Научная статья на тему 'AN’ANAVIY XONANDALIK YO‘NALISHIDA OVOZ MASHQLARINING O‘RNI VA UNGA MAQOM IJROCHILIGI YUZASIDAN YONDASHUV'

AN’ANAVIY XONANDALIK YO‘NALISHIDA OVOZ MASHQLARINING O‘RNI VA UNGA MAQOM IJROCHILIGI YUZASIDAN YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
22
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
yakkaxon ijrochilik / ovoz / maqom / xonanda / ovoz sozlash mashqlari / maqom xonandasi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ulug‘bek Azimjon O’g’li Burxonov, Azizjon Nabijonovich Talaboyev

Talabaning ovoz bilan ishlash jarayonida uning ovoziga mos mashqlarni tanlay bilish dars samaradorligini oshiradi. Mashqlar xalq og‘zaki ijodining kuychan namunalari asosida amalga oshirilsa о‘quvchi zerikmaydi. Maqom xonandalarini tarbiyalashda ilk qadamlar ustoz-shogird an’analaridan yoki ko‘p hollarda bolalar musiqa va san’at maktablaridan boshlanadi. Har ikki holatda ham ustozlardan ulkan mehnat hamda mashaqqat talab qilinadi. Xususan, xonandalik havasidagi bolaning ijro mahoratini oshirishda avvalo ovozi ustida ko‘p va xo‘p ishlash zarurdir. Ushbu jarayonda bugunga kelib ba’zi muammolar ko‘zga tashlanib qolayapti. Chunonchi, musiqa maktablaridagi “Ovozni yo‘lga qo‘yish” darslarida aynan milliy ohanglarga tayangan ovoz sozlash mashqlarining yo‘q ekanligi hamda ovoz sozlash darslarida ko‘p hollarda Yevropa vokal darslaridagi namunalardan foydalanish bora-bora yosh ijrochida an’anaviy ijrodan uzoqlashish holatlarini yuzaga keltirayotgandek… Ushbu maqolada keltirilgan ovoz sozlash masalasidagi fikrlar va ma’lumotlar maqom xonandaligi yo‘nalishida tahsil berayotgan pedagoglar va bo‘lajak maqom xonandalari uchun qiziqarli va foydali degan umiddaman.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AN’ANAVIY XONANDALIK YO‘NALISHIDA OVOZ MASHQLARINING O‘RNI VA UNGA MAQOM IJROCHILIGI YUZASIDAN YONDASHUV»

AN'ANAVIY XONANDALIK YO'NALISHIDA OVOZ MASHQLARINING O'RNI VA UNGA MAQOM IJROCHILIGI YUZASIDAN YONDASHUV

Ulug'bek Azimjon o'g'li Burxonov [email protected] Ilmiy rahbar: Azizjon Nabijonovich Talaboyev O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Talabaning ovoz bilan ishlash jarayonida uning ovoziga mos mashqlarni tanlay bilish dars samaradorligini oshiradi. Mashqlar xalq og'zaki ijodining kuychan namunalari asosida amalga oshirilsa o'quvchi zerikmaydi. Maqom xonandalarini tarbiyalashda ilk qadamlar ustoz-shogird an'analaridan yoki ko'p hollarda bolalar musiqa va san'at maktablaridan boshlanadi. Har ikki holatda ham ustozlardan ulkan mehnat hamda mashaqqat talab qilinadi. Xususan, xonandalik havasidagi bolaning ijro mahoratini oshirishda avvalo ovozi ustida ko'p va xo'p ishlash zarurdir. Ushbu jarayonda bugunga kelib ba'zi muammolar ko'zga tashlanib qolayapti. Chunonchi, musiqa maktablaridagi "Ovozni yo'lga qo'yish" darslarida aynan milliy ohanglarga tayangan ovoz sozlash mashqlarining yo'q ekanligi hamda ovoz sozlash darslarida ko'p hollarda Yevropa vokal darslaridagi namunalardan foydalanish bora-bora yosh ijrochida an'anaviy ijrodan uzoqlashish holatlarini yuzaga keltirayotgandek... Ushbu maqolada keltirilgan ovoz sozlash masalasidagi fikrlar va ma'lumotlar maqom xonandaligi yo'nalishida tahsil berayotgan pedagoglar va bo'lajak maqom xonandalari uchun qiziqarli va foydali degan umiddaman.

