Научная статья на тему 'ADABIYOT FANINI O‘QITISHDA XALQ OG‘ZAKI IJODI NAMUNALARINING AHAMIYATI (MAQOLLAR MISOLIDA)'

ADABIYOT FANINI O‘QITISHDA XALQ OG‘ZAKI IJODI NAMUNALARINING AHAMIYATI (MAQOLLAR MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
548
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiyot / ta’lim-tarbiya / maqol / hikmatli so’z / mehnat / do’stlik / “Devonu lug’oti-t-turk”. / literature / education / proverbs / wise sayings / labor / friendship / "Devonu lug'oti-t-turk"

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdullayeva Ozoda Odiljon Qizi

Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb ahmiyatga ega bo’lgan ta’limtarbiya masalalari va xalq og’zaki ijodining noyob xazinalaridan biri hisoblanadigan maqollarning adabiyot fanida tutgan o’rni haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF PEOPLE'S ORAL CREATIVITY IN THE TEACHING OF LITERARY SCIENCE (EXAMPLE OF PROVERBS)

This article discusses the issues of education that are relevant today and the role of proverbs in the study of literature, which is one of the unique treasures of folklore.

Текст научной работы на тему «ADABIYOT FANINI O‘QITISHDA XALQ OG‘ZAKI IJODI NAMUNALARINING AHAMIYATI (MAQOLLAR MISOLIDA)»

ADABIYOT FANINI O'QITISHDA XALQ OG'ZAKI IJODI NAMUNALARINING AHAMIYATI (MAQOLLAR MISOLIDA) Abdullayeva Ozoda Odiljon qizi

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6574516 Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb ahmiyatga ega bo'lgan ta'lim-tarbiya masalalari va xalq og'zaki ijodining noyob xazinalaridan biri hisoblanadigan maqollarning adabiyot fanida tutgan o'rni haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: adabiyot, ta'lim-tarbiya, maqol, hikmatli so'z, mehnat, do'stlik, "Devonu lug'oti-t-turk".

ЗНАЧЕНИЕ УСТНОГО ТВОРЧЕСТВА НАРОДА В ПРЕПОДАВАНИИ

ЛИТЕРАТУРООБРАЗОВАНИЯ (ПРИМЕР ПОСЛОВИЦЫ) Аннотация. В данной статье рассматриваются актуальные на сегодняшний день вопросы воспитания и роль пословиц в изучении литературы, являющейся одним из уникальных сокровищ фольклора.

Ключевые слова: литература, образование, пословицы, мудрые изречения, труд, дружба, «Девону лугъоти-т-тюрк».

THE IMPORTANCE OF PEOPLE'S ORAL CREATIVITY IN THE TEACHING OF LITERARY SCIENCE (EXAMPLE OF PROVERBS) Abstract. This article discusses the issues of education that are relevant today and the role of proverbs in the study of literature, which is one of the unique treasures of folklore.

Keywords: literature, education, proverbs, wise sayings, labor, friendship, "Devonu lug'oti-t-turk"

KIRISH

Bugungi tobora jadallashib borayotgan ommaviy madaniyat qurshovida ta'lim-tarbiya, ma'naviyat masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'lim tizimining asosi hisoblanadigan umumiy o'rta ta'lim maktablarimizda bu jihatlarga chuqurroq e'tibor qaratish bugungi kunning eng muhim vazifasi hisoblanadi. Buning uchun biz umumiy o'rta ta'lim maktablarida adabiyot fanini o'qitishga diqqat bilan e'tibor qaratishimiz lozim. Bu borada asrlar davomida misqollab to'plangan, ne-ne sinovlardan o'tgan, insonlarga doimo madad, kuch berib turuvchi noyob durdonalardan hisoblangan maqollar alohida o'rin tutadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Maqollar turmush tajribalari zaminida tug'ilgan va xalq donoligini ifodalaydigan, har bir xalqning fe'l-atvori, urf-odatlarini, orzu-intilishlarini o'zida mujassam etadigan hikmatli so'zlardir. Maqol shunday kuchga egaki, u nutqga husn beradi, fikrni tushunib olishni osonlashtiradi, uni ta'sirchan qila oladi. Maqol uzoq yillar davomida bobo-buvilarimizning ko'rgan kechirganlari, tajribalari asosida yuzaga kelgan ibratli xulosalardir.

Maqollar bevosita 5-sinf adabiyot darslarida alohida mavzu sifatida uchraydi, balki keyingi sinflarda ham badiiy asarlarni o'qish jarayonida o'rganilib ketiladi. O'quvchilarga maqollarni o'qitishdan ko'zlangan asosiy maqsad, ularining dunyoqarashlarini shakllantirish, to'g'ri va ongli o'qish malakalarini takomillashtirish, maqollarda aks etadigan so'zning yaxlit ma'nosini to'g'ri idrok etishga erishishdir. O'quvchilarning o'qigan matn ichidan maqolllarni, hikmatli

so'zlarni mustaqil ravishda topa olish ko'nikmasini egallashi, ular yordamida o'qilgan asar haqida to'g'ri hukm chiqarishga o'rgatilishi zarur hisoblanadi. Umuman olganda maqollarni o'rgatishda quyidagi ish turlaridan foydalaniladii:

• Maqolni o'qib, uning mazmuni ustida ishlash;

• Maqoldagi so'zlarni ma'nosini izohlash;

• Badiiy til vositalari ustida ishlash;

• Matn mazmuni va g'oyasiga mos maqol toptirish;

• Maqollarni mavzu bo'yicha guruhlash [1, 140-b].

