Научная статья на тему 'AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR SULOLASINING XITOY BILAN MUNOSABATLARIDA CHOY VA OT SAVDOSI'

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR SULOLASINING XITOY BILAN MUNOSABATLARIDA CHOY VA OT SAVDOSI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
444
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Samaerxan / da ma / choy / cha / Min / diplomatiya / Chanan / Sian / Aligu (arg‘umoq) / Si ma (G‘arb) / syaovey. / Samaerhan / da ma / tea / cha / Min / diplomacy / Chanan / Xian / Aligu (argument) / Si ma (West) / xiaowei.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Kenjaev, Sardor

Ushbu maqolada O‘rta asarlarning ikki buyuk davlati Temuriylar va Xitoy (Min) davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda choy va ot savdosining ahamiyati. Xitoyning markaziy shaharlarida Samaerxan shahridan keltirilgan otlar sotiladigan bozorlarning mavjud ekanliligi, ayniqsa xitoy imperatori saroylarida movaraunnahrdan keltirilgan otlarning mavjud ekanligi to‘g‘risidagi malumotlar dalillangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AMIR TEMUR AND THE TIMURID DYNASTY'S RELATIONS WITH CHINA, TEA AND HORSE TRADE

In this article, the importance of tea and horse trade in the relations between the two great states of the Middle Ages, the Timurids and the Chinese (Min) states. The existence of markets where horses brought from Samaerkhan were sold in the central cities of China, especially the information about the presence of horses brought from Movaraunnahr in the palaces of the Chinese emperors, has been proven.

Текст научной работы на тему «AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR SULOLASINING XITOY BILAN MUNOSABATLARIDA CHOY VA OT SAVDOSI»

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR SULOLASINING XITOY BILAN MUNOSABATLARIDA CHOY VA OT SAVDOSI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2023-21-470-473

Kenjaev Sardor (PhD), dotsent

Buxoro davlat Pedagogika Instituti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) sardorkenjayev46@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada O 'rta asarlarning ikki buyuk davlati Temuriylar va Xitoy (Min) davlatlari o 'rtasidagi o 'zaro munosabatlarda choy va ot savdosining ahamiyati. Xitoyning markaziy shaharlarida Samaerxan shahridan keltirilgan otlar sotiladigan bozorlarning mavjud ekanliligi, ayniqsa xitoy imperatori saroylarida movaraunnahrdan keltirilgan otlarning mavjud ekanligi to 'g 'risidagi malumotlar dalillangan.

Kalit so'z: Samaerxan, da ma, choy, cha, Min, diplomatiya, Chanan, Sian, Aligu (arg'umoq),Si ma (G'arb), syaovey.

AMIR TEMUR AND THE TIMURID DYNASTY'S RELATIONS WITH CHINA, TEA AND HORSE TRADE

Kenjaev Sardor

Bukhara State Pedagogical Institute, Associate Professor, Department of "Social Sciences", Doctor of Philosophy (PhD) in History sardorkenj ayev46@gmail .com

Abstract: In this article, the importance of tea and horse trade in the relations between the two great states of the Middle Ages, the Timurids and the Chinese (Min) states. The existence of markets where horses brought from Samaerkhan were sold in the central cities of China, especially the information about the presence of horses brought from Movaraunnahr in the palaces of the Chinese emperors, has been proven.

Key words: Samaerhan, da ma, tea, cha, Min, diplomacy, Chanan, Xian, Aligu (argument), Si ma (West), xiaowei.

Sharq xalqlarining o'zaro iqtisodiy, madaniy va diplomatik aloqalarining yo'lga qo'yilishi, shakllanib va rivoj topib borishida Xitoyning qadimgi poytaxti -Chanan (hozirgi Sian) shahridan boshlanib, O'rta yer dengizining sharqiy sohillari

470

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

mintaqasi, Old Osiyo mamlakatlari orqali Yevropaga qadar cho'zilgan Buyuk ipak yo'lining ahamiyati katta bo'lib hisoblanadi[4,69].

