Научная статья на тему 'SHARQ TARJIMASHUNOSLIGINING MUSTAHKAM POYDEVORI'

SHARQ TARJIMASHUNOSLIGINING MUSTAHKAM POYDEVORI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
31
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
: o‘zbek tarjimashunoslik maktabi / tarjima ilmi / sharq tarji¬ma¬shunosligi / badiiy tarjima / “Til va tarjima” / “Tarjima san’a¬ti”. / Uzbek school of translation studies / translation science / ori¬en¬tal translation studies / literary translation / “Language and translation” / “The art of translation”

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Hamidov, Xayrulla, Ismatullayeva, Nargiza

Ushbu maqola ikki qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qis¬mi¬da Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Tarjimashunos¬lik va xal¬q¬aro jurnalistika” ka¬¬¬¬fed-rasi qisqacha tanitilib, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatlar, Sharq tarjimachiligining fandagi o‘rni haqida, ikkinchi qis¬mi¬da esa o‘zbek tarjimashunosligi maktabi asoschisi professor G‘aybulla as-Salom tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlab yil davomida o‘tkazilgan tadbir¬lar¬ning ilmiy-ma’rifiy ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SOLID FOUNDATION OF EASTERN TRANSLATION

This article consists of two parts. In the first part, the authors bri¬efly introduce readers to the department of “Translation Studies and Inter¬na¬ti¬onal Journalism” of the Tashkent State University of Oriental Studies, talk abo¬ut the role of Oriental translation studies in science, and in the second part – abo¬ut the importance of events held throughout the year dedicated to the 90th an¬ni¬versary of the birth of founder of the school of Uzbek translation studies, pro¬fessor Gaybulla Salomov.

Текст научной работы на тему «SHARQ TARJIMASHUNOSLIGINING MUSTAHKAM POYDEVORI»

о

SHARQ TARJIMASHUNOSLIGINING MUSTAHKAM POYDEVORI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10333218

DSc. Xayrulla HAMIDOV,

TDSHU professori v.b., Toshkent, O'zbekiston Tel: 90 960 06 23; E-mail: hamidovx@gmail .com PhD. dotsent Nargiza ISMATULLAYEVA, TDSHU "TarjimashunosHk va xalqaro jumalistika" kafedrasi mudiri v.b.,

Annotatsiya. Ushbu maqola ikki qismdan iborat bo 'lib, uning birinchi qismida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining "Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika" kafedrasi qisqacha tanitilib, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatlar, Sharq tarjimachiligining fandagi o'rni haqida, ikkinchi qismida esa o'zbek tarjimashunosligi maktabi asoschisi professor G'aybulla as-Salom tavalludining 90 yilligiga bag'ishlab yil davomida o'tkazilgan tadbirlarning ilmiy-ma 'rifiy ahamiyati haqida so 'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: o'zbek tarjimashunoslik maktabi, tarjima ilmi, sharq tarjimashunosligi, badiiy tarjima, "Til va tarjima", "Tarjima san 'ati".

Аннотация. Данная статья состоит из двух частей. В первой части авторы коротко знакомят читателей с кафедрой «Переводоведение и международной журналистики» Ташкентского государственного университета востоковедения, ведут речь о проводимой на кафедре научно-иссле-дователъской и творческой работы, роли восточного переводоведения в науке, а во второй части - о значении мероприятий, проводимых в течение года, посвященных 90-летию со дня рождения основателя школы узбекского переводоведения, профессора Гайбуллы Саломова.

Ключевые слова: узбекская школа переводоведения, наука о переводе, восточное переводоведение, художественный перевод, «Язык и перевод», «Искусство перевода».

Abstract. This article consists of two parts. In the first part, the authors briefly introduce readers to the department of "Translation Studies and International Journalism " of the Tashkent State University of Oriental Studies, talk about the role of Oriental translation studies in science, and in the second part - about the

Toshkent, O'zbekiston Tel: +998 99 867 10 88; Email: ismatullayeva.nargiza@gmail .com

importance of events held throughout the year dedicated to the 90th anniversary of the birth of founder of the school of Uzbek translation studies, professor Gaybulla Salomov.

