Научная статья на тему 'MINTAQADA AHOLI DAROMADLARINI VA TURMUSH DARAJASINI OSHIRISH MASALALARI'

MINTAQADA AHOLI DAROMADLARINI VA TURMUSH DARAJASINI OSHIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
daromad / indeks / nominal va real daromadlar / transfertlar / aholi turmush darajasi / shaxsiy daromad va boshqalar. / income / index / nominal and real income / transfers / living standards of the population / personal income / etc.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Baxrom Botirovich Nurullayev

Ushbu maqolada mamlakatimizda aholi turmush darajasi ko'rsatkichlari, turmush sifati indeksi, daromad va uning turlari, aholi daromadi va uning viloyatlar kesimidagi tahlili, shuningdek ushbu soha bo'yicha muallifning shaxsiy fikrlari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article describes the indicators of the standard of living of the population in our country, the quality of Life Index, income and its types, population income and its analysis in the cross section of the regions, as well as the author's personal opinions on this area.

Текст научной работы на тему «MINTAQADA AHOLI DAROMADLARINI VA TURMUSH DARAJASINI OSHIRISH MASALALARI»

MINTAQADA AHOLI DAROMADLARINI VA TURMUSH DARAJASINI

OSHIRISH MASALALARI

Baxrom Botirovich Nurullayev

Urganch RANCH texnologiya universiteti, Iqtisodiyot kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mamlakatimizda aholi turmush darajasi ko'rsatkichlari, turmush sifati indeksi, daromad va uning turlari, aholi daromadi va uning viloyatlar kesimidagi tahlili, shuningdek ushbu soha bo'yicha muallifning shaxsiy fikrlari bayon etilgan.

Kalit so'zlar: daromad, indeks, nominal va real daromadlar,transfertlar,aholi turmush darajasi, shaxsiy daromad va boshqalar.

ABSTRACT

This article describes the indicators of the standard of living of the population in our country, the quality of Life Index, income and its types, population income and its analysis in the cross section of the regions, as well as the author's personal opinions on this area.

Keywords: income, index, nominal and real income, transfers, living standards of the population, personal income, etc.

KIRISH

Qaysi davlat yoki mamalakat bo'lsin, ushbu davlatning darajasi aholisining yashash tarzi, daromadi shart - sharoitlarini hisobga olgan holda o'lchanadi. Aholining daromadi va yashash sharoiti, turmush darajasini oshirishga e'tibor qaratishdan oldin aholi daromadiining ma'nosi va uning qay yo'llar bilan kelishini bilish lozim. Aholi daromadi bu barcha aholiga tegishli pul va mahsulot shaklidagi tushumlar hamda ko'rsatilgan bepul xizmatlar summasi, aholining milliy daromaddagi hissalari, shuningdek aholining jami turdagi daromadlari manbai — ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar, mukofot, foyda, dividend , banklar to'lagan foiz pullari, ko'chmas mulkdan kelgan renta to'lovi va ijara puli, sug'urta qoplamalari va boshqalardan iborat. Bozor sharoitida aholi daromadlarining eng katta qismi pul shakliga ega. Qishloq aholisi o'zining tomorqa xo'jaligidan ham mahsulot olib daromad ko'radi va u natural daromadga kiradi. Shuningdek, aholining yordamga muhtoj qatlamlariga bepul mahsulot beriladi va xizmatlar ko'rsatiladi - bular esa natural daromadlar hisoblanadi. Aholi daromadlari nominal va real daromadlarga bo'linadi. Nominal

February, 2024

5

daromad aholi muayyan pul summasi shaklida olgan daromad bo'lib, inflyatsiya ta'sirida uning xarid qobiliyati pasayishi mumkin. (1)

ADABIOYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Real daromad — pul shaklidagi daromadga amalda qanday miqdorda iste'mol buyumlari va xizmatlar xarid etish mumkinligini ko'rsatadi. Aholi jon boshiga hisoblangan real daromad aholi turmush darajasining umumlashgan va yaxlit ko'rsatkichi hisoblanadi. Iqtisodiyotda aholi yalpi pul daromadlaridan barcha majburiy va ixtiyoriy to'lovlar (soliqlar, qarz puli, badallar) chegirib tashlangandan so'ng uning qo'liga tegadigan daromad ham muhim ahamiyatga ega. Aholi qo'liga tegadigan daromad miqdoriga soliqlar kuchli ta'sir etadi.

