Научная статья на тему 'MEVA-SABZAVOT SANOATINING EKSPORT SALOHIYATINI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI'

MEVA-SABZAVOT SANOATINING EKSPORT SALOHIYATINI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
meva-sabzavotchilik tarmog‘i / eksport / import / statistika / iqtisod / strategiya / aholi bandligi / ishsizlik / qishloq xo‘jaligining samaradorli / mahalliy sihlab chiqarish / internet olami.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Ergashev Jamshid Axmadaliyevich

Ushbu maqolamizda meva-sabzavotchilik tarmog‘ining rivojlantirishga qaratilgan masalalar, qishloq xoʻjaligini yuksaltirishdagi atrof muhitdan oqilona foydalanish, tabiiy meva-sabzavotga talabi ekport o‘rni va ahamiyati borasidagi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tilgan. Shuningdek, meva-sabzavotchilik mahsulotlarini tashqi bozorlarda sotish hisobiga mamlakat valyuta tushumining sezilarli oshishi mahalliy ishlab chiqarishning va qishloq xo‘jaligi jadal rivojlanayotganligi guvoxi bo‘lmoqdamiz meva-sabzavotchilik tarmog‘ining eksportini tasniflash bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MEVA-SABZAVOT SANOATINING EKSPORT SALOHIYATINI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

MEVA-SABZAVOT SANOATINING EKSPORT SALOHIYATINI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI

Ergashev Jamshid Axmadaliyevich

Toshkent Davlat Agrar Universiteti tayanch doktoranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.11402772

Annotatsiya. Ushbu maqolamizda meva-sabzavotchilik tarmog'ining rivojlantirishga qaratilgan masalalar, qishloq xojaligini yuksaltirishdagi atrof muhitdan oqilona foydalanish, tabiiy meva-sabzavotga talabi ekport o'rni va ahamiyati borasidagi masalalarga atroflicha to'xtalib o'tilgan. Shuningdek, meva-sabzavotchilik mahsulotlarini tashqi bozorlarda sotish hisobiga mamlakat valyuta tushumining sezilarli oshishi mahalliy ishlab chiqarishning va qishloq xo'jaligi jadal rivojlanayotganligi guvoxi bo'lmoqdamiz meva-sabzavotchilik tarmog'ining eksportini tasniflash bo'yicha ko'plab tadqiqotlar olib borilgan.

Kalit so'zlar: meva-sabzavotchilik tarmog'i, eksport, import, statistika, iqtisod, strategiya, aholi bandligi, ishsizlik, qishloq xo'jaligining samaradorli, mahalliy sihlab chiqarish, internet olami.

Аннотация. В данной статье подробно рассмотрены вопросы, направленные на развитие плодоовощной сети, рациональное использование окружающей среды в развитии сельского хозяйства, роль и значение экспорта натуральных фруктов и овощей. Также значительный рост валютных доходов страны за счет реализации плодоовощной продукции на внешних рынках является свидетельством быстрого развития местного производства и сельского хозяйства.

Ключевые слова: плодоовощная сеть, экспорт, импорт, статистика, экономика, стратегия, занятость населения, безработица, эффективность, местное сельскохозяйственное производство, мир Интернета.

Abstract. This article examines in detail issues aimed at developing the fruit and vegetable network, rational use of the environment in the development of agriculture, the role and importance of the export of natural fruits and vegetables. Also, a significant increase in the country's foreign exchange income due to the sale offruits and vegetables on foreign markets is evidence of the rapid development of local production and agriculture.

Keywords: fruit and vegetable network, export, import, statistics, economics, strategy, employment, unemployment, efficiency, local agricultural production, the world of the Internet.

