Научная статья на тему 'MEHNAT BILAN YUZAGA CHIQQAN ISTE’DOD'

MEHNAT BILAN YUZAGA CHIQQAN ISTE’DOD Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
18
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy tarjima va tarjimashunoslik / literary translation and translation studies

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ismatullayeva, Nargiza

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev badiiy tar¬ji¬maning madaniy hayotimizdagi ahamiyatini ta’kid¬lab shunday deydi: “Yurti¬mizda dunyo adabiyotining bebaho mulki bo‘lgan ming-minglab asar¬lar tarjima qilinib, kitobxonlar qalbidan joy olgani, ba¬di¬iy tarjima va tar¬jimashunoslik bo‘yicha o‘ziga xos ijodiy maktab shakl¬¬langanini alo¬hi¬da ta’kidlash lozim… O‘zbek mumtoz va za¬mo¬na¬viy adabiyotini xalq¬aro miq¬yosda o‘rganish va targ‘ib qilish, (ular¬ni) tahlil etib, zarur ilmiy-ama¬liy xulosalar chiqarish, kelgusi va¬zi¬fa¬larimizni belgilab olish katta aha-miyatga ega”. O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda ham il¬miy-pe¬da¬go¬gik, ham samarali amaliy, ijo¬diy fa¬o¬¬liyat olib borayotgan tar¬ji¬mashunos, turk¬shunos olim, jonkuyar us-toz, ijodkor, Toshkent davlat sharq¬shu¬nos¬lik universiteti “Tarji¬mashunoslik va xalq-aro jurnalistika” kafedrasi pro¬fes¬sori v.b. Xayrulla Hamidovdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TALENT COME TO THE SURFACE WITH WORK

The President of the Republic of Uzbekistan, Shavkat Mirziyoyev, emphasized the importance of artistic translation in our cultural life and said: "Thousands of thousands of works, which are the priceless property of world literature, have been translated in our country and have found a place in the hearts of readers. It should be noted separately that a unique creative school has been formed in translation and translation studies... It is very important to study and promote young people, to analyze (them), draw the necessary scientific and practical conclusions, and determine our future tasks." Translational expert, Turkic scholar, enthusiastic craftsman who is engaged in scientific-pedagogical, effective practical, creative activities in Uzbekistan in this direction. , creator, professor of the Department of "Translation Studies and International Journalism" of Tashkent State Oriental Studies University, etc. Khairulla Hamidov.

Текст научной работы на тему «MEHNAT BILAN YUZAGA CHIQQAN ISTE’DOD»

o

MEHNAT BILAN YUZAGA CHIQQAN ISTE'DOD d https://doi.org/10.5281/zenodo.10367101

PhD., dotsent Nargiza ISMATULLAYEVA,

"Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika" kafedrasi mudiri

Har yo 'l, har sohaning bir piri bo 'lur, Ehtirom dil ahlin tadbiri bo 'lur, Har ishda ustozning bir siri bo 'lur, Kashfi asror bo 'lmas, ustoz bo 'lmasa.

Mirzo Kenjabek

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev badiiy tarjimaning madaniy hayotimizdagi ahamiyatini ta'kidlab shunday deydi: "Yurtimizda dunyo adabiyotining bebaho mulki bo'lgan ming-minglab asarlar tarjima qilinib, kitobxonlar qalbidan joy olgani, badiiy tarjima va tarjimashunoslik bo'yicha o'ziga xos ijodiy maktab shakllanganini alohida ta'kidlash lozim... O'zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o'rganish va targ'ib qilish, (ularni) tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish, kelgusi vazifalarimizni belgilab olish katta aha-miyatga ega". O'zbekistonda ushbu yo'nalishda ham ilmiy-pedagogik, ham samarali amaliy, ijodiy faoliyat olib borayotgan tarjimashunos, turkshunos olim, jonkuyar ustoz, ijodkor, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika" kafedrasi professori v.b. Xayrulla Hamidovdir.

Shogirdlariga ham bilim, ham ota-ona mehrini bera olgan ustozlar inson hayo-tida sanoqli bo'ladi. Hayotimdagi ana shunday insonlardan biri Xayrulla Hamidovdir. Ustozimizning 60 yoshlarini qutlash men uchun sharafdir. Xayrulla akadagi bilim, mehnatkashlik, keng dunyoqarash, notiqlik, kamtarlik, pokdillik, xullas, uzoq sanash mumkin bo'lgan fazilatlarning bir insonda jamlanganligi kishini hayron qoldiradi.

Men institutning xitoy filologiyasi yo'nalishidan to magistraturada lingvistika mutaxassisligini tamomlagunimga qadar doim shu institutda qolib dars berishni o'z oldimga maqsad qo'ygandim. Magistraturaning 2-kursida o'qiyotganimizda institutda "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" kafedrasi tashkil etilayotganligi va kafedraga xitoy tilidan dars berishga kursdoshlarim Ustajalilov Jamshid va Yakubov Jasurni qabul qilishayotganini eshitib, chin dildan havas qildim, "Bu kafedraga faqat tarjimachilik faoliyatida pishgan o'qituvchilarni olishsa kerak" deb o'yladim. 2010-yil magistratu-rani bitirayotganimda Xitoy filologiyasi kafedrasi mudiri Lola Sultanova sentyabrdan menga dars soatlari ajratishlarini aytib qoldilar. U paytda oilada ikkinchi far-zandimizni kutayotgandik. Lola opadan uzr so'rab, farzandim ikki yoshga yetgach ishga tushishga qaror qildim. 2012-yili avgust oyida Xitoy filologiyasi kafedrasidan

