Научная статья на тему 'MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYASI KURSINI O’QITISHDA INTERFAOL USULLAR VA GEOGRAFIK O’YINLARDAN FOYDALANISH'

MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYASI KURSINI O’QITISHDA INTERFAOL USULLAR VA GEOGRAFIK O’YINLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’zbek modeli / interfaol / krik / vodiy / selva / epifit / syujеtli rolli o’yinlar / ijodiy o’yinlar / ishbilarmonlar o’yini. / Uzbek model / interactive / stream / valley / selva / epiphyte / roleplaying games / creative games / business games.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Matsaidova S.X., Rajabov H.Z.

Ushbu maqolada materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursini o’qitishda interfaol usullar va geografik o’yinlardan foydalanish usullari ko’rsatilgan. O’yinlar geografiya ta’limi jarayoni misolida ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF INTERACTIVE METHODS AND GEOGRAPHIC GAMES IN TEACHING THE COURSE OF NATURAL GEOGRAPHY OF CONTINENTS AND OCEANS

This article shows how to use interactive methods and geography games when teaching a course in the natural geography of continents and oceans. The games were developed as an example of the geography learning process.

Текст научной работы на тему «MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYASI KURSINI O’QITISHDA INTERFAOL USULLAR VA GEOGRAFIK O’YINLARDAN FOYDALANISH»

Matsaidova S.X., P.f.n. Urganch davlat universiteti

dotsent Rajabov H.Z. magistrant Urganch davlat universiteti

MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYASI KURSINI O'QITISHDA INTERFAOL USULLAR VA GEOGRAFIK O'YINLARDAN FOYDALANISH

Annotatsiya. Ushbu maqolada materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursini o'qitishda interfaol usullar va geografik o 'yinlardan foydalanish usullari ko 'rsatilgan. O 'yinlar geografiya ta 'limi jarayoni misolida ishlab chiqilgan.

Kalit so 'zlar. O 'zbek modeli, interfaol, krik, vodiy, selva, epifit, syujеtli -rolli o 'yinlar, ijodiy o 'yinlar, ishbilarmonlar o 'yini.

Matsaidova S.Kh., Ph.D. associate professor Urgan State University Rajabov Kh.Z. master's student Urgench State University

USE OF INTERACTIVE METHODS AND GEOGRAPHIC GAMES IN

TEACHING THE COURSE OF NATURAL GEOGRAPHY OF CONTINENTS AND OCEANS

Abstract. This article shows how to use interactive methods and geography games when teaching a course in the natural geography of continents and oceans. The games were developed as an example of the geography learning process.

Key words. Uzbek model, interactive, stream, valley, selva, epiphyte, role-playing games, creative games, business games.

O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimida Geografiya fanini o'qitishni rivojlantirish Konsepsiyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini" va 2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5863-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "2030 yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi"da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.

Shu asosda bugungi kunda O'zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi Respublika ta'lim markazi Umumiy o'rta ta'limning O'quv dasturida 7-sinf

Geografiya km-sining mazmuni quyidagicha ko'гsatilgan. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursi okeanlar, materiklar haqida umumiy tushuncha, geografik qobiqning mohiyati va chegaralari, materiklar va okeanlarning shakllanishi va rivojlanishi, iqlim hosil qiluvchi omillar, iqlim mintaqalari, tabiat komplekslari va ularning zonalligi, okean tubi relyefi, okean suvining xususiyatlari, dengiz oqimlari, har bir materikning geogгafik o'mi, tabiatini o'гganish taгixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, гelyefi, iqlimi va iqlim mintaqalari, ichki suvlaгi, tabiat zonalari, tabiiy geografik o'lkalaгi, tabiatiga insonning ta'siгi,antгopogen landshaftlaгi, ekologik muammolari, tabiatini muhofaza qilish, har bir okeanga kompleks tabiiy geografik tavsif kabi masalalarni qamrab olgan [1].

