Научная статья на тему 'AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA ILM-FAN VA SAN’AT'

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA ILM-FAN VA SAN’AT Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qurbonova M. A.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich ta’kidlab o’tganalaridek “Oʻn beshinchi asrda Sohiqiron Amir Temur asoslagan va uning munosib avlodlari davom ettirgan muhtasham saltanat yurtimizda ikkinchi Uygʻonish, yaʼni ikkinchi Renessans davrini boshlab berdi” [1]. Ikkinchi Renessans Temuriylar davri bilan bogʻliq boʻlib Amir Temur taxtga kelishi bilan boshlanadi. Ikkinchi Renessans birinchi Renessansga nisbatan keng ko‘lamli bo’lib, buni biz Amir Temurning olib borgan tadbir va siyosatlaridan tushinishimiz mumkin. Aynan shu davrda Yevropada ham Renessans (uygʻonish) davri paydo bo’lib, shakllanayotgan edi. Amir Temurning taxtga kelishi ham ancha qiyinchilik va sinovlar bilan amalga oshdi, shu sabali u kishining olib borgan siyosat va tadbirlar butun dunyoni larzaga va hayratga solidi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA ILM-FAN VA SAN’AT»

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA ILM-FAN VA SAN'AT

Qurbonova M. A.

Qarshi davlat universiteti doktaranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.11148211 Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich ta'kidlab o'tganalaridek "O'n beshinchi asrda Sohiqiron Amir Temur asoslagan va uning munosib avlodlari davom ettirgan muhtasham saltanat yurtimizda ikkinchi Uyg'onish, ya'ni ikkinchi Renessans davrini boshlab berdi" [1].

Ikkinchi Renessans Temuriylar davri bilan bog'liq bo'lib Amir Temur taxtga kelishi bilan boshlanadi. Ikkinchi Renessans birinchi Renessansga nisbatan keng ko'lamli bo'lib, buni biz Amir Temurning olib borgan tadbir va siyosatlaridan tushinishimiz mumkin. Aynan shu davrda Yevropada ham Renessans (uyg'onish) davri paydo bo'lib, shakllanayotgan edi. Amir Temurning taxtga kelishi ham ancha qiyinchilik va sinovlar bilan amalga oshdi, shu sabali u kishining olib borgan siyosat va tadbirlar butun dunyoni larzaga va hayratga solidi. Temuriylar imperiyasi Amir Temur tomonidan 1370-yilda Xulagular davlati vorislari bo'lgan bir necha kichik davlatlar bosib olingandan so'ng tashkil etilgan. Temuriylar shaharlsrni zabt etgandan so'ng, odatda mahalliy hunarmandlarning hayotini asrab qolib, ularni temuriylar poytaxti Samarqandga yuborganlar. XV asr boshlarida Temuriylar Forsni bosib olganlaridan so'ng, fors badiiy xususiyatlari mo'g'ul san'ati bilan uzviy bog'landi. Keyinchalik Temur tomonidan shariat muassasalariga asos solinganligi Samarqandni Islom san'atining markazlaridan biriga aylantirdi. XV asr o'rtalarida temuriylar madaniy hayotining markazi sifatida Hirot tanila boshladi. Samarqandda bo'lgani kabi, hunarmand va ziyolilar tez orada Hirotni san'at va madaniyat markaziga aylantira olishdi. Tez orada temuriylarning aksariyati fors madaniyatini o'z madaniyati sifatida qabul qildilar [2]. O'sha yillari ko'hna va hamisha navqiron Samarqand deyarli yer yuzining bosh kentiga aylangandi.

Amir Temur islom dinini keng tarqalishida ham katta hissa qo'shgan shaxslar orasida sakkizinchisi hisoblanadi. Amir Temur: "Dilimning mashriqidan ko'tarilgan birinchi tuzigim har yerda va har qachon islom diniga va Muhammad (s.a.v) ning shariatlariga rivoj berish bo'ldi" deb aytib o'tganlar. Amir Temur katta hududlarni birlashtira olgan buyuk sarkarda va shohlardan biri bo'lib (tarixchilar Amir Temur imperiyasi o'sha paytda 27 ta davlatni birlashtirganini qayt etadi. Bugungi kunda esa bu hudud 40ga yaqin davlatga to'g'ri keladi).

Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek,Amir Temur va Temuriylar davrida iqtisodiyot, ilm-fan, san'at-madaniyat gullab-yashnaganligini bugungi kunda ulardan qolgan tarixiy yodigorliklar va yozilgan asarlaridan bilishimi mumkin,shunungdek tarix ham buni tasdiqlaydi va bu davr insoniyat tamaddunidagi

ikkinchi Renessans deb baholangani bejiz emas. O'sha davrda Temuriylar me'morchiligi Saljuqiylar me'morchiligining o'ziga xos jihatlaridan foydalangan. Murakkab chiziqli va geometrik naqshlarni tashkil etuvchi firuza va ko'k plitalar binolarning fasadlarini bezatgan. Ba'zan ichki qismi xuddi shunday bezatilgan bo'lib, rasmlari va nihoyatda yengilligi effektni yanada boyitgan [3]. Temuriylar me'morchiligi O'rta Osiyoda islom san'atining eng yuqori cho'qqisi bo'ldi.

Amir Temur va uning vorislari tomonidan Samarqand va Hirotda barpo etilgan ajoyib va ulug'vor binolar Hindistonda Xulagular san'at maktabining ta'sirini yoyishga yordam berdi va shu bilan taniqli mo'g'ul me'morchilik maktabini vujudga keltirdi. Temuriylar me'morchiligi hozirgi Qozog'istondagi Ahmad Yasaviy maqbarasidan boshlanib, Amir Temurning Samarqanddagi Guri Amir maqbarasi bilan yakunlanadi. Go'ri Amir maqbarasi XIV asrdagi maqbarasi "firuza fors plitalari" bilan qoplangan [4]. Qadimiy Samarqand shahri markaziga yaqin joyda "fors uslubidagi madrasa" (diniy maktab) va Ulug'bek tomonidan yaratilgan "fors uslubidagi masjid" ni ko'rish mumkin. Temuriy shahzodalar maqbarasi, savdo markazi va moviy plitali gumbazlari eng nozik va nafis namunalar sifatida taniqli

[5].

Eksenel simmetriya barcha temuriylarning asosiy inshootlariga, xususan, Samarqanddagi Shohizinda, Hirotdagi Musalla majmuasi va Mashhaddagi Gavhar Shod masjidiga xos xususiyatdir. Turli shakldagi ikki qavatli gumbazlar ko'payib, tashqi tomonlari ajoyib ranglar bilan mujassamlangan. Amir Temurning mintaqadagi hukmronligi uning poytaxti va fors me'morchiligining Hindiston yarim oroliga ta'sirini kuchaytirdi [6].

Me'morchilikda yetti yuz yildan buyon yetib bo'lmaydigan yutuqlar qo'lga kiritilgan. Masalan, shu davrda foydalanilgan bo'yoqlar tarkibida nimalar borligi shu kungacha aniqlanmagan. Bu kabi yutuqlarni tahlil qilgan Turkiya Prezidenti Mustafo Kamol Otaturk hayratda qolib shunday dedi: "Men Amir Temur zamonida bo'lsaydim, uning qilgan ishlarini bajara olmasdim. U mening zamonimda kelsaydi, qilgan ishlarimdan-da juda ko'p buyuk ishlarni ado etgan bo'lardi" Ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixo ham o'z kundaliklarida Amir Temurning qurdirgan binolari, sug'orish inshootlari, bog'lari haqida va davlat boshqaruvi haqida yozib o'tadi" Amir etdimki, deb yozadi Amir Temur" Tuzuklarda katta-kichik har bir shahar,har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsunlar, faqiru miskinlarga langarxona(musofirxona) solsunlar, kasallar uchun shifoxona qurdirsunlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlansinlar. Har bir shaharda dorul-amorat(hukmdor saroyi) va dor ul-adolat(adolat saroyi) qursunlar". Bundan ko'rinib turibdiki Amir Temur buyuk shaxs va adolatli hukmdor bo'lgan bo'ysundirgan yerlarda ham bunyodkorlik ishlarini olib borgan.Bu haqida Yevropa olimlaridan biri V.V. Bartold

shunday dedi, "Amir Temur jonboz bunyodkor edi, u ajoyib bog'-rog'li muhtasham inshootlari barpo etdi, Shahar va qishloqlarni tikladi. Sug'orish tizimlari barpo qilindi va ta'mirlandi, rasmiy tarix ta'biriga ko'ra , u ekin ekishga yaroqli bir qarich yerni ham bekor qo'ymasdi" [7].

Amir Temur, uning avlodlari Mirzo Ulug'bek, Boysung'ur Mirzo, Husayn Boyqaro, Bobur Mirzo kabi shoh va shahzodalar, temuriy malikalar Temuriylar ma'naviyati poydevorini o'zlarining ilm-ma'rifatga bo'lgan hurmati tufayli mustahkamlab bordilar va bu yo'lda o'z hisoblaridan ko'plab qurilishlar va tashkiliy,moliyaviy ishlarni amalga oshirdilar. Avliyolar avliyosi, shoirlarning sultoni Alisher Navoiy ijodiga ham o'sha davrning ilmiy-ijodiy muhitining ta'siri bo'lganligini anglab yetish mumkin.