dars soatlari mavjudligi haqida so'raganimda, o'quv soatlari iyun oyidayoq taq-simlanib, o'quv yuklamasi tasdiqlanganligini bildirishdi. Shunda rahmatli ustozim Ismatulla Bekmuratov "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" kafedrasi mudiri Xayrulla Hamidovga meni xitoy tili o'qituvchisi sifatida tavsiya qildilar. Baxtimga, bu ka-fedrada xitoy tili fanidan 0,5 stavkalik soatlar bor ekan. O'shanda ilk marotaba Xayrulla Hamidov bilan uchrashib gaplashdik. Ular: "Mening qarshiligim yo'q, lekin rektorimiz Abdurahim Mannonov bilan suhbatdan o'tasiz. Agar biror ko'zga ko'ri-nadigan yutuqlaringiz bo'lsa, domlaga ko'rsating. Domla yosh mutaxassislarning bilim va qobiliyatlariga qaraydilar", dedilar. Bu so'zlarni eshitib quvonib ketdim. Ikki yillik farzand parvarishi chog'ida rahmatli ustozim Majid Mahmutxodjayev maslahati bilan Konfutsiyning "Suhbat va mulohazalar" asarini o'zbek tiliga tarjima qilib qo'ygan edim. Ustozim Majid akaga qo'ng'iroq qilib bu xabarni yetkazdim. Rektor bilan suhbatga ustozim ham keldilar va men haqimda ijobiy fikr bildirdilar. Shu tariqa hayotimda uch buyuk ustozim Majid Mahmutxodjayev, Ismat Bekmuratov, Xayrulla Hamidovning qo'llab-quvvatlashi bilan mana shu ta'lim dargohida dars berishdek katta maqsadimga erishdim. Bu ustozlarimning yodi doim qalbimda. Ilm cho'qqisiga intilishimga sababchi insonlar Majid Mahmutxodjayev, Ismat Bekmuratov, Xayrulla Hamidov, Shoira Usmanova va Jasur Ziyamuhamedovlar mening eng mukammal Ustozlarimdir. Haqiqiy ustozlikni men shu insonlardan o'r-ganyapman.

Ilk ishga qabul qilinganimda ustozim X.Hamidovning kun sayin yangi qirralarini ochar, birinchi tassurotlarim tobora o'zgarib borardi. Ularning kafedradagi rahbarlik faoliyati haqida gapirsam, o'z ishlariga juda mas'uliyatli, talabchan edilar va muhimi, hech kimdan o'z yordamlarini ayamas, o'z ishlanmalarini qizg'anmas edilar. 2011-yili ochilgan "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" kafedrasida o'qitiladigan fanlar men uchun yangi edi. Ayrim fanlar bo'yicha fan dasturlari, o'quv qo'llanmalari X.Hamidov, N.Xodjayeva, N.Azzamova tomonidan ishlangan bo'lsa-da, men yangi ish boshlagan 2012-yili yana yangi fanlar ("Sinxron tarjima masalalari", "Falsafiy matnlar tarjimasi" va b.) kiritildi. Bu fanlarning o'quv materiallari noldan boshlash kerak edi. Shunda Xayrulla aka xuddi farzandlaridek, biz yangi o'qituvchilarni ham yo'naltirib, ko'mak berib ulg'aytirdilar. To'g'ri, ish bor joyda kamchilik, muammolar bo'ladi. Xayrulla aka talabalarga dars o'tganlarida, kafedrada majlis o'tkazganlarida ovozlari biroz balandroq chiqardi. Xayrulla akaning shu baland ovozi bilan dakki eshitsam, xafa bo'lib qolardim. Bir marta ishdan bo'shash haqida ariza ham yozganim esimda. Shunday paytlarda ular: "Mening gapirishim o'zi shunaqa, xafa bo'lmanglar. Urganim ugra oshi, so'kkanim so'k oshi", deb ko'nglimizni ko'tarib qo'yardilar. Hozir shu voqealarni Xayrulla aka, Nilufar Xodjayeva bilan kulishib eslaymiz.

Xayrulla Hamidovning tarjimashunoslik va turkshunoslik sohasida xizmatlari beqiyosligini e'tirof etmoq kerak. Bu insonni tarjimashunoslikning baquvvat ustunlaridan biri deb bilaman. Men o'sha 2012-2013-o'quv yili davomida arang bir dona ilmiy maqola chop ettirgan bo'lsam, Xayrulla akaning kafedrada ham mudirlik, ham o'qituvchilik funksiyalarini bajarib turib 2 ta o'quv qo'llanma, 17 ta ilmiy maqola yozib nashr ettirganliklariga qoyil qolgan, ularning shunday mehnatkashligi, ilmiy mushohadasining kuchliliga tasanno aytganman. Xayrulla Hamidovning ho-zirga qadar 9 ta monografiya, 4 ta ilmiy va ilmiy ommabop risola, 20 dan ortiq o'quv adabiyoti, tarjima asarlari, ularning muharrirligidagi bir qator kitoblar nashr etilgan. Ularning qilayotgan ishlari bir nechta "professorlik"ka ham yetishi aniq.

U kishining boy va sermazmun ilmiy faoliyati haqida so'z yuritilar ekan, olimning hozirgi turk tili, tarjimashunoslik va sharqshunoslikka oid o'ndan ortiq monografiyasi, ilmiy va ilmiy ommabop risolalari, yaratgan o'nlab o'quv adabiyotlari, 250 ga yaqin ilmiy maqola va tezislarni e'tirof etish joiz. Shuningdek, olim tuzgan 20dan ortiq xalqaro va respublika miqyosida o'tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya to'plamlari, turli tarjima to'plamlari, talaba almanaxlari va xrestomatiyalar, xususan joriy yilda nashr ettirgan salkam 60 bosma taboqdan iborat ikki antologiyasi ("Turk adabiyoti antologiyasi"1 va "Özbek Edebiyatindan Se?me Eserler: Hikayeler - §iirler (Antoloji)"2 )ni alohida ta'kidlash kerak bo'ladi. Bu X.Hamidovning o'zbek-turk tarjimachiligiga qo'shgan ulkan hissasidan dalolatdir. Uning turk tilidan qilgan Yashar Kamol, Xolida Adib Adivar, Umar Sayfiddin, Said F.Abasiyoniq va Aziz Nesin kabi turk adiblarning roman, qissa va hikoyalari tarjimalari, o'zbek adabiyoti-ning yirik namoyandalaridan Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor, Said Ahmad, O'lmas Umarbekov, Pirimqul Qodirov, O'tkir Hoshimov, Tog'ay Murod, Isojon Sulton, Ulug'bek Hamdam kabi yozuvchilarnin turk tiliga qilgan qissa va hikoyalari tarjimalari, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Husniddin Sharipov, Omon Matjon va Muhammad Yusuf kabi mashhur shoirlar qalamiga mansub she'rlarning turk tiliga qilgan tarjimalari O'zbekistonda va Turkiya Respublikasida yaxshi ma'lum. Xususan, 2020 yil O'zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad tavalludining 100 yilligi muno-sabati bilan Tukiyaning Xalqaro TURKSOY madaniyat tashkiloti ko'magida Anqarada X.Hamidovning "Said Ahmet. Segme Hikayeler " (Said Ahmad. Tanlangan hikoyalar) tarjima kitobi Anqarada nashr etildi va ushbu kitob Turkiyadagi o'zbek adabiyoti ixlosmandlariga tuhfa qilindi. Bundan tashqari, olim rus tilidan o'zbek tiliga va o'zbek tilidan ruschaga ham asarlar, o'quv adabiyotlarini tarjima qilgan.