Zamonaviy ta'lim respublikamizda ko'p bosqichli tizimgao'tdi. Mamlakatimizdaamalga oshirilayotgan ta'lim tizimi islohatlari dunyo bo'yicha "o'zbek modeli" deb e'tiгof etilmoqda.So'nggi yillardabu yo'nalishda bir qator g'aгb davlatlari modellaridanunumli foydalanilmoqda. Ta'limda pedagogik shakllarning muhim hususiyati muloqot materiallari sifatida bilimlardanemas, balki axborotlardan foydalanishdir. Bilim va axborot o'rtasida farq shundaki, bilimlar - voqeliknibilishning jamiyat amaliyotidagi tekshiruvidan o'tgan natijasi bo'lib, asosiyxususiyati haqiqatga to'g'ri kelishi va ziddiyatlardan xoli bo'lishi demakdir. Didaktikadata'lim usullari degan ibora juda ko'p ishlatiladi an'anaviy metodika ta'lim usuli - bu o'qituvchining turli tushuncha, qonuniyat, atama, hodisava jarayonlarni o'quvchida, aniqгog'i, uning ko'z o'ngida shakllantirish usuli deb hisoblaydi.

Maktab amaliyotida qator ta'lim usullari jumladan: o'qitish, yozish, axborotni o'zlashtiгish, o'quv vositalari, darslik bilan ishlash kabi usullar keng qo'llanilmoqda. Ammo XX asrohiridava XXI as^oshlaridata^imning "interfaorusullaridegan iboгa pedagogik adabiyotlaráa keng ishlatilmoqda.Bu iboгaning mohiyatini ochib beгishga haгakat qilib ko'ramiz. "intef'o'ta degan ma'noda ishlatilmoqda. Interfaol degani o'ta faol ta'lim usulidemakdir. Buusullar guruhi tez muddatdasamaгalita'siгetish o^uvchilaróa mustaqil fikr qilishni, ulardagi ijodkorlik hamda mavzu mohiyatini qiziqib o'zlashtirishlarini ta'minlaydi. Maktab amaliyotida qo'llanilayotgan interfaol usullarni hamda ilg^ pedagogik tajribalarni o'гganish, bu sohada yetarli metodik adabiyotlarning kamligi, eng asosiysi, interfaol usullarga, pedagoglarning ehtiyoji oshib borayotganligini ko'гsatadi.

O'qitishning interfaol usullari, tushuntirish, ko^satmaliva vositalardan foydalanish kabi an'anaviy usullardan uning samradorligi yuqori bo'lib, u o'quvchilami shaxs sifatida shakllanishi, xususiy qobilyatlarini oshirish, ijodiy mustaqilligini ta'minlashda muhim omil hisoblanadi. O'qitish o'quvchi faoliyatini gavdalantiradigan sharoitdaolib boriladiva muammoli vaziyatlarni hal qilishga qaratiladi. Ta'limda bilim, ko'nikma va malakalarni guruh bo'lib, jamoa faoliyatidabirgalikda o'zlashtirish imkoniyatlari yuzaga chiqadi. Bu jarayonlarda o'quvchilaming fikriash faoliyatida jonlanish yuz berib, faollik oshadi. O'quv

mashg'uloti o'yinlar, munozara, vaziyatga doir topshiriqlarva boshqa o'qitish, shakli va usullarda olib boriladi. Interfaol usullar haqida so'z borganda albatta, geografik ta'limiy o'yinlarga murojaat qilmasdan ilojimiz yo'q.

