Научная статья на тему 'TEMURIYLAR DAVRI ME’MORCHILIGI'

TEMURIYLAR DAVRI ME’MORCHILIGI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Ziyayeva R.A

O‘zbekiston moddiy madaniyati tarixida IX – XV asrlar alohida o‘rin tutadi. Bu davrda me’morchilik san’ati gurkirab o‘sdi. IX – X asrlarda Movarounnahrda me’morchilik san’ati tez suratlar bilan rivojlandi. Hususan Samarqand va Buxoro me’morchilik san’atining noyob na’munalari bo‘lgan tarixiy yodgorliklar bilan bezandi. Amaliy san’atning nozik va mashaqqatli shakli bo‘lgan naqqoshlik san’ati shu davrda rivojlandi. Xalq o‘z san’atini me’morchilik obidalarida aks ettirdi. XIV asrning oxirlari va XV asrning boshlarida esa Samarqand shahrida me’morchilik san’ati o‘zining ikkinchi rivojlanish davrini boshidan kechirdi. Temuriylar davrida qurilish ishlari, me’morchilik misli ko‘rilmagan darajada rivojlandi. Amir Temur buyuk imoratlar, masjid va maqbaralar, ulkan bog‘u-rog‘lar, suv inshootlari barpo etganligi bilan ham mashxur bo‘lgan. Temur va uning avlodlari davrida Samarqand, Toshkent, Buxoro, Shaxrisabz, Qarshi, Turkiston, Hirot, Mashhad, Nishopur, Qobul va boshqa shaharlarda buyuk yaratuvchilik ishlari olib borilgan. Albatta, Amir Temur birinchi navbatda o‘z poytaxti Samarqandni dunyoning eng go‘zal va obod, ko‘rkam shahriga aylantirishni istagan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TEMURIYLAR DAVRI ME’MORCHILIGI»

TEMURIYLAR DAVRI ME'MORCHILIGI Ziyayeva R.A.

O 'zbekiston tarixi davlat muzeyi bo 'limi mudiri. https://doi.org/10.5281/zenodo.11126534 O'zbekiston moddiy madaniyati tarixida IX - XV asrlar alohida o'rin tutadi. Bu davrda me'morchilik san'ati gurkirab o'sdi. IX - X asrlarda Movarounnahrda me'morchilik san'ati tez suratlar bilan rivojlandi. Hususan Samarqand va Buxoro me'morchilik san'atining noyob na'munalari bo'lgan tarixiy yodgorliklar bilan bezandi. Amaliy san'atning nozik va mashaqqatli shakli bo'lgan naqqoshlik san'ati shu davrda rivojlandi. Xalq o'z san'atini me'morchilik obidalarida aks ettirdi.

XIV asrning oxirlari va XV asrning boshlarida esa Samarqand shahrida me'morchilik san'ati o'zining ikkinchi rivojlanish davrini boshidan kechirdi. Temuriylar davrida qurilish ishlari, me'morchilik misli ko'rilmagan darajada rivojlandi. Amir Temur buyuk imoratlar, masjid va maqbaralar, ulkan bog'u-rog'lar, suv inshootlari barpo etganligi bilan ham mashxur bo'lgan. Temur va uning avlodlari davrida Samarqand, Toshkent, Buxoro, Shaxrisabz, Qarshi, Turkiston, Hirot, Mashhad, Nishopur, Qobul va boshqa shaharlarda buyuk yaratuvchilik ishlari olib borilgan. Albatta, Amir Temur birinchi navbatda o'z poytaxti Samarqandni dunyoning eng go'zal va obod, ko'rkam shahriga aylantirishni istagan. Uning davrida Samarqandning dovrug'i doston bo'lgan. Xukmdor poytaxti atrofini bog'larga aylantirgan. Bundan tashqari Shahrisabzdagi "Oq saroy" o'z davrining eng muhtasham, betakror, murakkab me'moriy yechimga ega inshooti bo'lgan. Oradan bir necha yuz yilliklar o'tgan bo'lsada Amir Temur va Temuriylar bunyod etgan inshootlar o'z mahobati va go'zalligi bilan jahon me'morchiligining asl durdonalaridan biri bo'lib turibdi. Bu davrda Samarqand, Shahrisabz va Hirotda bir qator tarixiy yodgorliklar qurildiki, bular hozirgi kunda ham har bir kishining diqqatini jalb etadi. Temuriylar davrida bunyod etilgan maqbaralar, minoralar va masjidlar o'tmishda o'zbek xalqining me'morchilik san'ati qay darajada rivojlanganligini yaqqol ko'rsatib turibdi. Samarqandda ham fan va madaniyat, adabiyot va san'at gurkirab rivojlandi. Eng muhimi, qadimiy yodgorliklarimiz ko'z qorachig'iday asrab avaylanib kelinmoqda. O'tgan yillarda Samarqanddagi Shohizinda majmuasi, Shirin beka og'a yodgorligi qaytadan tiklandi. Tuman og'o maqbarasi ta'mirlandi. Keyingi yillarda Tillakori madrasasining asosiy peshtoqi hamda shimoliy janubiy kichik masjidlari ham ta'mirlandi. Buyuk bobokalonimiz Mirzo Ulug'bek nomi bilan ataluvchi madrasa ham yuqori sifatli marmarlar bilan ta'mirlandi. Shu yerdagi ulkan minora qiyshaygan bir paytda sovet olimlari darhol payqab, uni qaytadan o'z holicha tiklashga muvaffaq bo'ldilar. Shuningdek, Bibixonim masjidi yonidagi minora ham tiklandi.

