Научная статья на тему 'AHOLI DAROMADLARINING O‘ZGARISH TENDENSIYALARI'

AHOLI DAROMADLARINING O‘ZGARISH TENDENSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
102
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“eng yuqori daromadli” / “o‘rtacha daromadli” / “kam daromadli” tumanlar / tabaqalashtirish / hududlar bo‘yicha daromad / yer uchastkalaridan olingan pulsiz daromadlar / dehqon va fermer xo‘jaliklari / bandlik yuqori bo‘lishi / iqtisodiyotni rasmiy sektori / ish haqini nobarqarorligi / bandlikni past darajadasi / «высокодоходные» / «среднедоходные» / «низкодоходные» районы / стратифи­ кация / доходы по районам / неденежные доходы от земли / фермеры и фермерские хозяйства / высо­ кая занятость / формальный сектор экономики / нестабильность заработной платы и низкий уровень занятости.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Boboxojayev Bekzod Nazirxujayevich

Maqolada aholi daromadlarining o‘zgarish tendensiyalari va davlatning ushbu sohaga ko‘magi yoritilgan. Jumladan, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromaddorlik darajasi 3 guruhga taqsimlangan holda “Eng yuqori daromadli” tumanlar, “O‘rtacha daromadli” tumanlar, “Kam daromadli” tumanlar bo‘yicha tabaqalashtirish. Hududlarda daromadlar natural shaklda yer uchastkalaridan olingan pulsiz daromadlar hisobidan va qishloq ho’jaligi turli sektorlarda bandligidan olinganlarining tadqiqotlar natijalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ТЕНДЕНЦИИ ИЗМЕНЕНИЯ ДОХОДОВ НАСЕЛЕНИЯ

В статье обсуждаются тенденции изменения доходов населения и государственной поддержки этой сферы. В частности приводится классификация по уровню доходов на душу населения распре­ деленные на три группы: «Высокодоходные» районы, «Среднедоходные» районы, «Низкодоходные» районы. также приводятся результаты исследований доходы сформированные в регионах за счет неденежных доходов, полученных от земельных участков в натуральной форме, и доходы получен­ ные от различных форм занятости в сельскохозяйственном секторе.

Текст научной работы на тему «AHOLI DAROMADLARINING O‘ZGARISH TENDENSIYALARI»

Boboxojayev Bekzod Nazirxujayevich,

Andijon davlat universiteti "Iqtisodiyot" kafedrasi erkin tadqiqotchisi

AHOLI DAROMADLARINING O'ZGARISH TENDENSIYALARI

UOK: 330.564.2 DOI: 10.34920/EIF/VOL_2023_ISSUE_8_2

BOBOXOJAYEV B.N. AHOLI DAROMADLARINING OZGARISH TENDENSIYALARI

Maqolada aholi daromadlarining o'zgarish tendensiyalari va davlatning ushbu sohaga ko'magi yoritilgan. Jumladan, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromaddorlik darajasi 3 guruhga taqsimlangan holda "Eng yuqori daromadli" tumanlar, "O'rtacha daromadli" tumanlar, "Kam daromadli" tumanlar bo'yicha tabaqalashtirish. Hududlarda daromadlar natural shaklda yer uchastkalaridan olingan pulsiz daromadlar hisobidan va qishloq ho'jaligi turli sektorlarda bandligidan olinganlarining tadqiqotlar natijalari keltirilgan.

Tayanch so'zlar: "eng yuqori daromadli", "o'rtacha daromadli", "kam daromadli" tumanlar, tabaqalashtirish, hududlar bo'yicha daromad, yer uchastkalaridan olingan pulsiz daromadlar, dehqon va fermer xo'jaliklari, bandlik yuqori bo'lishi, iqtisodiyotni rasmiy sektori, ish haqini nobarqarorligi, bandlikni past darajadasi.

