Научная статья на тему 'MILLАTLАRАRO TOTUVLIK – TINСHLIK VА BАRQАRORLIK OMILI'

MILLАTLАRАRO TOTUVLIK – TINСHLIK VА BАRQАRORLIK OMILI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
8
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
millаtlаrаro totuvlik / bаg‘rikenglik / umuminsoniy qаdriyаt / hаmjihаtlik / millаt / urf-odаt / аn’аnа.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Hаmroev Shuxrаt Shаrofoviсh

Mаqolаdа respublikаmizdа аmаlgа oshirilаyotgаn islohаtlаrning muhim yo‘nаlishlаridаn biri millаtlаrаro totuvlik muhitini mustаhkаmlаsh borаsidа аmаlgа oshirilishi kerаk bo‘lgаn vаzifаlаr hаqidа so‘z yuritilib, bundа tа’lim tаshkilotlаrining o‘rni beqiyos ekаnligi tа’kidlаnаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLАTLАRАRO TOTUVLIK – TINСHLIK VА BАRQАRORLIK OMILI»

MILLATLARARO TOTUVLIK - TINCHLIK VA BARQARORLIK OMILI

Hamroev Shuxrat Sharofovich

"Ijtimoiy fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi. org/10.5281/zenodo.11275647

Annotatsiya. Maqolada respublikamizda amalga oshirilayotgan islohatlarning muhim yo'nalishlaridan biri millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash borasida amalga oshirilishi kerak bo 'lgan vazifalar haqida so'z yuritilib, bunda ta 'lim tashkilotlarining o 'rni beqiyos ekanligi ta 'kidlanadi.

Kalit so'zlar: millatlararo totuvlik, bag'rikenglik, umuminsoniy qadriyat, hamjihatlik, millat, urf-odat, an 'ana.

Mamlakatimizda millatlararo totuvlik va bag'rikenglikni ta'minlash, do'stlik muhitini yanada yaxshilash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoidalari turmushga faol tatbiq etilmoqda, bu qoidalar O'zbekiston Respublikasining fuqarolari millatidan qat'i nazar O'zbekiston xalqini tashkil etishini, shuningdek, mamlakat hududida yashovchi millat va elatlarning tili, urf-odati va an'analariga hurmat bilan munosabatda bo'lishni kafolatlaydi. Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, Prezidentimizning 2022 yil 28 yanvardagi farmoniga muvofiq tasdiqlangan "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi"da ham aynan jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratilgan.

Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida Jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag'rikenglik muhitini mustahkamlash yo'nalishi bo'yicha quyidagi vazifalar belgilab qo'yilgan:

milliy madaniy markazlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish;

millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasining izchil amalga oshirilishini ta'minlash;

turli millat yoshlari uchun qo'shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish, ularda fuqarolik burchini anglash, vatanparvarlik, bag'rikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyatini yuksaltirish;

xorijiy tillarda faoliyat yuritayotgan hamda millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini yoritayotgan ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo'shimcha qo'llab-quvvatlash choralarini ko'rish;

xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida do'stlik jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish.

Bag'rikenglik qon-qoniga singib ketgan xalqimiz azal-azaldan turli millat vakillari bilan og'a-inidek, do'st-birodar bo'lib yashagan. Tabiatan mehr-oqibatli, saxovatpesha xalqimiz sho'rolar zamonida qatag'onu quvg'inga uchragan ko'plab millat vakillariga o'z uyidan boshpana berdi, og'ir damlarda bir burda nonini ular bilan baham ko'rdi. Bu o'zbekona fazilatlardan bahramand bo'lgan koreys, nemis, turk, polyak, yunon, qrim-tatar va boshqa millatlarga mansub kishilarning ko'pchiligi shu elda doimiy qo'nim topdi, xalqimizga xos do'stona munosabatlar bois qaddini tikladi. Ularning zurriyotlari esa shu zaminda tug'ildi, shu yerda ta'lim-tarbiya olib voyaga yetdi, shu maskanda oilali bo'ldi, obro'-e'tibor qozondi. Ular uchun O'zbekiston haqiqiy Vatan bo'lib qoldi.

