Научная статья на тему 'AMIR TEMUR DAVRIDA ILM–FAN, MADANIYAT VA DAVLAT RIVOJI'

AMIR TEMUR DAVRIDA ILM–FAN, MADANIYAT VA DAVLAT RIVOJI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Yoʻldoshev U., Abdurahmonov I.M., Abdurashidova D.J.

Davlatning rivojlanishiga uning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy va madaniy va siyosiy sohalari o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi. Biz yashab turgan jamiyatda ham bunga e‘tibor juda kuchayib bormoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ham – qushning ikki qanoti bo‘lgani kabi davlatning bir qanotini iqtisod, ikkinchi qanotini ma‘naviyatga qiyos qilganlar, ya‘ni biri ikkinchisini taqozo etadi, biri bo‘lmasa ikkinchi tomoni bilan qush ucholmasligiga urg‘u beradi. Bu faqat bugun bo‘layotgan jarayon emas albatta. Har bir davrda ham bunga e‘tibor qaratishga harakat qilingan, lekin bunga to‘la erishilmagan. Davlat tepasiga kelgan har bir hukmdor o‘z davlatining rivojlanishi uchun uning har bir sohasiga alohida e‘tibor qaratadi, ilm fanga homiylik qiladi, madaniyat rivojlanishiga, xalqining ma‘naviyatini oshirishga harakat qiladi. Bu jarayonlar turli davrlarda turlicha bo‘lgan. Biz ularni o‘rganish uchun tarixga murojaat qilamiz va misol tariqasida Temuriylar davriga nazar tashlab, o‘z davrimiz bilan qiyoslaymiz yoki undan o‘zimiz uchun turli xulosalar yaratamiz [1].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AMIR TEMUR DAVRIDA ILM–FAN, MADANIYAT VA DAVLAT RIVOJI»

AMIR TEMUR DAVRIDA ILM-FAN, MADANIYAT VA DAVLAT RIVOJI Yo'ldoshev U.

Abdurahmonov I.M.

Abdurashidova D.J.

Chirchiq Davlatpedagogika universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11148454 Davlatning rivojlanishiga uning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy va madaniy va siyosiy sohalari o'z ta'sirini ko'rsatadi. Biz yashab turgan jamiyatda ham bunga e'tibor juda kuchayib bormoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ham - qushning ikki qanoti bo'lgani kabi davlatning bir qanotini iqtisod, ikkinchi qanotini ma'naviyatga qiyos qilganlar, ya'ni biri ikkinchisini taqozo etadi, biri bo'lmasa ikkinchi tomoni bilan qush ucholmasligiga urg'u beradi. Bu faqat bugun bo'layotgan jarayon emas albatta. Har bir davrda ham bunga e'tibor qaratishga harakat qilingan, lekin bunga to'la erishilmagan. Davlat tepasiga kelgan har bir hukmdor o'z davlatining rivojlanishi uchun uning har bir sohasiga alohida e'tibor qaratadi, ilm fanga homiylik qiladi, madaniyat rivojlanishiga, xalqining ma'naviyatini oshirishga harakat qiladi. Bu jarayonlar turli davrlarda turlicha bo'lgan. Biz ularni o'rganish uchun tarixga murojaat qilamiz va misol tariqasida Temuriylar davriga nazar tashlab, o'z davrimiz bilan qiyoslaymiz yoki undan o'zimiz uchun turli xulosalar yaratamiz [1].