БОБОХОДЖАЕВ Б.Н. ТЕНДЕНЦИИ ИЗМЕНЕНИЯ ДОХОДОВ НАСЕЛЕНИЯ

В статье обсуждаются тенденции изменения доходов населения и государственной поддержки этой сферы. В частности приводится классификация по уровню доходов на душу населения распределенные на три группы: «Высокодоходные» районы, «Среднедоходные» районы, «Низкодоходные» районы. Также приводятся результаты исследований доходы сформированные в регионах за счет неденежных доходов, полученных от земельных участков в натуральной форме, и доходы полученные от различных форм занятости в сельскохозяйственном секторе.

Ключевые слова: «высокодоходные», «среднедоходные», «низкодоходные» районы, стратификация, доходы по районам, неденежные доходы от земли, фермеры и фермерские хозяйства, высокая занятость, формальный сектор экономики, нестабильность заработной платы и низкий уровень занятости.

BOBOKHODZHAEV B.N. TRENDS IN CHANGES IN POPULATION INCOME

In the article is discussed trends household income changes and government support of that area. In particular, a classification is given according to the level of income per capita, divided into 3 groups: "High-income" areas, "Medium-income" areas, "Low-income" areas. The results of research are also presented: income generated in the regions through non-monetary income received from land, and income received from various forms of employment in the public agricultural sector.

Key words: "high-income", "middle-income", "low-income" areas, stratification, income by area, nonmonetary income from land, farmers and farms, high employment, formal sector of the economy, wage instability and low employment.

Kirish.

BMTning 1978-yilda xalqaro statistika soha-sidagi tahlillar shakli ishlab chiqilib, unda aholi tur-mush darajasini baholashda 12 ta asosiy ko'rsatkich keltirilgan. Ulardan biri aholi daromadlaridir. Shu bilan birga, amaliyotda aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsu-lot, inson taraqqiyoti indeksi, shuningdek, aholining muayyan guruhlari (kvintil, detsil guruhlari) bo'yicha tabaqalanish koeffitsiyentlari kabi ko'rsatkichlardan ham foydalaniladi. Shuningdek, Respublikamiz Pre-zidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga muro-jaatnomalarida O'zbekistonda ham aholi turmush farovonligini oshirish, kambag'allikni kamaytirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish - biz uchun bosh vazifa ekanligiga e'tibor qaratilib, yurtboshimiz: "Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birga Kambag'allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqishni taklif etaman. Bu borada xalqaro meyorlar asosida chuqur o'rganishlar o'tkazib, kambag'allik tushunchasi, uni aniqlash mezonlari va baholash usullarini qam-rab olgan yangi metodologiyani yaratish lozim" - deb ta'kidladilar [2, 3-b].

Aholining daromad jihatdan ijtimoiy tabaqalarga ajralishi bozor iqtisodiyoti uchun xos bo'lgan holat bo'lib, aholining daromadlar bo'yicha tabaqalanishi o'zida turli ijtimoiy-demografik guruhlar o'rtasida daromadlarning notekis taqsimlanishini aks ettiradi. Shuningdek, mamlakat aholisi o'rtasida daromadlar tengsizligini tahlil qilish aholi turmush darajasi to'g'risidagi xulosalarni ham keltirib chiqaradi. Negaki, mamlakatda aholi turmush darajasining to'rt toifasi (farovonlik, meyoriy daraja, kambag'allik, qashshoqlik) dan qaysi birida aholi ulushining yuqoriligi mamlakat-dagi ijtimoiy-iqtisodiy holat qandayligini aks ettiruvchi ko'rsatkichlardan biri bo'lib hisoblanadi. Ya'ni, aholi turmush darajasi deyilganda aholining zarur moddiy ne'matlar va xizmatlar bilan ta'minlanganligi, aholi iste'moli va ehtiyojlarining qondirilganlik darajasi tushuniladi.

Mavzuning dolzarbligi. Yangi O'zbekistonni barpo etish sharoitida inklyuziv va barqaror iqtisodiy o'sishga erishish orqali kambag'allikni ikki barobarga qisqartirish, aholi turmush sifatini oshirishga ta'sir etuvchi omillarni baholash, iqtisodiyotda raqobatni ta'minlash, tadbirkorlik subyektlariga teng sharoitlar yaratish, bozor munosabatlariga to'laqonli o'tishni jadallashtirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardosh-ligini oshirish kabi masalalarga ustuvor darajada aha-miyat qaratilmoqda. "Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash orqali kelgusi

besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni 1,6 baravar va 2030-yilga borib aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadni 4 ming AQSH dollaridan oshirish hamda "daromadi o'rtachadan yuqori bo'lgan davlat-lar" qatoriga kirish uchun zamin yaratish" [3, 5-b] vazi-fasi ustuvor maqsadlardan biri sifatida belgilangan.

