasin siyosiy hodisalar tizginini nazardan qochirmagan va bu borada tinmasdan mexnat qilgan. U nafaqat o'z poytaxti Samarqandda, balki bepoyon imperiyaning qayerida bo'lmasin, har vaqt chet el elchilarini qabul qilgan, unga atrof mamlakatlardan uzluksiz suratda xabarlar kelib turgan. Umuman, Amir Temur davrida aloqa vositalari izchil va puxta tashkil etilgan edi. "Amr qildimki, deydi Temur o'z "Tuzuklar"ida, mingta tezyurar tuya mingan, mingta ot mingan yelib-yuguruvchi kishini chopqunchi, ming nafar tezyurar piyodani (chopar) yetib tayinlasinlarki, turli mamlakatlar, sarxadlarning xabarlarini, qo'shni hukmdorlarning maqsadlari va niyatlarini bilib, huzurimga kelib, xabar qilsinlar, toki biron voqea, kor-xol Yuz bermasdan burun chora va ilojini qilaylik..." [2].

U harbiy yurishlar vaqtida ham yo'l-yo'lakay yon-atrodan kelgan elchilarni qabul qilgan, o'z vassallarining o'ziga bo'lgan sadoqatini sinab ko'rgan va mustahkamlash choralarini amalga oshirgan, hatto uzoq mamlakatlar bilan do'stona aloqalar masalalarini ham hal etib ketavergan. O'sha vaqt sharoitida bu tabiiy hol edi, albatta. Chunki chet el vakillari Sohibqironni Samarqandda kutib turolmas, uning shaxsan o'zi yechadigan muammolarga esa hech kim aralasholmas edi. Masalan, Hindiston safari vaqtida Kobul yaqinidagi Durinda Amir Temur huzuriga Temur Qutlug' Ug'lon, Amir Idiku, Hizrxo'ja O'g'lon elchilari kelib, Shomiyning yozishicha, o'z xo'jalarining quyidagi mazmunda bitilgan nomalarini topshiradi: "Bizlar hammamiz Sohibqironning bandalari, xizmatkorlari va tarbiyalarini topgan kishilarmiz. Agar bundan ilgari muxolifat tirnog'i ixlosimiz Yuzini tirnagan bo'lsa, endi biz aql oynasida uning aybini ko'rdik va oyog'imizni u (ixtilof) maqomidan tortdik. Agar xalifalik panohi bo'lmish hazrat avf qilsalar, bundan key in bandalik ko'chasidan chetga qadam qo'ymaymiz va itoat ostonasidan boshimizni ko'tarmaymiz"[2]. Sohibqiron ularni avf etadi va "xisravona tuhfalar bilan sarafroz" ketib, qaytishlariga ijozat beradi. Bu yerda bo'lib o'tgan yig'inga yon-atrofdagi

mamlakat va hukmdorlardan kelgan elchilar bilan bir qatorda uzoq Do'g'u Mo'g'ul (Ulug'Yurt)ning chingiziy hukmdori Temur Qutlug'ning maxsus vakili, Xitoy imperatorining elchisi Tayzi O'g'lon ham o'z odamlari bilan yetib keladilar. Boshqalar qatorida Amir Temur ularni ham katta xushnudlik bilan kutib oladi. Ushbu anjumanga tashrif buyurganlar odatga muvofiq katta sovg'a-salomlar bilan kelgan edilar. Sohibqiron elchilarga o'z navbatida qimmatbaho tuhfalar ulashadi. Yig'indagilarni ayniqsa Fors viloyati voliysi amirzoda Shayx Nuriddinning Amir Temurga keltirgan qimmatbaho sovg'a-salomlari qattiq hayratga soladi. "Atrof (diyorlar)dan kelgan elchilar deb yozadi. Nizomiddin Shomiy bu haqda hikoya qilar ekan, masalan, Xitoy mamlakatidan elchi bo'lib kelgan Tayzi O'g'lon va Temur Qutlug'ning elchilari ham shu majlisda hozir bo'lib, u qimmatbaho sovg'alarga taajjub ko'zi bilan tikilardilar. Sohibqiron hazratlari u tuhfalardan elchilarga sovg'alar ulashdi» [3].

