Научная статья на тему 'XALQ OG’ZAKI IJODI ASOSIDA BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI TARBIYALASH. CHASHMA'

XALQ OG’ZAKI IJODI ASOSIDA BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI TARBIYALASH. CHASHMA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
897
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalq og’zaki ijodi / janr / ertak / maqol / topishmoq / masal / tez aytish / tarbiya / folklore / genre / fairy tale / proverb / riddle / parable / quick telling / education.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — G. Abdivasiyeva

Ushbu maqolada Xalq og’zaki ijodi janrining rivojlanish tarixi haqida so’z boradi. Boshlang’ich sinf o’qish darsliklaridagi xalq og’zaki ijodi namunalari mazmun-mohiyatini o’rganish. Boshlang’ich sinf darslik kitoblarida keltirilgan ertk, maqol, topishmoqlar, masal kabi janrlarni milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz bilan uyg’unlashtirilgan holda yosh avloda o’rgatishdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EDUCATION OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS ON THE BASIS OF FOLKLORE. THE FOUNTAIN

This article talks about the history of the development of the folk art genre. Studying the essence of examples of folk art in primary school textbooks. It is to teach the young generation such genres as fairy tales, proverbs, riddles, parables, which are presented in primary school textbooks, in harmony with our national values and traditions.

Текст научной работы на тему «XALQ OG’ZAKI IJODI ASOSIDA BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI TARBIYALASH. CHASHMA»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

XALQ OG'ZAKI IJODI ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI

TARBIYALASH. CHASHMA Abdivasiyeva Gulshoda Yo'ldashevna

O'zbekiston Finlandiya pedagogika instituti pedagogika fakulteti "Pedagogika nazariyasi va

tarixi" yo'nalishi 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7436832

Annotatsiya. Ushbu maqolada Xalq og'zaki ijodi janrining rivojlanish tarixi haqida so'z boradi. Boshlang'ich sinf o'qish darsliklaridagi xalq og'zaki ijodi namunalari mazmun-mohiyatini o'rganish. Boshlang'ich sinf darslik kitoblarida keltirilgan ertk, maqol, topishmoqlar, masal kabi janrlarni milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz bilan uyg'unlashtirilgan holda yosh avloda o'rgatishdir.

Kalit so'zlar: xalq og'zaki ijodi, janr, ertak, maqol, topishmoq, masal, tez aytish, tarbiya.

ВОСПИТАНИЕ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ НА ОСНОВЕ УСТНОГО

НАРОДНОГО ТВОРЧЕСТВА. ФОНТАН

Аннотация. В данной статье рассказывается об истории развития жанра народного творчества. Изучение сущности образцов народного творчества в учебниках для начальных классов. Это обучение подрастающего поколения таким жанрам, как сказки, пословицы, загадки, притчи, которые представлены в учебниках для начальных классов, в гармонии с нашими национальными ценностями и традициями.

Ключевые слова: фольклор, жанр, сказка, пословица, загадка, притча, скороговорка, образование.

EDUCATION OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS ON THE BASIS OF FOLKLORE.

THE FOUNTAIN

Abstract. This article talks about the history of the development of the folk art genre. Studying the essence of examples of folk art in primary school textbooks. It is to teach the young generation such genres as fairy tales, proverbs, riddles, parables, which are presented in primary school textbooks, in harmony with our national values and traditions.

Keywords: folklore, genre, fairy tale, proverb, riddle, parable, quick telling, education.

Malumki badiiy adabiyotning ikki shakli: og'zaki va yozma turi mavjud. Dastlab og'zaki adabiyot paydo bo'lgan, 19-asrga kelib yozma adabiyot bo'y ko'rsatgan. Og'zaki adabiyotning bir necha janrlari mavjud. Doston, ertak, topishmoq, qo'shiq, lapar, lof, askiya, kabi o'ndan ziyod turlari bor.