1 Turk adabiyoti antologiyasi. 1-qism. - Toshkent: TDSHU, 2023. - 452 b

2 Özbek Edebiyatindan Se^me Eserler: Hikayeler - §iirler (Antoloji). - Ta§kent: «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2023. - 464 s.

E'tirof etish joizki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilk bor Toshkentda nashr etilgan 100 jildlik "Turkiy adabiyot durdonalari" jamlanmasining 2 jildi (45- va 51-jildlar3) Xayrulla Hamidov tomonidan tuzil-gan. Bundan tashqari, ushbu jamlanmaning 47-jildida uning turk tilidan qilgan tarjimalari (Aziz Nesin hikoyalari) o'rin olgan.

X.Hamidovning o'zbek tarjimashunosligi asoschilaridan G'aybulla Salomov va Jumaniyoz Sharipovlarning tarjimashunoslikka oid darslik va monografiyalarini to'la tahrir qilib, lotin alifbosida qaytadan chop ettirgan hamda yangi avlod o'quv va ilmiy adabiyotlari sifatida oily ta'limga joriy qilgan4. Hamkasblar Xayrulla Hamidov nomini eshitganda tinimsiz ishlaydigan ijodkor olimni tasavvur qilishadi. Qiziq bir gap, u kishi hatto majlislarda ham noutbukda ishlash bilan birga, u yerda bo'layotgan har bitta ma'ruzani diqqat bilan eshitayotgan bo'ladilar. Ularga masala yuzasidan fikr bildirish, savol so'rash navbati berilganida, hech ikkilanmay, xuddi diqqat bilan eshitib turganday so'zlayveradilar. Ham majlis yoki tadbir jarayonida bo'lish, ham ijod bilan shug'ullanishdek qobiliyatga havas qiladiganlar ko'p. Ancha vaqtdan beri kafedramizda ishlaydigan aksariyat o'qituvchilar u kishidan o'rnak olib, turli tadbir-larda o'z noutbuklari bilan kirib ishlaydigan bo'lganlarini ko'raman. Bizda "Siniqdan boshqa hamma narsa yuqadi" degan naql bor. Xayrulla akaning mehnatkashlik fazilatlari "yuqsa" bu biz uchun katta yutuq.

Xayrulla Hamidovning insoniylikdagi 3 ta "parvarligi"ni qadrlayman. Ustoz chin ma'noda insonparvar, oilaparvar, bolaparvardir. U kishining talabalariga jonkuyarligi, doim yordamga tayyorligi, darslariga vijdonan yondoshishi, hammaga birday adolatli munosabatda bo'lishi ularning bolaparvarligidan dalolat, deb bilaman.

Xayrulla aka mudirlik chog'larida kafedramizda erkak o'qituvchilar yo'q edi (bir-ikki o'rindoshdan tashqari). Institut domlalari: "Xayrulla aka o'zining kafedrasiga erkaklarni yo'latmaydi, ayol ustozlarini qattiq qo'riqlaydi", deb hazil qilishardi. Men buni Xayrulla akaning oilaparvarligiga yo'yaman. Ular kafedrasiga o'z oilasini, qo'rg'onini qo'riqlagandek munosabatda bo'lardilar. Ular kafedraning og'irini doim o'z yelkalariga olganlar, kafedra a'zolariga tashqaridan yomon so'z kel-masligiga, kafedrada do'stona ma'naviy muhitni saqlashga harakat qilganlar. Har yili

3 Turkiy adabiyot durdonalari. Yashar Kamol. 45-jild. Adabiy-badiiy nashr (to'plovchi va nashrga tayyorlovchi: Xayrulla Hamidov). - Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2022. - 320 b.; Turkiy adabiyot durdonalari. Xolida Adib Adivar. Chorasoz (qissa va hikoya). Said Foiq Abasiyoniq. Eftalikus qahvaxonasi (hikoyalar). 51-jild. Adabiy-badiiy nashr (to'plovchi, nashrga tayyorlovchi: Xayrulla Hamidov). -Toshkent: "O'zbekiston" nashr-ti, 2022.-344 b.

4 Salomov G'aybulla, Tarjima nazariyasiga kirish. darslik. -Toshkent: TDShI, 2016. -192 b.; Salomov G'aybulla, Til va tarjima (monografiya). - Toshkent: TDShI, 2016. -324 b. (Qayta nashrga tayyorlovchi: X.Hamidov). Sharipov Jumaniyoz, O'zbekistonda tarjima tarixidan. -Toshkent: TDShI. - 2017. -320 b. (Qayta nashrga tayyorlovchi: X.Hamidov).

kafedramizga bir qancha yangi professor-o'qituvchilar kelib ketmasin, ana shunday g'iybatdan yiroq, do'stona, ahil muhit, Xayrulla aka o'rnatgan ko'pgina an'analar hozir ham saqlanib qolgan. Yaxshi an'analarni davom ettirishda ustozning chin shogirdi, kafedrani tashkil etishda Xayrulla aka bilan yelkama-yelka turgan insonlardan biri Nilufar Xodjayevaning xizmatlari katta. Shu ma'noda, Xayrulla akadan nafaqat ilm, kasbiy faoliyat, balki hayotiy masalalarda ham ko'p maslahatlar olaman. Ilm bilan bir qatorda, oilaparvarlikda ham ulardan o'rnak olishga harakat qilaman.

