MILLIY TARBIYA XALQ OG'ZAKI IJODI NAMUNALARINING ASOSI
SIFATIDA Abduraximova Muxabbat Allayevna
Termiz davlat instituti Pedagogika va inklyuziv ta'lim kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.14317451
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'qituvchilarini xalq og'zaki ijodi namunalarini yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr yuritilgan.Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarini kreativ yondashgan holda xalq og'zaki ijodi namunalridan darslarda keng foydalanish bo'yicha yoritilgan.
Kalit so'zlar: xalq og'zaki ijodi namunalari, konsepsiya, milliy an'analar,madaniyat, doston, maqol, matal, o'zbekona an'analar, ommaviy madaniyat.
НАЦИОНАЛЬНОЕ ВОСПИТАНИЕ КАК ОСНОВА ОБРАЗЦОВ НАРОДНОГО ТВОРЧЕСТВА
Аннотация: В данной статье рассматривается роль учителей начальных классов в воспитании подрастающего поколения образцов устного народного творчества. Освещено широкое использование на уроках образцов устного народного творчества при творческом подходе учителей начального образования.
Ключевые слова: образцы устного народного творчества, понятие, национальные традиции, культура, эпос, пословица, матал, узбекские традиции, массовая культура.
NATIONAL EDUCATION AS THE BASIS OF EXAMPLES OF FOLK ORAL ART
Abstract: this article reflects on the importance of primary school teachers in the education of the younger generation of samples of folk oral creativity. The sample of folk oral creativity with a creative approach of teachers of primary education is covered by the wide use in classes.
Keywords: samples of folk oral creativity, concept, national traditions,culture, epic, proverb, matal, Uzbek traditions, popular culture.
KIRISH
Bizga ma'lumki, Respublikamizda ta'lim va tarbiya doim parallel olib boriladi. Ta'lim mazmuni o'zgaruvchan va doimo rivojlanib boradi. Bunga misol yangi tahrirdagi Ta'lim to'g'risidagi qonun (qonunchilik palatasi tomonidan 7-avgustda ma'qullangan) olishimiz mumkin.
Boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun xalq og'zaki ijodi namunalarini bilishning kelajakdagi hayotidagi ahamiyatini tushunishlari va pedagogik tajribalarida qo'llash hozirgi kunda juda muhimdir. O'zbek xalq og'zaki ijodi namunalarini puxta o'rganish barkamol avlod o'qituvchisining dars jarayonida turli metod va uslublarini qo'llay olish ko'nikmasini rivojlantirishga yordam beradi.
Boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kreativ faoliyatini xalq og'zaki ijodi namunalarini o'rgatish orqali ularning axloqiy tasavvurlarini va tushunchalarini rivojlantirishda xizmat qiladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga o'qish madaniyati bo'yicha ta'lim berishda quyidagi strategiyalardan foydalanish mumkin:
O'quvchilarni qiziqtiradigan kitoblar: boshlang'ich sinf o'quvchilari o'qishni yoqtirishlari uchun ularga qiziqarli kitoblarni taklif qilish kerak. Ushbu kitoblar o'quvchilar yoshiga mos darajada yozilishi va ularning qiziqishlarini aks yettirishi kerak.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash, ularning bilim olishi, mehnat qilishi, bilim va qobiliyatini ro'yobga chiqarishi uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalariga jiddiy e'tibor qaratmoqda. Bu bejiz emas. Chunki, "Yangi O'zbekistonni bunyod etish jarayonida yoshlar - xalqimizning asosiy tayanchi va suyanchi. Keng ko'lamli islohotlarimizni samarali amalga oshirishda ular hal qiluvchi kuch bo'lib maydonga chiqmoqda. Aynan zamonaviy bilim olgan, ilg'or kasb-hunarlarni, innovatsion texnologiyalarni, xorijiy tillarni puxta egallagan o'g'il-qizlarimiz mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishda yetakchi o'rin tutadi".
ASOSIY QISM
Hozirgi vaqtda yurtimizda "Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi" degan g'oya asosida maktab ta'limi tizimida ham katta o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Toshkent shahrida va hududlarimizda Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashgan maktablar soni ko'payib bormoqda.
