Научная статья на тему 'HINDISTON TARJIMASHUNOSLIGI TARAQQIYOTIGA DOIR'

HINDISTON TARJIMASHUNOSLIGI TARAQQIYOTIGA DOIR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
45
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hindiston tarjimashunsoligi / ko‘p tilli / bhakti / navjagaron / svachhandatavad / riti. / Indian translation studies / multilingualism / bhakti / navjagaran / svachandatavad / riti.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nazrullayeva, Gulnoza

Ko‘p asrlik bosqinchilik, migratsiya va madaniy integratsiya tufayli ajoyib til xilma-xilligi va til aloqasi holati bilan Janubiy Osiyo tarjimashunoslari uchun ajoyib imkoniyat yaratdi. O‘z mahoratini ishga solib, o‘rnatilgan nazariy lingvistik da’volarga qarshi turish uchun hozirgi vaqtda tilni saqlab qolish kerak. Mazkur maqola Hindistonda tarjimashunoslik taraqqiyotiga bag‘ishlanadi. Uning qanday taraqqiy etgani va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PROGRESS OF INDIAN TRANSLATION

Centuries of invasion, migration, and cultural integration have created a great opportunity for South Asian translators, with its remarkable linguistic diversity and state of linguistic contact. It is necessary to preserve the language in the present in order to exercise one's skill and challenge established theoretical linguistic claims. This article is devoted to the development of translation studies in India. It talks about how it developed and its unique features.

Текст научной работы на тему «HINDISTON TARJIMASHUNOSLIGI TARAQQIYOTIGA DOIR»

HINDISTON TARJIMASHUNOSLIGI TARAQQIYOTIGA DOIR

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7455039

Gulnoza NAZRULLAYEVA,

TDSHU tayanch doktoranti. Toshkent, O'zbekiston. Tel: +99899 828 53 46; E-mail: gulnoza90@list.ru

Annotatsiya. Ko'p asrlik bosqinchilik, migratsiya va madaniy integratsiya tufayli ajoyib til xilma-xilligi va til aloqasi holati bilan Janubiy Osiyo tarjimashunoslari uchun ajoyib imkoniyat yaratdi. O'z mahoratini ishga solib, o'rnatilgan nazariy lingvistik da'volarga qarshi turish uchun hozirgi vaqtda tilni saqlab qolish kerak. Mazkur maqola Hindistonda tarjimashunoslik taraqqiyotiga bag'ishlanadi. Uning qanday taraqqiy etgani va uning o'ziga xos xususiyatlari haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: Hindiston tarjimashunsoligi, ko 'p tilli, bhakti, navjagaron, svachhandatavad, riti.

Аннотация. Столетия вторжений, мигрaций и културной интегрaции создали прекрасную возможност для переводчиков из Южной Азии с ее замечателным языковым разнообразием и состоянием языковых контактов. Необходимо сохранит язык в настоящем, чтобы проявит свое мастерство и бросит вызов установленным теоретическим лингвистическим утверждениям. Данная статя посвящена развитию переводоведения в Индии. В нем рассказывается о том, как он развивался и о его уникалных особенностях.

Ключевые слова: индийское переводоведение, многоязычие, бхакти, навджагаран, свачхандатавад, рити.

Abstract. Centuries of invasion, migration, and cultural integration have created a great opportunity for South Asian translators, with its remarkable linguistic diversity and state of linguistic contact. It is necessary to preserve the language in the present in order to exercise one's skill and challenge established theoretical linguistic claims. This article is devoted to the development of translation studies in India. It talks about how it developed and its unique features.

Key words: Indian translation studies, multilingualism, bhakti, navjagaran, svachandatavad, riti.

Asosiy qism: "Butun dunyo miqyosida turli xalqlarning o'zaro siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy hamkorligi borgan sari kuchayib bormoqdaki, bu aloqalarni tarjimasiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bugungi kunda tarjimaning

Tarjima faqat so'z bilan bog'liq emas: bu butun madaniyatni tushunarli qilish masalasidir.

