Научная статья на тему 'TARJIMA TARIXI VA UNING INSON HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI'

TARJIMA TARIXI VA UNING INSON HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1403
252
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarjima / yozma matn / og‘zaki matn / tarjimon / tarzabon. / translation / written text / oral text / translator.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Odilova Xusnora Rasuljon Qizi, Vallomatova Sadoqat, Subanova Dilafruz

Ushbu maqolada biz tarjimaning nima ekanligi, uning kelib chiqishi va inson hayotida tutgan o‘rni qanchalar muhimligini ko‘rib chiqamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE HISTORY OF TRANSLATION AND ITS ROLE IN HUMAN LIFE

In this article, we will explore what translation is, its origin and how important it is in human life.

Текст научной работы на тему «TARJIMA TARIXI VA UNING INSON HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI»

TARJIMA TARIXI VA UNING INSON HAYOTIDA TUTGAN O'RNI

Odilova Xusnora Rasuljon qizi

Nizomiy nomidagi TDPU, Xorijiy tillar fakulteti 3-kurs talabasi Ilmiy rahbar: Vallomatova Sadoqat, Subanova Dilafruz Nizomiy nomidagi TDPU, Xorijiy tillar fakulteti https://doi.org/10.5281/zenodo.7583153

Annotatsiya: Ushbu maqolada biz tarjimaning nima ekanligi, uning kelib chiqishi va inson hayotida tutgan o'rni qanchalar muhimligini ko'rib chiqamiz.

Tayanch so'zlar: tarjima, yozma matn, og'zaki matn, tarjimon, tarzabon.

THE HISTORY OF TRANSLATION AND ITS ROLE IN HUMAN LIFE

Abstract: In this article, we will explore what translation is, its origin and how important it is in human life.

Key words: translation, written text, oral text, translator.

Butun dunyo miqyosida turli xalqlarning o'zaro siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy hamkorligi kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda tarjimaning ahamiyati haqida gapirish, suvning inson hayotidagi tutgan o'rni haqida gapirishdek muhimdir. Biz hayotimizni suvsiz tasavvur qilolmaganimiz kabi, tarjimasiz ham turli xalqlarning bir- biri bilan bo'lgan aloqasini, bu aloqasiz esa taraqqiyotni tasavvur qilolmaymiz. Professor, tarjimashunos olim G'aybulla Salomov ham bejizga " Boshqa xalqlar hayotidan voqif bo'lmaslik g'ofillik va milliy mahdudlikka olib keladi".[1] deya ta'kidlamagan edi. Shuning uchun ham tarjimaga xalqlarni o'zaro bog'laydigan, ularning madaniyatini rivojlantiradigan, hamkorligiga asos bo'ladigan ko'prik sifatida qarashimiz mumkin.

Qadimda O'rta Osiyo va Eron xalqlari o'rtasida notiqlik san'ati juda rivojlangan. Notiqlarni esa " tarzabon" deb ataganlar. " Tar "- fors tilida yangi, shirali, tarovatli, nozik, latif kabi ma'nolarni anglatadi. "Zabon "- til degani. Tarzabon - notiq, chiroyli gapiruvchi, so'z ustasi, yangi va o'tkir so'zlarni aytuvchidir. Tarzabonlar chuqur bilim, keng dunyoqarash, notiqlik mahoratiga ega bo'lishdan tashqari, bir necha tillarni ham bilganlar va o'z nutqlarida ulardan foydalanganlar.

"Arablar kirib kelganlaridan keyin ijtimoiy hayot, madaniyat, fan va boshqa sohalarni o'z ta'siriga olgani kabi, ko'pgina so'zlarni ham o'zlashtirib, arab tili qoidalariga bo'ysundirganlar. Jumladan, tarzabon so'zi ham arabcha talaffuzda "

tarjamon" ( yoki tarjimon ) - ga aylandi. Shundan keyin u arab tilining so'z yasalish qonuniga bo'ysunib, undan yangi ko'rinish hosil qilgan. Shunday qilib tarjimon -tarzabon so'zining arabcha tarjimasidir. Tarjima esa tarjimon so'zidan kelib chiqqan". [2]

"Muayyan tilda og'zaki yoki yozma tarzda bayon etilgan biror-bir fikr, matnlarni bir tildan boshqa tilga o'girish jarayoni tarjima deyiladi"[3] Tarjima tushunchasining ma'nosi juda keng. Biz tarjimada fanning turli-tuman sohalariga doir ilmiy va ilmiy-ommabop kitoblar, diplomatik hujjatlar, rasmiy qog'ozlar, siyosiy arboblarning maqolalari va notiqlarning nutqlari, gazeta materiallari bilan ishlaymiz.

