Научная статья на тему 'ADABIYOT FANINI OʻQITISHDA SHARQ ALLOMALARINING METODIK QARASHLARI'

ADABIYOT FANINI OʻQITISHDA SHARQ ALLOMALARINING METODIK QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
725
66
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
nazariya / metodika / badiiy soʻz / ifodali oʻqish / hikoya / ruhiyat / birgalashib oʻqish / theory / methodology / art word / expressive reading / story / psyche / co-reading

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ozoda Odiljon Qizi Abdullayeva

Sharq alloma va mutaffakkirlarining ilmiy merosi faqat bir millat yoki xalqning emas, balki butun insoniyatning ma’naviy mulki hisoblanadi. Ushbu maqolada sharq allomalarining adabiyotga qoʻshgan hissasi, adabiyot sohasidagi metodik qarashlari haqida soʻz yuritiladi. Ularning metodik qarashlari bugungi kun nuqtayi nazaridan atroflicha tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGICAL APPROACHES OF EASTERN SCIENTISTS IN TEACHING LITERATURE

The scientific heritage of Eastern scholars and thinkers is the spiritual property not only of one nation or people, but of all mankind. This article discusses the contribution of oriental scholars to literature, their methodological views in the field of literature. Their methodological views are analyzed in detail from today’s point of view.

Текст научной работы на тему «ADABIYOT FANINI OʻQITISHDA SHARQ ALLOMALARINING METODIK QARASHLARI»

ADABIYOT FANINI O'QITISHDA SHARQ ALLOMALARINING METODIK

QARASHLARI Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6610631

Annotatsiya. Sharq alloma va mutaffakkirlarining ilmiy merosi faqat bir millat yoki xalqning emas, balki butun insoniyatning ma'naviy mulki hisoblanadi. Ushbu maqolada sharq allomalarining adabiyotga qo'shgan hissasi, adabiyot sohasidagi metodik qarashlari haqida so'z yuritiladi. Ularning metodik qarashlari bugungi kun nuqtayi nazaridan atroflicha tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: nazariya, metodika, badiiy so'z, ifodali o'qish, hikoya, ruhiyat, birgalashib

o'qish

МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ВЗГЛЯДЫ ВОСТОКОВЕДОВ НА ПРЕПОДАВАНИЕ СЛОВЕСНОСТИ

Аннотация. Научное наследие восточных ученых и мыслителей является духовным достоянием всего человечества, а не одного народа или народа. В данной статье рассматривается вклад ученых-востоковедов в литературу и их методологические взгляды в области литературы. Подробно анализируются их методологические взгляды с сегодняшней точки зрения.

Ключевые слова: теория, методика, художественное слово, выразительное чтение, рассказ, психика, сочтение.

METHODOLOGICAL APPROACHES OF EASTERN SCIENTISTS IN TEACHING LITERATURE

Abstract. The scientific heritage of Eastern scholars and thinkers is the spiritual property not only of one nation or people, but of all mankind. This article discusses the contribution of oriental scholars to literature, their methodological views in the field of literature. Their methodological views are analyzed in detail from today's point of view.

Keywords: theory, methodology, art word, expressive reading, story, psyche, co-reading

KIRISH

Adabiyotni o'qitish nazariyasi yoki metodikasi haqida gap ketganda uni o'rganish bilan bog'liq jarayonlar yaqin-yaqingacha davom etganingini ko'rishimiz mumkin. Turkiy xalqlarda esa adabiyotni o'qtish bilan bog'liq masalalar juda qadim qadimdan V-VII asr O'rxun Enasoy yodgorliklaridan boshlab o'z aksini topgan. Umuman olganda, adabiyotni inson ruhiyatiga ta'sir qila oladigan darajaga yetkazish, badiiy so'zning mohiyatini anglash masalalari Sharq xalqlari, xususan, o'zbek xalqi hayotida doimiy ravishda katta ijtimoiy-ma'naviy ahamiyatga ega bo'lib kelgan. Sharq allomalarining didaktik qarashlarida ta'lim metodlari masalasiga jiddiy e'tibor qaratilgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'rta Osiyoning buyuk mutafakkiri va qomusiy olimi "Sharq Arastusi" kabi yuksak nomlarga sazovor bo'lgan Abu Nasr Farobiy o'zining "Ilmlarning kelib chiqishi" asarida badiiy asarni ifodali o'qish, o'qiganlari asosida hikoya qilib berish zo'r san'at ekanligini alohida ta'kidlab o'tgan. Darhaqiqat, bugungi kunda adabiyot darslarida berilgan asarlarni o'quvchilarga

hikoya qilib berilsa yoki o'quvchilarga mustaqil o'qish topshirig'i berilib undan o'qiganlarini hikoya tarzida aytib yoki yozib berish topshirig'i berilganda o'quvchilarda ko'proq badiiy asarni yaxshiroq tushunish balki mustaqil fikrlay olish qobiliyati shakllana boradi.

Jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan O'rta Osiyoning buyuk qomusiy olimlaridan yana biri g'arbda "Avitsenna" nomi bilan mashhur bo'lgan Abu Ali ibn Sino badiiy asarning inson ruhiyatiga ta'siri haqida fikr yuritib, g'azal eshitilganda ko'ngil kishilarining ahvoli shodlik va kulgiga yoki g'amginlik va yig'iga moyil bo'lishini, ayniqsa, judolik va hajr tilga olinganda bu holatlar ortishini ta'kidlaydi. Bugungi kun o'quvchilari axborot asrida, tobora globallashib borayotgan davrda yashamoqdaligi barchamizga ma'lum. Shunday ekan, ular adabiyot darslarida badiiy asarlar, balki turli mavzulardagi kishini larzaga keltiradigan she'rlarni tinglaganda, albatta, turli xil ta'sirlar ularning ruhiyatiga yetib bormasdan qolmaydi. Masalan, 7 -sinf adabiyot darsligidagi XX asr o'zbek she'riyatining ulkan vakili Mirtemirning "Onaginam" she'ri berilgan. Ushbu she'rni o'quvchilarga o'qib berar ekansiz, bevosita ko'zingizda yosh miltillaydi, o'quvchilarning qalbida onaga bo'lgan hurmat, o'z onalari oldidagi farzandlik burchini qay darajada ado etayotganliklarinini his qilayotgani ko'z o'ngingizda gavdalanadi:

Yigit yoshimgacha bir chelak suv keltirib bermagan bo'lsam, Yo tashnaligingda bir kosa sharbat to'ldirib bermagan bo'lsam, Yo non yopishing uchun, Hatto bir yo'la bir kun

Sahrodan o'tin orqalab kelmagan bolangman...

Yo sigirni podadan ayirib,

Yo echkini hovliga qayirib,

Og'zingdan so'z chiqmay, yelmagan bolangman...

Sening arzimas bir yumushingni ado etolmaganim,

Sening bir ishorangga yuz o'mbaloq oshib ketolmaganim.

Seni jindak xushvaqt qilgani,

Seni jindak xushbaxt qilgani,

Tagsiz jarlardan o'tolmaganim,

Seni so'nggi yo'lga o'zim kuzatolmaganim -

Tog'day zil,

Abadiyatday cheksiz armon bo'lib qoldi dilimda, onaginam!

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

O'rta asrning buyuk qomusiy olimlaridan yana biri Abu Rayhon Beruniy ham jahon adabiyotining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlarining qadimgi noyob yodgorligi hisoblanadigan "Avesto", arab, hind adabiyotidagi turli asarlar, "Kalilla va Dimna" kabi noyob asarlarni tahlil qilib qiyoslab o'rganadi hamda ulardan o'rnak, namuna olishga undaydi.

Markaziy Osiyoda ilk o'rta asr madaniyatining buyuk arboblaridan biri, tilshunoslik sohasida, xususan, turkiy tillarni o'rganish sohasida mashur bo'lgan va tarixda o'chmas iz qoldirgan olimlardan biri Mahmud Qoshg'ariy ham o'zining "Devonu lug'otit turk" asarida alohida, birgalashib va ko'plashib o'qish haqida qarashlari mavjud ekanligini ko'rishimiz mumkin.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi allomalarimizning metodik qarashlari bugungi kunda g'oyat katta ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunga kelib, ularning adabiyot, badiiy so'zning inson tarbiyasiga, uning ma'naviy kamolotiga ta'siri bilan bog'liq qimmatli fikrlarini doimiy ravishda dars mashg'ulotlari davomida qo'llab borsak, ularni o'quvchilar ongida yaxshi shakllantira olsak, o'ylaymizki, biz ko'zlagan asosiy maqsadimizga erishamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Adabiyot o'qitish metodikasi / o'quv qo'llanma: Q. Husanboyeva, R. Niyoz-metova.: 2018-yil. - 352 bet.

2. Adabiyot: Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua. Qayta ishlangan 4-nashri / Q. Yo'ldoshev, B. Qosimov, V. Qodirov, J. Yo'l doshbekov. -T.: «Sharq», 2017. - 368

3. O'zbek xalq og'zaki ijodi. O. Madayev. - T.: MUMTOZ SO'Z, 2010

4. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik / S. Ahmedov, B. Qosimov, R. Qo'chqorov, Sh. Rizayev. - T.: "Sharq", 2020

5. Abdullayeva, O. O. (2021). Abay ijodini o'rganishda savol va topshiriqlar ustida ishlash. Academic research in educational sciences, 2(3), 4-9.

6. Abdullayeva, O. O. (2021). Ibroyim Yusupov ijodi asosida o'quvchilarnmg vatanparvarlik tuyg'ularini o'stirish. Academic research in educational sciences, 2(3), 176180.

7. Botirboyev, F. P., Abdullayeva, O. O., & Shermatova, U. S. (2021). O'ljas Sulaymonov ijodini o'rganishda savol va topshiriqlar ustida ishlash. Academic research in educational sciences, 2(4), 2013-2018. https://doi.org/10.24411/2181- 1385-2021-00834

8. Abdullayeva, O. (2021) Badiiy asarlarning inson ruhivatiga ta'siri. Scientific progress, 1(5), (pp. 272-275)

9. Abdullayeva, O. O. Q, (2021). O'zbek tilini o'qitishda zamonaviy texnoloyiyaiaming o'rni. Scientific progress, 1(5)

10. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). ADABIYOT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. Студенческий вестник, 16(161)

11. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). OTLARNING BIRLIK VA KO'PLIKDA QO'LLANILISHINI O'RGATISH. Scientific progress,.2(1)

12. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). XALQARO TADQIQOTLAR VA ULARNING ADABIYOT FANIDA TUTGAN O'RNI. Scientific progress,:2(1)

13. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) O'lmas Umarbekov hayoti vaijodini o'rganishda interfaol metodlar bilan ishlash. Science and education,2(5)

14. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Saida Zunnunova hayoti va ijodini o'rgatishning samarali usullari. Science and education, 2(5)

15. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Said Ahmad hikoyalarini o'rganishda interaktiv metodlar. Science and education, 2(6)

16. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Umumiy o'rta ta'limda ertak o'qitish metodikasi. Scientific progress, 2(2)

17. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asarini o'qitishda interaktiv usullar. Scientific progress, 2(2)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.