Millatlararo totuvlik istiqlol yillarida yanada mustahkamlandi. Xalqimizning ming yillik an'analari, azaliy qadriyatlari qatorida millatlararo totuvlik, bag'rikenglik xislatlari yanada yaqqolroq namoyon bo'ldi. Yurtimizning barcha hududlarida bugungi kunda 130 dan ortiq turli millat va elat vakillari o'zaro tinch-totuv, birdamlik, bahamjihatlikda yurt ravnaqi, el farovonligiga munosib hissa qo'shib yashab kelmoqda. Ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ta'lim olishi, o'z qiziqish va layoqati bo'yicha kasb-hunar o'rganishi, madaniyat, urf-odat, an'analarini rivojlantirishi uchun barcha zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berilgan. Barcha millat vakillari davlat boshqaruvi, iqtisodiy-ijtimoiy hamda madaniy jarayonlarda keng va erkin ishtirok etmoqda.

Bundan tashqari mamlaktimizda yashab kelayotgan boshqa millat vakillarining milliy madaniyat markazlari samarali faoliyat ko'rsatib ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga amaliy va uslubiy yordam ko'rsatishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda keng nishonlanadigan "Navro'z", "Mustaqillik", "Yangi yil" bayramlari, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun singari muhim sanalarga bag'ishlangan ommaviy bayram tadbirlarida milliy madaniyat markazlari qoshida tashkil etilgan milliy-etnografik guruhlar faol ishtirok etib kelmoqda. Ularning chiqishlarida ham yurtimizdagi millatlararo totuvlik, hamjihatlik munosabatlari o'z aksini topmoqda.

Mamlakatimizda boshqa millat vakillariga bo'lgan yukasak e'tiborning yana biri bu respublikamizdagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'zbek tilidan tashqari yana 6 ta til (turkman, qoraqalpoq, tojik, qozoq, rus, qirg'iz) da o'quvchilarga ta'lim berilayotganini alohida ta'kidlab o'tish lozimdir. Maktablarda malakali o'qituvchilar mashg'ulotlarni olib borayotgani ham bu boradagi samarali faoliyatning yaqqol dalilidir.

Bugun yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillari o'zbek tilida erkin so'zlasha oladi, ularning milliy urf-odatlari o'zbek xalqi tomonidan alohida e'tibor bilan kuzatiladi, hurmat qilinadi. Ayniqsa, milliy madaniyat markazlari tomonidan o'quv yurtlarida, mahallalarda o'tkazilayotgan uchrashuvlar, suhbatlar va turli tadbirlar millatlararo hamjihatlikni ta'minlashda muhim omil bo'lmoqda. Xususan, "O'zbekiston - umumiy uyimiz", "Vatan yagonadir, Vatan bittadir", "Qudratimiz - birlik va hamjihatlikda" kabi shiorlar ostida o'tayotgan festivallar ko'p millatli viloyat aholisining chinakam do'stlik bayramiga aylanadi.

Muxtasar aytganda, O'zbekiston yer yuzidagi turfa xil madaniyatlar gullab-yashnayotgan mamlakatlardan biri ekanligi har birimizga faxr-iftixor bag'ishlaydi. Ko'p millatlilik va ko'p madaniyatlilik - bu bizning milliy boyligimiz, desak aslo mubolag'a bo'lmaydi. O'zbekistonni o'z Vatani deb bilib, uning taraqqiyoti yo'lida fidokorona mehnat qilayotgan turli millatga mansub yurtdoshlarimizning har biri, shubhasiz, buni teran his qiladi, anglaydi.

Prezidentimiz tomonidan ko'tarilgan dolzarb masalalar qatorida jamiyatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash vazifasiga ham alohida urg'u berilgani bizning Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitamiz zimmasiga ham katta mas'uliyat yuklaydi.