Bu o'rinda yana O'zbekiston Respublikasi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya" Konsepsiyasi hozirgi kunda ham o'z natijasini bermoqda. Bolani kichik maktab yoshidan tarbiyali qilib voyaga yetkazsak katta bo'lagan so'ng ham tarbiyaning ijobiy hislatlari namoyon bo'la boshlaydi. Buning bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilariga pedagogik faoliyati davomida zarur bo'lgan insoniy ijobiy xislatlar jumladan, vatanparvarlik, halollik, vafodorlik, yaxshilik,yolg'on gapirmaslik kabilarni shakllantirib borishimiz zarurdir. Buning uchun xalq og'zaki iodi namunalarini puxta bilishi kerak zero yuqoridagi barcha xalq og'zaki ijodi namunalarida mujassam.Chunki, xalq og'zaki ijodi bu xalq so'zidir. Ajdodlarimiz qoldirgan bunday nayob namunalarni unutilib ketmasligi uchun bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari pedagogik jarayonlarida qo'llab borishi maqsadga muvofiqdir.
Oliy ta'lim tizimida bo'layotga bunday o'zgarishlar ta'lim tizimi zamonaviy ta'lim tizimi zamonaviy ta'lim metodlari va yangi fan va manbalar kirib keldi. Bu hozirgi davr taqozosidir. Ammo shuni unutmasligimiz lozimki bizni milliyligimiz o'zbekona an'analar, urf -odatlar, hurmat izzat kabi insoniy xislatlar hech qaysi yurtda yo'q.
Shunday ekan oliy ta'lim talabalari bo'lajak pedagoglarga xalq og'zaki namunalarini chuqur o'rgatishimiz lozimdir.
Xalq og'zaki ijodi haqida to'xtaladigan bo'lsak, folklore inglizcha (folk)-xalq va (lore)-donolik sozlaridan iboratdir. "Xalq donoligi", "xalq donishmandligi" ma'nolarini bildiradi. O'zbek folklorshunosligida "Folklor" atamasi keyinroq ilmiy iste'molga kirdi. U dastlab" el adabiyoti", "xalq adabiyoti"," og'zaki adabiyot" "Og'zaki ijod" tarzida qo'llanildi. 1935 yil H.Zarif va Sh.Rajabiylarning "O'zbek folkloridan namunalar kitobi nbosilib chiqardi. Shundan so'ng o'zbek xalq og'zaki poetik ijodi tushunila boshalandi. H.Zarifning oliy o'quv yurtlari uchun "O'zbek folklori " kitobi nashr qilingach yanada barqarorlashdi.
Xalq og'zaki ijodi xilma-xil janrlardan tarkib topgan og'zaki so'z san'ati bo'lib, o'zbek xalqining dunyoqarashi, badiiy zavqi, ijodiy salohiyati, orzu intilishlari aks ettirilgan.Folklorni fan sifatida o'rganish dastlab Angliya universitetlari XVII asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. Rossiyda esa F.N. Buslaev va uning shogirtlari .N.Veselovskiy, N.I.Storojenkolar muallifligi bilan 1863 yili Moskva va Peterburg universitetlarida "Umumiy adabiyot tarixi" nomi bilan rus folklarini o'qitish yo'lga qoyildi. O'zbek Folklorini o'qitish tashabbusi 30-yillarning o'rtalariga to'g'ri keladi.
Xalq og'zaki ijodi ibtidoiy jamoa davrdan beri bor desak mubolag'a bo'lmaydi.sababi ibdidoiy kishilar hali yozuvni bilmagan davrlarda o'z fikr-mulohazalarini og'zaki bayon etganlar.