Kirish (Introduction). Bugungi kunda jahonda yuqori texnologiyalar asrida qishloq xo'jaligi hamon jahon iqtisodiyotining ajralmas tarmog'i bo'lib qolmoqda. Agrosanoat dunyoning meva-sabzavotga bo'lgan ehtiyojini ta'minlabgina qolmay, eksport qiluvchi mamlakatlarga ham yuqori daromad keltirmoqda. Qishloq xo'jaligining yana bir e'tiborga molik jihati shundaki, u kamdan-kam talab tebranishlaridan aziyat chekadi, ya'ni u o'z mamlakatining barqaror ichki iqtisodiy rivojlanishini ta'minlay oladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 15.12.2021 yildagi PQ-52-sonli qarori Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarorlari mazkur faoliyatni rivojlantirishdagi belgilangan vazifalarni amalga oshirishda xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 04.10.2019 yildagi PQ-4477-sonli qarori 2019-2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida. Mamlakatimiz iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

tarkibiy o'zgartirish, modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashga, shuningdek, barcha hududlarda har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni rivojlantirishga qaratilgan qator tashabbuslarni amalga oshirmoqda. Daromadli qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga tayangan holda, hukumatlar o'z davlatlarini kuchli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun mustahkam baza bilan ta'minlaydi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Meva-sabzavotchilik va qishloq xo'jaligi assotsiatsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, dunyo aholisining 67% qishloq xo'jaligida band. Shu bilan birga, global hududlarning 11 foizi o'simlikchilikka, 26 foizi esa yaylovga berilgan. 2023-yil uchun agrosanoat tarmog'i to'rtta muhim guruh - meva-sabzavotchilik, xomashyo, tola va yoqilg'i yetkazib beruvchi hisoblanadi. Viloyatimizdagi mavjud tabiiy-iqlim sharoiti qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun qulay sharoit yaratmoqda, xususan, meva-sabzavot yetishtirishning o'sishiga xizmat qilmoqda. Barqaror iqtisodiy rivojlanishnig muayyan mahalliy ishlab chiqarishda tomorqa maydonlaridan unumli foydalanilgan holda meva-sabzavotchilik tarmog'ini yuqori darajaga olib chiqishimiz mumkin. O'zbekiston Respublikasi prezidenti va hukumati sanoatni bozorga yo'naltirilgan dinamikaga o'tish davrida meva-sabzavotchilikni asosiy ustuvor tarmoqlar sifatida rivojlantirishga katta e'tibor qaratmoqda. Zero, meva-sabzavotchilik mahsulotlarini tashqi bozorlarda sotish hisobiga mamlakat valyuta tushumining sezilarli rivojlantirishning ustuvorligidan dalolat beradi. Meva-sabzavotlar eksportining qiymat jihatidan eng katta hajmi Rossiya Federatsiyasiga to'g'ri keldi (meva va sabzavotlar eksporti umumiy hajmining 22,2 % i), bu Turkiyaga eksport hajmidan 10,4 % ga ko'p. Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport geografiyasi (2023- yil yanvar-fevral) . Vazirlar Mahkamasining meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish to'g'risidagi Nizomga kiritilgan o'zgartishlar to'g'risidagi qarori loyihasining e'lon qilinishi ushbu tovarlar xalqaro savdosini tartibga solishda muhim qadam bo'layotganidan dalolat beradi.Xalqaro savdo global iqtisodiy tizimning asosiy tarkibiy qismi bo'lib, uning murakkabligi va turli o'lchamlari bilan ajralib turadi. Uni dunyodagi barcha davlatlar tomonidan olib boriladigan tashqi savdo faoliyatining yig'indisi sifatida aniqlash mumkin. Xalqaro savdo - bu muayyan mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan savdosi bo'lib, u tovarlar, ishlar va xizmatlarni mamlakatdan olib chiqish (eksport) va mamlakatga olib kirishdan (import) tashkil topadi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review). Mamlakatimiz agrosanoat sektori katta eksport salohiyatiga ega bo'lib, bu serhosil zaminda yetishtirilgan meva va sabzavotlar, qayta ishlangan sabzavot va poliz mahsulotlari bilan bir qatorda jahon bozorida yetakchi o'rinni egallashga tayyor. Mamlakatimizning tabiiy-iqlim sharoiti jahon bozorlarida raqobatbardosh bo'lgan meva va sabzavotlarni yetishtirishga imkon yaratadi. Bugungi kunda, biz dunyoning 80 ta davlatiga 180 turdan ortiq sarxil meva-sabzavot va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlarni eksport qilmoqdamiz. E.Y.Sidorova xalqaro savdoni mamlakatlarning chegaralar orqali tovarlar va xizmatlar bilan ayriboshlash jarayoni deb qaraydi. Uning fikricha, turli mahsulotlarni ishlab chiqarishda mamlakatlararo raqobat ustunliklaridagi (yoki nisbiy ustunliklardagi) farqlar xalqaro mehnat taqsimotiga asos yaratadi va mamlakatlar orasidagi eksport hamda import oqimini belgilab beradi. Eksportning iqtisodiy samaradorligi shu bilan aniqlanadiki, mamlakat ishlab chiqarishning milliy xarajatlari jahon xarajatlaridan past bo'lgan mahsulotlarni chetga chiqaradi. Bunda eksportdan olinadigan yutuq hajmi mazkur tovar bo'yicha milliy va jahon narxlarining nisbatiga, mazkur tovarning xalqaro aylanmasida ishtirok etuvchi mamlakatlarning mehnat unumdorligiga bog'liq". "Eksport" so'zi lotin tilidagi "exporto" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, tarjimada "chiqaraman" degan ma'noni anglatadi. Odatda bu so'z zamirida bir mamlakatdan boshqa bir mamlakatga tovar-moddiy qimmatliklar, kapital, bilim, ishchi kuchi va