Rivojlangan mamlakatlarda ish haqi daromadning 2/3 qismini tashkil etadi. Agar mamlakatda xususiy mulk ustivor, renta, aholi pul jamg'armasi ko'p bo'lsa, bank to'laydigan foiz puli salmoqli bo'ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi daromadlari tarkib jihatidan mehnatdan, tadbirkorliqdan, mulkdan olingan daromadlar va transfert (nochorlarga byudjetdan beriladigan nafaqa va yordam puli) kabi daromadlardan shakllanadi. Transfertlar nobozor daromadi, qolganlari bozor daromadi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida O'zbekistondagi Aholi daromadlarida bozor tizimiga xos yangi daromad turlari (tadbirkorlik, mulk daromadi kabilar)ning ko'payib borishi kuzatiladi.

Iste'mol savatini tashkil qilgan eng zarur iste'mol mahsulotlari va xizmatlari me'yori miqdorining joriy bozor baholariga ko'paytmasining yig'indisi tirikchilik minimumini tashkil etadi.(2)

Aholi turmush darajasi -mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasiga mos keluvchi hayot sharoitlarining yig'indisidir. Uning asosiy ko'rsatkichlari quyidagilardan iborat:

-aholining daromadlilik darajasi; -insonning kamolot indeksi; -turmush sifati; -turmush sifati indeksi.

Aholining daromadlilik darajasi yalpi milliy mahsulotning aholi jon boshiga nisbati bilan izoxlanadi.Insonning kamolot indeksi aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish,kutilayotgan umr ko'rish yoshi,aholining bilim darajasi ko'rsatkichlari bilan ifodalanadi.Aholining turmush sifatini ifodalaydigan ko'rsatkichlar:

-aholi jon boshiga YAMM;

-kutilayotgan umr ko'rish yoshi; -shaxsiy baxt tushunchasi;

February, 2024

-daromadning muvofiqligi; -oilada egallagan o'rni; -salomatlilik; -hayot tarzi.

Aholining daromadlari aholi uchun shaxsiy ehtiyojlarni qondirishda muhim manba bo'lib xizmat qiladi.Shu sababli turmush tarzini tavsiflovchi statistik ko'rsatkichlar kompleksida aholi daromadlari ko'rsatkichlari alohida o'ringa ega.Aholi daromadlariga asosan mehnat uchun olgan ish haqi, individual mehnat, tadbirkorlik faoliyatidan daromadlar, mulk daromadlari va boshqa daromadlarni kiritishimiz mumkin.Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida O'zbekiston aholi daromad turlari, jumladan tadbirkorlik,mulk daromadlari kabilar ko'payib bormoqda.

Aholi daromadlari, ularning tarkibi, kelish manbalari va tabaqalanish darajasi jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy farovonligining eng muhim ko'rsatkichidir. Modomiki, daromadlar insonning shaxsiy ehtiyojlarini qondirishning asosiy manbai bo'lib xizmat qilar ekan, aynan daromad kengroq tushuncha bo'lib, aholi turmush darajasining markaziy bo'g'ini bo'lib hisoblanadi. Eng avvalo daromad deganda ularning turlari va asosiy olinish manbalari qandayligini bilish muhimdir. "Daromad" tushunchasi juda murakkab iqtisodiy kategoriyani ko'rsatadi. Bu o'rinda gap aholining shaxsiy daromadlari haqida ketadi, aholi shaxsiy daromadlarining quyidagi tariflarini keltirish mumkin:

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shaxsiy daromadlar-bu inson tomonidan pul va tabiiy shaklda olinadigan, ular tomonidan turmushning muayyan darajasini taminlashuchun foydalaniladigan mablag'lar majmuidir.