Yuqoridagi ta'kidlardan kelib chiqib, bizningcha, bu borada barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashga ta'sir ko'rsatuvchi milliy mahsulot hajmi va aholi daro-madning ko'payishiga hamda iqtisodiy o'sish va aholi turmush sifatini oshirishdagi asosi va davlatning ushbu sohaga ko'magi quyidagi sohalarda o'z aksini topishi maqsadga muvofiq. Jumladan, aholi daromadi oshi-shi hisobiga oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan tal-abni ko'payishi; milliy iqtisodiyotni barqaror o'sishini ta'minlash va aholi turmush sifatini oshirishga ta'sir qiluvchi tashqi omillarni baholash va ularning salbiy ta'sirini kamaytirish mexanizmlarini ishlab chiqish zarur.

Muammoni qo'yilishi. Ushbu muammoni bar-taraf etish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish mumkin. Birinchidan, barqaror iqtisodiy o'sish va aholi daromadlari va harajatlarini muvofiqlashtirish bo'yicha ilmiy nazariy qarashlarni umumlashtirish; ikkinchi-dan, iqtisodiy o'sish va aholi daromadi va harajatini muvofiqlashtiriga ta'sir etuvchi omillar o'rtasidagi bog'liqlikning uslubiy jihatlarini o'rganish; uchinchi-dan, barqaror iqtisodiy o'sishni hozirgi holati va aholi daromadlari hamda xarajatlarini muvofiqlashtirishni belgilovchi ko'rsatkichlarni tahlil qilish; to'rtinchidan, barqaror iqtisodiy o'sish va aholi daromadlari hamda xarajatlarini muvofiqlashtirishga ta'sir etuvchi omillarni ekonometrik modellar asosida tahlil qilish; beshinchidan, aholi daromadlari hamda xarajatlarini muvofiqlashtirish mexanizmini takomillashtirish va uni prognozlarini ishlab chiqish. Ana shu zaruriyat tufayli aholi daromadlari va harajatlari bo'yicha imtiyozlar mavjudligi yoki berilayotganligi, iqtisodiyotni barqaror iqtisodiy o'sish va aholi daromadlari va harajatlarini muvofiqlashtirishga keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Tadqiqot maqsadi aholi daromadlarining o'zgarish tendensiyalari va respublika ko'rsatkichiga nisbatan qiyosiy tahlilidan iborat.

Tadqiqot metodlari. Tadqiqot davomida aholi daromadlarining o'zgarish tendensiyalari va respublika ko'rsatkichiga nisbatan qiyosiy tahlilida ilmiy-tadq-iqot faoliyati olib borishning mushohada, induksiya va deduksiya, dinamik qatorlar, iqtisodiy-statistik, analiz va sintez, statistik guruhlash, monografik tadqiq etish, tizimli tahlil, taqqoslash va boshqa usullardan foy-dalanildi.

1-jadval. Andijon viloyati tuman va shaharlar kesimida aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi ishlab chiqarish hajmi bo'yicha daromad darajasini guruhlar asosida tabaqalanishi (mln. so'm) [1, 5-6-b]

"Eng yuqori daromadli" tumanlar "O'rtacha daromadli" tumanlar "Kam daromadli" tumanlar

Andijon shahar 18,8 Paxtaobod tumani 14,1 Jalalquduq tumani 11,5

Xo'jaobod tumani 13,8

Xonobod shahri 15,7 Shaxrixon tumani 13,7 Bo'ston tumani 10,9

Oltinko'l tumani 13,6

Asaka tumani 15,1 Buloqboshi tumani 13,1 Izboskan tumani 10,7

Marhamat tumani 12,5

Qo'rq'ontepa tumani 12,4 Ulug'nor tumani 10,5

Andijon tumani 14,8 Baliqchi tumani 12,1

2-jadval. Andijon viloyati aholisining 2020 yil yalpi daromadlari tumanlar kesimida