Hazrati Xizir masjidining ayrim qulagan o'rinlari ham ta'mirdan chiqdi. Shu kunlarda Go'ri Amir maqbarasinining ta'mir jarayonida Moskva eksperimental kombinatining mahsulotlaridan foydalanildi. Samarqanddagi boshqa ko'plab tarixiy va madaniy yodgorliklar ham jiddiy ta'mirdan o'tkazildi. Bu ishda O'zbekiston tarixiiy madaniy yodgorliklarni saqlash jamiyati yordam berdi. 1971- yil Oqsaroy me'morchilik yodgorligini ta'mir etish uchun 45 ming so'm mablag' ajratildi [1, -3 b.].

Samarqand shahridagi va shahar atrofidagi bir qator madrasalarni asli holiga qaytarish va kelgusi avlodlarga meros qoldirish maqsadida O'zbekiston "Moddiy madaniy yodgorliklarni saqlash haqida"gi qonuni muhim ahamiyatga ega bo'lib, Samarqandda hammaga ma'lum va mashhur bo'lgan yodgorliklar ko'zdan kechirilib, ta'mirlandi. Diyorimizdagi ko'pgina me'morchilik yodgorliklari mohir ustalar tomonidan asli holidagidek qilib ta'mirlanmoqda. Arxeologlarimiz qazib topgan ko'pgina moddiy madaniyat yodgorliklari restavratsiya qilinib, keng ommaga yetkazilmoqda. Ayniqsa, bu borada o'tgan yillar davomida O'zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Yahyo G'ulomov, O'zbekiston Fanlar akademiyasi muxbir a'zosi Galina Pugachenkovalar boshchiligidagi samarali ishlar olib borilgan. O'zbekistondagi me'morchilik yodgorliklari, ularni saqlash va qayta tiklash borasida respublika Madaniyat ministrligining moddiy madaniyat yodgorliklarini saqlash va tasviriy san'at boshqarmasi ko'pgina tadbirlarni amalga oshirib borgan. Boshqarmaning bevosita rahbarligi va moddiy ko'magi bilan ko'pgina shahar va qishloqlardagi tarixiy yodgorliklar sifatli ta'mir etildi. Ayniqsa ular yuqorida qayd etganimizdek, Samarqanddagi Registon maydonini va Bibixonim madrasasini tiklashda, muzey shahar Xivani yana ham obod etishda katta tadbirlarni amalga oshirishgan. 1976-yilda O'zbekiston Madaniyat ministrligining markaziy zalida ana shu boshqarmaning O'zbekiston me'morchilik yodgorliklari, ularni saqlash va qayta tiklashga bag'ishlangan respublika ko'rgazmasi ochilgan. Ko'rgazmadan rang tasvir, grafika asarlari, yodgorliklarning maketlari, me'morchilik o'lchovlari, xalq ustalarining yodgorliklarni tiklash borasida qilayotgan samarali ishlariga bag'ishlangan asarlar, fotosuratlar keng o'rin olgan. Tomoshabinlar va mehmonlar respublikamizda moddiy madaniyat yodgorliklari, osori atiqalarni asrash va tiklash borasida qilinayotgan ishlar tasvirlangan asarlarni, binolarning loyihalarini qiziqish bilan ko'zdan kechirganlar [2, - 2 b.].