Anthony Burgess

ahamiyati haqida gapirish quyoshning ahamiyatini tushuntirishday gap bo'lib qoldi. Ya'ni quyoshsiz yer yuzida hayot bo'lmagani kabi, tarjimasiz turli xalqlarning o'zaro aloqasi, o'zaro aloqasiz esa taraqqiyot bo'lmaydi. "Boshqa xalqlar hayotidan voqif bo'lmaslik, g'ofillik milliy mahdudlikka olib keladi" [6, 18]. Shuning uchun ham tarjimaga xalqlarni bir-biriga bog'lovchi halqa, fan va madaniyatni rivojlantiruvchi va boyituvchi vosita, o'zaro hamkorlik va hamjihatlikka asos soluvchi ko'prik deb qaraladi" [4,

Hindiston Respublikasi - katta ko'p millatli mamlakatdir. Uning aholisi turli til va shevalarda muloqot qilishadi. 2001-yil aholini ro'yhatga olishda 1652 til qayd etilgan. O'n mingdan ortiq ona tilida so'zlashuvchilar 216 ta til mavjud. Hindistonda rasmiy tillar soni 22 ta hisoblanadi. Ammo bu til boyligi boshidanoq hind jamiyatiga xos xususiyat bo'lib kelgan. Shuning uchun tarjima Hindistonda turli tillarda so'zlashuvchilar o'rtasidagi muloqot vositasi sifatida uzoq tarixga ega. Tarjimashunoslar nuqtai nazaridan Hindiston turli sabablarga ko'ra noyobdir.

XVIII-XIX-asr oxirlarida Hindiston g'arb bilan to'qnashuv natijasida murakkab, ikki tomonlama, madaniy-intellektual munosabatlar yuzaga keldi. Fan, muhandislik sohalarida va siyosat va iqtisod kabi yangi fanlarda ingliz tili hind tillariga tarjimalar uchun donor tilga aylandi. Falsafa, din, tilshunoslik va adabiyot nazariyasi sohalarida sanskrit tili ingliz va boshqa yevropa tillariga tarjimalar uchun donor tili sifatidagi rolini yangiladi. Aslida, XIX-asrda Yevropa Hindistonni kashf etgani kabi Hindiston Yevropani kash etdi va o'zaro ta'sir ehtimoli teng edi. 1820-yilga kelib Yevropaning barcha yirik universitetlarida sanskrit fanlari kafedralari mavjud edi va sanskritshunoslik katta obro'ga ega bo'ldi. Asr o'tgan sari sanskritshunoslik Yevropa ongini shakllantirdi.

"Hindiy tilida tarjima tushunchasining ma'nosi juda keng. Hindiy tilida tarjima so'zi bir qancha so'zlar bilan ifodalanib keladi. Hozirgi eng

ommalashgani (tarjima) so'zidir. Undan tashqari boshqa so'zlar

ham ishlatilib kelinadi. Ular quyidagilar: ^dWu,

MIdçaMul, War, a^TT, ^pTT^, ^nfô^T, 3ë^T.

Bular quyidagi ma'nolarni o'z ichiga oladi: til uzatish, ruhning bir tanadan

14

4].

boshqasiga o'tishi yoki transformatsiya, o'zgani o'zinikidek qabul qilish, xonakilashtirish. Yuqorida keltirilgan atamalar hindiy tilidagi

deb tarjima qilinadi. So'zma-so'z va etimologik jihatdan

"keyingi" nutqni anglatadi. - ergashish, "^T^" - nutq deganidir" [1, 101].

Hindiston tarjimashunosligi rivojida quyidagi davrlarni o'z ichiga oladi:

1. Hind lingvistik voqeliklari va erta davr tarjimasi (erta davrdan 1100 yilgacha);

2. Bhakti (^dT1100-1700) va Riti (Mt 1700-1800) davrlari tarjimasi;

3. Navjagaron davridagi tarjima;

4. Svachhandatavad davridagi tarjima;

5. Zamonaviy (M^R^) davrdagi tarjima (1950-1980);

6. O'ta zamonaviy davrdagi tarjima (1980dan boshlab);

O

Shundan kelib chiqqan holda, Hindistondagi tarjimashunoslik taraqqiyotini quyidagicha davrlashtirish mumkin:

1. Mustamlakachilikdan oldingi davr tarjimachiligi;

2. Mustamlakachilik davri;

3. Mustamlakachilikdan keying davr;

Birinchi davrni ikkiga bo'lish mumkin: 1) ilk davrlardan 1100 yilgacha va 2) 1100 yildan 1757 yilgacha bo'lgan davr. Hindistonda tarjima amaliyoti haqida gapirilganda, ko'ptilli ekanligi unutilmasligi kerak. Tarjima jarayonida ular nazariyaga va metodologiyaga e'tibor bermasdan tarjima qilganlar. Bir vaqtning o'zida bir necha tillarga ega hindlar bir til tizimidan ikkinchisiga osonlik bilan o'tishi mumkin edi. Hindistondagi turli xil tillar bir biriga raqib bo'lmagan.

XIX-asrning ikkinchi yarimida Hindistonda ko'p tilillik rivojlandi. Misol uchun, gujaratlik shoir. Dayaram gujarat va hindiy tillarida ijod qilgan.