Ushbu fursatdan foydalanib, quyida Xayrulla Hamidovning tavallud kuniga bag'ishlab kafedramizda tayyorlanib tor doiraga mo'ljallanib kichik adadda chop etilgan risolada5 ustozlar, hamkasblari va shogirdlarining ustozga atab yozgan dil so'zlaridan bir nechta parchani keltirishni joiz deb bildim. Filol.f.d., prof. Ulfatxon Muhibova: "Men bu mehnatdan tinmaydigan inson bilan tanishganimga o'n besh yildan oshdi. Rus filologiyasini tamomlagan, lekin turk tilini o'z ona tili darajasida o'rganib, ko'p kitoblar tarjima qilgan, darslik va o'quv qo'llanmalar yaratgan, ilmiy tadqiqotlar olib borgan yetuk mutaxassis sifatida bilaman. Xayrulla Hamidovning universitet miqyosida mehnat faoliyati ham juda serqirra. U Kasaba qo'mitasida ham, turkiy tillar kafedrasida ham, institutda ilk bor "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" ka-fedrasi ochilganida mudir lavozimida ham ishlagan. Kafedra yangi bo'lgani sabab yangi fanlarini mutaxassis topilmaganidan Xayrullajonning o'zlari o'quv va ishchi dasturlarni ishlab chiqib, talabalarga saboq berdi. Bir kuni unga "Shuncha bilim, tajriba egasiz, nimaga doktorlik ishini yozmaysiz?" - deb so'raganimda, "Men ikkita doktorlik ishini yozib qo'yganman, lekin himoya qilgim kelmaydi", - deb javob berganlar, bundan hayratlanib "Ikkita dissertatsiyadan bittasini shart olib himoya qiling?!", degandim. Sal o'tib, Xayrulla PhD dissertatsiyasi, oradan uch yil o'tib DSc dissertatsiyasini ham muvaffaqiyatli himoya qildilar. Kafedradagi yoshlarni ilmga qiziqtirish, ilmiy maqolalar yozish, tarjima ishlarida talaba va magistrantlar, yosh ustozlarga yordam qilib, har yili ularning ilmiy maqola va tarjimalarini to'plab nashr ettirish an'anasi ham universitetimizda Xayrulla Hamidov boshlagan ishlardan hisoblanadi".

Filol.f.d., prof. Shorustam Shomusarov: "Xayrulla Hamidov... U kishi hech qachon bekor yurmaydi, bekor o'tirmaydi. Turli darajadagi to'plandilarda ham jonajon kompyuteri bilan ish jarayonida bo'ladi. Mana shunday g'ala-g'ovurlarda hech kimda bo'lmaydigan, betakror fikrlar, g'oyalar kelishi ham tahsinga sazovor, bu - bir necha yildan beri ishlov berilgan, toblangan yaxshi bir tajriba. Men bu ajoyib

5 Xayrulla Hamidov (tarjimashunos, turkshunos olim, tarjimon Xayrulla Hamidov tavalludining 60 yilligiga bag'ishlangan risola). - Toshkent: 2023. - 232 b.

insonning xushmuomalaligi, so'zamolligi, xushchaqchaqligi bois ancha yaqin bo'lib qoldim. Xayrulla qanday his qiladi, bilmayman, lekin men bu inson bilan xuddi bola-ligidan tanishdekman (xuddi shu fikrni ko'pchilik aytadi, masalan Zuhriddin Isomiddinov domla ham - N.I). Nafaqat mening nazarimda, balki ko'pchilik ahli ilmlar e'tiroficha, Xayrulla bugun ilm tarqatish pallasiga kirdi. Oxirgi yillarda ketma-ket turli darslik, o'quv qo'llanmalari, monografiyalar e'lon qilgani buning yaqqol dalilidir. Tarjimalari haqida alohida gapirsak, bizning tarjimonimiz ham ana shu mukammalikning hadisini olgan olim! Uning xoh ruscha, xoh o'zbekcha va eng qiziqarlisi turkcha tarjimalari yuqoridagi barkamollik belgisi! Uning tarjimalarini o'qir ekansiz, men shu joyida mana bunday aytgan bo'lardim, deb aytolmaysiz! Har bir so'z, har bir ibora, har imlo harakati o'z o'rnida, joyiga mos! Moshaalloh!"

Filol.f.n., prof. Adhambek Alimbekov: "Xayrulla Hamidov haqida o'y-laganimda kamtarin, ishiga mas'uliyatli, do'stlarga sadoqatli, ismi jismiga mos xayrli ishlarni xush ko'ruvchi zahmatkash olim siymosini tasavvur qilaman. Men uni salkam o'ttiz yildan beri bilsam, biror marta nimadandir noliganini eshitmaganman. U bilan ko'p suhbatlashamiz. Xayrullada o'ziga xos yumor bor. Hech kutilmaganda o'xshatib askiya qilishi, yo o'rnini topib turklarda mana bunday maqol bor, deya suh-batdoshiga jo'yali javob qilishi mumkin. Xayrulladagi talabalarga bo'lgan mehr, kuyunchaklikni alohida ta'kidlash kerak. U talabalar bilan ishlashdan og'rinmaydi, qo'lidan kelgan yordamini ayamaydi, ilmiy ishlarini ham, badiiy tarjimalarini ham kitob qilib talabalarga tarqatishdan zavq oladi, hecham charchamaydi. U hech qachon mansab ketidan quvmadi, aksincha "amal kursisi" uni izlab yuradi. U kafedra mudiri bo'ladimi, magistratura bo'yicha dekanmi yoki universitet kasaba uyushmasi raisi vazifasida faoliyat yuritadimi, doimo o'zligini unutmadi, atrofidagilarga hamisha birdek munosabatda bo'ldi, shu bois ham univesitetda uning hurmati baland. Uning o'ziga yarashgan jinday o'jarligi bo'lsa-da, shu vaqtga qadar biror kishining dilini og'ritmagan. Oilasi tom ma'noda ziyoli oilasi, farzandlarida ilmga mehr uyg'ota olgan oila boshlig'i"

Filol.f.d., prof. Jasur Ziyamuhamedov: "Xayrulla Hamidov ismi katta harf bilan yoziladigan "Hazrati inson!" U kishi hayoti davomida juda ko'p savoblar olgan. Yetimlarni boshini silagan, ularga g'amxo'rlik qilgan. Jigarlari uchun ko'p beminnat yaxshiliklar qilganining guvohiman. Ikkinchidan u oilaparvar kishi. Farzandlari tarbiyasiga "gap yo'q" Alhamdulillah! Kuyovlari haqidaku, gapirmasa ham bo'ladi. Bu yigit to'g'risida juda ko'p olqishlarni eshitganman. Bu odam do'stlikka xiyonat qilmaydi... Manfaatni o'ylamaydi... Agar insondagi makkorlikni sezib qolsa, u bilan aloqani uzib qo'ya qoladi... Ko'ngli pok, boshqalarga g'ayri yo'qligi sabab shundaylarni xush ko'radi. Xayrulla Xamidovning qalami o'tkir, zukko, g'ayratli, kamtarin, ma'rifatli va madaniyatli olim. 2010-2013-yillarda u kishi bilan bir grantni