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

boshqalarni olib chiqish tushuniladi.Odatda bu so'z zamirida bir mamlakatdan boshqa bir mamlakatga tovar-moddiy qimmatliklar, kapital, bilim, ishchi kuchi va boshqalarni olib chiqish tushuniladi. Shu bois nazariy ayrim A.Klinin, V.Sibulskiy, A.jahangirov, S.Baranovskiy, A.Yasheva, E.Mukarramova, D.Lipatov, L.Usenko, L.Zakolodnaya, B.Pleshkov, D.Enshteyn, T.Uskova, A.Nastin singari olimlarning tadqiqotlarida ko'rish mumkin.

Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Tadqiqot ishimiz jarayonida Mazkur tadqiqotda meva-sabzavot eksport qiladigan korxonalari rivojlanish qonuniyatlari tadqiqot etilgan bo'lsada meva-sabzavotchilik tarmog'ining eksport salohiyatini samaradorligini oshirishni o'ziga xos mahalliy ishlab chiqarish yo'nalishlariga e'tibori o'rni va ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, ilmiy tadqiqot natjalaridan meva-sabzavot tarmog'ining eksporti xusisida zaruriy fikrlar keltirib o'tilgan. Shuningdek maqolada kuzatish, Tadqiqot jarayonida statistik tahlil, omilli tahlil, ekpert tahlil, so'rov, tanlama kuzatuv, koralatsion -regression tahlil singari ususullardan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar (Analysis and results). Avvalombor mamlakatlar o'zlaridagi ichki iste'moldan ortiqcha raqobatbardosh mahsulotlarni xalqaro bozorlarda sotish orqali valyuta ishlab topib, o'zlarida ishlab chiqarilmaydigan tovarlarni xarid qilishga harakat qiladilar. Turli mamlakatlar turli pul birliklarini ishlatishlarini e'tiborga olsak, xalqaro bozorlarda amalda bo'lgan valyutalarni ishlab topish uchun mahsulotlarni eksport qilishga to'g'ri keladi.

Davlat statistika qo'mitasi 2023-yil yanvar-aprel oylarida hududlar kesimida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi bo'yicha ma'lumot berdi. Unga ko'ra Toshkent viloyati 88,7 ming tonna meva bilan birinchi pog'onani egalladi.

Ikkinchi o'rinda 38,5 ming tonna bilan Samarqand viloyati egallagan. Qoraqalpog'iston R. 11,3 ming tonna. Eksport qilingan meva va sabzavotlar mahalliy hamda dexqon xo'jaliklarda yetishtirilgan mahsulotlarimiz. Meva va sabzavotlar yetishtirishda mahalliy ishlab chiqarishga ko'proq e'tibor qaratishimiz zarur. Chunki yurtimizning ko'p aholi istiqomat qiluvchi qismi qishloqdadir, ular tomarqalardan va boshqa yerlardan oqilona foydalanishi bozorlarmizni meva-sabzavotga bo'lgan talabini to'ldiradi, eksportga imkoniyat ochadi, hamda maahalliy ishlab chiqarishni kuchaytirib aholi bandligini ta'minlashga erishiladi.