Xitoy elchisining Duringa yetib kelishining sabablari haqida manbalarda aniq ma'lumot uchramasada, uning bu yerga o'z-o'zidan kelmaganligini, Amir Temurning Hindistonga otlanganini eshitgan Xitoy imperatori Sohibqironning galdagi rejalaridan tashvishga tushib, zudlik bilan uning huzuriga o'z elchisi Toyzini Yuborganini taxmin etish mumkin. Yirik sharqshunos olim Zakiy Validiy To'g'onning ta'kidlashicha, xuddi shu yerda, ya'ni Durinda Amir Temur hind safaridan keyin Xitoyga Yurish uyushtirish niyatini ochiq e'lon qiladi. Uning fikricha, Sohibqironning bu masaladagi rejasi qatiy bo'lib, shu niyatda u 1397- yilda CHig'atoy xoni Xizrxo'ja bilan yarashib, uning qizi Tug'al xonimga uylanadi va valiaxdi Muhammadsulton Mirzo hamda boshqa bir qancha amirlarga Xitoy safariga yaqindan tayyorgarlik ko'rish uchun Mo'g'uliston taraflarida, Yettisuvda qal'alar va istehkomlar qurish va u yerlarda qishloq xo'jaligini rivojlantirish bilan shug'ullanishni buyuradi.

Buyuk ipak yo'lining shuhrati ayniqsa, XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda, ya'ni Amir Temur qudratli markazlashgan davlat barpo etish barobarida uning barcha hududlarida tinchlik va osoyishtalik o'rnatdi. Samarqand dunyo savdogarlarining yirik markaziga aylandi. Movarounnahr va Xuroson shaharlari Buyuk ipak yo'lining eng qaynoq yo'liga aylangan. Bu yerga Hindistondan juda ko'plab tijorat karvonlari kelib turardi. Xitoy bu hududlarga ipak gazlamalari, chinni kosalar, billur qadahlar, qimmatbaho toshlar yuborardi. Shimoldan noyob po'stinlar, mo'ynalar keltirilardi. Ushbu turli iqlimlarning mollari Samarqand va Osiyoning yirik shaharlariga va Yevropaga jo'natilardi. Savdogarlar birinchi yo'l bilan Genza ko'liga borardi. Ikkinchi yo'l Hirot, Kazvin, Tabriz, Trabzon orqali genuyaliklar, venesiyaliklar, pizaliklarning kemalariga tushib Yevropaga yetardi. Amir Temurning Oltin O'rda xoni To'xtamish ustidan qozongan zafarlari tufayli Buyuk

ipak yo'li shimoliy tarmoqlarining janubiy bosh yo'lga qo'shib yuborilishi orqasida Movarounnahr va Xuroson shaharlarining xalqaro karvon savdosidagi nufuzi va mavqei yanada ortgan. 1402-yilda mashhur Anqara jangida Turkiya ustidan qozonilgan ajoyib g'alabadan so'ng Amir Temur davlati bilan G'arbiy Yevropa davlatlari o'rtasida turli xil aloqalar, yaqinliklar yangi pallaga kirdiki. Bunda ayniqsa, xalqaro savdo aloqalari, shubhasiz, birinchi darajali ahamiyat kasb etdi.

O'sha davrda bu yerda bo'lgan ispan elchisi Gonzales De Klavixo Samarqand bozorlarida bug'doy va guruchning mo'lligi va arzonligi haqida aytib o'tadi. Shuningdek, bu yerning o'zida ishlab chiqariladigan ipak matolar: atlas, kimxob, har xil ip va jun to'qima mollar, mo'ynali va ipakli po'stinliklar, attorlik mollari, ziravor va dorivorlar, zarhal va lojuvardlar hamda boshqa mollarning serobligini alohida takidlaydi. Shahar bo'ylab hunarmand va savdogarlarga qulay sharoit yaratish uchun rasta va do'konlar quriladi. Ichki savdo-sotiq shu zaylda yo'lga qo'yiladi. Shuni alohida aytib o'tish joizki, Movarounnahr taraqqiyoti faqatgina o'z hududidagi rivojlanish bilan cheklanib qolmasdi, shu bois Temur o'z sarhadlarini kengaytirib borarkan, eng avvalo jahon savdosidagi eng muhim yo'l ipak yo'li nazoratini qo'lga olishni maqsad qiladi. U Oltin O'rda hududidan o'tgan shimoliy savdo yo'lini O'rta Osiyo orqali o'tgan qadimiy yo'lga yana burib yuborishga harakat qilgan [1].