"340-xijriy (ya'ni 952-milodiy) yilda shahar ulug'laridan biri o'ziga, harami va xizmatkorlariga mo'ljallab, maxsus saroy qurmoqchi bo'lgan. Me'morlar unga saroy tarhini chizib berishgan. Poydevor uchun yerni kavlab ko'rishsa, yer qa'ridan qandaydir eski bino qoldiqlari chiqibdi. O'sha binoni sinchiklab tekshirishsa, u xuddi hokim qurmoqchi bo'lgan saroyga juda o'xshash: har bir toshi, xonalari,

hovlilari, gumbazlari ham mo'ljaldagi saroyga aynan o'xshar emish", deydi Somoniylar sulolasiga mansub Nasr II ibn Ahmad Buxorodagi saroyida ko'p yillar xizmat qilgan olim, shoir va sayyoh Abu Dulaf o'z safarnomasida[3, - 2 b.].

Arxitektura, ya'ni me'morchilik san'ati juda qadimgi tarixga ega bo'lib, me'morlar yaratgan saroylar, koshonalar, masjidlar, madrasalar, minoralar, qolaversa bir biridan mahobatli inshootlar insoniyat taraqqiyotining turli davrlaridan darak beradi. Ana shu xazinaning rivoyatlarda aytilganidek hali ham o'ziga xos tilsimoti, siru asrorlari talaygina. Bundan qariyib 50 asr muqaddam kashf etilgan, necha-necha asrlar davomida me'mor va san'atkorlar qo'lida xizmat qilgan, keyinroq davr girdobida yo'qotilgan nodir bir "asbob" me'moriy al-qonun muammosi haqida so'z yuritmoqchimiz. Tibbiyot sohasida, tasviriy san'at sohasida va xarbiy sohalarda qonun bo'lganidek, me'morchilik sohasida ham har davrning o'ziga xos "Qonuni" bo'lgan. Lekin u tarix taqozosi bilan bizning davrimizgacha yetib kelmagan. Me'moriy "Al-Qonun"ning yo'qotilishi arxitektura va san'atning rivojlanishiga qanchalik ta'sir etganligini ko'rish mumkin. "Qonun" deganda biz asosan qonun - qoida, tartib, yo'l-yo'riq, qat'iy cheklangan yoki belgilangan odat, an'ana majmuasini eslaymiz. Lekin "qonun" so'zining boshqa ma'nosi ham bo'lgan. Farobiy miqdor, sifat kabi jihatlarni belgilashda kishi mo'ljalda hato qilishi mumkin. Ana shu o'rinda foydalaniladigan turli o'lchov asboblarini, masalan me'mor qo'lidagi reja, pargor kabi asboblarni ham "qonun" deb atalishini ta'kidlaydi. Aslida "qonun" so'zi yunoncha "kanon" - "kanna" so'zidan kelib chiqqan ekan. "Kanna" o'lchov tayog'i, gazcho'p ma'nosini beradi. Demak, me'mor ustalarning doimiy ish quroli "gazcho'p" o'lchov me'yori sifatida, keyinroq hamma soha tartibini belgilovchi "kanon"-"qonun" so'zining kelib chiqishiga sabab bo'lgan. Qadimgi Misrdagi o'ymakor releflardan birida dunyoda nomi aniq me'morlarning eng qadimgisi me'mor Xesira qo'lida ikki har xil uzunlikdagi gazcho'p va reja tori bilan tasvirlangan, gazcho'plarning o'zaro nisbati o'sha davr me'morchiligidagi uzviylik xususiyatlarini ifodalaydi, o'zaro mutanosiblikni belgilash uchun xizmat qiladi.

Qadimgi Sharq mamlakatlarida Misrda, Yunonistonda maxsus geometrik garmoniyani belgilovchi o'ziga xos me'moriy "qonun" bo'lganligi haqida ba'zi tarixiy ma'lumotlar saqlanib qolgan. O'sha mamlakatlardagi biri-biridan ajoyib va mukammal arxitektura yodgorliklari ham tarixiy ma'lumotlarning yorqin dalilidir. Qizig'i shundaki, mazkur yodgorliklar haqida juda ko'plab kitoblar yozilgan, ilmiy tadqiqotlar olib borilgan bo'lsada, ular geometrik uzviyligining asl manbai bo'lgan "me'moriy qonun" hali ham ochilmagan ekan.