"Eksport" tushunchasiga ta'rif berishda turli manbalarda bir-biriga yaqin va o'xshash yondoshuvlar uchraydi. Xususan, Rossiyalik iqtisodchi olimlar Ye.V.Vavilova L.P.Borodulinalarning ta'rif berishicha: "Eksport deganda tovarlar va xizmatlarni tashqi bozorlarda sotish uchun mamlakatning milliy chegarasi orqali olib chiqish tushuniladi. Eksport predmetlari bo'lib mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar (xizmatlar) hamda tashqaridan mamlakatga olib kirilib, qayta ishlab tashqariga sotishga mo'ljallangan tovarlar hisoblanadi. Ekportning alohida shakli sifatida reeksport, ya'ni mamlakatga oldin olib kirilgan tovarlarni qayta ishlamasdan tashqariga chiqarib sotish yuzaga chiqadi".

Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan Sh.Shodmonov va U.V.G'ofurovlarning fikricha, "Eksport - bu tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo'lib, bunda mazkur mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovar mamlakatdan tashqariga chiqariladi". Boshqa bir iqtisodchi olimlarimiz A.O'lmasov va A.Vahobovlarning ta'rificha, "Eksport - bu tovarlarni mamlakat tashqarisiga chiqarib sotish".

Jahon meva-sabzavotchilik bozorlariga kirib borish va unda mustahkam o'rin egallash ko'p jihatdan eksport strategiyasini to'g'ri belgilab olishga bog'liq. Ilmiy adabiyotlarni o'rganish asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, eksport strategiyasi deganda eksportchi firmaning o'z mahsulotlarini jahon bozorlariga olib kirish va sotish borasidagi maqsadlari, ularni amalga oshirish

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

vositalari va muddatlarini o'z ichiga olgan kompleks chora-tadbirlar tizimi tushuniladi Eksportga chiqariladigan mahsulot turlari va eksport salohiyatini aniqlash quyidagi ko'rsatkichlar asosida amalga oshiriladi: jahon bozorlarida talab yuqori mahsulotlar turlari va ularning xususiyatlari; qaysi turdagi mahsulotlarni qancha miqdorda eksportga chiqarish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligiga baho berish; eksport mahsulotining ichki va jahon bozorlaridagi narxlari, ularni ishlab chiqarish va eksportga chiqarish xarajatlari, boj yig'imlari va soliqlar asosida olinadigan foydani tahlil qilish.. Mutaxassislar fikriga qaraganda, eksport strategiyasini ishlab chiqishda firma:

- o'zining eksport salohiyatiga baho berishi;

- eksport bo'yicha ekspertlar ko'magiga tayanishi;

- maqsadli bozor yoki bozorlarni tanlashi;

- maqsadlarni aniqlashtirib o'z mahsulotini tanlangan bozorlarga olib kirilishini ta'minlashi

zarur.

Eksport strategiyasini ishlab chiqishda, odatda quyidagi to'rt omil hisobga olinadi:

1) Eksportdan ko'zda tutilgan maqsad - qisqa va istiqbolli;

2) Firmaning aniq taktikasi;

3) Firmaning belgilangan maqsadlariga erishishiga yordam beruvchi chora-tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlarining reja-grafigi;

4) Eksport bilan bog'liq faoliyatning turli shakllari bo'yicha resurslarni taqsimlash ".

Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations). Ma'lumki, mamlakatimizdagi

mavjud tabiy-iqlim sharoiti qishloq xo'jaligi mahsulotlarini, xususan, meva-sabzavotchilikni barqaror rivojlantirish imkonini beradi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan sohani bozor munosabatlariga o'tish jarayonida meva-sabzavotchilikni rivojlantirishga ustuvor yo'nalishlar sifatida katta e'tibor qaratilmoqda.