Respublikamiz aholisining daromadlarini ko'radigan bo'lsak, 2022-yilning birinchi choragida O'zbekiston aholisining real daromadlari o'sishi 3,3 foizgacha sekinlashdi. Ushbu ko'rsatkich 2021-yilda 7,7 foizga teng bo'lgandi. Aholining daromadlar tarkibida pul o'tkazmalarining ulushi kamaydi. Shu bilan birga, aholi jon boshiga umumiy daromad 3,2 mln so'mgacha ko'tarildi. (3)

Yanvar-mart oylaridaaholining umumiy daromadlari 114,2 trln so'mga yetdi. Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlarigako'ra, o'sish nominalda 15,9 foizni, real ko'rsatkichda (inflyatsiyani hisobga olgan holda) 5,4 foizni tashkil etdi. O'sish sur'ati 2021 yilning birinchi choragidagi xuddi shu ko'rsatkichlarga—22,1% va9,8% nisbatan pasaygan. 2022 yilning ilk uch oyida aholi jon boshiga umumiy daromadlar 3,2 mln so'mgacha ko'tarildi. Nominal ko'rinishda tushumlar

13,6 foizga, real qiymatda 3,3 foizga (iste'mol narxlarini hisobga

February, 2024

olgan holda) o'sdi. Buko'rsatkichlar ham 2021 yilning birinchi choragiga—19,8% va7,7% nisbatan kamroq hisoblanadi.

Aholining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyati (xodimlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar) ulushi 62 foizdan 62,5 foizga oshdi. Mol-mulkdan olingan daromadlar ulushi o'tgan yilda 2,7 foizga teng bo'lgan bo'lsa, joriy yilda 3,1 foizgacha o'sdi. Transfertlardan olinadigan daromadlar (pul o'tkazmalari, nafaqalar, pensiyalar, stipendiyalar) ulushi bir vaqtning o'zida 0,3 foizga kamayib, 26,9 foizni tashkil etadi.

Ishchilarning daromadlari umumiy daromadning 32,8 foizini, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa 29,6 foizini tashkil qiladi. Mustaqil ravishda band bo'lganlarning umumiy daromadlardagi ulushi bo'yicha Jizzax (44,1%), Buxoro (39,4%), Xorazm (47%), Toshkent viloyati (35,7%) vaSurxondaryo (35%) yetakchilik qilmoqda.

Rasm 1. 2022-yilning yanvar-mart oylarida hududlar bo'yicha aholining umumiy daromadlari tarkibida respublika tashqarisidan kelib tushgan pul o'tkazmalari hajmining ulushi.

XULOSA

Yuqorida keltirilgan fikrlarni va ma'lumotlarni o'rganib chiqish natijasida shuni xulosa qilib aytish mumkinki, mintaqadagi aholi daromadlari darajasi ular farovonligining muhim ko'rsatkichidir. U jamiyatning har bir azosining dam olish, bilim olish, sog'liqni saqlash, zaruriy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini belgilaydi. Undan tashqari, oila daromadlari haqidagi ma'lumotlarni umumlashtirish mamlakat iqtisodiyotidagi holat haqida eng qimmatli axborot beradi va uning iqtisodiy-siyosiy kelajagini bashorat qilishga yordam beribgina qolmasdan aholi turmush darajasini oshirishda ham hissa qo'shadi. Shuning uchun iqtisodchilar aholi daromadlari shakllanishini doimiy kuzatib boradi. Turmush darajasini sifatli tahlil qilish masalalari aholi turmush darajasini doimiy asosda monitoring qilishni davom ettirish, shuningdek, hayot darajasini

February, 2024

8

monitoring qilish Milliy tizimini doimiy takomillashtirish bilan chambarchas bog'liqdir.

Yaqin kunlarda mamlakatimizda sodir bo'layotgan iqtisodiy va ijtimoiy o'zgarishlar ya'ni xususiy universitet, maktab, maktabgacha ta'lim muassasasi kabilar va bank tizimidagi tadbirkorlik faoliyati uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar ko'plab aholining o'z daromadini oshirishiga va shaxsiy biznes faoliyatini boshlashiga turtki bo'lmoqda. Yakuniy fikr sifatida shuni aytish kerakki, aholi daromadi va uning turmush darajasini oshirish aholi yashashi uchun lozim bo'lgan moddiy va ma'naviy ta'minlanishi sifatida ko'rish mumkin.

REFERENCES

1. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Aholi_daromadlari

2. Oriental Renaissance:Innovative, educational, natural and social sciences. Scietific Journal Impact Factor Advanced Sciences IndexFactor.

3. O'zbekiston Respublikasi Statistika qo'mitasi ma'lumotlari.

4. O'zME. Birinchi jild.Toshkent. 2000-yil.

February, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.