Tarjima haqidagi ilk fikrlar qadim Rimda yuzaga kelgan. Aristotel, Sitseron va Goratsiylar tarjimashunoslik sohasining dastlabki namoyandalari hisoblanadi. Ular tarjima jarayonida so'zma- so'z tarjimadan foydalangandan ko'ra, uning ma'nosini saqlashni ma'qul ko'rganlar. Keyinchalik Italiya, Fransiya, Angliya, Germaniya va Rossiyada tarjima haqidagi nazariy tushunchalar paydo bo'lgan. Dastlabki tarjimonlar Misr, Mesopotamiyada bo'lgan degan farazlar mavjud, lekin ularning kimligi va qilgan tarjimalari ma'lum emas. 1953- yili Xalqaro tarjimonlar uyushmasi FIT ( Federation Internationale des Traducteurs) ning tashkil qilinishi tarjimon va tarjimashunoslar faoliyatining yanada ravnaq topishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Tarjima O'rta Osiyoda ham qadimdan mavjud bo'lib, ulug' mutafakkirlarimizdan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Mahmud Qoshg'ariylar madaniyatimizni boyitishda birinchilardan bo'lib xizmat qilgan tarjimonlarimizdandir. Ular jahon fani rivojiga matematika, astronomiya, falsafa, tibbiyot, tilshunoslik bilimlari bilan o'zlarining munosib hissasini qo'shganidek, tarjimonlik sohasida ham ko'p xizmatlar qilgan. O'z asarlarini arab tilida yozib, grek, fors, hind tillariga birmunchalarini tarjima qilganlar.

"O'zbekistonda tarjimashunoslik maxsus ilm sifatida o'tgan asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Asr oxiriga kelib, bu sohada 10ga yaqin fan turi, 50dan ortiq fan nomzodlari yetishib chiqdi. N. Vladimirova, J.Sharipov, S. Salomova, G'. Salomov, Yu. Pulatov, J. Buronov, A. Abduazizov, Q. Musayev, G. G'afurova, N. Komilov singari tilshunos olimlar tomonidan yaratilgan ilmiy tadqiqotlar O'zbekistonda ham tarjima nazariyasi borasida keng ko'lamda izlanishlar olib borilganining isbotidir. Ular orasida tarjima nazariyasining lingvistik tamoyillarini yaratishda professor A.V. Fedorov izlanishlarini davom ettirgan professor G'. Salomovning xizmatlarini alohida ta'kidlab o'tish o'rinlidir. Olimning 1966- yil nashr qilingan "Til va tarjima" monografiyasi O'zbekistonda tarjima nazariyasi fanining rivojlanishiga o'z hissasini qo'shdi. Ayniqsa, olimning 1973- yilda nashr qilingan "Tarjima tarixi", "Tarjima nazariyasiga kirish", "Umumiy tarjima nazariyasi asoslari" o'quv dasturlari respublikamiz oliy o'quv yurtlarida tarjima nazariyasi kursini o'qitishda asosiy dasturulamal bo'lib xizmat qildi. Xullas, professor G'aybulla Salomovning "Tarjima

nazariyasiga kirish" darsligi oliy o'quv yurtlarining filologiya fakultetlarida ta'lim olayotgan talabalar uchun yo'riqnomaga aylandi" [4]

Shuningdek, 20-asr o'zbek yozuvchilaridan Cho'lpon, G'.G'ulom, Oybek, A. Qahhor, Mirtemir, M. Shayxzoda, M. Ismoiliy, A. Muxtor, E. Vohidov, A. Oripov va boshqalar badiiy tarjima sohasida samarali ijod qilganlar. Shundan beri tarjima vaqt o'tishi bilan rivojlanib kelib hozirda biz tushunadigan tarjimaga aylandi. 21- asrda ham tarjimaga katta e'tibor qaratildi. Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora tadbirlari to'g'risida" gi qaroriga muvofiq "Davlat tilidan xorijiy tillarga va xorijiy tillardan davlat tiliga professional tarjima qilish uslubiyotlarini yaratish hamda ushbu yo'nalishda mutaxassislarning malakasini oshirishda ko'maklashish " [5] ni yaqqol misol qilib olishimiz mumkin.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, tarjima insoniyat faoliyatining eng qadimiy turlaridan biri bo'lib, u tufayli biz insoniyat tarixining barcha tafsilotlarini ochiq-oshkora o'rganamiz. Hech bir xalq o'z qobig'ida, o'z-o'zicha rivojlana olmaydi. U boshqa xalqlarning yutug'i, kamchiligi, tajribalarini o'zlashtirgan holda yuksaladi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun esa albatta tarjima, tarjimashunoslik ilmiga bo'lgan ehtiyojni sezamiz. Tarjima tarixini o'rganish jamiyatda ko'p asrlar ilgari mavjud bo'lgan madaniyat va sivilizatsiyalar haqida bilish imkonini beradi. Hozirgi kunda tarjima biz uchun suv va havodek zarur, chunki ta'lim jarayonida, savdo- sotiq ishlarida, diplomatik munosabatlarda va madaniy aloqalarda tarjimaning ahamiyati muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1.G'aybulla Salomov. Tarjima nazariyasiga kirish. Toshkent: "O'qituvchi". 1978.

2.E.Ochilov. Tarjima nazariyasi va amaliyoti (o'quv qo'llanmasi). Toshkent. 2012.

3.E.Ochilov. Tarjima nazariyasi va amaliyoti (o'quv qo'llanmasi) 7-bet.

4 .https: /uz.m. wikipedia.org.

5.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 19- maydagi PQ-5117 qarori.

6.https://arxiv.uz.

7 .https: //library. samdu.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.