Shu asnoda ularning og'zaki ijodi paydo bo'la boshlagan. Xalq og'zaki ijodi o'ziga xos xususiytlarga ega bo'lagan so'z san'ati hisoblanib, uning barcha janrlari jonli ijroda yashaydi. Folklore- sinkretik xususiyatga ega bo'lib xilma san'at turlarini o'ziga mujassamlashtiradi. Ko'pgina namunalari so'z va kuy bilan ijro etiladi. Doston, termalrni do'mbira jo'rligida kuylash an'anaviy bo'lsa dutor childirma jo'rligida kuylanadi. Ko'pgina folklorda so'z yetakchilik qiladi, bular ertak, afsona, naql, rivoyat, lof, latifa, maqol va topishmoqlardir.
Xalq og'zaki ijodi asarlari uzoq muddatli ijodiy jarayon, og'izdan-og'izga avloddan-avlodga, uztozdan shogirdga o'tib yuzaga keladi va yashaydi. Xalq ogzaki ijodi namunalarini paydo bo'lishi va muallifining noma'lumligi bilan farqlanadi. Uning muallifi donishmand xalqimizdir. A.A. Potebnya aytganidek folklore"xotira manbaidir" xotirani og'izdan og'izga o'tib yurishidan tug'iladi degandi. Xalq og'zaki ijodi og'izdan og'izga o'tib yashasa badiiy adabiyot yozuv vositasida yashaydi.
Xalq ogzaki ijodi merosi bo'lajak o'qituvchilarni har tomonlama yetuk, barkomol o'z kasbining yetuk pedagogi bo'lib etishib chiqishi,bo'shlang'ich sinf o'quvchilariga to'g'ri ta'lim tarbiya berishiga xizmat qiladi. O'tmishini xalq og'zaki ijodini tafakkuriga singdirgan bo'lajak o'qituvchigina, hozirgi zamon yosh avlodi to'g'ri yo'ldan, milliy e'tiqodimiz an'analariga sodiq qilib tarbiyalay oladi.
Xalq og'zaki ijodi namunalarida xalqimizning bebaho ma'naviy boyligi, asl qadriyatlarimizni o'rganishimiz mumkin.
Xalq og'zaki iodi namunalarini tarbiyaviy qadriyatlari, boy pedagogik merosi, ta'lim-tarbiyaga oid qarashlari, muhimi odob-axloq iymon, e'tiqod mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi insoniy xislatlar har tomonlama yetuk ma'naviyati boy kadrlarni etkazib berishimizda asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi.
Birgina misol 2019 yilning 10-15-aprel kunlar Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida o'tkazilgan "Halqaro baxshichilik san'ati festivali" ning tantanali ochilish marosimida so'zlagan prezidentimiz nutqiga e'tibor qaratadigan bo'lsak unda ham folklor va xalq dostonchiligi an'analariga uning kecha va bugungi ahvoliga alohida to'xtalib o'tildi. "Jahon madaniy merosining bu o'lmas asarlari bizga insoniyatning nasl-nasabi, tarixiy ildizlari, oliyjanob ideallari bir ekanini, binobarin, turli millat va elat vakillarini kelajak sari intilishlari ham mushtarak ekanligini anglatadi. Ayni vaqtda xozirgi globallashuv davrida, tijorat vositasiga aylangan "ommaviy ma'daniyat" shou -biznesning salbiy ta'siri toboro kuchayib borayotgan murakkab zamonda har qanday milliy ma'daniyatning bulog'i bo'lgan folklor san'atiga e'tibor va qiziqish, afsuski, susayib borayotgani ham sir emas. Holbuki folklor san'ti ta'bir joiz bo'lsa bu-insoniyatning bolalik qo'shig'idir.
Mana shunday noyob va buyuk san'at bugungi kunda shunchaki madaniy yodgorlik namunasiga aylanib, ko'p joylarga unitilib ketayotgani, himoya va muhofazaga muhtoj bo'lib turgani- bu ham davrimizning achchiq haqiqatidir. Ushbu go'zal va betakror san'atning yo'qolib ketishi san'at ahlini ko'proq tashvishga soladi. Shu sababli tengsiz ma'naviy boyligimiz bo'lmish mumtoz san'atni xalq ijodini nodir namunalarini asrab avaylash va rivojlantirish, uni kelgusi avlodga bezavol yetkazish jahondagi ilg'or fikrli olimlar va san'atkorlarning, davlat va jamoat arboblari, barcha madaniyat ahlini ezgu burchidir," - deya ta'kidlaydi prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev.
