Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF DARSLIKLARIDAGI MAQOLLARNING PIRLS TADQIQOTI DARAJASIDAGI TAHLILI VA AHAMIYATI'

BOSHLANG‘ICH SINF DARSLIKLARIDAGI MAQOLLARNING PIRLS TADQIQOTI DARAJASIDAGI TAHLILI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
618
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PIRLS / o‘quvchi / xalqaro / matn / ta’lim / maqol / tahlil / xalq og‘zaki ijodi / pand-nasihat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Bakirova Umida Axparaliyevna

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf darsliklaridagi maqollarning pirls tadqiqoti darajasidagi tahlili haqida yozilgan bo‘lib, unda PIRLS xalqaro tadqiqotida qo‘llaniladigan oʻqishning ikki turi va boshlang‘ich sinf darsliklaridagi maqollar haqida fikr yuritilgan bo‘lib, darsliklaridagi maqollar PIRLS tadqiqoti darajasida tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF DARSLIKLARIDAGI MAQOLLARNING PIRLS TADQIQOTI DARAJASIDAGI TAHLILI VA AHAMIYATI»

BOSHLANG'ICH SINF DARSLIKLARIDAGI MAQOLLARNING PIRLS TADQIQOTI DARAJASIDAGI TAHLILI VA AHAMIYATI

Bakirova Umida Axparaliyevna

Toshkent viloyati Angren shahar 6-maktab Boshlang'ich sinf o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7450735

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang'ich sinf darsliklaridagi maqollarning pirls tadqiqoti darajasidagi tahlili haqida yozilgan bo'lib, unda PIRLS xalqaro tadqiqotida qo'llaniladigan o'qishning ikki turi va boshlang'ich sinf darsliklaridagi maqollar haqida fikr yuritilgan bo'lib, darsliklaridagi maqollar PIRLS tadqiqoti darajasida tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: PIRLS, o'quvchi, xalqaro, matn, ta'lim, maqol, tahlil, xalq og'zaki ijodi, pand-nasihat.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining matnni o'qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro PIRLS tadqiqotlarida O'zbekiston Respublikasi ta'lim oluvchi yoshlarining ishtirok etishi juda ham mas'uliyatli va quvon arli jarayon va bu masala ta'lim sohasidagi bugungi kunning eng dolzarb masalasidir. O'zbekiston Respublikasining kelajak ravnaqi o'sib kelayotgan barkamol avlodning intellektual ongini shakllanishiga ko'p jihatdan bog'liqdir. Bolaning ongiga kichik yoshidan boshlab, Vatanga muhabbat, g'urur, milliy qadriyatlar, o'zlikni anglashni singdirib borish lozim. Bola qalbi go'yo yozilmagan oq qog'oz kabidir. Unga nimalarni yozish, qanday to'ldirish biz kattalarga bog'liqdir. Kattalar, o'qituvchilar ushbu ma'suliyatni his qilishlari bilan bir qatorda, yosh bolaga ta'lim-tarbiya berishda bolaning oq qog'oz kabi pok qalbini yaralab qo'ymaslikka ma'suldirlar. Bizga ma'lumki, boshlang'ich ta'lim, umumiy o'rta ta'lim uchun asos, tayanch vazifasini o'taydi. Boshlang'ich sinfda o'zlashtiriladigan barcha materiallar bosqichma-bosqich takomillashib va murakkablashib boradi. Bu davr uchun mo'ljallab kiritilgan manbalar har tomonlama puxta o'ylangan, kichik yoshdagi o'quvchilarining psixologik, fiziologik, pedagogik va boshqa jihatlarini qamrab oladi. Mana shu jihatdan olib qaraganda, darsliklarni o'rganish faqatgina o'quvchi tomonidan amalga oshirilmasdan, har bir mavzu o'qituvchi rahbarligida o'qib o'rgatiladi. Shunday ekan, ta'lim-tarbiya jarayoni o'qituvchi va tarbiyachilardan juda katta ilmiy salohiyat, yuksak ma'naviyat talab etadi. Shu bilan birgalikda muntazam ravishda yoshlar ongi va qalbida milliy va ma'naviy qadriyatlarimizni anglab yetish, hurmat qilish hissini uyg'otish, o'zlikni anglashni shakllantirish vazifasi turadi. PIRLS tadqiqoti jarayonida darsda o'quvchilar tomonidan eng ko'p qo'llaniladigan o'qishning