Key words: Uzbek school of translation studies, translation science, oriental translation studies, literary translation, "Language and translation", "The art of translation "

Ijodiy fikrlaydigan, iste'dodli va shijoatli yoshlarimiz istiqbolda turkiy dunyoningyangi Renessansini barpo etishiga ishonchim komil. Bu yo'lda ularga buyuk ajdodlarimiz yaratgan ilmiy kashfiyotlar va ma 'naviy meros mustahkam zamin bo'lib xizmat qiladi.

Sh.Mirziyoyev

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining "Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika" kafedrasi mamlakatimiz uchun oliy ma'lumotli, yuqori malakali, iste'dodli tarjimon va tarjimashunos kadrlar yetishtirib beruvchi yirik kafedra bo'lish bilan birga, ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi, yosh falsafa doktorlari chiqaruvchi ilmiy markazga ham aylanishga ulgurdi. Kafedra ta'lim yo'nalishi va magistratura mutaxassisliklarini tamomlagan mutaxassislardan ayrimlari xorijda ham mehnat qilib, malaka oshirib, ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar.

Respublika tarjimashunoslari va ijodkor jamoatchiligining e'tirofiga ko'ra, universitetimizning "Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika" kafedrasi O'zbekistondagi turdosh oliy ta'lim muassasalari ichida sohaning eng ko'zga ko'rin-gan o'quv va ilmiy markazlardan biri hisoblanib, o'tgan qisqa davr ichida tarjimashunoslik va amaliy tarjima sohasida faol ilmiy tadqiqotlar va tarjimachilik faoliyatlari bilan o'zini namoyon qila oldi (Z.Isomiddinov).

O'quv va ilmiy faoliyati, yo'nalishi bevosita tarjimachilik, tarji mashunoslik, sinxron tarjima hamda xalqaro jurnalistika, bundan tashqari o'ndan ortiq sharq tillarini asosiy o'rganilayotgan sharq tili sifatida o'rganish bilan bog'liq bo'lgan kafedraning ochilganiga 12 yil bo'ldi va ana shu qisqa muddat ichida uning ilmiy salohoiyati 16 % dan salkan 70 % ga ko'tarildi. 2011 -yil 6 nafar o'qituvchi va 25 nafar talaba, 4 nafar magistrant bilan ochilgan eng yosh kafedra 12 yil ichida misli ko'rilmagan darajada yuksaldi. Bugungi kunda kafedradagi 3 ta bakalavriat ta'lim yo'nalishi va 2 ta magistratura mutaxassisligida salkam 400 nafar talaba tahsil olmoqda, 30 ga yaqin professor-o'qituvchi ularga saboq bermoqda. Kafedrada yuksak salohiyatga ega bo'lgan 20 ga yaqin tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchi ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan 12 yil ichida 100 ga yaqin o'quv, o'quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar nashr etildi. Mualliflar orasida tajribali professor-o'qituvchilar qatorida yosh mutaxassislar ham bor. Yaratilgan o'quv va ilmiy adabiyotlardan bir qismi kafedrada o'qitilayotgan tarjima nazariyasi, amaliyoti va tanqidi hamda o'ndan ziyod ixtisoslik fanlariga doir darslik va o'quv qo'llan-malari, monografiyalar, terminlar lug'atlari, ilmiy maqolalar to'plamlari hamda sharq tillari (xitoy, koreys, hind, urdu, fors, dariy, pushtu, arab, turk tillari)dan o'zbek tiliga va o'zbek tilidan sharq tillariga qilingan badiiy tarjimalar o'rin olgan terma ki-tob-xrestomatiyalar, tarjima almanaxlari va boshqa turli kitoblardir. Bunga qo'shim-cha qilib 30 ga yaqin ilmiy maqolalar va turli darajadagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to'plamlari, tarjima asarlari, shuningdek, o'tgan asrda chop qilingan va bugunga kelib bebaho ilmiy merosga aylanayotgan tarjimashunoslikka oid ilmiy va o'quv adabiyotlarining qayta tahrir etilib chop etilgan versiyalari, kafedra a'zolari-ning xorijiy ilmiy jurnallarda bosilgan 60 dan ziyod ilmiy maqolalari, OAK ro'yxatiga kirgan respublika ilmiy jurnallarida chop etilgan 100 ga yaqin ilmiy maqolalari, O'zbekistonda va xorijda bo'lib o'tgan Xalqaro ilmiy-amaliy kon-ferensiyalar materiallari to'plamlarida berilgan 100 ga yaqin ilmiy maqola va te-zislar, respublika miqyosida va oliy ta'lim muassasalariaro o'tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallari to'plamlarida bosilgan 100 dan ziyod ilmiy maqola va tezislarini ham sanab o'tish mumkin.