Talim jarayonida talimiy o'yinlar texnologiyasi talimiy o'yinli dars shaklida qo'llaniladi. Ushbu darslarda o'quvchilarning bilim olish jarayoni o'yin faoliyati bilan uyg'unlashtiriladi. Shu sababli o'quvchilarning bilim olish faoliyati bilan uyg'unlashgan darslar talimiy o'yinlar darsi deb ataladi. Shunday darslardan biri "Baxtli tasodif o'yini" misolda keltiramiz. O'yinchilar 4 - 6 kishi bo'lib, ular bilimdonlardir. Savollar qizil va ko'k konvertda bo'ladi. Guruh sardorlari savollarni boshlovchidan oladilar va birgalashib 30 lahza tayyorlanadilar. So'ngra o'yinchilardan biri savollarga javob beradi. Ishqibozlarning savollar javobini aytishga yo'l qo'yilmaydi.

1-tur. Har bir guruhga savollar beriladi. Savollarga 15 lahzadan so'ng javob beriladi. 30 lahzadan vaqt oshsa javoblar inobatga olinmaydi. Har bir to'g'ri javobga bir ball beriladi.

Birinchi guruhning savollari:

1. Afrikani kim birinchi aylanib o'tgan?

2. Avstraliyada quruq o'zanlar nima deyiladi?

3. Sahrodagi shamol nima?

4. And tog'laridan qanday foydali qazilma olinadi?

5. Afrika cho'llarini ayting?

Javoblar: Vaska - da Gama, Krik, Samum, Mis, Sahroi Kabr, Kalaxari, Namib.

Ikkinchi guruhning savollari:

1. Qaysi materikda yer qimirlaydi?

2. Afrikada quruq o'zanlar nima deyiladi?

3. Kuchli shamolning nomi nima?

4. Afrikada qaysi mamlakat foydali qazilmalarga boy?

5. Janubiy Amerika tekisliklarini ayting?

Javoblar: Antarktida, vodiy, tornada, JAR, Amazonka, Orinoko, La-Plata.

II-tur. Savollarga bir daqiqagacha o'ylab javob berish mumkin. Har bir to'g'ri javobga ikki ball boshlovchi, o'n besh lahzadan so'ng javobga tayyorgarlikni so'raydi.

Guruhga I - savol. I. Konvert ichida kofe doni bor bu ekin nomi, vatani, qayerlarda ekiladi, tayyorlash texnologiyasini aytib beradi.

javob: Vatani Afrika, u hozir esa Janubiy Amerikada ko'p ekiladi, rasmini chizadi.

2-savol: Afrika ustidan samolyotda uchayapsiz ekvator ustida nima ko'rasiz qormi?, muzmi?

javob: Klimanjara tog'i ekvatorga yaqin joylashgan uning cho'qqilarida doimiy qor va muzliklar bor.

3-savol: Bu o'simlik davlatning ramzlaridagi belgisi bu qaysi o'simlik.

javob: Namibiya davlati belgisi velvichiya.

Ikkinchi guruhga savol I. Konvertda kakao kukuni bor uni izohlang?

javob: Vatani Janubiy Amerika u ikki yarim sharda ham ekiladi? O'simlikni rasmini chizib ko'rsatadi. Kakaoni ichishga tayyorlab ko'rsatiladi.

2 - savol: Siz Anxel sharsharasidasiz. Suvni tatib ko'ra olasizmi?

javob: U juda baland sharshara. Unga juda yaqin borib bo'lmaydi. Uzoqdan ko'ramiz, suvini tatib ko'rib bo'lmaydi.

3 - savol Bu o'simlik Amazonka daryosi mo'jizasi uni nomi nima?

javob: viktoriya regiya.

Ishqibozlarning savollari.

1-guruhga.

1. Mulatlar kim? (Yevropalik bilan negrlarni nikohidan tug'ilganlar).

2. Atoll nima? (Marjon orollari).

3. Avstraliya gerbida qaysi hayvon tasvirlangan? (Kenguru).

2-guruhga.

1. Vikinglar qayerda yashagan? (Skandinaviyada).

2. Dunyoda qaysi daryo eng katta? Amazonka.

3. Liviya davlati qayerda? (Afrikada).

III-tur. Boshlovchi har bir guruhga savol beradi. Savollarga javobni hamma birga tayyorlaydi. Javob 15 lahzadan so'ng so'raladi. To'g'ri to'la javobga bir ball qo'yiladi.

