Научная статья на тему 'MILLIY MUSIQAMIZDA XONANDALIK VA SOZANDALIKNING O‘ZARO UYG‘UNLIGI'

MILLIY MUSIQAMIZDA XONANDALIK VA SOZANDALIKNING O‘ZARO UYG‘UNLIGI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
33
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
maqom / xonanda / hofiz / sozanda / ashula / qo‘shiq / g‘azal

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Azizjon Nabijonovich Talaboyev, Baxtiyor Shavkatovich Umarov

Ko‘p asrlardan beri o‘zbek milliy musiqasida xonandalik va sozandalik san’ati bir-biriga chambarchas bog‘liq holda davom etib kelmoqda. Albatta, xonanda ham, sozanda ham ijro davomida bir-birini to‘ldirib, bezatib turadi. Ulardagi uyg‘unlik asarga bezak, tinglovchiga esa, xush kayfiyat baxsh etadi. Ushbu maqolada milliy musiqamizda xonandalik hamda sozandalik haqida so‘z borarkan, ularning o‘zaro munosabati va bog‘liqligi borasida to‘xtalamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY MUSIQAMIZDA XONANDALIK VA SOZANDALIKNING O‘ZARO UYG‘UNLIGI»

MILLIY MUSIQAMIZDA XONANDALIK VA SOZANDALIKNING O'ZARO

UYG'UNLIGI

Azizjon Nabijonovich Talaboyev O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Farg'ona mintaqaviy filiali

Baxtiyor Shavkatovich Umarov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ko'p asrlardan beri o'zbek milliy musiqasida xonandalik va sozandalik san'ati bir-biriga chambarchas bog'liq holda davom etib kelmoqda. Albatta, xonanda ham, sozanda ham ijro davomida bir-birini to'ldirib, bezatib turadi. Ulardagi uyg'unlik asarga bezak, tinglovchiga esa, xush kayfiyat baxsh etadi. Ushbu maqolada milliy musiqamizda xonandalik hamda sozandalik haqida so'z borarkan, ularning o'zaro munosabati va bog'liqligi borasida to'xtalamiz.

Kalit so'zlar: maqom, xonanda, hofiz, sozanda, ashula, qo'shiq, g'azal

MUTUAL HARMONY OF SINGING AND MUSIC IN OUR NATIONAL

MUSIC

Azizjon Nabijonovich Talaboyev Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Bakhtiyar Shavkatovich Umarov Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: For many centuries, the arts of singing and music have been closely related to each other in Uzbek national music. Of course, both the singer and the musician complement and decorate each other during the performance. Their harmony decorates the work and gives the listener a good mood. In this article, while talking about singing and musicianship in our national music, we will focus on their relationship and connection.

Keywords: status, singer, hafiz, musician, song, song, ghazal

An'anaviy ijrochilikda xonandalikning ham, sozandalikning ham o'z o'rni hamda mavqeyi bor. Ular birgalikda ijro qilganda bir-birini to'ldirishi, bezashi va qo'llab-quvvatlashi lozim va lobuddir. Hech vaqt yo'qki xonandani sozandadan, yoki aksincha, cholg'uchini hofizdan ustun qo'ya olsak. Sababi, ularni bir-birisiz tasavvur eta olmaymiz va tinglash ham bizga yetarlicha huzur bag'ishlay olmas. Hofiz ijroni boshlarkan yonidagi asarlarini o'zidan-da yaxshi biladigan sozanda bilan jo'rlikda ashula aytishi unga qo'shimcha ishonch va kuch baxsh etadi. Shuningdek, ijroning

yengil va mukammal bo'lishiga zamin yaratadi. Ko'p hollarda ba'zi xonanda va sozanda aka-ukalarimizning hofiz hamda ijrochilarning bir-biridan ustunligi va biri birisiz hech narsaga yaramasligi haqidagi baxslarga guvoh bo'lib qolamiz. Aslini olganda bunday fikrlarda jon bordek, ammo, xonanda va sozanda o'rtasidagi mutlaq tenglikni anglash unchalik ham qiyin emas. Buni ustoz hofizlarimiz ham bot-bot shogirdlarga uqtirib, agar xonanda bo'lsa, konsert yoki to'y-hashamlarda ansamblidagi sozandalar bilan xushmuomalada bo'lmoqligi, ularning xizmatlariga yarasha haqqini ulashishi haqida, gar sozanda ersa, hofizlar bilan yaxshi munosabat o'rnatishi, ularga ijro mobaynida ko'makdosh bo'lishi masalasida kerakli nasihat va tavsiyalar berib kelishadi.

Bilamizki, usta xonandalar nafaqat asar ijrosida, balki soz ijrochiligida ham mustahkam bo'lishadi. Ular yakka ijro qilayotganda cholg'ulari ila o'zlariga jo'r bo'lib, cholg'u muqaddima qismlarini ham to'laligicha ijro qilishadi. Bunday hofizlar cholg'uchilardan tashkil topgan ansamblni ham bemalol ortidan ergashtirib, kezi kelganda ularni boshqara oladilar ham. O'rni kelganda ulardan bir qanchalarini sanab o'tsak maqsadga muvofiq bo'lgay. Chunonchi, Orifxon Xotamov, Rasulqori Mamadaliyev, Komiljon Otaniyozov, Fattohxon Mamadaliyev Mahmudjon Tojiboyev singari hofizlarimiz sozandalik borasida ham har qaysi ijrochi bilan baxs boylagulik darajada edilar.

