Научная статья на тему 'MILLIY MUMTOZ MUSIQA SAN’ATI'

MILLIY MUMTOZ MUSIQA SAN’ATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
203
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Jam / Jins / Riyoziy / Xuroson tanburi / Bag‘dod tanburi / Falaksiymolar / Mutanosibligi / Musiqiy tasavvur

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Alisher Nosir O‘G‘Li Axmedov

Ushbu ilmiy maqola talabalarda mumtoz musiqa tarixining ildizlarini o‘rganish, mumtoz musiqa tarixi borasida olib borilgan tadqiqotlarga bag‘ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY MUMTOZ MUSIQA SAN’ATI»

MILLIY MUMTOZ MUSIQA SAN'ATI

Alisher Nosir o'g'li Axmedov alisher.axmedov1990@mail.ru O'zbekiston davlat konservatoriyasi

Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqola talabalarda mumtoz musiqa tarixining

ildizlarini o'rganish, mumtoz musiqa tarixi borasida olib borilgan tadqiqotlarga bag'ishlangan.

Kalit so'zlar: Jam, Jins, Riyoziy, Xuroson tanburi, Bag'dod tanburi, Falaksiymolar, Mutanosibligi, Musiqiy tasavvur.

NATIONAL CLASSICAL ART OF MUSIC

Alisher Nasir oglu Akhmedov alisher.akhmedov1990@mail .ru State Conservatory of Uzbekistan

Abstract: This scientific article is devoted to the study of the origins and the research on the history of classical music.

Keywords: Jam, Jins, Riyoziy, Tanbur of Xuroson, Tanbur of Bagdod, Falaksiymo, Proportionality, The Music presentation.

Uzoq o'tmishdan to hozirgi zamonamizgacha cholg'ular turli shakl va ko'rinishlarda ehtiyojlarga qarab shakllandi va takomillashtirildi. Jumladan, o'zbek xalq cholg'ulari ham zamonaviy ijrochilik san'ati taraqqiyotining ko'p asrlik an'analarini na'munaviy ifoda etib rivojlandi.

"O'zbek xalq cholg'ularining kelib chiqishi qadim-qadim davrlarga borib taqaladi. Qadimiy Ayratam shahriston arxeologik qazilmalari (1933-yil)da topilgan materiallar, qadimiy adabiy manbalar o'zidan ilgari turli musiqa sozlari bo'lganligini isbotlab turibdi"1.

Yurtimizning turli hududlarida, bir qator qadimiy shaharlarimizda, qal'a va ibodatxonalarda topilgan yuksak badiiy saviyada yaratilgan devoriy rasm, amaliy san'at buyumlarida aks etgan turli xil musiqa cholg'ulari, necha ming yillar oldin ajdodlarimiz yuksak madaniyat sohibi ekanliklari buning isbotidir. Bunda aks etgan osori atiqalar2 shundan dalolat beradiki, eramizdan avvalgi va eramiz boshlarida turli xalq cholg'ularidan kundalik turmush tarzida, ov jarayonida, saroy hayotida, madaniy

1 G'.Hudoyev. G'ijjak cholg'usi ijrochilik an'analari. T.: Muharrir. 2014-B.6.

2 Qadimiy yodgorliklar, tarixiy obida xalqimizning boy o'tmishidan, yuksak tafakkuridan darak beradi.

I icclT^^^^H 951 http://oac.dsmi-qf.uz

marosimlarda va xalq sayillarida keng foydalanilgan. Tasvirlardagi turli xil musiqa cholg'ulari; damli va urma zarbli cholg'ular, torli va mizrobli (chertma) cholg'ular, jumladan, lyutnya, baraban, rud, nay, surnay, chang, ud va g'ijjak kabi musiqa cholg'ularining yakkanavoz ijrochilikda keng foydalanilganligi hamda bu kabi musiqa cholg'ulari qadimda ham mavjud bo'lganligi, yuqorida ta'kidlaganimizdek, turli qadimiy yodgorliklardan bizga ma'lum.

Ijrochilik san'ati - xalq og'zaki ijodi va klassik adabiyot bilan uzviy aloqada rivojlangan. O'rta asrlarda xalq musiqa ijodining og'zaki an'analari keng tarqalgan bo'lib, ular cholg'u musiqasining turli xil janrlarini qamrab olgan. To'y-tomosha, bayramlar xalq og'zaki ijodining an'anaviy intonatsion tuzilishi bilan bog'liq maqom turkumlari singari rang-barang musiqa san'ati turlari ulkan madaniy meros sifatida avloddan-avlodga o'tib kelgan.

