Научная статья на тему 'TARJIMA TARIXIDA TARJIMA MAKTABLARINING FAOLIYATI'

TARJIMA TARIXIDA TARJIMA MAKTABLARINING FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1103
140
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarjimachilik / tilshunos / asar tarjimasi / qo'lyozma / til masalalari / tarjima buzilishi. / Translation / linguist / work translation / manuscript / language issues / translation disorder.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — M. Murtazayeva

Mazkur maqolada tarjima tarixi va u davrda ijod qilgan tarjimon olimlar faoliyati, ularning fikr-mulohazalari haqida bayonot qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ACTIVITIES OF TRANSLATION SCHOOLS IN THE HISTORY OF TRANSLATION

This article describes the history of translation and the work of translation scientists who worked during that period, their opinions.

Текст научной работы на тему «TARJIMA TARIXIDA TARJIMA MAKTABLARINING FAOLIYATI»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

TARJIMA TARIXIDA TARJIMA MAKTABLARINING FAOLIYATI Mohichehra Murtazayeva Erkinovna

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti 1-kurs

talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.6894772 Annotatsiya. Mazkur maqolada tarjima tarixi va u davrda ijod qilgan tarjimon olimlar faoliyati, ularning fikr-mulohazalari haqida bayonot qilinadi.

Kalit so'zlar: Tarjimachilik, tilshunos, asar tarjimasi, qo'lyozma, til masalalari, tarjima buzilishi.

ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ ПЕРЕВОДЧЕСКИХ ШКОЛ В ИСТОРИИ ПЕРЕВОДА Аннотация. В данной статье описывается история переводоведения и деятельность ученых-переводчиков, работавших в этот период, их мнения.

Ключевые слова: перевод, лингвист, перевод произведения, рукопись, языковые проблемы, нарушение перевода.

ACTIVITIES OF TRANSLATION SCHOOLS IN THE HISTORY OF TRANSLATION

Abstract. This article describes the history of translation and the work of translation scientists who worked during that period, their opinions.

Keywords: Translation, linguist, work translation, manuscript, language issues, translation disorder.

KIRISH

Tarjima tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi. Qadim zamonlardan buyon turli tillarda so'zlovchi xalqlar bir-biri bilan muomala qilganda tarjimon orqali ish bitkazganlar. Tarjimonsiz ish bitishi murakkab kechgan. Savdo-sotiq ishlarida, diplomatik munosabatlar va madaniy aloqalarda tarjimaga zaruriyat tug'ilgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Ulug' mutafakkir olimlar Farobiy, Beruniy, ibn Sino, Mahmud Koshg'ariylarni qadimgi madaniyatimizni boyitishda katta xizmat qilgan birinchi tarjimonlarimiz ham deb hisoblaymiz. Ular jahon faniga, matematika, astronomiya, falsafa, tibbiyot, tilshunoslik bilimlariga o'zlarining munosib hissalarini qo'shgani kabi tarjimachilik ishlarida ham katta xizmat qilganlar. O'z asarlarini arab tilida yozgan bu ulug' siymolar grek, hind, fors tillariga ham birmuncha asarlarini tarjima qilganlar.

Markaziy Osiyoning dastlabki tarjimonlari: -Abu Nasr Farobiy; -Abu Ali ibn Sino; -Abu Rayhon Beruniy; -Mahmud Qoshg'ariy; -Mahmud Zamaxshariy

1. Farobiy Aristotelning "Metafizika", "Fizika", "Meteorologiya"siga sharhlar yozgan. Ayrim zarur kitoblarni grekchadan arab tiliga tarjima qilgan.

2. Ibn Sinoning 5 tomdan iborat "Alqonun fit-tib" nomli asari Yevropada XV asrda lotin tiliga 16 marta, XVI asrda esa 20 martadan ko'proq nashr qilindi. "Tib qonunlari" Yevropaning boshqa tillariga ham tarjima qilingan.