Kalit so'zlar: yakkaxon ijrochilik, ovoz, maqom, xonanda, ovoz sozlash mashqlari, maqom xonandasi

THE ROLE OF VOICE EXERCISES IN THE DIRECTION OF TRADITIONAL SINGING AND THE APPROACH TO IT FROM THE PERFORMANCE OF STATUS PERFORMANCE

Ulugbek Azimjon oglu Burkhanov [email protected] Scientific supervisor: Azizjon Nabijonovich Talaboyev Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: In the process of working with a student's voice, the ability to choose exercises suitable for his voice increases the effectiveness of the lesson. The student will not get bored if the exercises are performed on the basis of traditional examples of folk art. The first steps in the education of maqam singers begin with the teacher-

rfciTli^^Bl 158 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

disciple tradition or, in many cases, children's music and art schools. In both cases, great work and effort is required from teachers. In particular, in order to improve the performance skills of a child who is interested in singing, it is necessary to work hard on his voice. Some problems are still visible in this process. For example, the lack of tuning exercises based on national melodies in music school lessons and the use of samples from European vocal lessons in tuning lessons in many cases lead to situations where the young performer is increasingly moving away from traditional performance. I hope that the ideas and information on voice tuning presented in this article will be interesting and useful for educators studying in the field of status singing and future status singers.

Keywords: solo performance, voice, status, singer, voice tuning exercises, status singer

Ovoz sozlash mashqlarining foydali va maqsadga muvofiq bo'lishi uchun o'qituvchi uni o'tkazish metodikasini yaxshi bilishi, majburiy pauzalarga yo'l qo'ymaslik uchun mashqlarni oldindan tanlab, uning izchil bo'lishiga erishishni, darsda bir xil mashqlarni doimiy takrorlayvermay, mashqlarning rang-barang bo'lishini o'ylab qo'yishi kerak. O'qituvchining o'zi har bir mashqni yaxshi bilishi va cholg'u asboblarida erkin ijro etib, kuylay olishi maqsadga muvofiqdir.

Maqom ijrochiligiga kiruvchi asarlar ijrochidan katta diopozonli ovoz talab etishi sir emas. Bunday ovozni shakllantirish uchun turli ovoz mashqlaridan foydalaniladi. Musiqa maktablaridagi pedagoglar turli bilim dargohlarini tamomlaganliklari hamda turlicha qarashga ega ekanliklari, shuningdek, ushbu yo'nalish uchun aniq tartiblangan o'quv qo'llanma yo'qligi boisidan ovoz yo'lga qo'yish darslariga turlicha yondashadilar. Shaxsan o'zim kuzatgan ko'p o'qituvchilar bolalar bilan odatda vokal mashqlari asosida ishlaydilar. Mehnat faoliyatimning ilk yillarida o'zim ham o'quvchilarim bilan aynan shunday mashqlar bilan ovoz sozlaganman. Bu jarayon avvaliga hech qanday musiqiy bilimga ega bo'lmagan, eshitish hamda pardani his qilish qobiliyati yaxshi rivojlangan bolada qoniqarli natija berayotgandek xulosa bergan. Bola notalarni toza "bosadigan", unli tovushlar bilan yaxshi mashg'ulot olib borilgani vajidan og'iz artikulyatsiyasi ko'ngildagidek ishlaydigan bo'ladi. Kichik sinf uchun berilgan asarlar ijrosi boshida sizni qoniqtiradi va siz shu yo'sin ishlashda davom etasiz. Yuqori sinfga o'tgani va asarlar hajmi kattalashgani sayin muaamolar ham bo'y ko'rsata boshladi. O'quvchi ovoz sozlash mashqlaridagi tekislikka, tonlarning aniq ijrosiga ko'nikkani sababli ovoz milliy ohanglarga egilmay, maqom asarlaridagi nola yoki qochirimlarning nozik pardalarini his etmay qola boshladi. Bu vaziyatning yechimi sifatida zamonaviy metodlar va milliy qadriyatlarni uyg'unlashtirish kerak deb hisoblayman. Qaysiki, ustoz-shogird an'analaridagi ba'zi uslublarni ovoz sozlash darslariga olib kirish orqali.

ITFVE^^Hl 159 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Yana shuni unutmaslik kerakki, ovozda moslanuvchanlik xususiyati juda kuchli bo'ladi, ya'ni talaba ovoziga qaysi sozda jo'r bo'linsa, ovoz o'sha soz ta'sirida shakllanib boradi va unga moslashib qolishi ham mumkin. Dars o'tish jarayonida mashqlarni va mavzuni milliy sozlar jo'rligida amalga oshirilishi talab etiladi.