Kafedrada o'zbek adabiyoti atoqli namoyandalarining yubiley sanalari munosabati bilan ularning asarlari xorijiy tillarga tarjima qilinib tarjima kitoblari, monografiya va risolalar yozilib, nashr qilinib kelinmoqda. Muhammad Yuzuf tavalludining 60 yillik (2014), 70 yillik (2024-yilda rejalashtirilgan), Chingiz Aytmatov tavalludining 90 qilligi (2018), Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yillik (2019), Abdulla Oripov (2021-y.), O'tkir Hoshimov (2021-y.) va Omon Matjon (2023-y.) tavalludining 80 yillik yubiley sanalariga bag'ishlab alohida kitoblar nashr qilindi.

Kafedrada keng miqyosli ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-ijodiy ishlar, xususan yirik tarjimachilik ishlari, tarjima nazariyasi, amaliyoti va tanqidiga oid ilmiy tadqiqot ishlari, respublika miqyosida va xorijda amalga oshirilayotgan nashrlar ko'rgazmasini o'tkazish va kelgusi yil buni maxsus jurnal ko'rinishida har yarim yilda bir martadan nashr etib universitet va uning tashqarisidagi keng jamoatchilikka yetkazish rejalashtirilmoqda. Yuksak salohiyatli sharqshunos tarjimonlar, tarjimashunos olimlar va yetishib kelayotgan navqiron, dinamik, serg'ayrat xalqaro jurnalistlarimizning sa'y-harakatlari bilan ushbu tashabbusimiz o'z samarasini beradi, deb umid qilamiz. O'ylaymizki, bu bilan kafedramizda faol olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar, ustoz-shogird tizimiga asoslangan ilmiy va ijodiy faoliyat-

lar universitet hamda respublika miqyosida ma'lum bo'ladi, hatto kafedramiz va universitetimizning ilmiy, adabiy aloqalar sohasidagi, xalqaro doiradagi mavqei,

obro'-e'tibori, o'rni haqida keng tasavvur hosil bo'ladi [XH,4-6].

& & &

Barchaga yaxshi ma'lum, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya darajasidagi ushu FORUM har yili o'zbek tarjimashunoslik ilmining asoschisi G'aybulla Salomovning tavallud kuni - 11 dekabrda an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinadi. Shu o'rinda yaqinda ustozimizning 90 yillik yubiley sanasiga bag'ishlab O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida ham adabiy-ma'rifiy kecha tashkil etildi. Quyida shu tadbir haqida qisqacha ma'lumot berishni ma'qul topdik.

Bir guruh ijodkorlar, adabiyotshunos olimlar, tarjimonlar, olimning farzandi, nabiralari, shogirdlari hamda universitetimizning bo'lajak tarjimon va jurnalist talabalari, ustozlari faol ishtirok etgan tadbirda olimning "Tanlangan asarlar"i, "G'aybulloh as-Salom zamondoshlar xotirasida" [G'S,280-283] hamda "Tarji-ma san'ati" maqolalar to'plamining 7-kitobi taqdim qilindi.

Yubiley kechasida Yozuvchilar uyushmasi raisi o'rinbosari, shoir G'ayrat Majid, O'zbekiston Qahramoni Ibrohim G'afurov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimlari Zuhriddin Isomiddinov, Sultonmurod Olimov, "Jahon adabiyoti" jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, filol. f.d. Roviyajon Abdullayeva, filol. f.d. Xayrulla Hamidov, dots. Odiljon Safarov va boshqalar so'zga chiqib, tarjima ilmini o'zbek so'zshunosligining muhim bir tarmog'iga aylantirgan ustoz G'aybulla Salomov o'tgan XX asrning 60-yillaridan "Tarjima san'ati" to'plamlarini nashr ettirishga ham bosh-qosh bo'lib, uning olti kitobini chop qildirganligini ta'kidladilar.