(% xisobida) [6, 13-b]

Shaxar va tuman Pulli daromadlar Natural ko'rinishdagi daromadlar

Ish haqi Ijyimoiy transfertlar Tadbirkorlik faoliyatidan daromadlar Boshqa daromadlar

Andijon viloyati 25,5 23 33,6 6,8 11,1

Andijon sh 21,5 21,6 32,4 6,6 8,2

Xonobod sh 22,3 22,3 44,3 5,1 11,3

Buloqboshi tumani 23,4 23,2 53,4 4,2 14,2

Oltinko'l tumani 29,0 20,1 34,0 6,5 10,4

Paxtaobod tumani 24,1 23,4 34,1 7,2 12,1

Shaxrixon tumani 20,2 13,5 50,4 3,2 12,7

Xo'jaobod tumani 21,3 22,5 43,2 5,5 7,5

Baliqchi tumani 20,2 21,3 45,2 5,5 7,8

Bo'ston tumani 21,3 20,2 46,5 5,6 6,4

Qo'rg'ontepa tumani 22,1 18,5 46,8 5,4 7,2

Asosiy tahlil natijalar. Bugungi kunda aholi tur-mush sifatini bir xil emasligi hamda hududlarda tovar va xizmatlar narxidagi keskin farqlarni hisobga olgan holda, yashash qiymatini yanada kengroq tahlil qilish masalasi har xil toifadagi uy xo'jaliklari hamda hudud-lar uchun xarajatlar tarkibini o'zgarishini va baholashni talab etgan (1-jadvalga qarang).

1-jadval ma'lumotiga ko'ra, 2022-yilda aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromaddorlik darajasi 3 guruhga bo'lgan holda tuman va shaharlar bo'yicha tabaqalashtirish taklif etilgan. Bunda aholi jon boshiga yalpi ishlab chiqarish hajmi bo'yicha taqsimlanishi:

-"eng yuqori daromadli" Andijon shahri 18,8 mln. so'mni, Xonobod shahri 15,7 mln. so'mni, Asaka tumani 15,1 mln. so'mni, Andijon tumani 14,8 mln. so'mni tashkil etdi;

-"o'rtacha daromadli" tumanlar Paxtaobod 14,1 mln. so'm, Xo'jaobod 13,8 mln. so'm, Shaxrixon 13,7 mln. so'm, Oltinko'l 13,6 mln. so'm, Buloqboshi 13,1 mln. so'm, Marhamat 12,5 mln. so'm, Qo'rg'ontepa

12.4 mln so'mni, Baliqchi- 12,1 mln so'mni tashkil etdi; - "kam daromadli" tumanlar Jalalquduq tumani

11.5 mln. so'm, Bo'ston tumani 10,9 mln. so'm, Izbos-

kan tumani 10,7 mln. so'm, Ulug'nor tumani esa 10,5 mln. so'mni tashkil qilgan.

Barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash, inflyasiyani past darajada ushlab turish va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish YaHMni aholi jon boshiga 3,6%ga va aholini real pul daromadlarini jon boshiga 13,6%ga o'sishini ta'minladi.

2022-yilda aholini yalpi daromadlari tarkibida pulli daromadlari ulushini ko'payishi tendensiyasi davom etdi. Uy xo'jaliklarini byudjet tadqiqotlari natijalari bo'yicha aholini yalpi daromadlari tarkibida pulli daromadlari ulushi Andijon viloyatida 2022-yilda 88,9%ni; daromadlarning natural shaklidagi ulushi mos rav-ishda 11,1%ni tashkil etdi (2-javdalga qarang).

Pulli va pulsiz daromadlar o'rtasidagi tafovut kat-taligicha qolmoqda. Buloqboshi tumani aholisida daromadlarni natural shaklidagi ulushi 12,7% va sha-har aholisida 5,9%ni tashkil etadi. Shahar aholisini yalpi daromadlarining manbai bo'lib ish haqi (20,2%), qishloq aholisiniki esa qishloq xo'jaligi mahsulotla-rini sotishdan tushgan (50,4%) va natural shakldagi daromadlarni ham qo'shganda tadbirkorlik daromadi tashkil etadi.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 8 (168)

3-jadval. O'zbekiston Respublikasi va Andijon viloyatida aholi umumiy daromadlarining tarkibini

qiyosiy tahlili (foiz hisobida) [4, 60-b].