Xalq maqollarning mazmun ko'lami inson hayotining turli sohalarini ichiga oladi. Xususan, maqollar turli mavzularda uchrashi mumkin. Masalan, vatan, mehnat, tarbiya, ilm-hunar, muhabbat, vafo, yaxshi so'z, do'stlik kabi. Vatan haqidagi " Bulbul chamanni sevar, Odam -vatanni" maqolini oladigan bo'lsak, inson ruhiy olamida Vatan tushunchasining ahamiyati, bulbul o'zini chamansiz tasavvur etolmaganidek, odam ham o'zini vatansiz tasavvur qila olmasligi aks ettirilgan. NATIJALAR

Maqollarni o'rgatish jarayonida boshqa asarlarning tarkibida uchraydigan maqollarni topib o'rganish, tahlil qila olish va o'z mustaqil fikrini dalillashga o'rgatish muhim ahmiyatga ega hisoblanadi. Bunda o'qituvchi asarlardan namuna keltirishi yoki biror matndan maqollarni aniqlashi yoki biror matnga mos maqol topish orqali o'quvchilar bilan fikr almashishi yaxshi natija beradi. Masalan, Mahmud Koshg'ariyning " Devonu lug'oti-t-turk" asarida dala safarlarini yozib olgan 268 maqol matni keltirilgan. Ulardan quyidagi namunani keltirish mumkin: Tog' toqqa qavushmas, kishi kishiga qavushar, Otug' uzguch birla o'churmas [2, 66-b] Bu namunlar hozirgi kunda "Tog' tog' bilan uchrashmas, odam odam bilan uchrashar", "O't alanga bilan o'chirilmas" maqollariga to'g'ri keladi. XULOSA

Xulosa qilib aytganda, maqollar xalq og'zaki ijodining ko'zgusidir. Ushbu ko'zgu qanchalik ezgulikka xizmat qilsa shunchalik yurt tinch, qalblar taskin, ko'ngillar orom oladi. Maqollarni adabiyotning ajralmas bir yaxlit bo'lagi, yuragi desak ham mubolag'a bo'lmaydi. Darhaqiqat, adabiyot olamida maqollarning roli juda yuqori va ulardan to'g'ri va o'z o'rnida qo'llay olishimiz, tegishli joylarda kerakli xulosalarga ega bo'lishimiz muhim ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotlar

1. Ona tili o'qitish metodikasi. K. Qosimov, S. Matchonov, X.G'ulomova, Sh.Yo'ldosheva, Sh. Sariyev. - T.: "NOSHIR", - 2009

2. O'zbek xalq og'zaki ijodi. O. Madayev. - T.: MUMTOZ SO'Z, 2010

3. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik / S. Ahmedov, B. Qosimov, R. Qo'chqorov, Sh. Rizayev. - T.: "Sharq", 2020

4. Abdullayeva, O. O. (2021). Abay ijodini o'rganishda savol va topshiriqlar ustida ishlash. Academic research in educational sciences, 2(3), 4-9.

5. Abdullayeva, O. O. (2021). Ibroyim Yusupov ijodi asosida o'quvchilarnmg vatanparvarlik tuyg'ularini o'stirish. Academic research in educational sciences, 2(3), 176-180.

6. Botirboyev, F. P., Abdullayeva, O. O., & Shermatova, U. S. (2021). O'ljas Sulaymonov ijodini o'rganishda savol va topshiriqlar ustida ishlash. Academic research in educational sciences, 2(4), 2013-2018. https://doi.org/10.24411/2181- 1385-2021-00834

7. Abdullayeva, O. (2021) Badiiy asarlarning inson ruhivatiga ta'siri. Scientific progress, 1(5), (pp. 272-275)

8. Abdullayeva, O. O. Q, (2021). O'zbek tilini o'qitishda zamonaviy texnoloyiyaiaming o'rni. Scientific progress, 1(5)

9. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). ADABIYOT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. Студенческий вестник,16(161)

10. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). OTLARNING BIRLIK VA KO'PLIKDA QO'LLANILISHINI O'RGATISH. Scientific progress,2(1)

11. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). XALQARO TADQIQOTLAR VA ULARNING ADABIYOT FANIDA TUTGAN O'RNI. Scientific progress,2(1)

12. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) O'lmas Umarbekov hayoti vaijodini o'rganishda interfaol metodlar bilan ishlash. Science and education,2(5)

13. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Saida Zunnunova hayoti va ijodini o'rgatishning samarali usullari. Science and education, 2(5)

14. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Said Ahmad hikoyalarini o'rganishda interaktiv metodlar. Science and education, 2(6)

15. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Umumiy o'rta ta'limda ertak o'qitish metodikasi. Scientific progress, 2(2)

16. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asarini o'qitishda interaktiv usullar. Scientific progress, 2(2)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.