Bhakti va riti tarjima davrlarida shoirlar tarjima qilishga intilganlar. Ular hind xalqining yashash tarzini, madaniyatini, an'analarini tarjima orqali targ'ib qilganlar. Aynan Nanak, Kabir, Sur, Tulsi, Narsinh, Mira, Gyaneshvar shoirlar sanskrit tilidagi bilimlarni ommalashtirib, ularni

dialektlarga va lokhbhashalarga (xalq tili) tarjima qilganlar.

Tarjimachilik faoliyatiga haqiqiy turtki aynan 1757 yildan 1857 yilgacha Sharqiy Hindiston kompaniyasi ostida va 1857 yildan 1947 yilgacha mustamlaka hukmronligi davrida. Shu davrda hindiy tilidan ingliz tiliga tarjimalar ommalashib ketdi. Barcha davlat tadbirlari hindiy tilidan ingliz tiliga tarjima qilinish boshlangan edi.

Hind tarjimashunosi professor G.N.Devy hind kontekstida adabiy tarjimalarni uch turga bo'ladi:

1. Qadimiy adabiy merosni saqlashga qiziquvchilar;

2. "G'arblashuvchi" hind tillari va adabiyoti bilan qiziquvchilar;

3. Zamonaviy hind tillarida "milliylashtirish" adabiyotiga qiziquvchilar;

Hindistonning eng mashhur tarjimonlaridan biri faylasuf, shoir - Shri Aurobindo tarjimashunoslikda psixo-ma'naviy nazariyalarni ishlab chiqdi. U o'zining tarjimalaridan nazariy asos ishlab chiqdi. U ushbu nazariy asoslarini Kalidasa tarjimasida, Bhagavad Gitani tarjimasida, Upanishadlarni tarjima qilishda, nasrning she'rga talqini va bengal tilidagi tarjimalariga oid mulohazalar kabi maqolalarida qayd etgan. Bir qancha asarlarni tarjima qilgandan so'ng, u Hindistonning kognitiv falsafasi va an'analari, xususan, buddizmgacha bo'lgan va buddistlik davrining ta'siri ostida falsafa va psixologiya bilimi bilan ushbu nazariyalarni ishlab chiqdi [2, 340].

Shri Aurobindoning aytishicha muqaddas bitiklarni tarjima qilishning 3 ta standarti bor. Ular quyidagilar: biluvchi, bilim va muqaddas kitoblarni tarjima qilish ko'nikmasiga ega bo'lish. Shri Aurobindo ikkita asosiy qurilmadan foydalangan holda ko'plab matnlarni tarjima qilgan: tasvirni o'zgartirish va neologizm. U boshqalarga tarjima qilishda xuddi shunday qabul qilishni taklif qiladi. Uning aytishicha, estetik jihatdan muhim matnni tarjima qilishda "so'zning yaqinligi" "ma'no yaqinligi" dan muhimroqdir. Uning fikricha, tarjimon o'zining ijodiy aql-zakovatidan obrazni o'zgartirish orqali foydalanishi, ya'ni asl tasvirning estetik va madaniy qiymati haqida qayg'urishi kerak [2, 340].

Bugungi kunda hind adabiyoti ingliz tiliga tarjimasi va hind-ingliz adabiyoti Hindiston universitetlarida ingliz adabiyoti o'quv dasturlariga kiritilgan. Shu ishlarga katta hissa qo'shgan tarjimonlardan biri

Haydorobod universiteti professori Minakshi Mukerji edi. U ingliz tilidan tashqari bengal va Marathi tillariga ham tarjima qilgan. Ammo u Hindistonda ingliz adabiyotining an'anaviy tarzda o'qitilishini tanqid qilardi. U ingliz tili kurslarida hind tilidagi matnlarni tarjima qilish jarayonida madaniyatni yaxshiroq o'rganish mumkinligini aniqladi. Ko'proq matnlarni tarjima qilishni avzalroq ko'rdi. Mukerji tarjimashunoslar uchun meros qoldirdi [7, 157].

Hindiston tarjimashunosligining taraqqiyotiga hissa qo'shgan tarjimonlardan yana biri Dehli universiteti professori Harish Trivedi.U turli xalqaro uyushmalarda ko'plab nufuzli lavozimlarni egallagan. U 1993-1999-yillarda Hindiston hamdo'stlik adabiyoti va tilshunoslik assotsiatsiyasining kotibi va vitse-prezidenti hamda 2002-2004-yillarda shu assotsiatsiyasi raisi o'rinbosari bo'lgan. 2002-yilda AQSHning Chikago universiteti va London universiteti professori bo'lgan. Shuningdek, Afinadagi Jorjiya universiteti, Oklaxoma universiteti va turli nufuzli universitetlarda turli tarjimashunoslikka oid ma'ruzalar o'qidi.

