Научная статья на тему 'MILLIY TARBIYADA TURKIY XALQLAR MAQOLLARINING TUTGAN O‘RNI (O‘ZBEK VA TURK MAQOLLARI MISOLIDA)'

MILLIY TARBIYADA TURKIY XALQLAR MAQOLLARINING TUTGAN O‘RNI (O‘ZBEK VA TURK MAQOLLARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maqol / folklor / tarbiya / ta’lim / didaktika / psixologiya.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xojiyeva Oynisa Shabonovna

Ushbu maqolada asarlar davomida shakllanib, sayqallanib kelayotgan xalq maqollarining yosh avlod tarbiyasida tutgan roli xususida so‘z boradi. Maqollarning vatan yoshlarda vatan tuyg‘usini kuchaytirish, oilaga bo‘lgan muhabbatni orttirish, ilm olish va hunar o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqni oshirishda muhim rol o‘ynashi misollar yordamida ochib berilgan. Shuningdek, oila haqidagi maqollarga psixologik yondoshib, didaktika va psixologiyaning umumiy jihatlari aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY TARBIYADA TURKIY XALQLAR MAQOLLARINING TUTGAN O‘RNI (O‘ZBEK VA TURK MAQOLLARI MISOLIDA)»

YANGI OZBEKISTONDA OZBEK ADABIY TILINING RIVaJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

MILLIY TARBIYADA TURKIY XALQLAR MAQOLLARINING TUTGAN O'RNI (O'ZBEK VA TURK MAQOLLARI MISOLIDA)

Xojiyeva Oynisa Shabonovna

DO'TAU tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.13943979

Annotatsiya. Ushbu maqolada asarlar davomida shakllanib, sayqallanib kelayotgan xalq maqollarining yosh avlod tarbiyasida tutgan roli xususida so'z boradi. Maqollarning vatan yoshlarda vatan tuyg'usini kuchaytirish, oilaga bo'lgan muhabbatni orttirish, ilm olish va hunar o'rganishga bo'lgan ishtiyoqni oshirishda muhim rol o'ynashi misollar yordamida ochib berilgan. Shuningdek, oila haqidagi maqollarga psixologik yondoshib, didaktika va psixologiyaning umumiy jihatlari aniqlangan.

Kalit so'zlar: maqol, folklor, tarbiya, ta'lim, didaktika, psixologiya.

Abstract. This article talks about the role of folk proverbs in the education of the young generation, which have been formed and refined throughout the works. Using examples, proverbs play an important role in strengthening the sense of homeland among the youth of the country, increasing love for the family, increasing the desire to learn and learn a trade. Also, the common aspects of didactics and psychology were determined by psychological approach to proverbs about family.

Key words: proverb, folklore, upbringing, education, didactics, psychology.

Аннотация. В данной статье говорится о роли народных пословиц в воспитании молодого поколения, которые формировались и уточнялись на протяжении всего произведения. На примерах пословицы играют важную роль в укреплении чувства Родины у молодежи страны, повышении любви к семье, повышении желания учиться и осваивать ремесло. Также общие аспекты дидактики и психологии определил психологический подход к пословицам о семье.

Ключевые слова: пословица, фольклор, воспитание, образование, дидактика, психология.