Adabiyotshunos olim, tarjimon, O'zbekiston Qahramoni Ibrohim G'afurov o'z nutqida G'.Salomovning o'zbek fani, badiiy tarjimashunosligi, ilmiy tarjimachiligidagi mislsiz o'rni, ustozning murabbiylik faoliyati, olim asos solgan va

uzoq yillar boshqargan "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" kafedrasining faoliya-ti, uning ilm-fanga qo'shgan hissasi haqida gapirib, olimning safdoshlari, yetishtirgan oltmishga yaqin shogirdlaridan S.Olimov, Z.Sodiqov, X.Rahimov, X.Isomiddinov, R.Abdullayeva, O.Safarovlarni, hatto olimning farzandlari, nabira-larining ismlarini birma-bir sanab o'tdi, 1966 yilda nashr etilgan "Til va tarjima" nomli monografiyasi, "Rus tilidan o'zbekchaga maqol, matal va idiomalarni tarjima qilish masalasiga doir" risolasi (1961), 1978 yilda nashr etilgan "Tarjima nazariyasiga kirish", "Tarjima nazariyasi asoslari" (1983) va boshqa bir nechta darslik va qo'llanmalari, o'tgan asarning 70- 80-yillarida nashr etilgan alohida olti kitobdan iborat "Tarjima san'ati" fundamental tadqiqotlar ko'pchilik tarjimon va tarjimashunos mutaxassislarga yaxshi ma'lum va mashhur ekanligini alohida ta'-kidladi.

Taniqli jurnalist Ahmadjon Meliboyev G'.Salomovning yirik tahrir ustasi bo'lganligiga alohida urg'u berib, mamlakatimizda tahrir ishining bugungi ahvoli qanday ayanchli ekanligiga e'tibor qaratdi va misollar keltirdi. Shuningdek, filologiya fakulteti qoshida G'.Salomov nomidagi tarjimachilik kafedrasi ochilishini taklif qilib ustozning asarlari dasturilamal ekani, xotiralari har doim yoddaligini aytdi.

Respublika yozuvchilar uyushmasining tarjima kengashi raisi Zuhriddin Isomiddinov bugun ustozni eslash va u yaratgan kitoblarning yangi nashri bilan tanishish asosiy maqsad ekanligini ta'kidlab, ilgari tarjimalar rus tili orqali qilingan bo'lsa, bugunga kelib o'nlab xorijiy tillardan bevosita tarjimalar amalga oshirilayotganligi, bundan tashqari, bugun nafaqat badiiy tarjimaga, balki ilmiy va boshqa turli tarjimalarga ham e'tiborli bo'lish kerakligini ta'kidladi.

"Ustoz birinchi navbatda fan arbobi edi, - deydi bugun o'zi ham katta ustoz bo'lib qolgan filol.f.d. Sultonmurod Olimov, - Shogirdlariga juda kuyunchakligi bilan ajralib turardi. Ilmni izchil davom ettirgan, umrini adabiyotga, fanga bag'ishlagan ustozlar qatorida edilar". U o'z so'zida G'.Salomovning chinakaf fan arbobi, bu unvon boshqa, olimlik boshqa narsa ekanligiga alohida urg'u berdi.

Shuni ham alohida ta'kidlash joizki, G'.Salomov tarjima nazariyasi faniga asos solish bilan bir qatorda qomusimizning tamal toshini ham qo'ygan, ma'naviyatimizga, publitsistika rivojiga katta hissa qo'shganlardan biri hisoblanadi. G'aybulloh as-Salom merosi o'zbek xalqining intellektual va ma'naviy mulkiga aylanib bo'lgan va ular olimning "ikkinchi" umri bo'lib davom etmoqda.

Olim yaratgan fundamental tadqiqotlar ko'pchilik tarjimon va tarjimashunos mutaxassislarga yaxshi ma'lum va mashhur. Bugungi kunda G'.Salomov asarlari havolada keltirilmagan biron bir mukammal tarjimashunoslik tadqiqoti yo'q, desak mubolag'a bo'lmaydi. Demak, ustozning nomini yashatish, merosini yanada chuqur