Uzoq asrlar davomida harakatda bo'lgan Ipak yo'li savdosi XIV asrdagi o'zaro urushlar davrida bir muddat pasayib, uning nisbatan tinch shimoliy tarmog'i taraqqiy etgan. XIV asrning 70-yillarida Movarounnahrda Amir Temur o'zaro urushlarga barham berib, markazlashgan davlat tuzgan bo'lsa, Xitoydan Amir Temur bilan deyarli bir vaqtda oddiy dehqon oilasiga mansub Chji Yuan Chjan yangi mahalliy Min sulolasiga asos solgan. Har ikki davlat ham hukmronlikni saqlab qolish maqsadida mo'g'ullar bilan og'ir kurash olib borishga majbur bo'lganlar[5,75]. Amir Temur parchalanib ketgan Chingizxon merosini qayta birlashtirish yo'lidan borgan bo'lsa, Min sulolasi mo'g'ullar merosini butunlay yo'qotishga harakat qilgan. Ammo, Xitoyning mo'g'ullar bilan kurashi qiyin kechib, dasht, cho'l hududlarida istiqomat qiladigan mo'g'ullar bilan kurashlarda qo'shin uchun otlar zarur bo'lgan. urush holatida mo'g'ullar o'z raqiblariga otlarni sotishi deyarli imkonsiz bo'lgan. Shu sababli Xitoy Min sulolasi asosan Movarounnahrda tashkil topgan Amir Temur saltanati bilan savdoni rag'batlantirish va otlar sotib olishni qo'llab-quvvatlash yo'lidan borgan. Natijada, Min sulolasi davrida Shimolda mo'g'ullar bilan raqiblik davom etgan bir davrda armiyani otlar bilan ta'minlash davlat ahamiyatidagi vazifa bo'lib qolgan. Movarounnahrda choy qadrlanganligi sababli, "qo'shnilarga choy sotish orqali ularni xursand qilish" va choyga ot almashtirishga oid tadbirlar belgilangan[2,191]. Albatta ot savdosi muhim daromad manbai bo'lish bilan birga har bir ot yoki uning turini o'z bahosi bo'lgan. Asl zotli otlar hamisha qadrlanib, yuqori narxlarda baholangan. Xitoy tarixiga bag'ishlangan tarixiy adabiyotlardagi ma'lumotlarda, Ayniqsa, Aligu (arg'umoq) zotli otlar yuqori baholangan bo'lib, bu zotdagi otlar xorijga kam chiqarilgan. Chunki, arg'umoqlarda Amir Temur saltanatining o'zida ham doimo xaridorlar topilgan. Shuningdek, Xitoy Min sulolasiga ham kam miqdorda etkazib berilgan. Xitoyga olis cho'l, tog' va boshqa tabiiy to'siqlar orqali haydab kelingan kam miqdordagi arg'umoqlar asosan imperator oilasi shaxsiy otxonasiga olib qolingan. Bundan tashqari, xitoyliklar Da ma deb nomlagan otlar ham hozirgi Qozog'istonning sharqiy qismi, Sharqiy Turkiston va Mo'g'uliston hududlaridan olib borilgan. Xitoyliklar tilidagi Da iborasi tatar (Dadei) so'zining qisqa talafuzi bo'lib, xitoy tilida ma ot degan mazmunga ega. Ya'ni, Da ma tatar otlari ma'nosini bildiradi. Da ma otlari Aligu (arg'umoq) va Si ma (G'arb) otlaridan bir qadar past narxda sotilgan. Xitoyda Amir Temur saltanatidan savdo-sotiq orqali olib kelinadigan otlar o'zining tana tuzilishi nozikligi, shu bilan birga chopqirligi va chidamliligi sababli qimmat sotilgan. Shuning uchun Movarounnahrdan zotdor otlarni keltirib Xitoy ichki bozorida sotish davlat tomonidan rag'batlantirilgan. Shu bilan bir qatorda Xitoyda otlar narxini haddan ziyod oshib ketishi va ichki norozilik kelib chiqishini oldini olish maqsadida davlat tomonidan otlar zotini sotib olish va sotish miqdori chegaralab berilgan. Tarixiy adabiyotlarda keltirib o'tilgan ma'lumotlar tahlili shunday xulosaga kelish uchun asos