Professor Harish Trivedi tarjima bo'yicha ko'plab ishlarni amalga oshirgan., ammo mustamlakachilikdan keying yozuvchi sifatida uning eng muhim ishlaridan biri postcolonial tarjima bo'lib, u Syuzan Bassnett bilan hamkorlikda tahrir qilgan. Shuning uchun tarjima sohasida bir nechta maqolalar nashr etgan. Shuningdek, u "Hindistonda tarjima" deb nomlangan kitob ustida ishlamoqda. Uning asosiy maqsadi -tarjimashunoslarni qiynaydigan nazariy savollarga javob topishdir [3].

Hozirgi zamonaviy hind tarjimonlaridan biri Santosh Aleks. U ikki tilli shoir va ko'p tilli tarjimondir. Tarjima sohasida 23 yildan beri ishlaydi. Santosh mustamlaka davridan keying adabiyotlarni ingliz, hindiy, Malayalam, tamil va telugu tillariga tarjima qiladi. U mamlakatning 100 ga yaqin adiblarini turli tillarga tarjima qilgan. U so'ngi 24 yil davomida tarjima va yozuv san'ati orqali hind adabiyotini boyitib kelmoqda. U she'riyat, tanqid va tarjimaga oid 42 kitob muallifi hisoblanadi. She'rlari 18 tilga tarjima qilingan. Santosh Aleks tarjima borasida quyidagi fikrlarni bildirgan: "Tarjima - bu san'at. Unda malakaga ega bo'lish uchun ko'p yillik amaliyot kerak. Tarjimani davom ettirish, shuningdek, boshqa tarjima qilingan asarlarni o'qish kerak" [8, 103].

Xulosa: Hindistondagi zamonaviy davrda hind yozuvchilari tarjimashunoslari orasida raqobat kuchaydi. Hind mintaqaviy til

yozuvchilari va hind-ingliz yozuvchilari. Ba'zi yozuvchilar o'z asarlarini o'zlari tarjima qiladilar. Masalan, Rabindranat Tagor - bengal tilidan ingliz tiliga, Girish Karnad - Kannada tilidan ingliz tiliga tarjima qilganlar. Hindistonda bir qator ikki tilli yozuvchilar bor. Ular Kamala Das, Jayant Mahapatra va boshqalar. Olimlar shu kunlarda tarjimashunoslik sohasida izlanishlar olib bormoqdalar.

REFERENCES

1. History of Translation in India/Avadhesh Kumar Singh "Translation in/and Hindi Literature". National Translation Mission, CIIL, Mysuru, 2017.

2. Journal of Emerging Technologies and Innovative Research (JETIR)/Dr.Anisha "Translation in India: Then and Now". Volume5, Issue 6, 2018.

3. Madhu Shree Dwivedi "Harish Trivedi and his work". Translation and interpreting, New Delhi, India. Modlingua - 2022.

4. Ochilov E. Tarjima nazariyasi va amaliyoti (o'quv qo'llanma). - T., 2012.

5. Revista Brasileira de Tradutores/Santosh K.Sareen "Translation in India: history and politics". Anhanguera Educacional S.A. Alamedo Maria Terrza, 2000.

6. Salomov G'. Tarjima nazariyasiga kirish. - Toshkent: "O'qituvchi", 1978.

7. Sujit Mukherjee "Translation as Recovery". Pencraft International, Delhi -

8. ШЙ" uf^ll ^ cild^lU^dll Authors press, New Delhi, India - 2016.

9. Fatxutdinova, I. A. (2021). Tarjimada ekvivalentlikning muloqot maqsadini ifodalash vositalari. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 140-149.

10. Khodjaeva, N. (2019). SEMANTICS OF KINSHIP TERMS AS A FORM OF ADDRESS IN UZBEK TRANSLATIONS OF PREMCHAND. Theoretical & Applied Science, (8), 107-110.

11. KHODJAEVA, N. B. (2021). PREMCHAND'S VARDAAN IN UZBEKISTAN: TRANSLATION ISSUES OF SOME CULTURAL SPECIFIC WORDS. THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (12), 374-377.

12. KHODJAEVA, N. The Development of Indian Literature in Uzbekistan: Historiography of Translation. History of Translation in India, 431.

13. Ходжаева, Н., & Губаева, Х. (2020). ISSUES ON TRANSLATION OF CHARACTER SPEECH (ON THE EXAMPLE OF KOREAN-UZBEK LITERATURE). МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(4).

2004.

14. Khodjayeva, N. (2021). The issues of stylistics on translation of historical costumes. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 534-543.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.