O'rta asrlarda musiqa ijrochiligi bir-biridan farqli o'laroq uch xil mustaqil uslub kasb etdi. Ularning birinchisi, Buxoro-Samarqand ijrochilik yo'nalishi, ikkinchisi, Xorazm ijrochilik yo'nalishi, uchinchisi, Farg'ona-Toshkent ijrochilik uslubidir. Tuzilishiga ko'ra oddiygina kuy va qo'shiqlar bilan bir qatorda lad tonalligiga ko'ra, murakkab vokal cholg'u musiqa shakllaridan tarkib topgan - maqom turkumlari mavjud bo'lgan3.

Milliy mumtoz musiqa san'ati - improvizatsiyaga asoslangan bo'lib, cholg'uchidan diqqatni bir joyga jamlab, aynan ijodiy munosabatda bo'lishni talab etadi. Milliy mumtoz musiqa ijro etilayotganda, har xil yangicha, ya'ni improvizatsiya, qayd etilmaydigan ijro usullari qo'llaniladi. Bu omillar ijrochining o'ziga xos ijodiy tafakkurini, betakror talqin yo'sinini namoyon eta olishga undaydi. Shu o'rinda Ustozimiz, tanbur va sato sozining mohir ijrochisi, ustoz san'atkor Turg'un Alimatovning o'ziga xos ijro uslubini aytib o'tmasak bo'lmaydi. Chunki, Ustoz ma'lum bir asarni ijro etib, uni yana bir bor ijro qilganlarida, kuyning parda va usuli o'zgarmagan holda biri birini takrorlamaydigan nola va qochirimlarga guvoh bo'lamiz. Yuqorida bayon etganimiz kabi Buxoro Shashmaqomi, Xorazm maqomlari va Farg'ona - Toshkent maqomlarida ham aynan usul yetakchi, pardada esa an'anaviy ijrochilikning o'ziga xos ijro mahoratini, rang-barangligini ko'rish mumkin. Shu bilan birga har bir sozandadan pardada barmoqlarni qay tarzda ishlatilishi tovushni yanada jozibali chiqishiga xizmat qiladi.

O'zbek musiqasida, milliy mumtoz san'at bugungi kunda ham o'z muxlislari shinavandalari safini kengaytirib, ularning nozik qalblarini rom etib kelmoqda.

"Ustoz san'atkor, atoqli sozanda Ahmadjon Odilov o'zbek musiqasida ijrochilik an'analari - turli bosqichlarda rivojlanib kelganini asoslab beradi. Jumladan, musiqa madaniyatining ijtimoiy hayot bilan bevosita aloqadorligini nazarda tutgan holda, uni quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:

3 A.Odilov. O'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik tarixi. T.: O'qituvchi. 1995. - B.5

I [ccñ^^BI 952 http://oac.dsmi-qf.uz

1. Musiqa san'ati ibtidoiy jamiyatda xalq turmushi va mehnat jarayoni bilan uzviy bog'langan: bunda cholg'ular keng qo'llanilgan. Masalan; Navro'z tantanalarida cholg'uchilar tanbur, dutor, nay, chang, rubob, doira (daf childirma) singari cholg'ularda ajoyib kuy va qo'shiqlar ijro etishgan.

2. Eng qadimgi xalq og'zaki she'riy ijodiyotining shakllanishi ham xalq cholg'ulari taraqqiyoti bilan uzviy bog'liq bo'lgan.

3. O'rta asrlarda xalq cholg'ulari turlarining paydo bo'lishi va qo'llanilishi -jamiyat taraqqiyoti yuksalishi samarasi bo'lgan.

4. XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi xalq cholg'ularida ijrochilik san'atining rivojlanishi yangi ijtimoiy siyosiy sharoit hamda Ovro'po madaniyati ta'siri bilan bog'liq.

5. 1917-yilgi to'ntarishdan keyingi (Sobiq Ittifoq tuzumi) davrda ijrochilik san'ati.

6. Mustaqillik davri musiqa madaniyatida milliy musiqiy merosning qadrlanishi va tiklanishi kabi bosqichlarga bo'lish mumkin"4.

Xalq ma'naviyati negizining ajralmas bo'lagi hisoblangan musiqa san'ati avlodlarning barkamol tarbiyachisi, ruhiy olamining in'nikosi va hayot tarzining targ'ibotchisi sifatida bir necha ming yillardan beri ajdodlarimiz shuhratini olamga baxsh etib kelmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. G'.Hudoyev - G'ijjak cholg'usi ijrochilik an'analari. T., 2014.

2. A.Odilov. O'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik tarixi. T., 1995.

3. M.Toshmuxamedov -"G'ijjakda an'anaviy ijrochilikni o'zlashtirish", T., 1999.

4. Q.Nazirov - "G'ijjakda o'zbek milliy kuylarni o'zlashtirish", T., "Musiqa" 2011.

4 G'.Hudoyev. G'ijjak cholg'usi ijrochilik an'analari. T.: Muharrir. 2014-B.8.

953

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.