3. Beruniyning arab tiliga qilgan tarjimalari:

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

-Khandakhadyaka ("al Arkanda jadvali");

-Brahmasiddihonta (matematikaga oid kitob);

-Ikkita Balian butparasti haqida hikoya;

-Barohamihira;

-Nilufar haqida hikoya;

-Kapayara (kasallar haqida yozilgan kitob);

-Sankhya (falsafaga oid kitob).

4. Qoshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" ("Turkiy so'zlar devoni") asarini yozayotganda juda ko'p turkiy so'zlarni arabchaga tarjima etib, ularning nozik tomonlarini ustalik bilan talqin qilib berdi. Turkiy so'zlarni, maqol, matal, she'r parchalarini 1-marta arabchaga tarjima etgan.

5. Zamaxshariy "Muqaddimatul-adab" ("Nafis so'zlarga muqaddima") degan arabcha va forscha lug'at tuzdi. Bu lug'at hozir O'zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar fondida saqlanadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Somoniylar davrida yashab ijod etgan Abu Ali ibn Sino (980-1037) Buxoroning Afshana qishlog'ida tug'ildi. U yoshlik yillaridayoq arab tilini o'rganib, o'zining tibbiy, ilmiy kitoblarini asosan shu tilda yozdi, she'rlarini esa fors tilida ijod qildi. Abu Ali ibn Sino Yevropada Avisenna degan nom bilan dong taratdi. Ibn Sino Xorazmda bo'lganida Beruniy bilan tanishib do'stlashdi.

Uning ("Ash-shifo") asari lotin tiliga ham tarjima etilib, Yevropada darslik qatorida o'qitilardi. Ibn Sinoning 300 ga yaqin ilmiy asari bizning zaminamizgacha yetib kelgan. U sharq mamlakatlarining ko'p joylarida bo'ldi, arab, fors va turkiy xalqlari tillarida bemalol gaplashar, unga tarjimon kerak emas edi. Bu esa tabib kishi uchun ulug' fazilat.

"Al qonun fit-tib" asari: Ibn Sino 450 dan ortiq, shu jumladan tibbiyotga oid 43 ta asar yozgan. Uning 5 jildlik "Al qonun fit-tib" asari dunyoga mashhur. Asarda kasalliklarning kelib chiqish sabablari, muolaja usullari, diagnostika, dorivor o'simliklar va dori-darmonlarning xususiyatiga katta ahamiyat berilib, asar tarjimalarida ham xuddi shu asosiy jihatlar mavjud.

G'arb tillariga tarjimalari: "Al qonun fit-tib" ("Tib qonunlari") qomusiy asarining g'arb tillariga tarjimasi XII asrdan boshlangan. Asar ilk marotaba XII asrda lotin tiliga tarjima qilingan.

Keyingi tarjimalar: XIII asrdan boshlab Ibn Sinoning bu asari avval ingliz tiliga, o'rta asrlarning so'nggi davriga kelib deyarli barcha yevropa tillariga, jumladan, nemis, fransuz tillariga ham tarjima qilingan. Asar to XVII asrgacha Yevropa tabobatida asosiy qo'llanma sifatida qo'llanilgan.

Abu Ali ibn Sinoning zamondoshi, u bilan birga ishlashgan buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) Xorazmda tug'ilib, Abu Ali ibn Sinodan 11 yildan so'ng vafot etdi. Beruniy davrida Xorazmda madaniyat o'sgan va u yerda sharqning mashhur olimlari to'planib, ilm-madaniyatni yuksaltirishga o'z hissalarini qo'shgani bir joy edi. Beruniyda favqulodda talant bor edi va u bu talantni yana ham o'stirdi. Yosh vaqtidanoq arab, fors tillarini mukammal o'rganib olgan Abu Rayhon Beruniy tez orada ko'zga ko'ringan olimlardan biri bo'lib tanildi. U "O'tmish avlodlarining yodgorliklari" nomli asarini arab tilida yozdi.