o'rganish va kelajak avlod ham foydalanishi uchun ularni qayta nashr ettirish kerak. Chunki, olimning yuqorida sanab o'tilgan asarlari nodir kitoblar sirasiga kirgan va ularni topish unchalik ham oson emas. Bu asarlar nashr etilganiga 50-60 yil bo'lgan va ularning "jonli" kitob holida topish oson bo'lmagani kabi, elektron nusxalarini topib o'qish unchalik samara bermayapti. Demak, asarlarni qayta nashr etish kerak. Ana shu vaziyatni hisobga olib 2016-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (o'sha payt institut bo'lgan) Tarjimashunoslik kafedrasida G'aybulla Salomovning 1978-yilda nashr etilgan "Tarjima nazariyasiga kirish" [TNK] darsligi qayta tahrir qilinib, universitet miqyosida foydalanish uchun lotin alifbosida nashr etildi va darslik sifatida ta'limga joriy etildi. Bu yil esa ushbu kitob qayta nashrdan, 1966-yilda chop etilgan "Til va tarjima" [TT] monografiyasi bilan birga qayta tahrir qilinib, chop etildi. 1961-yilda nashr etilgan va bugun ham o'zining ilmiy qimmati va dolzarbligini yo'qotmay kelayotgan "Rus tilidan o'zbekchaga maqol, matal va idiomalarni tarjima qilish masalasiga doir" va "Tarjima nazariyasi asoslari" nomli asarlari ham qayta nashrga tayyor. Gap shundaki, ustoz yaratgan asarlar bugun ham xuddi kecha yozilgan dolzarb ilmiy tadqiqotlar o'laroq e'tirof etilayotgan bo'lsa-da, zamonaning zayli, ham kitoblarda sho'ro davriga xos ayrim so'z va istilohlarning "kirib qolgan"i sir emas (sovet, oktabr inqilobi, sotsialistik realizm, marksizm va b.). Qayta ishlab nashr qilish chog'ida biz kitoblarni bunday so'z va istilohlardan imkon doirasida "xalos qilish"ga harakat qildik.

G'.Salomov tuzgan va o'zbek tarjimashunosligida ro'y bergan tarixiy voqea sifatida e'tirof etilgan yirik tadqiqot ishlaridan yana biri 1961-1985-yillar davomida 6 marta nashr etilgan "Tarjima san'ati" maqolalar to'plamining 7-sonini mana bugun qo'limizga olib turibmiz va 8-sonini tayyorlash ishlari boshlab yuborilgan.

Shuni ham ta'kidlash lozimki, Umrini ilmu ma'rifatga, ijodga bahshida etgan alloma - G'aybulla Salomovning "Men suv ichgan daryolar", "Ey, umri aziz",

"Ezgulikka chog'lan, odamzod", "Halollik bozorda sotilmaydi" kabi o'nlab benaho kitoblari muxlislarining ma'naviy mulkiga aylanib bo'lgan.

Shu o'rinda taniqli olim, akademik Akmal Saidovning quyidagi so'zlarini keltirib o'tishni joiz bildik. Ustoz shunday yozadilar: "Yaxshidan bog' qoladi", deydi xalqimiz. Yaxshi olimdan-chi? Albatta, avvalambor, ko'z nuri va qalb qo'rini, aqlu zakovatini, ta'bir joiz bo'lsa, butun umrini sarflab yaratgan ilmiy maktabi qoladi. G'aybulla Salomov o'zidan shunday maktab qoldirgan mavlono zotlardandir. Olim o'z maqolasida G'.Salomov ilmiy maktabiga xos bo'lgan tarjima va xalqaro adabiy aloqa, qiyosiy adabiyotshunoslik birga o 'rganilishi lozimligi, bu jarayonda qiyosiy tilshunoslik yutuqlariga tayanilishi, til va adabiyot hodisalari birgalikda olib qaralishi shartligi, tarjimashunoslikda uslublar chog'ishtirilishi, muallif uslubi va tarjimon uslubi to'qnash kelishi, yozuvchi uslubi tarjimon uslubi orqali real-lashishi, tarjima keng ma 'nodagi ijodkorlik, ammo u asarni o 'zgartiradigan ijod-korlik emasligi, buning "o'zgalar orqali o'zini, o'zi orqali o'zgalarni namoyon etish " san 'ati ekanligi, badiiy tarjimada ichki sharh - interpretatsiya bo 'lib turishi, biroq bunda me'yorni saqlash darkorligi, tarjimashunoslik umumfilologik ilm bo 'lib, uni bir soha bilan chegaralab qo 'yish noo 'rinligini asosiy prinsiplar sifatida sanab o'tadi. G'aybulloh as-Salom fikricha, tarjimashunoslik - qomusiy fan bo'lib, u o'z tarkibiga tarix, nazariya va tanqid, adabiyot nazariyasi, qiyosiy adabiyotshunoslik va tipologiya, til, grammatika, uslubiyot, lug'at, xalq og'zaki ijodi, atamashunoslik, iborasozlik (frazeologiya), maqolshunoslik va matalshunoslik (paremiologiya), fal-safa, mantiq, etnografiya, ruhshunoslik (psixologiya), bayon va insho, matnshu-noslik, mamlakatshunoslik kabi fanlarni qamraydi [AS,12].