Maqol - asrlik hayotiy tajribani ikki jumlaga jo qilgan janr. Ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo'lgan1 bu janrda har bir xalqning axloqiy qarashlari, ko'p yillik tajribalari, kelajak avlodga pand-u nasihatlari aks etadi. Maqollarda xalqning o'zligi, milliyati, qadiyatlari namoyon bo'ladi. Maqol - xalqning mulkidir. Undagi o'git - xalqning o'giti, maqoldagi qayg'u - xalqning qayg'usi, maqoldagi quvonch - xalqning quvonchi, maqolda nimaiki mavjud barcha-barchasi xalqqa oiddir. Bir millatning daho va zakosini hech bir omil maqolchalik ochiq-oydin ko'rsatib berolmaydi. Maqollar nafaqat xalqning badiiy tafakkur tarzini, balki diniy-axloqiy dunyoqarashini ham o'zida mujassam etadi. Shu jihatdan turk xalqi maqollarga yuksak baho berib, ularni Qur'oni karim oyatlari bilan bir safga qo'yadi: "Atalar sozu Kur'an'a girmez, yaninca yeli§ur/yurur"2, ya'ni "Maqollar Qur'onga kirmaydi (Allohning so'zi emas), lekin u bilan yonma-yon yuradi". Darhaqiqat, maqollar muqaddas kitob oyatlari kabi insonlarga to'g'ri yo'lni ko'rsatadi; ularni yovuzlikdan qaytarib, ezgulikka boshlaydi; yomonlikning ayanchli oqibatlari haqida ogohlantiradi; do'st tanlash, yor tanlash, ota-onaga, farzandlarga, yaqinlar-u qarindosh-urug'ga munosabatni o'rgatadi; tabiat bilan tillashtiradi, hayvonot bilan

1 O'zbek xalq maqollari. Tuzuvchilar: T. Mirzayev, A. Musoqulov, B. Sarimsoqov; mas'ul muharrir: Sh. Turdimov. - Toshkent: Sharq, 2005. - B. 3.

2 Asim, Omer Aksoy. Atasozleri sozlugu. istanbul. inkilap Kitabevi Yayin Sanayi ve Ticaret A§, 2020. S. 13.

"YANGI OZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

do'stlashtiradi. Suv va havoga, oziq-ovqatga qanchalik ehtiyojimiz bo'lsa, hayotimizning har bir sohasida maqollarga shunday ehtiyojimiz bor.

Har bir maqolda millatning o'ziga xosligi aks etadi, shu bilan birgalikda, maqol -umumbashariy janr. Bu janr butun dunyo xalqlari uchun birday tanish va ommaviy bo'lgan kamdan kam janrlardan biridir. Ular, hech bir istisnosiz, jahon xalqlarining har birida uchraydi. Shu bilan birgalikda, maqollar xalq adabiyotining eng qadimiy janlaridan hisoblanadi. Ularning tarixi insoniyat tafakkur tarixi bilan teng desak, yanglishmaymiz. Maqollar F. I. Buslayev aytganidek, "insoniy shuur endigina uchqunlana boshlagan zamonlarda" paydo bo'la boshlagan. Maqollar genezisi tadqiq qilinsa, xalqlarning tafakkur tadrijiga guvoh bo'lish mumkin.

Maqollar didaktik xarakterga ega bo'lib, ularning har biri maxsus missiya - xalqning milliy tarbiyasi uchun xizmat qiladi. Qay bir maqolni olib qaramaylik, unda, albatta, ta'lim va tarbiyaga oid muhim g'oya ifodalanishini ko'rishimiz mumkin. Tilimizda mavjud minglab maqollarning hech biri shunchaki, maqsadsiz aytilmagan. Ularning barchasi u yoki bu darajada yosh avlodni to'g'ri tarbiyalash va komil inson qilib yetishtirishga qaratilgan. Bu qonuniyat barcha turkiy xalqlar maqollariga birday tegishli, desak yanglishmaymiz. Xususan, vatan haqidagi maqollar majoz va ramziy obrazlar yordamida yanada ta'sirchan holda xalqqa taqdim etilganini ko'rishimiz mumkin: bulbul chamanni sevar, Odam - vatanni3. Bulbulu altin kafese koymu§lar,"ah vatanim" demi§4

Har ikki maqolda "bulbul" obrazi orqali nafaqat inson, balki yer yuzidagi jamiki jonzotlarda tug'ilib o'sgan yeriga nisbatan o'zgacha mehr-vafo bilan ulg'ayishi ta'kidlanadi. Turk xalq maqolidagi niqto, ya'ni antromorfizm (insonga xos nutqiy jarayonning hayvon, o'simlik yoki jonsiz tabiat namunalariga ko'chisihi - X. O.) orqali maqolga o'zgacha ruh bag'ishlangan.