Beruniy "Hindiston" degan mashhur kitobini yozish uchun hind tilini o'rganib oldi. Beruniy o'z kitobini arab tilida yozar ekan, hindcha yozilgan kitoblardan foydalandi, hind tilidan ko'pgina materiallarni tarjima qildi.

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

O'zining yuksak talanti, ajoyib iste'dodi bilan hammani qoyil qoldirgan. Haliga qadar avlodlariga ulug'bir ibrat bo'lgan Beruniy hind tili, hind tarixi, hind fan-madaniyatini o'rganishdagi qiyinchiliklarni yengib, hind madaniyati mutaxassisi bo'lganini yozadi.

MUHOKAMA

Beruniyning aytishicha, u o'zini hindlarning munajjimlari yonida ustoz oldida turgan shogirddek vazmin tutgan. Asta-sekin hindlarning tili, madaniyati va urf-odatlarini yaxshi o'rganib olgan Beruniy ularga matematika fani asoslaridan tahsil beradigan bo'lgan. Ulug' olimning noyob talantidan va chuqur bilimidan hayratlangan hindlar unga "devonavor" taajjub va havas bilan qarar, undan foydalanishga harakat qilat edilar. Hindlar Beruniyning matematika sohasidagi bilimi, o'lchovlar sohasidagi kashfiyotidan voqif bo'lib, uni hatto sehrgar deb e'lon qilishlariga sal qolgan. Hind olimlari Beruniyni o'z tillarida "daryo" deb atagan.

Asarlarda orttirish, kamayish orqasidagi buzilish tezroq ma'lum bo'ladi, yodlash oson bo'ladi. Hindlar yozuvga emas, balki yod o'qishga asoslanadilar. Malumki, nazm asarlar vaznini to'g'rilash, buzilgan joylarni tuzatish, kamchiliklarini to'ldirish uchun zarur bo'lgan bir tartibdir.

XULOSA

Abu Rayhon Beruniy tarjimon va tarjimashunos sifatida til masalalariga ham katta e'tibor bilan qaragan va ayniqsa, bir tilidan ikkinchi bir tilga tarjima qilish ishidagi qiyinchiliklarni har taraflama ko'rsatib bergan. Hind tilini o'z ona tili kabi bilish uchun, albatta, Beruniy bir qancha matn va asarlarni tarjima qilib, zo'r qunt bilan mashq qilgan.

Turli janrlarga oid 150 ga yaqin asar yozgan Beruniyning hindchadan va boshqa tillardan qilgan tarjimalari ko'p. Lekin baxtga qarshi ularning ko'plari bizning zamonamizgacha yetib kelmagan.

Hindlarga g'azavot e'lon qilgan Jahongir Mahmud G'aznaviyga qarshi chiqqanda Beruniy hind xalqiga hurmat bilan qarab, har qanday zo'rliq, qilich va shamshirlar o'rniga madaniy aloqani kuchayyirish tarafdori bo'lib chiqdi. Xalqlar o'rtasida do'stona aloqa o'rnatishning katta omillaridan biri tarjima ekanini Juda yaxshi bilgan Beruniy, jumladan, Hindistonni o'rganish va hind xalqi yaratgan ilm-fan yangiliklarini targ'ib qilishda asosiy vosita bo'lgan tarjimachilik ishidan keng foydalandi. U o'nlab asarlarni tarjima qilib, uning prensipalari haqida o'zining fikrini bayon qildi.

REFERENCES

1. G'afurov I. Tarjimashunoslik mutaxassisligiga kirish. -T 2008

2. G'afurov I, Mo'minov O, Qambarov N. Tarjima nazariyasi. -T 2012

3. Musayev Q. Tarjima nazariyasi asoslari. - T 2005

4. Sirojiddinov Sh, Odilova G. Badiiy tarjima asoslari. -T 2011.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.