Bundan tashqari, Ulug'bek Mirzoning xuddi Amir Temur kabi olib borgan ishlari ham bunga qo'shimcha bo'lgan edi. Ulug'bek Mirzo davrida bunyod etilgan madrasalar va kutubxonalar ham Yevropa elchilarini hayratga qoldirgan. Hozirgi kungacha Ulug'bek Mirzoning bunyod ettirgan Rasadxonasi ham dunyo olimlarini Ulug'bek Mirzoning qilgan ishlari haqqitan ham aql bovar qilmas darajada ekanligini tan olishiga majbur qiladi va u kishining shohdan ko'ra olim sifatida ko'proq tan olishadi. Sulton Ulug'bek hukmronlik davri imperiyaning ilmiy cho'qqisi sifatida tavsiflanadi. Uning hukmronligi davrida al-Koshiy har bir daraja uchun o'ta aniqlikdagi va har bir daqiqa uchun farqlarni o'z ichiga olgan to'rtta eng kichik raqamlar (sakkizta kasr hajmiga teng) uchun sinuslar jadvalini ishlab chiqdi. Shuningdek, u osmon sferasidagi koordinatlar tizimlari orasidagi o'zgarishga oid, masalan, ekliptik koordinatalar tizimidan ekvatorial koordinatalar tizimiga o'tish kabi jadvallarni ishlab chiqardi. Yer, Oy, Quyosh va Yulduzlar kabi samoviy jismlarning masofalari va o'lchamlarini aniqlashda avvalgilar duch kelgan qiyinchiliklarni hal qilishni Sullam al-Sama muallifligida ishlab chiqilgan [8]. Ulug'bek Mirzoning 1018 ta yulduzni qo'zg'almas o'rnini aniqlaganligi va rasadxona hozirgi vaqt bilan bir soatu ikki sekund adashganligi ham hayratga loyiqdir .Bu haqida Ulug'bek Mirzoning "Ziji jadidi Ko'ragoniy" asari 1018 ta qo'zg'almas yulduzlar haqida asosiy ma'lumot beradi.

Amir Temur va uning avlodlari davrida vujudga kelgan ikkinchi Renessans dunyo olimlarini hayratga solganligi bilan ham mashhurdir. Huddiki birinchi Rennesans kabi ikkinchi Renessans ham butun yer yuzini to'lqinlantirdi desak xato bo'lmaydi. Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov ta'kidlaganlaridek: "Sohibqiron Amir Temurning shaxsi uning avlodlari bo'lmish faqat bizning emas, balki mintaqamizdagi barcha xalqlarning, butun ma'rifiy insoniyatning boyligidir" [9]. Demak, bu Renessans faqat bizda emas butun dunyoda katta o'zgarishlar bo'lishiga sabab bo'ldi.

Adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaati.

2. B.F. Manz; W.M. Thackston; D.J. Roxburgh; L. Golombek; L. Komaroff; R.E. Darley-Doran (2007). "Timurids" Encyclopedia of Islam, online edition. "During the Timurid period, three languages, Persian, Turkish, and Arabic were in use. The major language of the period was Persian, the native language of the Tajik (Persian) component of society and the language of learning acquired by all literate and/or urban Turks. Persian served as the language of administration, history, belles lettres, and poetry".

3. Encyclopedia Britannica, "Timurid Dynasty", Online Academic Edition, 2007. „Turkic dynasty descended from the conqueror Timur (Tamerlane), renowned for its brilliant revival of artistic and intellectual life in Iran and Central Asia. ... Trading and artistic communities were brought into the capital city of Herat, where a library was founded, and the capital became the centre of a renewed and artistically brilliant Persian culture".

4. John Julius Norwich, Great Architecture of the World, Da Capo Press, 2001. p.

5. Hugh Kennedy, The Great Arab Conquests: How the Spread of Islam Changed the World We Live In, Da Capo Press, 2007. p. 237

6. Banister Fletcher, Dan Cruickshan, Sir Banister Fletcher's a History of Architecture, Architectural Press, 1996. pg 606

7. "AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA ILM-FAN" Bakoyeva Mohinur Tohirovna 2022 maqola

8. Emilie Savage-Smith (November 2008), "Islamic Influence on Copernicus" (PDF), Journal for the History of Astronomy, 39 (4): 538-541 [541], Bibcode:2008JHA...39.538S, doi:10.1177/002182860803900414, qaraldi: 25-mart 2010-yil

9. Sohibqiron Amir Temur buyuk merosi va Islom Karimovning ijtimoiy-siyosiy faoliyati: tajriba va saboqlar. Abror Qilichev, 2021 yil 6 aprel

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.