O'rta Osiyo me'morchiligida qadimgi me'moriy qonunning ta'sir namunalarini miloddan avvalgi XV asrlar arxitekturasida ham yaqqol uchratamiz. Qadimgi Xorazm, Sug'diyona, Baqtriya, Farg'ona tuproqlarida saqlanib qolgan turli xil

imoratlarda me'morlar an'anaviy geometrik uyg'unlik usullarini, o'sha qadimgi me'moriy qonun tartibida mahorat bilan qo'llashgan.

Samarqand va Buxorodagi X - XII asrlarda qurilgan Somoniylar maqbarasi, Masjidi Kalon, Minorai Kalon, Bibixonim masjidi, Go'ri Amir majmuasi, Ulug'bek madrasalari bularning hammasi geometrik tarkib va uyg'unlik jihatdan o'sha qadimgi me'moriy qonun asosida bunyod qilingan ekan. Keyingi asrlarda esa qadimgi qonun sirlari asta sekin unutilgan. O'zbek xalq me'morlaridan Yusupali Musayev va Usta Shirin Murodovlar qadimgi me'moriy qonunning ba'zi jihatlarini yaxshi bilishgan. Lekin ular ham o'z foydalanayotgan usullarining qadimgi qonunning kichik bir tarkibiy qismi ekanligidan tamoman bexabar bo'lganlar. 50 asrdan ko'proq davr ichida taraqqiy etib, asrlar tajribasi bilan tekshirilib boyib borgan.

1993-yil 5-yanvarda Amir Temur va Mirzo Ulug'bek nomlari bilan bog'liq me'moriy yodgorliklar ta'miri bo'yicha hamda Jahongir maqbarasini qoldiqlarini gidrogeologik sharoitini o'rganish, uni muhofaza qilish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Shu asnosida O'zbekistonda Mirzo Ulug'bek yubileyining o'tkazilishi munosabati bilan 1993-yil 1-oktabrda yubiley ob'ektlarini ta'mirlash maqsadida Shahrisabz shahridagi yodgorliklarni o'rganishga doir ekspeditsiyalar uyushtirilgan. Amir Temur va Temuriylar tarixi bilan bog'liq yodgorliklar hozirgi kunda nafaqat mahalliy, balki xalqaro miqyosda turistik ob'ektlari sifatida foydalanib kelinadi. 1996-yil Amir Temur yubileyining xalqaro miqyosida o'tkazilishi munosabati bilan Shahrisabz shahridagi Temuriylar davri yodgorliklarini ta'mirlash amalga oshirilgan.

Yuqorida ta'kidlaganimizdek, yubiley munosabati bilan bir qancha bunyodkorlik ishlari olib borilgan bo'lib, o'sha davr me'morchilik obidalari ta'mirlab kelinmoqda. Me'moriy obidalarimizni kelajak avlodga bekamu-ko'st yetkazish, ular orqali ajdodlarimizning qanchalik ulug'ligini ko'rish albatta yaxshi. Lekin, hamma inshootlarimiz ham o'z ishining ustalari tomonidan ta'mirlanmagan, yoki boshqa sabablarga ko'ra ilk ko'rinishidan ajralib qolayotgan holatlarni ham ko'rishimiz mumkin. Shunday binolarimizning o'zligini, unda ishlatilayotgan xom ashyolarimizni sifatli bo'lishida va o'z mutaxassislari tomonidan ta'mirlanishi tarafdorimiz.

Adabiyotlar:

1. Рашидов Р. Обидалар умри. "Узбекистан маданияти" газетаси. 1972. №2 100(1746).

2. Обидаларга багишланган кургазма. "Узбекистан маданияти" газетаси. 1976. № 71(2131) .

3. Меъморий "Ал ^онун" муаммоси. "Узбекистан маданияти" газетаси. 1980. № 39 (2511).

4. Зохддов П. Ш. Меъмор санъати, - Т.: 1978.

5. Засыпкин Б.Н. Архитектура Средней Азии. Б. Н. - C. 41.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.