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

bo'ladi. Masalan, Xitoyga olib kelinadigan har bir bosh aligu (arg'umoq) zotli ot narxi turli ranglardagi atlas matosidan to'rt bo'lak, ichki va ustki kiyimlar tikishga mo'ljallangan tafta matosidan sakkiz bo'lak deb belgilangan. SHuningdek, tuya uchun uch bo'lak atlas va o'n bo'lak tafta matosi belgilangan bo'lsa, Da da (tatar) otlari uchun bir bosh ipak sarposi va sakkiz bo'lak tafta eng yuqori narx sifatida belgilangan[5, 127]. Keltirilgan ma'lumotlardan ushbu keltirilgan narxdan ortiq sotmaslik belgilab qo'yilgan deb xulosa qilish mumkin. Xitoy tarixiga oid adabiyotlarda Amir Temurning 1387 yilda Xitoyga dastlab yuborgan elchisi sifatida qayd etilgan Xafaeyszti (Hofiz) imperator Xun'-u huzuriga, g'arbliklarning Da ma zotli otlarini va olmoslar olib kelganligi, buning evaziga oltin iplar qo'shib to'qilgan atlaslar va qog'oz berishni iltimos qilganligiga oid ma'lumotlar mavjud[3, 24]. Bundan esa ot evaziga savdoda alohida imtiyoz olishga erishi mumkin bo'lgan, degan xulosaga kelish mumkin. Shuningdek, 1390 yilda samarqandlik savdogar SHo Jo'rali (Shachieer Aliyi) Xitoyning chegara shahri Langchjou bozorida 670 bosh zotdor otlarni sotib, mahalliy hokimda yaxshi ta'surot qoldirgan. Mahalliy hokim imperatorga yo'llagan hisobotida uga min sulolasi poytaxtda savdo qilish imtiyozini berishni so'ragan[6,24]. Chunki, o'sha vaqtda mamlakat ichkarisida xorijliklarni ot savdosida ishtiroki ta'qiqlangan bo'lib, chegara shaharlarda ot savdosi amalga oshirilish belgilab berilgan. Arg'umoq otlar o'zining uchqurligi bilan shuhrat qozongan bo'lib, bu kabi otlarni Min saltanatiga olib kelgan savdogar yoki elchi o'z mamlakatida sotish uchun imperatordan istagan mahsulotini sotib olish imtiyoziga ega bo'lgan. 1394 yilgi Amir Temur elchilari Min saltanatiga olib kelgan 200 bosh zotdor ot evaziga imperator uyurni haydab kelgan savdogarlarga odatiy sovg'alardan tashqari Xitoyda savdo qilishni osonlashtirish maqsadida ularga qog'oz pullar h am ulashgan. Amir Temur elchisi sifatida 1396 yilda Xitoyga borgan Daeryueshi (Darvishali) imperatorga sovg'a sifatida aligu ot zotlaridan ikkita, si ma (g'arb oti) zotlaridan ikkita tuhfa qilib, atlas tafta va choyni arzonlashtirilgan narxda sotib olishni iltimos qilgan. Yirik miqdordagi va turli zotga mansub otlarni Xitoyga 1397 yilda elchi sifatida borgan Alemadan (Alomatdin) boshchiligidagi karvon olib borgan deb xulosa qilish imkonini beruvchi ma'lumotlar mavjud. Chunki, elchilik tarkibidagi yigirma kishilik yirik savdogarlar ham bo'lib, ularning etakchisi musulmon Chjalula (?) degan shaxs bo'lganligi ma'lum. Bu elchilik tarixiy adabiyotlardagi ma'lumotlarga qaraganda, Min saltanati poytaxtiga hammasi bo'lib, 1095 ta ot savdo imtiyozlariga erishish maqsadida olib kelinganligi qayd etib o'tilgan[7,78]. Amir Temur saroyida bo'lgan Ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixo Samarqandga elchi sifatida kelgan Xitoy vakillari bilan muloqoti xususida o'z esdaliklarida yozib, Xitoyda otlar qimmatligi, sababi Min saltanati qo'shini soni ko'pligida ekanligi, Xitoyda faqat mingboshi (syaovey) darajasiga ega bo'lganlargina ot minib yurish huquqiga ega ekanligi, bu imtiyozga ega bo'lganlarni soni Min saltantida 400 ming kishidan ortiqroq degan biroz bo'rttirilgan ma'lumotlarni keltirib o'tganligini ko'rishimiz mumkin[8,635]. Aslini olganda Xitoy iqlimi otlarni etishtirish imkonini