boshqardik, kitoblar yaratdik. Lekin afsuski, bu mehnatimizni kimlar bildi, kimlar bilmadi... Xayrulla akam muharrirlik qilgan kitobdan aslo xato topa olmaysiz. Rus ti-lida bo'ladimi, o'zbek yoki turk tilidami, u kishi har bir ishni juda mohirona va sinchkovlik bilan tahrir qiladilar, tekshiradilar, kerak joyiga sayqal berib boradilar. Xayrulla akamning har bir yozgan kitoblari va hattoki yozgan ilmiy maqolalari alohi-da bir asar, buni o'qigan biladi... U mohir tarjimon, sohaga alohida e'tibor, muhabbat, salohiyat va iqtidor X.Hamidovning nafaqat sohasini o'zgatirib yubordi, balki u kishini el-yurtga tanitdi. U mehnatkash, vaqtni qadriga yetadigan inson! Qachon qa-ramang yonida kompyuter: yoki nimadir o'qiyotgan, yoki nimadir yozayotgan bo'ladi. Hatto "Covid" bilan yotganlarida ham tinch o'tirmaganlar. G'ayrati, shijoati, sabri va matonati kuchli inson! Men unga havas qilaman. Kitob javonimda X.Hamidov e'lon qilgan ko'p nashrlari bor... Bir ko'nglim mazkur nashrlarning nechog'lik dolzarbligi haqida bir tahliliy maqola qilmoqchi ham bo'ldim. Lekin buni akamning 70 yosh-lariga qoldirdim, ungacha yana ancha nashrlari bo'ladi, inshaalloh!"

PhD, dots. Nilufar Xodjayeva: "2011-yil yozida institutimizda "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" kafedrasi ochilyapti degan xabarni eshitdim-u, qadrdon institutimga yo'l oldim... U yerda yangi kafedraning mudiri - Kasaba uyushmasi rai-si Xayrulla Hamidov ekan... Uyushmada o'tirgan bu insonni men birinchi marta ko'rib turardim... Xayrulla aka bilan hamkasb bo'lishimda Ergash Ochilov, Sirojiddin Nurmatov, Dilfuza Axmedova, Jasur Ziyomuhammedovlarni Alloh sababchi qilgan, barchalaridan Alloh rozi bo'lsin. Bir qancha talabgorlar ichidan Xayrulla aka va Jasur aka birgalikda meni ishga qabul qilishdi. Yangi kafedra, asosiy shtatda Xayrulla aka va men. U kishi devor oqlagan, eshik o'rnatgan, men esa chang artgan, pol artgan - bir amallab kafedrani ta'mirlab, tozalab oldik. Yangi kafedra huj-jatlari "0"dan qilina boshlandi... Mana 12 yilni yelkama-yelka turib o'tkazdik: yig'ladik ham, kuldik ham, urishdik ham, dardlashdik ham. Xayrulla aka doim "har bir qo'y o'z oyog'idan osiladi" deb bizni ishlatar edilar, ammo oxirida: "Meni orqam-da turadigan hech kimim yo'q, sizlarning orqangizda esa men borman", degan gaplari hozirgacha amalda. Kafedraning har bir a'zosini qo'llab-quvvatlaydilar. Qizlar Nargiza Ismatullayeva, Saida va men ishdan bo'shaymiz deb ariza yozardik, ammo keyin bilsak arizalarimiz hech qayerga yetib bormas, "kolleksiya" bo'lib haliyam ustozning seyflarida saqlanar ekan (seyf esa hozir ham kafedra mudirining xonasida turadi, kaliti esa haliyam Xayrulla Hamidovda ©). Sharq tarjimashunosligi rivojida Xayrulla akani asoschi sifatida e'tirof etsak o'rinli bo'ladi. Shu kunga qadar tarjima-shunoslik fanlari bo'yicha o'quv adabiyoti deysizmi, mutaxassis deysizmi, badiiy tarjima yoxud imiy konferensiya deysizmi, barchasining boshida Xayrulla Hamidovni ko'rasiz. 2019-yil oktabrda ilmiy ishim himoyasida Ustozning juda ko'p mehnatlari

singgan. Yakuniy so'z aytish davomida "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" kafedrasi mudiri Xayrulla Hamidovning ismlarini aytolmay ko'zimga yosh kelgan, tomog'imga "tosh" tiqilgan edi... Ustoz haqida qancha gapirsak oz... Xayrulla aka oqko'ngil inson, talabchan ustoz, vafodor shogird, oriyatli hamkasb, mohir tarjimon, taniqli olim, mehribon ota, bag'rikeng bobo... Bu sifatlarning barchasi birgina insonda mujassam. Eslashga arzigulik ko'p xotiralarimiz bor, bular hali boshlanishi..."

Filol.f.d. Dilfuza Ahmedova: "Sharq tarjimashunosligi deganda, shu kafedrani shakllantirgan, uni shu darajaga yetkazgan ustoz Xayrulla Hamidov ko'z o'ngimda gavdalanadi. Ustozni tanibmanki, kompyutersiz ko'rmaganman. Ilgari bunga ahamiyat bermas ekanman. Hozir yanada yaqindan tanib, birga ishlaganimdan beri angladimki, ustoz tinmay mehnat qilar ekanlar. Shogirdlarga g'amxo'rlik, kafedra uchun jonbozlik, ustozlariga cheksiz hurmat va h.k. Bu jihatlarning adog'i yo'q".