Umuman olganda, tarmoqda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar quyidagi iqtisodiy-ijtimoiy masalalarni hal qilish imkonini yaratmoqda:

iqtisodiy masalada - meva-sabzavotchilik jami ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 32,2 foizini (mamlakat yalpi ichki mahsulotining 8,7 foizi) tashkil etgani holda qishloq joylarida aholining asosiy daromadlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, ushbu tarmoq mamlakat qishloq xo'jaligi eksportida asosiy o'rinlarni egallaydi;

ijtimoiy masalada - meva-sabzavotchilikni barqaror rivojlantirish samaradorligi, nafaqat qishloq aholisining turmush darajasiga, balki mamlakat barcha aholisining ijtimoiy farovonligini ham oshirishga bevosita ta'sir ko'rsatadi.

Yakuniy natijada ushbu islohotlardan pirovard maqsad mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanib, yangi O'zbekiston rivojlanishining barcha jarayonlarida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ijobiy natijalarida yaqqol namoyon bo'ladi hamda aholi turmush darajasining oshib borishini o'zida aks ettiradi.

Shu bilan bir qatorda sohada ayniqsa, meva-sabzavotchiliknirivojlantirishda samarali bozor mexanizmlari tizimli yo'lga qo'yilmaganligi, ilmiy yondashuvning yetarli emasligi tarmoqning mavjud imkoniyatlaridan to'liq foydalanilmasligiga olib kelmoqda. Hisob-kitoblarga ko'ra, 1 gektar maydonda yetishtirilgan paxta xom ashyosiga nisbatan uzumdan 7 baravar, gilosdan 6 baravar, yong'oqdan 5 baravar ko'p daromad olish imkoniyati mavjud". Shuningdek, ushbu mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash hamda eksport qilishda mavjud imkoniyatlardan to'liq foydalanilyapti, deb bo'lmaydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: "Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavotning atigi 15

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

foizi qayta ishlanib, 8 foizi eksport qilinmoqda, xolos. Ayniqsa, Sirdaryo, Jizzax, Xorazm, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida bu ko'rsatkichlar hamon pastligicha qolmoqda. Ushbu 2019-2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o'tish mobaynida qilinayotgan ishlar hamda mahaliy ishlab chiqaruvchilarning bu sohada jadal rivojlanishiga keng yo'l ochadi deb o'yliman. Meva-sabzavotni qayta ishlaydigan yoki saqlaydigan firmalarni soni ham oshib bormoqda, nafaqat mahalliy balki qo'shni davlatlari va dunyodagi rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda bu sohada saqlaydigan va qayta ishlaydigan ko'plab agrofirmalar ish faoliyatini olib borayotganiga guvohimiz. Meva-sabzavotni qayta ishlash bilan bir qatorda bizning mahsulotlarimiz xavsiz tabiiy mahsulot sifatida ekport bo'lib dunyo bozori egalashga zamin yaratadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 15.12.2021 yildagi PQ-52-sonli qarori, 11.12.2019 yildagi PQ-4549-sonli qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 04.10.2019 yildagi PQ-4477-sonli qarori 2019-2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risidagi qarori.

3. И.В.Кокушкина, М.С.Воронин. Международная торговля и мировые рынки. Учебное пособие. -СПб.: Техническая книга, 2017. -11 с.

4. Е.Ю.Сидорова. Международная торговля. Учебное пособие. М.: Экзамен, 2020. - 8 с.

5. Е.В.Вавилова ва Л.П.Бородулина. Международная торговля. Учебное пособие.М.:Гардарики, 2016. 39 с.

6. Д.Дэниэлс, Л.Х. Радеба. Международный бизнес: внешняя среда и деловые оперatsiи. Пер. с англ., 6-изд. - М.: Дело ЛТД, 2014. -453 с.

7. Sh.Sh.Shodmonov, U.V.Ubaydullaev. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. -T.: Iqtisod- Moliya, -2010. - 610 b.

8. A.O'lmasov, A.Vahobov. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik (to'ldirilgan va qayta ishlangan nashri). -T.: Iqtisod-Moliya, 2014. - 392 b.

9. https://lex.uz/ru/docs/-5774700

10. https://lindeal.com/

11. https://com-stil.com/blogs/eksport-ovoshhei-fruktov

12. https://samstat.uz/uz/

13. https://lex.uz/docs/-4539502

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.