Temuriylarning Xitoy bilan XIV-XV asrlardagi iqtisodiy va siyosiy aloqalari Xitoyda Min sulolasi (1368-1644) davriga to'g'ri keladi. Amir Temurning xitoy xoqoni yo'llagan maktubida "Karvonsaroylararo yo'llar ochildi, yo'llardagi qaroqchilar yo'q qilindi, uzoq yurtlarga boruvchilar o'zlarini hotirjam xis etadigan bo'ldi" [2], deb takidlab o'tilgan. Shu bilan birga Amir Temur Vizantiya, Venetsiya, Ispaniya, Fransiya, Angliya kabi mamlakatlari bilan iqtisodiy alokalar o'rnatadi. Xitoy olimlarinng tadqiqotlariga ko'ra, Amir Temur Min xonligining poytaxti Pekin (Xonbaliq) shahriga 8 marta elchilar yuborib, Xitoy bilan diplomatik va savdo aloqalarni rivojlantirgan. Chunonchi, 1387 va 1389-yillari kuzda Mavlono Xofiziy, 1388- yilda Toj ad-Din (Tamuding), 1391-yilda Shoxalil (Shaxali),1392-yilda Nig'mat ad-Din (Nimaopuding), 1394 va 1395-yilda Darvish (Dielibeyshi), 1396-yilda Alomat ad-Din (Alamadan) boshchiligida Peking Amir Temur nomidan elchilar kelgan [3].

Mazkur elchilar orqali sohibqiron Xitoy xoniga ot, tuya va boshqa narsalar yuborgan. Xitoy xoni esa bular evaziga kumush pul, ipak matolar qaytargan. 1396-yilda Amir Temur Alomat ad-Din orqali Xitoy xoniga maktub ham yo'llab, uning yuborgan nasalaridan mamnun bo'lganligini takidlagan. Amir Temur vafotidan keyin 100 yilga yaqin Turkistondan Xitoyga 107 marta, shu jumladan 1415-1440-yilari Mirzo Ulug'bek nomidan 22 marta elchilar guruxi kelgan [4]. Xitoy manbalaridan malum bo'lishicha, o'sha zamonda Xitoyning boshqa shaharlariga

samarqandlik savdogaгlaг kelib, bozorlarda ot sotilgan. Chunonchi, 139Q-yilda eгta baxoгda samaгqandlik Sho Juraali (Shachiyeг Aliyi) Lyangchjoy shaxгida 67Q ta ot sotgan. Mahalliy hokim bu haqda Taystzuga xisobot berib, mazkur savdogarni Pekinga yuboгishni so'ragan [5].Min sulolasi ham Samarqandga bir necha marta elchilar va savdogarlar yuboгgan. Masalan, 1395- yilda Samarqandga Pekindan Bo An boshchiligida 1500 kishidan iborat bo'lgan elchi va savdogarlar guruhi, 1397-yilda Cheng Deven boshchiligidagi Xitoy elchilari va savdogarlarari kelgan [б]. Amiг Temur vafotidan keyin uning faгzandlaгi taxt uchun kurashayotganda, soxibqironning qudasi bo'lmish Mo'g'uliston xoni Xizrxo'ja Buyuk ipak yo'lining Turkiston-Xitoy qismidagi muhim nuqtalaridan bo'lgan Kumul (Hami) shaxгini qo'lga kiritadi. Natijada Min sulolasing Kumul uchun ko'p yillar davomida olib borgan kurashi vaqtincha barham topadi. Ushbu voqea Buyuk ipak yo'lida tinchlik o'rnatishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Amir Temur avlodlari ham Buyuk ipak yo'lini rivojlantirish maqsadida jiddiy harakatlar qilganlar. Ular Xitoy bilan tinchlik bitimlari ham tuzishgan. Masalan, 13SS-15QQ-yillar davomida Toshkent, Samarqand, Xuroson, Sheгoz, Hiгot. Isfahon kabi shaxarlardan 120 dan ortiq elchi guruhlari Xitoyga borgan. Ularning ko'pchiligi o'rta hisobda 8-1Q kishidan iboгat bulgan[7].Ayrim elchilaг guгuhiga 2QQ kishi atrofida savdogarlar qo'shilib borgan. Savdogarlar Xitoyga ot, tuya, eshak kabi chorva mollari, qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan buyumlaг, doгivlar va har xil mahalliy hunaгmandchilik maxsulotlaгini olib borishgan.Xitoydan esa, asosan, ipak mato, chinni idishlaг, choy, гavoch va dorivorllar olib kelingan.Manbalaгda ko'rsatilishicha, shu zamonda Min sulolasi Xitoydan olib kelinadigan mollar ko'lamini cheklab qo'ygan. Ayrim mahsulotlarni, jumladan metalladan yasalgan qurollarni maxsus ruxsatsiz Xitoydan olib ketish man etilgan [S].