Amir Temur davrida mamlakatning birlashtirilishi uning iqtisodiy, madaniy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Ilm-fan, adabiyot va san'at, hunarmandchilik va me'morchilik ravnaq topdi. Mamlakat va poytaxt Samarqandning obodonchiligi yo'lida mahalliy va chet mamlakatlardan ko'plab fan va san'at ahllarini, hunarmand me'morlarni va musavvirlarni to'pladi.Temur markazlashgan davlat tuzish jarayonida ishlab chiqarishga, xususan qishloq xo'jaligiga alohida e'tibor berdi. Movorounnahrda qishloq xo'jaligi sun'iy sug'orishga bog'liqligini yaxshi tushungan Temur Angor kanalini qazdirdi va Murg'ob vodiysida sug'orish ishlarini yo'lga qo'ydi. Samarqand va Shahrisabz shaharlari oqar suv bilan ta'minlanuvchi lalmikor yerlarda ariqlar qazildi. Dehqonchilikda donli ekinlar, paxta, zig'ir ekilgan [2]. Bo'yoq uchun ro'yan o'simligi, shuningdek pillachilikda tutlar ko'p ekilgan. Limon, uzum yetishtirilgan. Ulug'bek davrida Bog'i maydonda turli o'simliklar ekilib, Bog'cha nomli bog' barpo etilgan. Temur Samarqand atrofida Bag'dod, Sultoniya va Sheroz nomli qishloqlar qurdiradi. Temur va Ulug'bek davrida qo'ychilik va yilqichilikka alohida e'tibor berilgan. Tog'-kon ishlari yo'lga qo'yilib, turli ma'danlar qazib olinishi tufayli hunarmandchilik rivojlangan. Obodonchilik, sug'orma dehqonchilikning rivojlanishi iqtisodiy

hayotda muhim soha-hunarmandchilik, savdo va tovar pul munosabatlarining taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi, hunrmandchilik tarmoqlarining ko'payishi tufayli shaharlarda hunarmandchilik mahallalarining soni ortib, yangi bozor rastalari, tim va toqlar qurildi. Shohruxiya, Termiz, Shahrisabz, Qarshi shaharlarida yangi hunarmandchilik mahallalari qurilib, savdo markaziga aylandi. Ip, jun, kanop tolasidan gazmollar to'qilgan. Ipakdan shoyi gazlamalar, atlas, kimxob, banoras, duxoba, horo, debo kabi gazmollar to'qilgan.XV asrda metall buyumlar, uy-ro'zg'or buyumlari, asbob uskunalar, qurol yarog'lar ko'plab ishlab chiqarilgan. Samarqand qurolsozlik maskaniga aylanib, sovutsozlar mahallasi qurilgan. Shaharlarda mis va jezdan buyumlar hamda mis chaqalar zarb qilingan [3]. Bu davrda xattotlik san'ati, kitobat san'ati rivojlanib, tarixiy shaxslarning qiyofalari ham miniatyuralarda o'z aks etgan. Qabr toshlariga qisman o'simliksimon, asosan geometrik nazmlarda xattotlik namunalari bilan so'zlar bitilgan. Temur va temuriylar davrining amaliy san'at turlaridan to'qimachilik, gilamdo'zlik, kashtachilik yuksak san'at darajasiga ko'tarildi. Amir Temur ilm-fan rivoji uchun g'amxo'rlik qilishi tufayli Samarqand dunyoning ma'rifiy markaziga aylandi. Mashhur olimlar Samarqandga keldi. Masalan, Qozizoda Rumiy, tabib Xusomiddin Kermoniy falakiyotshunos Mavlono Ahmad, Ulug'bek davrida turli mamlakatlardan kelgan 100 dan ortiq olimlar ilmiy va ijodiy faoliyat ko'rstgan. Temur va temuriylar zamonida tabiiy va gumanitar fanlar sohasida buyuk olimlar yetishib chiqdi,hamda jahon fani rivojiga munosib hissa qo'shdi.

Amir Temurning saltanat obodonchiligiga hissa qo'shgan fuqarolarni qo'llabquvvatlab, ularga imtiyozlar yaratib bergan, jumladan, Amr etdimki, kimki biron sahroni obod qilsa, yoki koriz qursa yo biron bog' ko'kartirsa, yoxud biron xarob bo'lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o'z roziligi bilan berganini olsinlar, uchinchi yili qonun qoidasiga muvofiq xiroj yig'ilsinll, deb e'tirof etganligidan ham bilishimiz mumkin. Yana amr etdimki, kichik kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, mad rasa va xonaqohlar bino qilsinlar, faqiru miskinlarga langarxona solsinlar, kasallar uchun shifoxona qurdirsinlar va ularda ishlash uchun tayinlasinlar. Har bir shaharda dor ul-amorat va dor ul adolat qursinlar va raiyatu ziroatni qo'riqlovchi qurchilar ha m tayinlansinlar.