Shuning bilan bir qatorda as sozandalar ham hofizlar ijro qilayotgan asarlarni nafaqat ohangini, shuningdek, uning matnini ham yod olgan bo'lishadi. Ayniqsa, Shashmaqom, Xorazm maqomlari va Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari tarkibidagi murakkab asarlar g'azallarini-da yod olgan, asarda uchraydigan namud va avjlarning ketma-ketligigacha mustahkam o'rgangan bo'lishadi. G'ulomjon Hojiqulov, Turg'un Alimatov, Faxriddin Sodiqov, O'lmas Rasulov, kabi ijrochilar sozandalardan tashqari xonandalarga ham maqom tarkibidagi asarlar va maqom yo'llarida yaratilgan bastakorlik ijodiga mansub asarlarni ham o'rgatishgan. Zotan, biz bu yuqoridagi ikki ro'yxatni uzoq davom ettirishimiz ham mumkin, albatta.

Xalqimiz milliy musiqa san'atining asrlar davomida saqlanib kelishida ustoz-shogird an'anasining o'rni beqiyosdir. Maqom xonandaligi va cholg'u ijrochiligi amaliyotida ham aynan ushbu an'ana asosiy rol o'ynab kelmoqda. Xonandalik yoki sozandalik ishtiyoqidagi shogird ustozidan nafaqat hofizlik yo ijrochilikning sir-sinoatlarini balki, kiyinish, muomala madaniyati singari ijtimoiy odoblarni ham o'rgangan. Ota-onalar o'z farzandlarini o'smir paytida biror kasbga yo'naltirganlar. O'g'il bolalarda esa o'smirlik davrida ovoz o'zgarish pallasi boshlangan ya'ni, ovoz mutatsiyasi jarayoni kechayotgan bo'ladi. Bu paytda bo'lajak xonandalar ko'lami jihatidan kichikroq ashulalarni o'rganib, ko'proq soz chalish amaliyotini oshirishga harakat qilishadi. Aynan mana shu jarayonda bo'lajak xonandada soz cholish amaliyoti ham rivoj topadi. Ba'zi ishtiyoqi baland o'quvchi va talabalar esa bir emaas

bir necha cholg'u sozlarini o'rganishga bel bog'laydilar. Tabiiyki, bu ular uchun faqat muvaffaqiyatga eltuvchi yo'l demakdir. Sababi, bir qancha turga mansub turli sozlarni chola olish - bu xonandaga konsert va tadbirlar hamda to'y-hashamlarda yakka ijro payti hech qanday muammo tug'ilmasligiga zamin yaratadi.

Xonanda va sozandalarni tarbiyalashda ilk qadamlar ustoz-shogird an'analaridan yoki ko'p hollarda bolalar musiqa va san'at maktablaridan boshlanadi. Har ikki holatda ham ustozlardan ulkan mehnat hamda mashaqqat talab qilinadi. Xususan, xonandalik havasidagi bolaning ijro mahoratini oshirishda avvalo ovozi ustida ko'p va xo'p ishlash zarurdir. Ushbu jarayonda bugunga kelib ba'zi muammolar ko'zga tashlanib qolayapti. Chunonchi, musiqa maktablaridagi "Ovozni yo'lga qo'yish" darslarida aynan milliy ohanglarga tayangan ovoz sozlash mashqlarining yo'q ekanligi hamda ovoz sozlash darslarida ko'p hollarda Yevropa vokal darslaridagi namunalardan foydalanish bora-bora yosh ijrochida an'anaviy ijrodan uzoqlashish holatlarini yuzaga keltirayotgandek. Sozandalar masalasida ham turg'unlik saqlanib qolayotgani yaqqol ko'zga tashlanib qolmoqda. Xususan, ixtisoslashgan musiqa maktab hamda oliy o'quv yurtlarida bir xil repertuarlardan uzoq yillar foydalanish, o'quvchilar orasida gitara yoki shunga o'xshash internet tarmoqlarida tez tanilish uchun xizmat qiladigan cholg'ularga qiziqishning ortib borishi kabi muammoli holatlar mavjud. Bu o'z navbatida ustoz o'qituvchilarga qo'shimcha mas'uliyat yuklashi va izlanishga undashi darkor. Zero, bunday vaziyatga bee'tiborlik qilishimiz kelajakda milliy musiqamizning fidoiysi va mohir ijrochisi bo'lishi ,kutilayotgan yosh kadrlardan birin-ketin ajralishimizga olib kelishi muqarrar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. I. Rajabov "Maqomlar" Toshkent 2018.

2. O. Ibrohimov "Maqom asoslari" Toshkent 2018.

3. S. Matyakubova "Maqom solfedjiosi" Toshkent 2013.

4. M. Tojiboyev "Maqom solfedjiosi" Toshkent 2018.

5. Sh. Matyoqubov "Maqom xonandaligida ovoz sozlash" maqola Toshkent 2022.

6. I. Rajabov "Maqom masalalariga doir" Toshkent 1964.

7. Юлдашев, С., & Азизов, С. (2022). ХАЛ^ ОЕЗАКИ ИЖОДИ СУЗ САНЪАТИ. Oriental Art and Culture, 3(1), 726-734.

8. Ismoilova, M. M. M. (2022). QOMUSIY OLIMLARNING XALQ CHOLG 'ULARIGA TA'RIFI. Oriental Art and Culture, 3(4), 299-303.

9. Ahmedov, R. (2022). STAGES OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF INSTRUMENT ENSEMBLES IN THE MUSIC ART OF UZBEKISTAN. Oriental Art and Culture, 3(4), 379-384.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.