quyidagi ikki turi o'rganiladi:[3] 1. Adabiy kitobxonlik malakasini egallash maqsadidagi o'qish. 2. Mazmunni tushunish va amalda foydalanish maqsadidagi o'qish. Xalq og'zaki ijodi janridan biri bo'lgan maqollarni o'rgatish ikkinchi tur ya'ni matn mazmunni tushunish va amalda foydalanish maqsadidagi o'qishni takomillashtirishga asos bo'ladi. Xalq og'zaki ijodi namunalari boshlang'ich sinflardanoq o'quvchilarga o'rgatib boriladi. Boshlang'ich sinfning deyarli barcha darsliklarida xalq og'zaki ijodi namunalari berilgan. Ona tili darsliklarida ko'proq xalq maqollari mashqlar tarkibiga singdirilgan. Kichik yoshdagi o'quvchilarning psixologik va fiziologik xususiyatidan kelib chiqqan holda darsliklarga kiritilgan maqollar tushunilishi oson va komillikka da'vat etuvchidir. Mavzu o'rganilayotganda o'qituvchining vazifasi mavzuni o'rgatish bilan birga xalq og'zaki ijodi, shu jumladan, maqol janri haqida boshlang'ich ma'lumot berib borishdir. Berilgan maqollar o'qituvchi rahbarligida avval ifodali qilib o'qiladi va o'quvchilar bilan birgalikda ushbu maqollarning ma'nosi o'rganiladi.

Maqol xalq og'zaki ijodining juda qadimiy shakllaridan biri bo'lib, unda xilma-xil badiiy ifoda vositalari-ohangdosh tovushlilar takrori bo'ladi. Katta hayotiy va ijodiy tajribaga ega bo'lgan ajoyib so'z ustalarining o'lmas satr va hikmatli so'zlari ham ko'pincha xalq maqollariga o'xshab ketadi. Masalan, A. Navoiyning „Mahbub ul-qulub" asarida aytgan bir qancha hikmatli so'zlari shular jumlasidandir: „Oz-oz o'rganib dono bo'lur, qatra-qatra yig'ilib daryo bo'lur", „Tilga ixtiyorsiz-elga e'tiborsiz" va boshqalar.

O'quvchilar savod o'rgatish davridayoq maqollarni o'rganib boradilar. «Alifbe» darsligida berilgan maqollar matn mazmuni bilan bog'liq bo'lib, ular mavzu g'oyasini o'quvchilarga lo'nda va aniq yetkazish uchun xizmat qiladi. Amaldagi R.Safarova boshchiligidagi mualliflar tomonidan tayyorlagngan Alifbe darsligidan «Bola odobi bilan ko'rkam», «Bilim boylik kaliti», «Oltin olma, duo ol», «Elda bori -senda bor», «Hunar - hunardan unar», «Har kim ekanin o'rar», «Elga hurmat, oily himmat», «Mehnat - mehnatning tagi rohat», «Oldin o'yla, keyin so'yla» kabi maqollar o'rin olgan bo'lib, bu kabi maqollar o'quvchilarni maktabga kelgan ilk kunlaridanoq mehnatsevarlikka, ma'naviyatga, odob-axloqqa chorlaydi.

2-sinf "O'qish kitobi"da maqolga quyidagicha ta'rif berilgan: "Maqollar xalq og'zaki ijodiga kiradi. Odamlar hayotda ko'rgan-kechirganlari asosida maqollarni yaratadilar. Maqollar kichik hajmda bo'lib, pand-nasihat mazmunini ifodalaydi"

Xalq og'zaki ijodi asosida o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda o'qish fani muhim rol o'ynaydi. Bolalarni xalq og'zaki ijodi asosida ma'naviy-axloqiy tarbiyalash muammosini o'rganish va tahlil etish bu boradagi qator omillarni o'rganishni talab etadi. Bolalarning yoshlariga mos xalq og'zaki ijodiga oid asarlar vositasida tarbiyalash bola nutqini zahirasi va tafakkur darajasini yuksaltiradi.

Boshlang'ich sinflarda matn ostida berilgan maqollarni o'qish va o'rganish,

tahlil qilish asar o'qilib, tahlil qilinib bo'lingach amalga oshirilishi kerak. Chunki asar mazmuni va unda yozuvchi aytmoqchi bo'lgan g'oyani tushunmay turib, maqolning ma'nosini izohlash qiyin bo'ladi. Mualliflar ham maqol ma'nosini asar voqealari bilan izohlamoqchi bo'ladilar.