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

bermaganligi turli mubolag'ali fikrlar bilan mohirona yashirilgan deb xulosa qilish mumkin[9,202].

Xulosa qilib aytish mumkinki, Amir Temur saltanati mavjud bo'lib turgan davrda buyuk ipak yo'li bo'ylab qo'shni mamlakatlar bilan qizg'in savdo aloqalarida choy va ot muhim mahsulot hisoblangan. Samaerxan va Xitoy (Min) davlatining markaziy shaharlari ot sotadigan bozorlar mavjud ekanliligi xususida mahlliy manbalarda ma'lumotlar keltirib o'tilgan. Bu aloqalarning bir qismi sifatida otlar savdosi ham muhim ahamiyatga ega bo'lib, Xitoyda past bo'yli mo'g'ul otlaridan ko'ra chaqqonroq va chopqirroq Movarounnahr otlari qadrlangan va ularni Xitoyga keltirish, savdo ishlarida zotdor otlar olib kelganlarga imtiyozlar berish kabi rag'batlantirishlar orqali Xitoy armiyasida ot tahchilligini kamaytirishga harakat qilingan. Xitoy bozorlaridagi choy va ot savdosi Sohibqiron Amir Temur vafotidan so'ng temuriyzoda shahzodalar Shohruh va Ulug'bek davrlarida ham alohida etiborda bo'lgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Хафизова К.Ш. Китайская дипломатия в Центральной Азии. XIV - XIX вв. -Алматы: Гылым, 1995. - 127 с.

2. Хужаев А. Буюк ипак йули: Муносабатлар ва такдирлар / Аблат Хужаев. - Т.: "Узбекистан миллий энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти, 2007. - Б. 191.

3. Руи Гонсалес де Клавихо. Путешествия ко двору тимура в Самарканд в 1403-1406 гг. Подлинный текст с переводом и примечаниями). Составленным под редакциею И.И. Средновскаго. - Санк Петербург. Типография императорской академии наук. 1881. // Туркестанский сборник. Том. 273. - С. 333.

4. Kenjayev S.N. Amir Temur davlati va Xitoy(Min) imperiyasi o'rtasidagi savdo aloqalari tarixidan // —O'tmishga nazar- TOSHKENT 2021.- Б.67-74.

5. Kenjayev S.N.Amir Temurning Xitoy bilan munosabatlari tarixi XIV asrning 70 yillari-XV asr boshlari.tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi. -Buxoro: 2023,144 b.

6. Китайские документы и материалы по истории Восточного Туркестана, Средней Азии и Казахстана XIV-XIX вв. - Алматы: Гылым, 1994. - С. 24.

7. Каримова Н.Э., Тулибаева Ж.М. Китайские и тимуридские источники о взаимоотношениях Китая и Центральной Азии в конце XIV - первой четверти XV в. // Вопросы истории. - 2019. - № 7. - С. 78.

8. Kenjayev S.N., Zayniyev K.Amir Temur davlati va Xitoy Min sulolasi aloqalarida otlar savdosi xususida. //"Science and Education" Scientific Journal.-Ispain.:-634-639

9. Гонсалес Руи Де Клавихо. Самарканд - Амир Темур саройига саёхдт кундалиги (1403-1406)... - Б.202.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.