Filol.f.d., dots. Hulkar Mirzaxmedova: "Men endigina kafedra mudiri bo'lib qiynalib yurganimda Xayrulla Xudoyorovich "Siz jadvallarga unchalik boshingizni qotirmang, uni yaxshi va sifatli to'ldirish shart emas, chunki bu jadvallarni to'ldirib berishingiz bilan yana boshqasi keladi. Siz, avvalo, darslarning sifatini o'ylang, o'qituvchilarni qattiq nazorat qiling, eng asosiysi darslar sifatini ta'minlash, -derdilar, - Men avvaliga ozgina hayron bo'lganman, chunki u kishining "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" kafedrasi bo'yicha beradigan hisobotlari hammanikidan zo'r bo'lib chiqardi. Qanday qilib bu qadar ishlash mumkin, deya hayron bo'lar va u kishidagi shijoatni ko'rib, havasim kelardi... Xayrulla akani ko'pchilik qattiqqo'l, diktator rahbar, derdi. Men esa talabchan rahbar degan bo'lardim. U kishi o'zi shunaqa: ba'zida oddiy gapni ham pafos bilan gapiradilar. Lekin har bir so'zda otalar-cha mehribonlik bo'ladi. Shu bois men u kishiga "papul", ya'ni "otaginam", - deb murojaat qilaman... U kishining shunchaki gaplashib o'tirganlarini ko'rmaganman. Kunning qaysi vaqtida uchratmang, faqat o'z noutbuklari bilan... Buning natijasi o'la-roq, har oy u kishi tayyorlagan bitta adabiyot nashr yuzini ko'radi... Xayrulla akani "Eng vafodor" degan nominatsiyaga tavsiya qilgab bo'lardim: "Eng vafodor oila boshi", "eng vafodor do'st", "eng vafodor xodim" va asosiysi, "eng vafodor shogird"! Xayrulla aka ustozimiz A.Mannonovning etaklarini bir tutdilar-da, qo'yib yuborma-dilar. Har qanday kunda: xursandchilik, yaxshilik, yubiley va boshqalarda o'z vafodorliklari bilan munosabat qaytardilar. Ayni kunlarda ham imkon topildi, deguncha ustozlarining oldilariga shoshiladilar. Izzat ko'rsatgan albatta izzat topadi, deyishadi. Xayrulla aka nisbatan kechroq PhD dissertatsiyasini yoqladilar. O'sha kezlari ularga PhD deb murojaat qilish biroz noqulay edi, Yaratganga behisob shukr, tezlik bilan DSc dissertatsiyasini himoya qildilar. Xayrulla Hamidov va Jasur Ziyamuhamedovlarning himoyalari 2021-yilning eng namunali dissertatsiya himoyalari, sifatida e'tirof etildi".

Turkiyalik olim, kafedra ustozi PhD. Çetin Yildiz: "Hayrallah Hoca Türk Filolojisi bölümünün de fahri bir üyesi sayilir... 2022 yilinin Eylül ayindan itibaren ayni bölümde çaliçma çerefine nail oldugum hocamizi daha yakindan tanima firsati buldum. Benim için Hayrullah hocamizin en dikkat çeken özelligi üretken bir akade-misyen olmasidir. Türk edebiyatinda Osmanli Devletinin son dönemlerinde ya§ami§, önemli yazarlarimizdan olan Ahmet Mithat Efendi için "yazi makinesi" denmektedir. Ona bu lakabin veriliçinin sebebi ise Ahmet Mithat'in çok üretken biri olmasindandir. Ben de bölümde çaliçtigim andan itibaren yakinen §ahit oldum ki Hayrullah hoca oldukça üretken biri. Bu yüzden de yazimin baçligini bu çekilde koydum. Hocamizin dikkate deger bir diger özelligi de i§ini ciddiyetle yapan bir akademisyen olmasidir. Lisans ögrencilerinin bitirme tezlerini dahi itinayla okuyup bilimsel degerlendirmesini dikkatli bir çekilde yapmaktadir. Bu durum ayni zamanda hocamizin çahsiyetine dair ipucu vermektedir. Hocamizin i§ine verdigi önemi gösteren bir diger anim ise onun tercüme eserlerinden birini okumam ile ilgilidir. Turksoy tarafindan bastirilan Said Ahmed Seçme Hikayeler isimli çaliçmanin tercümani Hayrullah hocamizdir. Özbek bir yazara ait bir eseri Türkiye Twkçesi ile okurken hocamizin maharetine, yetenegine hayran kaldim. Olaganüstü bir itina ile hazirlanmiç çaliçma aktarma olmasina ragmen oldukça akici bir üslupla ve kusursuz bir tercümeyle hazirlanmiçtir. 60 yillik bir ömre onlarca çaliçma sigdirmiç olan hocamiza öncelikle Türk ve Özbek dilleri arasindaki saglam bir köprü olma rolünden ve ettigi hizmetlerden dolayi minnettarim. Bu vesile ile 60. yaçinizi tebrik eder, ömrünüzü saglik ve afiyet içerisinde geçirmenizi dilerim".

PhD. Mehriniso Qayumova: "X.Hamidov sharofati bilan litsey o'quvchilari ilk bor turk tili darsligiga ega bo'ldi. Biz har yili X.Hamidovning yangi nashrlarini kuzatib borar, ulardan darslarda unumli foydalanar edik. X.Hamidov nafaqat litsey, sharqshunoslik universiteti miqyosida, balki respublika miqyosida turk tili bo'yicha nazariy bilimlarning asoschisi hisoblanadi. Domlaning o'nlab o'quv qo'llanma va darsliklari qanchadan-qancha ilmi toliblarning turk "tilini chiqargan", tarjimon, til-shunos qilib yetishtirgan! X.Hamidovni Tarjimashunoslik kafedrasining otasi, deb atasam mubolag'a bo'lmaydi. Hayotining eng unumli yillarini, butun ilmini, kuch-quvvatini bu kafedraning rivojiga bag'ishlagan X.Hamidovning mehnatini hozirgi kunda ham kafedraning har bir hujjatida ko'rishimiz mumkin. Domla nihoyatda savodxon, har ishni talab darajasida bajaradi. Turk va rus tillarida ham o'z ona tilida-gidek ish yurita oladi. Domlaning tarjimashunoslik sohasiga qo'shgan hissasi beqi-yosdir. Respublika miqyosida turk tilidan o'zbek tiliga va o'zbek tilidan turk tiliga qilingan eng ko'p badiiy tarjima asarlari X.Hamidovning qalamiga mansubdir. Domla badiiy asarlarni tarjima qilish bilan birga, tarjima nazariyasi, tarjima stilistikasi va tanqidi, turk tili paremiologiyasi, sinxron tarjima singari ko'plab tarjimashunoslik

fanlarning ilmiy-nazariy bazasini o'zbek tilida yaratib, yildan-yilga rivojlantirib kelmoqda.

2019-yilda Tarjimashunoslik kafedrasida o'z faoliyatimni boshlagach, X.Hamidovni yaqindan tanishga musharraf bo'ldim. Talabchan, o'z ishiga mas'uliyatli, halol, mehnatkash, hech kimdan yordamini ayamaydigan kafedra mudiri sifatida tanidim domlani. U menga universitetda pedagogik va ilmiy faoliyatimda ustozlik qildi. Men ko'p narsani undan o'rgandim. X.Hamidovni oqko'ngil, iltifotli, haqiqatgo'y, oilaparvar, oqibatli va saxiy inson sifatida bilaman. Uning o'z ustozi, ilmiy rahbari f.f.d., prof. A.Mannonovga bo'lgan sadoqati va hurmati alohida tahsinga loyiqdir"

PhD. dots. Dilshoda Muborakova: "Taqdir Xayrulla Hamidov kabi qalbi ilm va ijod bilan yo'g'rilgan insonni tanish baxtini menga ravo ko'rganidan mamnunman... Uning uchun talaba ham, kichik ilmiy xodim ham, akademik ham birdek. Shu sababli kattayu kichik ilm ahli hech tortinmasdan domla qabuliga kirib kelaverardi. Ustoz haqiqiy fan fidoyilarini hurmat qilar va ularga ilm bilan shug'ulla-nish uchun zarur sharoit yaratib berardi. Ustoz "Tarjima" kafedrasining tashkil etilishi va rivojlantirishiga salmoqli hissa qo'shdilar va bu chamanga o'zlari hali ham bog'bondek ijodlari va izlanishlari bilan xizmat qilib kelmoqdalar.