O'sha davr muarrixi Ibn Arabshohning yozishicha, Samarqandga chet mamalakatlardan oltin va kumush, xususan, Xurosondan madanlar; Hind va Sinddan yoqut, olmos; Xitoydan atlas, yashin toshi, mushk va boshqa mollar olib kelingan. Yevropa mamalakatlaridan Samarqandga olib kelingan mollar ichida farang gazmollari alohida ajralib turgan. Samarqanddan chet mamlakatlarga xususan, Rusiya, Tatariston, Sibirga, asosan arzon narxli ip matolar, duxoba, shoyi, qog'oz, quruq meva, guruch paxta va kalava iplar chiqarilgan. Chet davlatlar bilan o'zaro savdo-sotiqni kengaytirishda Temuriylarning qo'shni mamlakatlar bilan olib borgan.

Xulosa qilib aytganda Sohibqiron Amir Temur tarixda o'ziga xos takrorlanmas buyuk shaxs o'tgan. U barpo etgan,barqaror tayanchga ega bo'lgan davlatda ilm-fan, sanat, me'morchlik rivojlandi,chegaralar daxlsizligi taminlandi, tinchlik hukm surib, savdo-sotiq gullab yashnadi. Samarqand xalqaro savdo-sotiq markaziga

aylanib, mamlakatning Buxoro, Qarshi, termiz, Toshkent kabi ko'hna va boqiy shaharlari o'zining yangicha qiyofasiga ega bo'ldi. Shaharlarda yangi hayot kirib kelib, aholining turmush-tarzi yaxshilandi. Barcha hudularda qurilish ishlari olib borilib, Temur davlatining buyukligini ko'rsatib turardi. Uning hukmronligi davrida Buyuk ipak yo'li bo'ylab karvonlar xavfsiz tarzda qo'shni mamlakatlar bilan savdo olib borib,davlatlarining iqtisodiy taraqqiyoti uchun hissa qo'shgan.

Adabiyotlar:

1. Rtveladze E., Velikiy shelkoviy put, T., 1998.

2. O'zME. Birinchi jild. Edvard Rtveladze. Toshkent, 2000.

3. Mamayusupov O.B., Bozorov Q.D. (2022). Buyuk ipak yo'li-muloqot va hamkorlik yo'li. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2 (1), doi: 10.24412/2181-2454-2022. Dilmurod o'g'li, B. Q. (2021). A new stage in diplomatic relations between Uzbekistan and Tajikistan. Eurasian Journal of Academic Research, 1(6),

4. Sharofiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. - Toshkent: "Sharq", 1997.

5. Mannonov B.S. O'zbek diplomatiyasi tarixidan'' Tarixiy ocherklar va lavhalar, Toshkent - 2003.

6. Xo'jayev A. Buyuk ipak yo'li: munosabatlar va taqdirlar /Ablat Xo'jayev. - T.: "O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi", Davlat ilmiy nashriyoti, 2007

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.