20-asrning 50-yillariga qadar to'y-hashamlarida baxshilar tomonidan "Alpomish", "Goro'li", "Ravshan va Zulxumor" kabi dostonlar sevib ijro etilgan. Uzun qish kechalari bir uy odam bir kishi tomonidan o'qilayotgan dostonni tinglab tong orttirishgan. Fozil Yo'ldosh o'g'li Ergash Jumanbulbul o'g'li kabi mashhur baxshilarimiz tomonidan kuylangan xalq dostonlari keyinchalik yozma holda kitobxonlarga havola etilgan. Ko'pchiligimiz "Avazxon", "Yodgor", "Kuntug'mish","Ravshan va Zulxumor" kabi dostonlarini o'qiganmiz.

Og'zaki ijodning ikkinchi janri-qo'shiq. Tilshunos olim Mahmud Qoshg'ariy o'zining "Devoni Lug'ati Turk" kitobida dastlab xalq tomonidan aytilgan mavsum marosim, mehnat qoshiqlari xususida ma'lumot berb o'tadi. Yozma adabiyot shaklllangach, qo'shiq san'ati juda tez taraqqiy etdi.

1626

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

20-asrning 40-yillarida Halima Nosirova, Tamaraxonim, Gavharbegim kabi zabardast qo'shiqchilar yetishib chiqqan bo'lsa 80-yillarga kelib Munojat Yo'lchiyeva, Sherali Jo'rayev, Botir Zokirov Og'abek Sobirov kabi talantlar qo'shiq san'ati rivojiga munosib ulush qo'shdilar.

Maqol-xalq og'zaki ijodining eng qadimiy janrlaridan biri. Maqol mavzu jihatdan rang-barang. Unda vatanparvarlik, vafodorlik, do'stga sadoqat, yovga nafrat kabi g'oyalar tarrannum etilgan. Biz "Yer haydasang kuz hayda, kuz haydasang yuz hayda", "Erta eksang, erta o'rasan", "Mehnat mehnatning tagai rohat" kabi mehnatsevarlikni targ'ib etuvchi maqollarni, "O'z uying o'lan to'shaging" singari vatanni ulug'lovchi hikmatlar hamda "Do'st achitib gapiradi, dushman kuldirib", "Ishonmagin do'stinga somon tiqar po'stingga" singari do'stlik to'g'risidagi maqollarni yaxshi bilamiz. Folklorning eng ommobop janrlaridan biri- ertak "Ertaklar-yaxshilikka yetaklar" bu bejiz aytilmagan. Barcha ertaklar bolajonlarni ezgulikka, adolatli, to'g'ri so'z, el-yurt tashvishlari uchun qayg'urishga o'zgalarga mehribon hamda sahovatli bo'lishga undaydi. Ertaklarning yozma variantlari ko'paydi.

Lapar-janri ham og'zaki ijodga mansub bo'lib, qadimda to'y va hashamlarda ijro etilgan. Odatda bunda qo'shiqlar yigitlar va qizlar guruhi tomonidan bir biriga qarata aytilgan. Xotiraning markazida Nasriddin Afandi obrazi turadi. U dangasalarni qoralovchi sodda saxiy, ishonuvchan shaxs sifatida tilga olinadi.

Askiya san'ati hozirgacha davom etib, yangi-yangi versiyalari paydo bo'lmoqda. Bu janr Farg'ona vodiysida paydo bo'lgan desam xato bo'lmaydi. Yusufjon qiziq, Muhiddin Darvesh kabi askiyabozlarning nomi hali-hanuz tillardan tushmaydi. Askiyada tez javob qaytarish asosiy shartlardan biri hisoblanadi.

"O'tgan kunlar" badiy filmida bir epizod bor Toshkent shahar hokimining yordamchisi Yusufxon xojining og'li Otabek qoshida qo'g'irchoqbozlar shahar hokimi Azizbekni masxara qilishmoqda ot tuyoqlarining dupuri eshitilmoqda. Xon ayg'oqchilari yaqinlashayotganligini bilgan artistlar barcha lash-lushlarini yashiradilar. Yaxshiyam Otabek navkarlarini qaytarib yuboradi.