PhD. Adiba Mahamadtoirova: Ustoz Hamidovni talabalik yillarimdan buyon bilsamda, magistraturada o'qigan yilim yaqindan taniganman. O'shanda magistratura bo'limi boshlig'i edilar. 2019-yil Xayrulla akaga ish so'rab murojaat qilganimda "Hozir kafedrada xitoy tili yo'nalishida bo'sh o'qituvchi shtati yo'qligi, lekin tez-tez xabardor bo'lib turishim mumkinligini" aytdilar. Esimda, o'sha kungi qisqa suhbati-mizda ham "eng asosiysi, ilmiy ish qilishim kerak"ligini maslahat berdilar. 2020-yildan kafedrada ish faoliyatimni boshladim. Hozirga qadar nafaqat o'quv, balki ilmiy ishim jarayonida ham turli qiyinchiliklarga duch kelganimda yordamlarini ayamay, otamdek g'amxo'rlik qilib keladilar.

PhD. Mohira Umarova: Mening ilk ilmiy rahbarim Xayrulla aka bo'lganlar. Yodimda, ustoz menga ham aytmasdan urdu tilidan o'zbek tiliga qilgan tarjimamni "Oltin qalam" gazetasida nashr ettirganlar. Qo'limga gazetani berganlaridagi quvonchimni so'z bilan ta'riflash mushkul... Talabalik, magistrantlik davrimda ustozdan ko'p narsa o'rgandim, ammo doktorantlik davrimda va ayniqsa, himoyaga chiqish jarayonida Xayrulla aka chin ma'noda mening eng yaqin ustozimga aylandi-lar. Qanday vaziyat bo'lishidan qat'iy nazar doim meni qo'llab-quvvatladilar, to'g'ri yo'l ko'rsatib, o'z maslahatlarini ayamadilar va doim menga "motivatsiya" berib turdilar. Hozirgacha barcha savollarimga javobni aynan Xayrulla akadan olaman. Menga ustozning shogirdi bo'lish, birga ishlash baxti nasib qilganidan behad baxtiyorman.

Jahongir Abdupattaxov: "Xayrulla aka men uchun nafaqat ustoz, mohir, za-bardast pedagog, balki tug'ishgan akadek g'amxo'r, yaqin do'stdek samimiy masla-hatgo'y hamda chin insondir. Turli marosim va uchrashuvlarda Xayrulla aka bilan hamroh bo'lishdan kishi o'zida olam-olam zavq, badiiy go'zallik bilan yo'grilgan suhbatidan bahra oladi.

Shahzoda Hasanova: "Meni Xayrulla aka ishga qabul qilganlar. Avvaliga sizga ish yo'q deganlar, so'ngra men qat'iyat bilan so'raganimga "Mayli ishlayvering faqat oyliksiz ishlaysiz, bizda dars soatlari yo'q" deganlar. "Menga oylik kerak emas, tekinga ham ishlayveraman" - deganimda menga ishonchlari ortdimi yo bilmadim ol-dilariga chaqirib rus guruhida xitoy tilidan dars o'ta olasizmi dedilar. Men rozi bo'ldim. Avvaliga 0,25 stavkaga ishga oldilar, bir haftadan keyin 0,50 stavkaga, 2 oy-dan keyin to'liq 1 stavkaga qabul qilindim. O'sha paytda menga bildirgan ishonchlari tufayli o'z sevgan ishim "o'qituvchilik"ka erishdim. Ustozimning bir ajib xislatlari bor, doim hammani qo'llab-quvvatlaydilar. Bu esa yosh kadrlarga kuch-g'ayrat, o'ziga ishonch bag'ishlaydi. U kishining yana bir xislatlari bor: kafedramizning psi-xologi. Hammani dardini eshitib, kerakli yechim topib beradilar. Shaxsan men bun-dan mamnunman... Men ilm yo'lida bu ustozni uchratganimdan Yaratganga shukr qilaman. Men undan nafaqat ilmda o'rnak olaman, balki oilaviy hayotimda ham bebaho maslahatlariga amal qilaman. Oilamning butun bo'lishiga ustozimning otalarcha bergan maslahatingiz sabab bo'lgan. U kishining nasihatlariiga quloq solib yo'l tutganman, farzand tarbiyasi, hatto ovqat tayyorlashimda ham maslahatlarining o'rni bo'lakcha. Ustozim, Siz menga doim o'z otamdek mehribonsiz. Sizdek ustozini boshiga ko'tarib e'zozlaydigan shogirdlaringiz safi ko'payaversin, biz olar oldida bi-rinchilardan bo'lib yuraylik.

Iroda Fatxutdinova: Xayrulla domlaning ismlari ularning baland va shovqinli ovozlari bilan birga 2012 yildan buyon xotiramda muhrlanib qolgan. O'sha davrlarni xursandchilik bilan eslayman, negaki, domla talabchan bo'lishlari bilan birga talabalarga juda mehribon ota bo'lganlar. Biz talabalarni doimo har qanday vaziyatlarda qanotlari ostiga olib himoya qila olgan yagona ustozimiz bo'lganlar. Yosh kafedraning ilk magistrant qaldirg'ochi bo'lganimdan g'ururlanaman. Shuning uchun bo'lsa kerak, kafedramizda yuragimning bir bo'lagi qolib ketgan edi va bu yarmimga 2021-yil erishdim. Dastavval ushbu kafedraga ishga chaqirishganida bajonu dil rozi bo'ldim va mana keldim, ishlayapman.