Ko'rsatkichlar 2020-yil 2021-yil 2022-yil

Umumiy daromadlar jami, shu jumladan 100,0 100,0 100,0

birlamchi daromadlar 75,4|70,2 73,8|68,3 70,2|69,5

ishlab chiqarishdan olingan daromadlar 73,3|68,6 71,7|66,5 67,9|67,6

mehnat faoliyatidan olingan daromadlar: 65,9|64,8 65,0|63,1 63,1|64,4

-yollanma ishchilarning daromadlari 27,3|22,7 27,5|23,0 22,8|24,1

-mustaqil ravishda olinqan daromadlar 38,6|42,1 37,4|40,1 35,2|40,3

shaxsiy iste'mol uchun o'zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar 7,4|3,8 6,5|3,4 6,1|3,2

mol-mulkdan olingan daromadlar 2,1|1,6 2,1|1,8 2,3|1,9

transfertlardan daromadlar 24,6|29,8 26,2|31,7 29,8|30,5

Umumiy daromadlar jami miqdoridan, kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlar 60,3|57,4 59,4|58,1 56,7|60,1

Andijon viloyatining alohida hududlarida aholi daromadlarining asosiy manbai natural daromadlar bo'lib qolmoqda. Andijon viloyati, Buloqboshi tumani va Paxtaobod tumani aholisini yalpi daromadida natural shakldagi daromadlar ulushi o'rtacha respublika darajasi pastroq bo'lib Andijon viloyati bo'yicha 11,1%, Buloqboshi tumani bo'yicha 12,7%, Paxtaobod tuman-ida 10,4%ni tashkil etdi.

Iste'mol xarajatlari tarkibida oziq-ovqat tovar-lari sotib olishga aholini xarajatlari 2021-yil yan-var-dekabrdagi 60,3%dan tahlil qilinayotgan 2022-yilda 61,3%gacha va xizmatlar to'lovi mos ravishda 17,1%dan 18,3%gacha oshdi. Aholini oziq-ovqat tovarlariga xarajatlarini ortishi asosan shahar aholisini qishloq xo'jalik mahsulotlariga mavsumiy xarajatlarini o'sishi va shahar hamda qishloq aholisini maishiy va uy-joy kommunal xo'jalik xizmatlariga xarajatlarin-ing o'sishi bilan bog'liq. Kommunal xizmatlarga tari-flarni asossiz o'sishiga yo'l qo'yilmasligi maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorida quyidagilar ta'kidlangan:

a) texnikaviy xizmatlar xarajatlarini uy-joy mulkdor-lari mablag'lari hisobidan amalga oshirish o'rnatilgan va mos ravishda ularning xarajatlarini sovuq suv, issiq-lik va elektr energiyasi yetkazib beruvchi korxonalar xarajatlariga qo'shmaslik;

b) uy-joy mulkdorlari shirkatlari kompaniyalariga soliq imtiyozlari aniqlangan;

v) uy-joy shirkatlari va kommunal xizmati ko'rsatuvchi korxonalarga aholidan foydalanish xiz-mat xarajatlari uchun to'lovlarni ham qo'shganda, ko'rsatilgan uy-joy kommunal to'lovlari uchun naqd pul mablag'larini kassadan tashqari mustaqil yig'ish taqiqlangan.

Umuman 2022-yilda aholini real pul daromadlari, aholini yalpi daromadlari tarkibida pul daromadlari ulushini oshishi va daromadlarni natural shaklidagi

ulushini qisqarishi tendensiyasi davom etdi. Aholini pul daromadlarini o'sishi asosan ish haqini va ijtimoiy to'lovlarni oshishi hisobidan ta'minlangan. Shahar aholisini oziq-ovqatlarga va xizmatlarga to'lovlari bo'yicha mavsumiy xarajatlarining oshishi aholi xarajatlari tarkibida iste'mol xarajatlari ulushini o'sishiga olib keldi.

Aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi ishlab chiqarishning o'zgarishiga va iqtisodiy islohotlarning rivojlanishi natijasida o'zgarib turadi. Mazkur jaray-onga xos belgi bu bozor tizimiga xos daromadlarni, chunonchi daromadlarni ustuvor ravishda ko'payib borishi hisoblanadi. Aholini turmush farovonligini oshirish bilan bir qatorda makroiqtisodiy siyosatda yalpi talabnaning ortishi hisobiga mamlakat iqtisodi-yotini rivojlantirishning muhim iqtisodiy omili hisoblanadi. Shu o'rinda mamlakatimizda aholi umumiy daromadlarining tarkibini tahlil qilish maqsadiga loyiq (3-jadvalga qarang).

3-jadvaldagi aholining umumiy daromadlari shak-llanishi ko'rsatilgan, umumiy daromadlar tarkibida bir-lamchi daromadlar asosiy o'rin egallaydi (2020-yilda 75,4, 2022-yilda 70,2%) ishlab chiqarishdan, mehnat faoliyatidan va kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlar ulushining o'sishi esa borgan sari respublika-mizda tadbirkorlikni rivojlanayotganligidan hamda kishilarni o'z mol-mulkidan oqilona foydalanishga harakat qilayotganligidan dalolat beradi. Andijon viloyatida aholi umumiy daromadlarining tarkibida birlamchi daromadlar 2020-yilda 70,2 foizdan 2022-yilda 69,5 foizni tashkil etgan. Shuningdek, 2020-yilda mehnat faoliyatidan olingan daromadlari 64,8 foizdan 2022-yilda 64,4 foizga yetgan. Bunda asosiy omil mustaqil ravishda olingan daromadlar ulushi ortgan. Chunki 2020-yilda mustaqil ravishda olingan daromadlari 42,1 foiz bo'lsa - 2022-yilda 40,3 foiz bo'lgan.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ I ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 8 (168)

4-jadval. Andijon viloyatida aholining yalpi daromadlari (% hisobida) [6, 32-b]

Viloyatlar Pu daromadlari Natural ko'rinishdagi ma'lumotlar

Ish haqi Ijtimoiy trans-fertlar Tadbir-korlik faoliya-tidan daro-madlar Boshqa daromadlar

2020 25,5 23 33,6 6,8 11,1

2021 20,2 13,5 50,4 3,2 12,7

2022 29,0 20,1 34,0 6,5 10,4

Zamonaviy iqtisodiy siyosat paradigmasida aholi daromadlari o'rtasidagi tafovutni kamaytirish va uni barqarorlashtirishda fiskal siyosat instrumentlari muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, zamonaviy sharoitlarda jismoniy shaxslardan olinadigan daro-mad solig'i mexanizmi aholi daromadlari o'rtasidagi tengsizlikni barqarorlashtirishning muhim instrumenti hisoblanadi. "Aholi daromadlarini soliqqa tortishda bir qator fundamental masalalar amalga oshirilayapti. Bular:

1) aholi daromadlarini soliqqa tortishda ularn-ing real daromadlarining xarid qobiliyatini oshirish masalasi turadi;

2) daromadlarni soliqqa tortish tizimi samarali fiskal vazifani bajarishi darkor;

3) jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tizimi aholi daromadlari o'rtasidagi tengsizlikni minimallashtirish jarayoniga pozitiv ta'sir etishi lozim;

4) aholi daromadlarini soliqqa tortish tizimi soliq tushumlari samaradorligiga ta'sirchan soliq ma'murchiligini takomillashtirish imkoniyatlarini yaratishi lozim" [5, 371-b].