Xalq og'zaki ijodi chashma adabiyotning bu turi hamon rivojlanib kelmoqda. Xalq og'zaki poetik ijodidagi eng boy va rang barang janrlardan biri ertakdir. Xalq tomonidan yaratilgan ko'plab ertaklarda bolalarning o'ziga xos hayoti chetlab o'tilmagan. Hatto turli yoshdagi bolalar uchun juda ko'p maxsus ertaklar yaratilgan. Ertakning muhim xususiyatlaridan biri uning hamisha xalq hayoti,kurashi, tarixi, ruhiy olami, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan chambarchas bog'lanishi, insonlarga axloqiy va ma'naviy yo'ldosh bo'lib kelishidadir. Ertaklar insonning ma'naviy va jismoniy kuchiga ishonch ruhi bilan sug'orilgan bo'lib, ijobiy kuchlar tabiat va ijtimoiy hayotda o 'ziga dushman bo'lgan kuchlarga qarshi kurashda doimo g'olib chiqadi. Xalq ertaklarida uni yaratuvchilarning dunyoqarashi, axloq normalari va boshqa ijtimoiy muhim masalalari odilona hal etiladi.

Ertaklar sodda va tushunarli bo'lgani uchun har qanday kitobxonga tez yetib boradi. Ular orqali ham insonning ijtimoiy axloq normalari shakllanadi. Bu hol ayniqsa, hayvonlar haqidagi ertakda aks etgan. O'tmishda yaratilgan ertaklarda xalqchilik kurashi o'zining haqqoniy badiiy ifodasini topgandir. Xalqning kelajakka bo'lgan komil ishonchi, adolatning adolatsizlik ustidan g'alabasi, yorug'likning zulmatni yengishi, ozod va baxtiyor hayotga erishish g'oyalari yorqin obrazlar orqali tasvirlangan. Topishmoqlar xalq og'zaki ijodi bolalarni o'ylashga, topqirlikka o'rgatuvchi qadimiy janrlardan biridir. Har bir topishmoq zamirida «Kim?», «Nima?»

1627

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

so'roqlariga yashirin javob yotadi. Har bir topishmoq uni yaratgan xalqning hayoti, urf-odati ,

o'ziga xos rasm rusumlari bilan bog'liq holda bo'lib, bolalar o'rtasida keng tarqalgan. Masalan:

Tunda k o 'rib, cho'g ' deysan, Tongda turib, yo 'q deysan. (Yulduz)

Qo'shaloq tovoq, Ichi to'la yog'.

(Yong'oq)

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. "Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini

2. birgalikda barpo etamiz" B 14 "O'zbekiston" Toshkent 2016.

3. Mamasoli Jumaboyev. "Bolalar adabiyoti va folklor" darslik "O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti". Toshkent - 2006

4. Fuzailov.S, Xudoyberganova.M, Yo'ldosheva.Sh, 3-sinf "O'qish kitobi "

5. darsligi B 128-139 "O'qituvchi " Toshkent 2018

6. Ismailovich A. S. PROBLEMS OF IMPROVING PSYCHOLOGY OF HEALTHY LIFESTYLE OF UZBEK FAMILY //Scientific reports of Bukhara State University. - 2020. - T. 4. - №. 1. - C. 313-318.

7. Saidov A. SOCIAL PSYCHOLOGICAL SIGNIFICANCE OF THE FORMATION OF A CULTURE OF A HEALTHY LIFESTYLE IN THE FAMILY //Science and innovation. -2022. - T. 1. - №. B7. - C. 867-871.

8. Sharifjon To'lqin o'g A. et al. TA'LIM-TARBIYA TIZIMI VA O'QITUVCHILAR FAOLIYATIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING AHAMIYATI //MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH. -2022. - T. 1. - №. 11. - C. 57-60.

9. Azamat, S. (2022). On The Basis Of National Values To Raise A Healthy Generation In The Family. Journal of Positive School Psychology, 6(10), 2417-2420.

10. Ismailovich S. A. Socio-Psychological Problems of Educating an Independent-Minded, Creative Person in the Educational Process //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF LITERATURE, PHILOSOPHY AND CULTURE. - 2021. - T. 2. - №. 12. - C. 4-7

11. www.ziyonet.uz

12. www.google.uz

1628

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.