O'quvchilar tafakkurining o'sishi, bilim doirasining kengayishi, narsa va voqealar haqidagi tasavvurlarining oshishi ularning tinmay mutolaa qilishiga ,o'z ustida ishlashiga, izlanishiga bog'liq.
Kitobning inson hayotida tutgan o'rni benihoyadir. Yoshlikdan bolada kitobga mehr -muhabbat uyg'otish uning ruhiy, ma'naviy oziqlanishiga yordam beradi. Maktabdagi tarbiya ishlari, avvalo ta'lim jarayonida amalga oshiriladi.
O'qituvchi o'quvchilarga ta'lim berishda faqat ma'lum bilimlargagina berish bilan cheklanmay, ularda kuchli e'tiqod, iroda va xarakter sifatlarini ham tarkib toptirishi, qobiliyat va iste'dodlarini o'stirish kerak.
Xalqimiz orzu qilgan, ta'lim-tarbiya berayotgan ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalashda boshlang'ich ta'lim g'oyat muhim o'rin tutadi. Boshlang'ich ta'lim uzluksiz ta'limning alohida qismidir. Bu ta'lim yurtimiz kelajagini buyuk davlat darajasiga ko'taradigan bunyodkor shaxsni shakllantirishda mustahkam poydevor bo'lib xizmat qilmoqda. Kichik yoshdagi o'quvchilarni o'qitishdagi muhim vazifalarning asosiy qismi o'qish darslarida amalga oshiriladi.
XULOSA
O'quvchi shaxsining har tomonlama shakllanishida, ayniqsa, badiiy adabiyot juda katta badiiy-yestetik va axloqiy ta'sir ko'rsatadi. Badiiy asar o'qish estetik idrok qilishning eng murakkab turlaridan biri bo'lib, u boshlang'ich sinf o'quvilarida ko'tarinki kayfiyat, boy tafakkur, asarni idrok qilish-obrazli fikrlash ko'nikmasi, badiiy tasavvur, ijodiy kechinma, badiiy-estetik didni shakllantiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim -tarbiya va ilm - fan sohalarini rivojlantirish chora - tadbirlari to'g'risidagi 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108 - son farmoni.
2. Mirziyoev Sh.m."O'zbekistonni yanada rivojlantirish bo'yicha xarakarlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli Farmoni// harakatlar stategiyasi asosidagi jadal taraqqiyot va yangilanish sari. - T.:G'ofur G'ulom, 2017.-92 bet
3. Maxkamov U. Axloq-odob saboqlari. -Toshkent: Fan, 1994. -135 b.
4. Nazarov Q. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi. -Toshkent: Ijod dunyosi, 2002. -24 b.
5. Bakhtyorovna, K. M. (2024). Ways of forming pedagogical skills in the process of educational work. Gospodarka i Innowacje., 48, 18-20.
6. M., K. . (2023). Theoretical and methodological foundations of the technology of forming reflective skills in future teachers. Journal of science, research and teaching, 2(8), 107-110. Retrieved from http://jsrt.innovascience.uz/index.php/jsrt/article/view/280
7. Azamat, M. S., & Rajabali, P. S. International Evaluation Programs. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 1-5.
8. Mamatkobilova, S., & Julayeva, M. (2020). Factors affecting family strength
9. Dual education in the integrative macroenvironment of professional education (journal of educational discoveries and lifelong learning( EJEDL)
10. a4rhob, Н. А., & Джураев, Ф. Р. РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ПРЕДМЕТА "ВОСПИТАНИЕ" В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ.
11. a4rhob, Н. А., & Джураев, Ф. Р. (2022). РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ПРЕДМЕТА "ВОСПИТАНИЕ" В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ. Главный редактор ЕС Овечкина, 697.
12. US Yakubova O 'QITUVCHILARNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK KOMPETENTLILIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI Inter education & global study, 2024
13. Sharifovna, Y. U. (2022). Professional Qualities of a Social Educator. Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences, 1(5), 171-175.