Xalqimiz milliy musiqa san'atining asrlar davomida saqlanib kelishida ustoz-shogird an'anasining o'rni beqiyosdir. Maqom xonandaligi amaliyotida ham aynan ushbu an'ana asosiy rol o'ynab kelmoqda. Xonandalik ishtiyoqidagi shogird ustozidan nafaqat xonandalik sir-sinoatlarini balki, kiyinish, muomala madaniyati singari ijtimoiy odoblarni ham o'rgangan. Ota-onalar o'z farzandlarini o'smir paytida biror kasbga yo'naltirganlar. O'g'il bolalarda esa o'smirlik davrida ovoz o'zgarish pallasi boshlangan ya'ni, ovoz mutatsiyasi jarayoni kechayotgan bo'ladi. Bu paytda bo'lajak xonandalar ko'lami jihatidan kichikroq ashulalarni o'rganib, ko'proq soz chalish amaliyotini oshirishga harakat qilishadi. Aynan mana shu ko'lami katta bo'lmagan asarlar maqom xonandalari uchun ko'pincha ovoz sozlash mashqi vazifasini bajarib beradi.

Bilamizki, ovoz sozlash mashqlari bizga Yevropa musiqasidan kirib kelgan. Ijrochi biror konsert yoinki teatrda sahnaga chiqib, o'z nomerini ijro etib ketavergan. Bu esa albatta xonandadan soz holatdagi ovozni talab qilgan. Xonandalar sahnaga chiqish oldidan ovozlarini qizdirish uchun turli ovoz sozlash mashqlari ishlab chiqishgan. Xatto, har bir vokalistning o'z mashqlari ham bo'lgan.

Bizning ashulachilik amaliyotimizda sahna "rol"ini to'y-hashamlar bajarib bergan. Xonandalar o'z iste'dodlarini shunday marosimlarda namoyish etishgan. Bir xonanda o'z repertuaridagi salmoqli, o'zining butun imkoniyatlarini ko'rsata oladigan yirik shakldagi asarlarini ijro etishdan avval aynan kichikroq asarlarni pastgi registrlarda kuylab ovozini qizdirib olgan. Ashula pardalari sekin-asta ko'tarilib, xonanda o'zininig mukammal ijro holatiga yetib brogan. Aynan shu jarayon bizda ovoz sozlash vazifasini bajarib bergan.

Tanlanadigan har bir mashq maqsadli bo'lishi va ovozning ijro malakalariga qaratilgan bo'lishi shart. Mashqlarning boshlang'ich jarayonida nafasni to'g'ri olib, silliq chiqarish, ovozni tayanchiga e'tibor berish, jarangni tekislash, ovoz hajmini kengaytirib borish kabi xonandalik texnikasi va sifatlariga qaratilgan bo'lmog'i lozim. Xo'sh, nega aynan bu ikki holatga to'xtalib o'tildi? Bugungi kunda yuqorida ta'kidlaganimiz musiqa maktablaridagi "an'anaviy xonandalik" yo'nalishida ovoz sozlash darslaridagi muammoni aynan mana shu ikki unsur bilan hal qilinishi samaraliroq nazdimda. Bu masalada O'zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboyevning "Maqom alifbosi" nomli o'quv qo'llanmasi musiqa maktablari uchun ajoyib darslik vazifasini bajarib kelmoqda. "Har bir qo'shiq, kuy muayyan maqom mavzusi va ladiga asoslangan holda bastalangan. Solfedjio qilib kuylash uchun

160

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

berilgan gammalar kuylarning ladlari asosida tayyorlangan."1 Ovoz sozlash darslarida maqom ladlariga tayanib yaratilgan mashqlar yoki namudlar (Namud - tojikcha "ko'rinish", "kelish" ma'nosidagi so'z bo'lib, muayyan kuy yoki ashulaning ma'lum qismini boshqa ashula yo'llari tarkibidagi ko'rinishi demakdir)2 ohangi kabi turli usullardagi mashqlar yosh maqom xonandalari uchun ovozni to'g'ri sozlash va rivoj topishida ajoyib turtki vazifasini bajaradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. I. Rajabov "Maqomlar" Toshkent 2018.

2. O. Ibrohimov "Maqom asoslari" Toshkent 2018.

3. S. Matyakubova "Maqom solfedjiosi" Toshkent 2013.

4. M. Tojiboyev "Maqom solfedjiosi" Toshkent 2018.

5. Sh. Matyoqubov "Maqom xonandaligida ovoz sozlash" maqola Toshkent 2022.

6. I. Rajabov "Maqom masalalariga doir" Toshkent 1964.

7. Sultonov A. "Maqom xonandaligi ansambli" Toshkent "Innovatsiya-Ziyo" 2022.

8. Shashmaqom saboqlari (maqola va ma'ruzalar to'plami) Toshkent - 2007.

9. Sultonov A. "Mumtoz ashula va qo'shiqlar ijrochilari va bastakorlari. Toshkent - "Innovatsiya-Ziyo" 2021

1 M. Tojiboyev. "Maqom alifbosi" Toshkent 2018. 3-bet

2 Rajabov I. "Maqomlar" Toshkent 2006 y. 182-bet

LMÜ^H

61 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.