Aholi daromadlari va turmush darajasining pas-ayishi kabi salbiy natijalarga mehnat bozoridagi ish-chi kuchi taklifini talabdan yuqori darajada o'sishi ham ta'sir ko'rsatadi. Qishloq joylarda esa shaxsiy tomorqa xo'jaligi rivoji oila ehtiyojlarini qondirishda muhim daromad manbaiga aylanib bormoqda. Shu sababli qishloqlarda bozor infratuzilmasini rivojlan-tirish, samarali agromarketing hamda agrologistika tuzilmalarini shakllantirish, eksportni rag'batlantiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqarish va tatbiq etish zarur. Ayniqsa, arzon va zamonaviy agrotexnika vositalari va qayta ishlash texnologiyalarini qo'llanilishiga keng ustuvorlik berishni talab qiladi.

Barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash, inflyatsiyani past darajada ushlab turish va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish YAHMni aholi jon boshiga 3,6%ga va aholini real pul daromadlarini jon boshiga 13,6%ga o'sishini ta'minladi.

2023-yilda aholini yalpi daromadlari tarkibida pulli daromadlari ulushini ko'payishi tendensiyasi davom etdi. Uy xo'jaliklari budjetining tadqiqotlari natijalari

bo'yicha aholini yalpi daromadlari tarkibida pulli daromadlari ulushining o'sishi 2023-yilda 118,2%ni, daromadlarni natural shaklidagi ulushining o'sishi mos ravishda 14,3%ni tashkil etdi (4-javdalga qarang).

Andijon viloyatida aholi daromadlarining asosiy manbai natural daromadlar bo'lib qolmoqda. Hududda aholini yalpi daromadida natural shakldagi daromadlar ulushi o'rtacha respublika darajasiga nis-batan pastroq bo'lib Andijon viloyatida 2020-yilda 11,1%, 2021-yilda 12,7%, 2022-yilda 10,4%ni tashkil etdi. Ushbu hududlar daromadlar natural shaklda yer uchastkalaridan olingan pulsiz daromadlar hisobidan shakllangan va quyidagilarga bog'liq bo'lgan:

a) dehqon va fermer xo'jaliklarida bandlikni yuqori bo'lishi;

b) iqtisodiyotni rasmiy sektorida ish haqini nobarqarorligi

v) rasmiy sektorida bandlikning nisbatan past dara-jada bo'lishi.

Iste'mol xarajatlari tarkibida oziq-ovqat tovarlari sotib olishga aholini xarajatlari 2023-yildagi 65,3%dan tahlil qilinayotgan davrda 64,3%gacha va xizmatlar to'lovi mos ravishda 18,1%dan 19,0%gacha oshdi. Aholini pulli daromadlarining o'sishi asosan ish haqini va ijtimoiy to'lovlarni oshishi hisobidan ta'minlangan. Shahar aholisini oziq-ovqatlarga va xizmatlarga to'lovlari bo'yicha mavsumiy xarajatlarining oshishi aholi xarajatlari tarkibida iste'mol xarajatlari ulushini o'sishiga olib keldi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

5-jadvalda 2010-2022-yillarda aholini iste'mol xarajatlari takribi oziq-ovqat mahsulotlari kamayib, nooziq-ovqat mahsulotlariga bo'lsa iste'mol xarajatlari ortmoqda. Birgina 2022-yilda 2020-yilga nisbatan solishtirilganda 5,4 foiz iste'mol xarajatlari ortgan. Shuningdek, xizmatlar ham 2015-yilda 2010-yilga nisbatan solishtirilganda absolyut farqlarda 3,3 foizga yoki 2022-yilda 2020-yilga nisbatan solishtirma tahlil qilinganda 0,5 foizga oshganligini ko'rish mumkin. Bundan shunday xulosa chiqadiki, qanchalik aholini daromadi ortishi hisobiga oziq-ovqat mahsulotlariga emas nooziq-ovqat mahsulotlariga ham iste'mol xarajatlari ortib boradi.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 8 (168)

5-jadval. O'zbekiston Respublikasida 2010-2022-yillarda aholi iste'mol xarajatlarini tarkibi

(foizda) [4, 34-b].