Islom ma'rifatini bilish - bugungi globallashuv davrida har qachongidan muhim va dolzarb hisoblanadi. Shu jihatdan, muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoev 2017 yil 19 sentyabr kuni BMTning 72 sessiyasi minbarida turib, dunyo hamjamiyatini islom ma'rifatini anglashga, diniy bag'rikenglik ruhida yashashga chaqirdilar. O'zbekistonning "Ma'rifat va diniy bag'rikenglik" rezolyusiyasini qabul qilish taklifi va buni dunyo hamjamiyati tomonidan qo'llab-quvvatlanishi -o'zbek xalqi, umuman insoniyat uchun bag'rikenglik, ma'rifatga chaqiruvchi muhim chorlov va ezgulik da'vati bo'ldi. O'zbekiston ilgari surgan mazkur rezolyusiyani ellikdan ortiq davlatlar

hammuallifi bo'lish istagini bildirdi. Zero, "Ma'rifat va diniy bag'rikenglik" rezolyusiyasi barchaning ta'lim olish huquqini ta'minlash, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko'maklashish, eng muhimi, bag'rikenglik va o'zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta'minlashga qaratilganligi bilan muhim xalqaro ahamiyatga ega.

Shunday ekan, jaholatning yagona quroli - bu ilmli, ma'rifatli bo'lishdir. Qachonki ma'rifatli yoshlarni tarbiyalasak, shundagina jaholat, zulm-zo'rlik, tajovuzkorlik va eng muhimi, notinchliklarning oldini olgan bo'lamiz. Ma'lumki, hozirgi kunda 10 milliondan ortiq vatandoshlarimiz xorijda yashab kelishadi. Bular etnik o'zbeklar va O'zbekistondan chiqqan turli millat vakillaridan iborat fuqarolar. Ular tomonidan 170 ga yaqin jamiyat va tashkilotlar tuzilgan. Mamlakatimizning siyosati ular bilan yaqin aloqalarni tiklashga qaratilgan. Dunyoning ko'plab mamlakatlaridagi vatandoshlarimizga ko'maklashish, ular bilan aloqalarimizni yanada mustahkamlash masalalari asosiy yo'nalishlarimizdan hisoblanadi. Davlatimiz rahbarining "Vatandoshlar" jamg'armasini tuzish taklifi xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning mavjud muammolarini bartaraf etish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlashda mustahkam asos bo'ladi.

Prezidentimizning nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini joylardagi dolzarb muammolarni hal etishga qaratish taklifi tadbir ishtirokchilarining olqishiga sazovor bo'ldi. Ayniqsa, Qonunchilik palatasida nodavlat notijorat tashkilotlarining doimiy vakili institutining joriy etilishi milliy madaniy markazlar va do'stlik jamiyatlari faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkon yaratadi.

O'zbekiston milliy siyosatining eng muhim, ustuvor yo'nalishlaridan biri - bu barcha millat vakillari uchun teng sharoit va imkoniyat yaratish, millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtirishdan iborat. Bu zaminda istiqomat qilayotgan turli millat vakillari "O'zbekiston -umumiy uyimiz!" shiori ostida birlashib, to'y-tantanalar, turli bayramlarni birgalikda nishonlashadi. Eng asosiysi, barcha qardosh va birodar vatandoshlarning milliy urf-odatlarini asrab-avaylash uchun zarur sharoit yaratilgan. Bugungi kunda xalq diplomatiyasi mamlakatlar o'rtasida o'zaro ishonch va yaxshi qo'shnichilikni mustahkamlash, qo'shni mamlakatlar bilan madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, jamiyatda millatlararo totuvlik va bag'rikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ishlarimizni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish rejalari ham bizning zimmamizga katta mas'uliyat yuklaydi va oldimizga qo'yilgan rejalarimizni talab darajasida bajarishga undaydi.

Murojaatnomada ko'rsatib o'tilgan takliflarni bajarishga bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar qilamiz va bu, o'z navbatida, jonajon yurtimizning gullab-yashnashi, hukm surayotgan millatlararo totuvlik va o'zaro hamjihatlik muhitini yaratib beradi. Bu esa O'zbekistonning dunyodagi ijobiy imijini yanada oshirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021/

2. Kalmuratov T.N. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish funksiyalari. "Maktabgacha ta'lim sifatini oshirish muammolari va yechimlari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.

3. Zaynutdinova M.B, Mavlonov N.Sh. Nutiqni tanishda ovozli interfeys texnologiyalaridan foydalaniladigan dasturiy maxsulotlar taxlili va istiqbollari, TATU Qarshi filiali Respublika ilmiy-amaliy koferensiya 20-21-aprel 2018-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.