1-2-sinfda boshlab maqolning mazmunini o'rganish va yod olishdan tashqari, matndagi izohtalab so'zlar, birikmalar ustida lug'at ishi o'tkazish, badiiy til vositalari, ko'chma ma'noli, qarama - qarshi ma'no bildiruvchi, maqolda takrorlanib kelayotgan so'zlar ma'nosi yuzasidan ish olib borish talab etiladi. Masalan, 2-sinf o'qish darsligida "Ona yurtim - oltin beshigim" bo'limida har bir she'r va matndan so'ng Vatan mavzusidagi maqollar, Mana shu maqol matni ustida ishlaganda: «Yurt» so'zini qaysi so'zlar bilan almashtirish mumkin?, «Maqolda ona yurt nimaga tenglashtirilayapti?», «Beshik oltindan bo'ladimi?» Oltin kuz - hosiling yuz" bo'limida esa kuz mavzusidagi maqollar berilgan kabi savollar berish yo'li bilan o'quvchilarning lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqini o'stirish ustida ishlanadi. Bu maqollar o'quvchilarga mavzuni yaxshi eslab qolishga, to'g'ri xulosa chiqarishga yordam beradi va nutq madaniyatining shaklla nishida, fikrlash doirasini o'sishida muhim ahamiyat kasb etadi.

3-4-sinflarda maqollar uchun alohida soat ajratilgan va badiiy asarni o'rganish jarayonida ham muntazam o'rganib boriladi. Bu sinflarda maqollarni o'rganishdan ko'zlangan maqsad o'quvchilar dunyoqarashini shakllantirish, to'g'ri va ongli o'qish malakalarini takomillashtirish, maqoldagi har bir so'zning va yaxlit maqolning ma'nosini to'liq idrok etishga erishishdir. O'quvchilar o'qilgan matn ichidan maqollarni, hikmatli so'zlarni o'zi mustaqil topa olish ko'nikmasini egallashi, ular yordamida o'qilgan asarlar yuzasidan to'g'ri xulosa chiqarishga o'rganishlari zarur.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarga maqollarni innovatsion metodlardan foydalanish orqali yuqori samaradorlikka erishishi mumkin. Quyida shunday metodlardan bir nechtasini ko'rsatib o'tmoqchiman.

1. "Maqolni davom ettir" ta'limiy o'yini. Bu metodni o'qituvchi bir necha ko'rinishda o'tkazishi mumkin: og'zaki, tarqatma materiallar yoki slayd ko'rinishida.

Yaxshi yigit yurt tuzar, Yomonyigit... (yurt buzar) Mehnat qilib topganing, Qand-u... (asal totganing) Qush qanoti bilan tirik, Odam ...(mehnati bilan)

2. "Maqollarni to'g'ri joylashtir" metodi. Bu metodda o'qituvchi sinfni guruhlarga bo'lib oladi va konvertni tarqatadi. Konvertlarda so'zlar yozilgan kartochkalar bo'lib, ularni joylashtirib maqol hosil qilishlari kerak bo'ladi.

Zo'ri, qo'rir, yigitning, yurt. ( Yigitning zo 'ri yurt qo 'rir. )

Boshda, yoshda, emas, aql. (Aql yoshda emas, boshda)

3. Maqollar yuzasidan rasmli rebus yechish. Rasmlardagi narsa-buyum nomini yozish orqali maqol hosil qiladilar.

(Yoz fasli rasmi) mevasi - (qish fasli rasmi) xazinasi.

Ilmli (1000) yashar, ilmsiz (1) yashar.

4. Sinfni guruhlarga bo'lish va ularga turli yo'nalishdagi maqollarni topishlarini aytish. Masalan:

1-guruh. Mehnatsevarlik haqidagi maqollardan ayting.

2-guruh. Vatanparvarlik haqidagi maqollardan ayting.

3-guruh. To'g'riso'zlik haqidagi maqollardan ayting.

4-guruh. Do'stlik haqidagi maqollardan yod ayting.

Xulosa qilib aytganda, maqollarni o'rganish bola tarbiyasida muhim rol o'ynaydi. Asrlar davomida avloddan-avlodlarga o'tib kelayotgan buyuk ajdodlarimizning hikmatli so'zlari va xalqimizning hayotiy tajribasi asosida yaratilgan xalq og'zaki ijodiyotini, xususan maqollarni o'quvchilarga tushunarli qilib yoritib berishimiz lozim. Milliy qadriyatlarimizni yosh avlodlarga munosib tarzda yetkazish esa bizning muqaddas vazifalarimizdan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirzayev T. O'zbek xalq maqollari. "Sharq" nashriyoti, 2005-yil

2. G'afforova T. O'qish kitobi. 2-sinf uchun. "Sharq" nashriyoti, 2018-yil

3. Mirzayev T., Musaqulov A. «O'zbek xalq maqollari» - T.: 2005.

4. Rabbonayeva D. PIRLS tadqiqotlari uchun topshiriqlar to'plami. O'quvuslubiy qo'llanma. Samarqand XTXQTMOHM. -2019

5. Safarova R va b. Alifbe darsligi. - T.: O'qituvchi, 2019 .

6. www.ziyonet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.