Turkiy xalqlar maqollarida vatanga sadoqat bilan birgalikda ilm olish va hunar o'rganishning ahamiyatiga urg'u beruvchi maqollar ham talaygina. Mavzu jihatidan yetakchi o'rinda turadigan bunday maqollar o'zbek folklorida ham, turk folklorida ham faol iste'molda ekanligi sir emas:

Gençlikte para kazan, kocalikta kur kazan5 (Yoshlikda boylik qozon, keksalikda os qozon). Bu maqol ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi bilan bir qatorda badiiy jihatdan ham mukammal qurilishga ega. Maqoldagi "kazan" ("qozon") so'zi orqali tajnis san'atining go'zal namunasi yaratilgan. O'zbek tilida bu maqolga mos bir qancha muqobillarni uchratish mumkin:

Yoshlikda bilgani - toshga yozgani, Qarilikda bilgani - muzga yozgani.

Yoshlikda eksang, qarilikda o'rasan.

Yoshlikda o'rgangan hunar, O'zingga o'ljaga qolar.

Yoshlikdagi g'ayrat - keksalikdagi rohat6.

Maqollar folklorning mo'jaz janri bo'lib, ular eng siqiq hajmda eng teran ma'noni tashishi bilan xarakterlidir. Maqol xalq ijodining eng sodda janri, ayni damda, eng murakkab hodisasi hisoblanadi. Bu murakkab hodisada xalqlarning necha asrlik ma'naviy madaniyati, yuksak badiiy mahorati, axloq-odobga oid fikrlari hamda psixologik qarashlari mujassamdir. Shu jihatdan, maqollar nafaqat folklor, adabiyotshunoslik va paremiologiyaning tadqiq materiali,

3 O'zbek xalq maqollari. Tuzuvchilar: T. Mirzayev, A. Musoqulov, B. Sarimsoqov; mas'ul muharrir: Sh. Turdimov.

- Toshkent: Sharq, 2005. - B. 5.

4 Atasozleri ve deyimler sozlugu. Hazirlayan: Tuba Ozturk. istanbul: Emakitap. 2023. - S. 90.

5 Asim, Omer Aksoy. Atasozleri sozlugu. istanbul. inkilap Kitabevi Yayin Sanayi ve Ticaret A§, 2020. S. 285.

6 O'zbek xalq maqollari. Tuzuvchilar: T. Mirzayev, A. Musoqulov, B. Sarimsoqov; mas'ul muharrir: Sh. Turdimov.

- Toshkent: Sharq, 2005. - B. 242.

"YANGI O'ZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

balki lingvistika, kulturologiya, sotsiologiya va hattoki, psixologiyaning o'rganish obyekti sanaladi. Ta'kidlab o'tishimiz kerakki, bugungi kunda maqollarni lingvokulturologik aspektda tadqiqi qilishning ahamiyati anglashilgani holda, bu borada amalga oshirilayotgan tadqiqotlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Sh. Qalandarov, D. Tosheva, D. Turdaliyevalarning7 dissertatsiyasi aynan shu yo'nalishda ekanligi fikrimizning isbotidir. Lekin maqollarning sotsiologik, sof kulturologik va psixologik aspektda o'rganilishi haligacha dolzarb bo'lib qolmoqda. Turkiyada bu borada amalga oshirilgan yagona tadqiqot sifatida Ihsan Kurtning "Türk Atasözlerine Psikolojik Yaklaçimlar"8 (Turk maqollariga psixologik yondashuvlar) risolasini ko'rsatish mumkin. Kitobda turk xalq maqollariga ilk bor psixologik nuqtayi nazardan yondashilgan, risola uch marta qayta nashr qilingan. Agar chuqur tahlil qilinsa, juda ko'p maqollarning psixologik asoslari borligini anglash mumkin. Masalan, "Otasi tentakning biri tentak, onasi tentakning bari tentak" maqoli borasida psixologiya fanlari nomzodi, psixiatr, psixoterapevt Gavhar Darvishning bildirgan fikrlariga diqqat qilsak, maqolning psixologik ilmlarga to'la mutanosib ekanligiga guvoh bo'lamiz9. Olima maqolda tarbiyaning asosi sifatida onaning ko'rsatilishini quyidagi psixologik omillar bilan izohlaydi:

• bola aql-zakovatni genetik o'laroq onasidan meros qilib oladi;

• temperament tug'ma bo'lsa-da, onaning temperamenti bolaga ko'proq ta'sir

qiladi;

• bolaning psixotipi onaning xarakteri asosida shakllanadi;

• onaning aqliy saviyasi bolaning aqliy qobiliyatlariga bevosita ta'sir ko'rsatadi Ko'rinib turibdiki, xalq maqollari didaktik xususiyat tashishi bilan birga psixologik

asosga ham ega.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, maqollar xalqning uzoq yillik tajribasi asosida shakllanib, millat yoshlarining hayot yo'lini yoritguvchi mash'ala vazifasini o'taydi. Ulardan ta'lim jarayonida unumli foydalanish ham darsning qiziqarli bo'lishini ta'minlaydi, ham xalqchil uslubi bilan yoshlar ongiga tez oson singib, samarali ta'sir ko'rsatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Asim, Ömer Aksoy. Atasözleri sözlügü. istanbul. Ínkilap Kitabevi Yayin Sanayi ve Ticaret A§, 2G2G.

2. Atasözleri ve deyimler sözlügü. Hazirlayan: Tüba Öztürk. istanbul: Emakitap. 2G23. - S. 90.

3. Kurt ihsan. Türk Atasözlerine Psikolojik yaklaçimlar. - Ankara: Akçag Yayinlari. 2G12, - S. 339.

4. O'zbek xalq maqollari. Tuzuvchilar: T. Mirzayev, A. Musoqulov, B. Sarimsoqov; mas'ul muharrir: Sh. Turdimov. - Toshkent: Sharq, 2005.

5. ^anaRAapoß Ш. Узбек лингвoмaдaний My^m^a xanK MaKonnapM эвфимизaцияcи. Фил. фaнлapи Ao^ropH (DSc) илмий Aap. oлиш учун тaкдим этилган amcc. - ^у^н, 2G19. - С. 138;

6. Toшeвa Д. 3oormm ^Mno^m^ мaкoллapнинг лингвoкyльтypoлoгик xycycraraapM.

7 Каландаров Ш. Узбек лингвомаданий му^итида халк маколлари эвфимизацияси. Фил. фанлари доктори (DSc) илмий дар. олиш учун такдим этилган дисс. - Кукон, 2019. - С. 138; Тошева Д. Зооним компонентли маколларнинг лингвокультурологик хусусиятлари. Фил. фанлари доктори (DSc) илмий дар. олиш учун такдим этилган дисс. - Тошкент, 2017, - C. 152; Турдалиева Д. Узбек халк маколларининг лингвопоэтик хусусиятлари. Фил. фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) илмий дар. олиш учун такдим этилган дисс. -Карши, 2019. - С. 143.

8 Kurt ihsan. Türk Atasözlerine Psikolojik yakla§imlar. - Ankara: Akgag Yayinlan. 2012, - S. 339.

9 https://www.facebook.com/share/p/TEHvFcoTMDf2Lfdh/

YANGI O ZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

Ou.n. ^aanapu goKTopu (DSc) h^mhh gap. o^Hm ynyH TaKguM этн.пraн gucc. - TomKeHT, 2017, - C. 152;

7. Typga.nueBa Y36eK xa^K MaK;o.n.napHHHHr .пннгвoпoэтнк xycycuATnapu. Ou.n. ^aanapu GyHuna $a.nca$a goKTopu (PhD) h^mhh gap. o^um ynyH TaKguM этн.пгaн gucc. - ^apmu, 2019. - C. 143.

8. https://www.facebook.com/share/p/TEHvFcoTMDff2Lfdh/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.