№ Iste'mol xarajatlari nomi 2010- yil 2015- yil 2020-yil 2022- yil 2015 yilda 2010 yilga nis-batan (+,-) 2022 yilda 2020 yilga nis-batan (+,-)

1. Oziq-ovqat mahsulotlari 61,4 58,2 53,2 47,3 -3,2 -5,9

2. Nooziq-ovqat mahsulotlari 25,8 25,7 26,9 32,3 -0,1 +5,4

3. Xizmatlar 12,8 16,1 19,9 20,4 +3,3 +0,5

Aholi daromad topishining taqsimot munosabatla-rining ikki yoqlama ta'sirini ko'rsatib o'tish lozimki, bu mehnat bilan band bo'lganlar daromadlarini doimiy o'sib borishi, ijtimoiy samaradorlikning taqsimlani-shi natijasida farovonlikka erishishni va aks holda esa kambag'allikning oshishini ifodalaydi. Aholining kambag'al toifasi tezkor iqtisodiy o'sishdan foyda ko'rish imkoniyatidan mahrum bo'libgina qolmay, jamiyatning turli sohalarida ishtirok etish imkoniyati cheklanganligi tufayli rivojlanishga ham hissa qo'sha olmaydi.

Xulosalar. Tahlil etilgan jarayonlar natijalari aso-sida quyidagicha xulosalar ishlab chiqildi:

1. 2022-yilda aholi jon boshiga to'g'ri keladi-gan daromadlik darajasi uchta guruhga bo'lgan holda tuman va shaharlar bo'yicha tabaqalashtirish taklif etilgan. Bunda aholi jon boshiga yalpi ishlab chiqar-ish hajmi:

- "eng yuqori daromadli" Andijon shahri 18,8 mln. so'mni, Xonobod shahri 15,7 mln. so'mni, Asaka tumani 15,1 mln. so'mni, Andijon tumani 14,8 mln. so'mni;

- "o'rtacha daromadli" tumanlar Paxtaobod 14,1 mln. so'm, Xo'jaobod 13,8 mln. so'm, Shaxrixon 13,7 mln. so'm, Oltinko'l 13,6 mln. so'm, Buloqboshi 13,1

mln. so'm, Marhamat 12,5 mln. so'm, Qo'rg'ontepa

12.4 mln so'mni, Baliqchi-12,1 mln so'mni;

- "kam daromadli" tumanlar Jalalquduq tumani

11.5 mln. so'm, Bo'ston tumani 10,9 mln. so'm, Izbos-kan tumani 10,7 mln. so'm, Ulug'nor tumani esa 10,5 mln. so'mni tashkil qilgan.

2. Aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi ishlab chiqarishning o'zgarishiga va iqtisodiy islohotlarning rivojlanishi natijasida o'zgarib turadi. Mazkur jaray-onga xos belgi bu bozor tizimiga xos daromadlarni, chunonchi daromadlarni ustuvor ravishda ko'payib borishi hisoblanadi. Aholini turmush farovonligini oshirish bilan bir qatorda makroiqtisodiy siyosatda yalpi talabning ortishi hisobiga mamlakat iqtisodiyo-tini rivojlantirish zarur.

3. Aholi daromadlari va turmush darajasining pasayishi kabi salbiy natijalarga mehnat bozoridagi ishchi kuchi taklifini talabdan yuqori darajada o'sishi ham ta'sir ko'rsatadi. Qishloq joylarda esa shaxsiy tomorqa xo'jaligi rivoji oila ehtiyojlarini qondirishda muhim daromad manbaiga aylanib bormoqda. Shu sababli qishloqlarda bozor infratuzilmasini rivojlantirish, samarali agromarketing hamda agrologistika tuzilmalarini shakllantirish, eksportni rag'batlantiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqarish va tatbiq etish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Turmush darajasi va inflyatsiya Axborot-tahliliy ma'lumot.2023 - 5-6 bet.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // Xalq so'zi. 2020-yil 25-yanvar.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" PF-60-sonli Farmoni: -14 b.

4. O'zbekiston raqamlarda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi. - Т.: 2023. -78 b.

5. Хожиев Ж.Д. Ахрлининг реал даромадлари буйича фаркланиш даражасини камайти-риш механизми. // "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 4, iyul-avgust, 2020-yil 3724/2020 (№ 00048), - 371 бет. http://iqtisodiyot.tsue.uz

6. Andijon viloyati 2022-yil statistika xisoboti ma'lumotlari

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.