G'aybulla Salomovning ilm-fan rivoji yo'lidagi samarali xizmatlari tufayli tarjimashunoslik - ikki tildagi matnni chog'ishtirish yoki bir tildagi ma'noning ikkinchi tilda aks etishini aniqlashgina emas, balki o'zbek tilining salohiyati, boyligi va imkoniyatlarini ko'rsatish, jahon adabiyotini milliy zaminda qayta yaratish ekani tan olindi va tarjimashunoslik shu jarayonni umumfilologik aspektda tadqiq qiladi-gan fan ekanligi aniqlandi. Bugun ustoz G'aybulloh as-Salomning badiiy tarjimachi-lik va tarjimashunoslikka doir ilmiy-nazariy asarlari kutubxonalarda, Internetda izlab-topib o'qilayotgan nashrlar sirasiga kirib ulgurdi.

G'aybulla Salomov mamlakatimizda eng ko'p shogirdlar tarbiyalagan zahmatkash olimlardan biridir. Bizdagi ma'lumotlarga qaraganda, domlaning ilmiy rahbarligida 67 kishi fan nomzodi, 8 kishi fan doktori bo'lgan. Ular orasida mamlakatimizning ko'zga ko'ringan fan va madaniyat xodimlari, jamoat arboblari bor. Darhaqiqat, "G'aybulla Salomovning o'zbek tarjimashunosligi maktabi" deya nom olgan ilmiy maktab mamlakatimiz, hattoki jahon ilm-fani ravnaqida beqiyos o'ringa ega. Bu maktab istiqlol yillarida adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik va

tarjima sohalari rivojiga ayniqsa munosib hissa qo'shib kelmoqda. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining "Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika" kafedrasi buning yorqin o'rnagidir.

Xulosa. O'zbek tarjimashunoslik ilmininga asoschisi, adabiyotshunos olim, muharrir, mutarjim, noshir G'aybulloh as-Salomning farzandi Nazira as-Salom u kishining ijodi, ilmiy faoliyatiga bo'lgan hurmat va davlatimizning e'tibori uchun minnatdorlik bildirib, yangi kitoblar taqdimotidan quvonganini ta'kidlab, taqdim qilinayotgan kitoblarning dunyo yuzini ko'rishida mehnatlari singan barcha ijodkorlar, olimlar, xususan Z.Isomiddinov, X.Hamidov va boshqa insonlar, G'.Salomovning barcha hamkasblari, sodiq shogirdlariga o'z minnatdorchiligini bildirdi.

Ustozning ruhlari shod, oxiratlari obod bo 'lsin!

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

[XH] - Hamidov Xayrulla. Tarjima va tarjimashunoslik (Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika kafedrasi faoliyatiga bir nazar). Risola. - Toshkent: 2023. - 68 b.

[G'S] - Хдмидов Х. Олимнинг "иккинчи" умри. Гайбуллох ас-Салом замондошлари хотирасида. - Toshkent: Adabiyot nashriyoti, 2022. - 336 b.

[AS] - Saidov Akmal, Qiyosiy adabiyotshunoslik tizimida tarjimashunoslik (professor G'aybulla Salomov ilmiy faoliyati misolida). Tarjimashunoslar forumi -2022. Translation Forum - 2022 (Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'pla-mi). 1-kitob - Toshkent: TDSHU, 2022. Volume 2 | Special ISSUE 28 ISSN 21811784 SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7. - 447 b.

[TNK] - Salomov G'aybulla, Tarjima nazariyasiga kirish. darslik. -Тошкент: ТДШИ, 2016. -192 b. (Кайта нашрга тайёрловчи: Х.Хдмидов).

[TT] - Salomov G'aybulla, Til va tarjima (monografiya). - Тошкент: ТДШИ, 2016. -324 b. (Кайта нашрга тайёрловчи: Х.Хдмидов).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.