Amir Temur qoldirgan bu kabi meroslar hozirgi kunga qadar amal qilib kelinmoqda. Davlat boshqaruvi, mamlakatni obodonlashtirish va markazlashtirish to'g'risida yozilgan Temur tuzuklari esa yaxshigina qo'llanma bo'lib xizmat qilmoqda. Keling so'zimizni tasdig'ini yana ushbu kitobga yuzlanib ko'rib chiqamiz, - ... sipohu raiyatni umid va qo'rquv orasida saqladim. Do'st-dushmanni

murosayu madora orasida tutdim. Qilmishlarini, aytgan gaplarini gohida sabr toqat, gohida bilib bilmaslikka olish bilan o'tkazdim. Do'st dushmandan kimki menga iltijo qilib kelgudek bo'lsa, do'stlarga shunday muomala qildimki, do'stligi yana ortdi, dushmanlarga shunday munosabatda bo'ldimki, ularning dushmanligi do'stlikka aylandi. Bundan ko'rinadiki, davlat rahbarlari ham xalqiga, ham yaqin insonlariga va diplomatik aloqada bo'lgan davlatlarga o'z samimiy munosabatini bildirishi lozim. Bu mamlakatni tinchligiga o'z ta'sirini o'tkazadi, Menda biror kimsaning haqqi bo'lsa, haqini hech vaqt unutmadim. Biron kimsa bilan tanishgan bo'lsam, uni hech vaqt nazarimdan qoldirmadim. Davlatim va saltanatim quyoshi ko'tarilib kelayotgan vaqtda menga iltijo qilib kelgan nikukor va badkirdor odamlar, xoh menga yaxshilik qilgan bo'lsinlar, xoh yomonlik, saltanat taxtiga o'tirganimdan keyin ularni xayr ehsonlarim bilan hijolatga qo'ydim. Menga qilgan yomonliklarini qilmagandek ko'rib, ularni yomon qilmishlari daftari ustiga afv qalamini tortdim. Bu faqatgina markazlashgan davlat qurayotgan insonnning bir qadamiga misol edi. Temur tuzuklarida uning qilgan barcha sa'y-harakatlari o'z ifodasini topgan. Yuqoridagilarni hozirgi kunga bog'lasak, aslida faqatgina davlat rahbari emas, balki xalq ham shunday bo'lishi kerak degan da'vatni ilg'aymiz. Chunki davlat rahbari bo'lgan inson xalqqa avvalo o'zi o'rnak, namuna bo'lib bermoqda, xalq esa bunda faqat kuzatuvchi bo'lib qolmasligi kerak, ya'ni, faqat hukmdor harakat qilib, mehnat qilgani bilan davlat mustahkam, qudratli bo'lib qolmaydi. Bunda xalq ham unga yelkama-yelka yordam berishi, uning fazilatlaridan, sanab o'tilgan xislatlaridan ibrat olmog'i lozim. Mustaqil O'zbekistonda ham yoshlarni malakali kadr qilib yetishtirishga qaratilgan islohotlar kuchaydi. Bu o'rinda Prezident maktablarining ochilayotgani, yoshlarga bilim olish, o'zlarini ham ma'naviy ham moddiy jihatdan o'stirishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani ham bir misoldir. Chet el davlatlari bilan investitsiyalar kirgazish, diplomatik aloqalarni mustahkamlash, yurtimizda eng ilg'or, hozirgi zamon ruhiga to'la mos keluvchi institut va universitetlarning filiallarini ochish bo'yicha shartnomalar imzolandi. Hattoki, bir nechta chet el universitetlarning filiallari allaqachon o'z vazifasini bajarmoqda. Bu esa mamlakat rivojlanishi uchun zarur mutaxassislarni yetishtirib chiqa rishga qaratilgan bir e'tibordir. Bundan tashqari, mamlakatimizning turli viloyatlarida ochilayotgan oliy ta'lim muassasalari ham yoshlarni bilim egallab vatan uchun kerakli kadr bo'lib yetishishlari uchun katta turtki bo'ldi. Biz yuqorida sanaganlarimiz birgina ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar edi.

Adabiyotlar:

1. Karimov I.A. Amir Temur haqida so'z. - Toshkent. 1986.

2. Temur va Ulug'bek davri tarixi. - Toshkent, 1996.

3. Sog'uniy A. Temur tuzuklar; tarixiy adabiyot / Sog'uniy A. va Karomatov H. - Toshkent: Shodlik nashriyoti, 2020. - 160 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.