Vazira Hamidova: "Xayrulla Hamidov mening kafedra o'qituvchisi bo'lishimga sababchi bo'lgan inson. Ustozning huzurlariga maslahat so'rab kelgan hamkasblari bo'ladimi, shogirdlarimi, maslahatlari, bilimlarini ayamasdan, hech biri-ni quruq qaytarmaydilar. Kafedraga ishga kirganimda tarjimashunoslik sohasiga u qa-dar qiziqmasdim, lekin shu kishi sababli sohaga qiziqishim ortdi. Garchi bu sohaning

ko'plab vakillari bir qancha ilmiy ishlarni amalga oshirgan bo'lsalar-da, hozir tarjima, tarjimashunoslik deganda ko'z oldimga Xayrulla Hamidov va ularning faoliyatlari keladi. Ustozni sharq tarjimashunosligi ning asoschisi deb bilaman... Ustoz haqida bir kitob yozsak kam..."

Oybek Jumaboyev: "Professional tarjimon sifatida ustozning bir oliyjanob xis-latlari - ustoz-shogird an'analariga amal qilgan holda talaba va magistrantlarni tarjima sohasiga jalb qilishlaridir. O'zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripovning she'rlarini turk tiliga tarjima qilish jarayoni yodimdan chiqmaydi. Shoirning bir qancha she'rlarini turkchaga o'girib ustozga olib bordim. O'sha zahotiyoq tarjimalarni tahrir qilishga kirishib ketdilar. U kishi tarjimaga o'ta talabchanlik bilan yonda-shardilar, doimo tarjimada muallif huquqini himoya qilishga chaqirar edilar. Ertasiga tarjimaning tahrirlangan matnini olgach, mening tarjimam bilan oxirgi variant orasida farq borligini, endi shoir fikri turkchada yanada aniqroq ifodalanganini his qildim. O'shandan so'ng menda nashr qilinadigan ishlarda talablar yuksak darajada bo'lishi kerak degan fikr paydo bo'ldi".

Gulnoza Nazrullayeva: "...o'qishga kirdim. Ilk kun ustoz Xayrulla aka bizga ulkan zafarlar tiladilar, qanday o'qish, talaba qanday bo'lishi kerakligi haqida ko'p gapirdilar. Men esa ularni gapirayotgan har bir gaplarini qiziqish bilan eshitar va xayolimdan shunday gaplarni o'tqazardim "Men ham shunday olim, shunday chiroyli gapiradigan yetuk inson bo'larmikinman?". Chunki ustozim Xayrulla aka shunday chiroyli, ravon gapirar edilarki, odamning havasi kelar edi..."

Kamola Rasulova: "Ustoz. Bu so'zda donolik, sabr va mehr bor. Ustoz deganda, shogird ko'nglida chuqur hurmat-ehtirom, tuganmas minnatdorlik tuyg'usi, hech qanday boylik, molu-davlat bilan ado etib bo'lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo'ladi... Ustoz oqko'ngil, samimiy va otalarcha mehribon bo'lishlariga qaramay, kezi kelganda qattiqqo'l va talabchan inson. O'z yumushi bilan kelgan hech kimni umidsizlantirmaydilar... Xayrulla akaga nisbatan o'z kasbiga fidoyi, mehnatlari eva-ziga hech narsa talab qilmaydigan, jonkuyar, shogirdlari yutuqlariga hammadan ko'p quvonadigan, samimiy, halol degan ta'riflar o'rinli. Talabalik davrlarimiz ustoz har birimiz bilan alohida-alohida ishlar, guruhda 12 ta talaba bo'lsak-da, har birimiz bilan uning tarjimasi ustida ishlab, erinmay kamchilik, xatolarini tuzatardilar. Hamma narsa odil bo'lishi, barcha darsdan mamnun ketishiga e'tibor berardilar. U kishining sa'y-harakatlari bilan guruhdagi barcha talabalarning tarjimalari to'plamda chop etilardi... Ustozim yozgan kitoblarini mutolaa qilar ekanman uni "bilimlar xazinasi" degim keldi. Tinimsiz o'z ustlarida ishlashlari, yangi-yangi kitoblar yaratishga ishtiyoqlari bizlarga ham ilhom beradi, munosib shogird bo'lib yetishishga undaydi"

Kafedramizning 2023 yilda bitirgan talabalari ustozni qutlab shunday yozishibdi: "Biz ustozimiz Xayrulla Hamidov bilan 4 yil muqaddam "Tarjimashunoslik"

kafedrasiga ilk qadam qo'ygan kunimiz tanishishga musharraf bo'lganmiz. O'z kasbini jonidan ortiq sevuvchi, unga umrini baxshida etadigan ijodkor ustoz shu kuni bizga universitetning ilk, ya'ni mustaqillik darsini o'tib berdilar. Tarjima olamiga kirib kelganimiz, bizga bo'lgan yuksak ishonch ekanini mamnuniyat bilan ta'kidlaga-nlari kechagidek esimizda. Shu kuni kafedramizning boshqa o'qituvchilari bilan ham tanishtirib, ularni bizga namuna qilib ko'rsatdilar. Ustoz to bugungacha bizdan o'z bilim, tajribalarini ayamadilar. Darslarimiz davomida nimanidir tushunmay ulardan yordam so'rab borganimizda ham savolimizga javob topmasdan qaytarmaganlar. Ustozning ajoyib jumlalari bor: "Har bitta ustoz uning etagini qo'yib yubormay, ortidan qolmay, savoliga javob topmaguncha yoniga kelaveradigan o'quvchisi, shogirdi bo'lishini xohlaydi". Ustozimizning bizga bergan bilim va tajribalari, hayotiy maslahatlari kelajak hayotimizda katta yordam berishiga ishonamiz".

Ustozimizni muborak 60 yoshlik tavallud ayyomlari bilan chin qalbimizdan tabriklab, u kishiga uzoq, farovon va baxtli umr kechirib, farzandlari baxtu kamolini ko'rib yurishlari, bilimli, barkamol shogirdlarni yetishtirishlari, yangi ilmiy tadqiqotlar ijod etish, ko'plab ajoyib tarjimalarni amalga oshirishlarida kuch-quvvat, sabr-matonat tilaymiz. Yaratgan ustozimizga ajoyib farzandu nabiralar bergan, aqlu-farosat, shijoat va g'ayrat bergan, sabr-qanoat va shukr qilishlik ne'matini ham ato etgan. Ilohim shu ne'matlar aslo ularni tark etmasin!

MANBA: Xayrulla Hamidov (tarjimashunos, turkshunos olim, tarjimon Xayrulla Hamidov tavalludining 60 yilligiga bag'ishlangan risola). - Toshkent: 2023.

232 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.