1-guruhga. 1. "Ajal vodiysi qaerda joylashgan"? (Shimoliy Amerikada).

2. Selva nima? (Janubiy Amerikadagi ekvatorial o'rmon).

3. Papuaslar hayotini ular ichida yashab kim o'rgangan? (Makluxo-Maklay).

4. Qaysi materik eng keyin ochilgan? (Antarktida).

5. Sardorga savol. Epifit nima? (epifit o'simlik. U boshqa o'simlikda yashaydi. Lekin parazit emas).

2-guruhga. 1. "O'lik dengiz" qayerda joylashgan? (Arabiston yarim orolida).

2. AQSh ning eng shimoliy shtati qaysi? (Alyaska).

3. Avstraliya aborigenlarining ov quroli nima? (Bumerang).

4. Qaysi davlat butun materikni egallagan? (Avstraliya ittifoqi).

5. Sardorga savol. Qaysi tuproq ferralit deyiladi? (tarkibida temir moddasi bo'lgan nam, issiq iqlimda hosil bo'lgan, tuproq qizil rangli bo'ladi).

IV-tur. I-II guruhlar berilgan rasmlarni izohlab beradi. Xaritadan davlatlarni, shakarqamish plantatsiyasi, sholi ekini, choy terish, sayyohlarning rasmlari, sanoat korxonasi, shaharlar va boshqalarni.

Ishqibozlarning savollariga javob beriladi.

V-tur. 1 daqiqada savollarga javob beradilar. Javob qisqa, bir so'z bilan javob beriladi. O'ylash uchun 15-30 lahza.

1-guruhga. 1. Grenlandiya so'zining manosi? (yashil mamlakat yer).

2. Janubiy Amerikadagi eng katta mamlakat? (Braziliya).

3. Gavayi orollari qaysi mamlakatga qaraydi? (AQShga).

4. Shimoliy va Janubiy Amerikani qaysi kanal ajratib turadi? (Panama).

5. Afrika qirg'og'idagi eng katta orol? (Madagaskar). 2-guruhga. 1.Grenlandiya qaysi mamlakatga qaraydi? (Daniya).

2. Geveyadan nima olinadi? (kauchuk).

3. Magellan dunyo sayohatidan qaytib kelganmi? (yo'q).

4. Kenguru so'zining manosi. (biz tushunmayapmiz).

5. Afrika va Yevropani qaysi bo'g'oz ajratib turadi? (Gibraltar) [5].

Bu o'yinga uzoq vaqt tayyorlaniladi. U o'qituvchi va o'quvchilardan ko'p mehnat va izlanish talab qiladi. Uni takrorlash, amaliy ish darslarida o'tkazish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Talimiy o'yinlar darslarining bilim olish va o'yin faoliyatining uyg'unligiga qarab: syujetli - rolli o'yinlar, ijodiy o'yinlar, ishbilarmonlar o'yini, konferentsiyalar, o'yin-mashqlariga ajratish mumkin.

O'qituvchi avval o'quvchilarni individual, so'ngra guruhli o'yinlarga tayyorlash va uni o'tkazish, ular muvaffaqiyatli chiqqandan so'ng, ommaviy o'yinlarga tayyorlash lozim. Chunki o'quvchilar ta'limiy o'yinlari darslarida faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlari, bundan tashqari, sinf jamoasi o'rtasida hamkorlik, o'zaro yordam vujudga kelishi lozim. Bugungi kunda interfaol usullsr va ta'limiy o'yinlarning har bir fanga oid usullarini yaratiash zarurati mavjud.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi Respublika ta'lim markazi Umumiy o'rta ta'limning O'quv dasturi. Geografiya 2022-2023 yy uchun.

2.Голиш Л.В.,Файзуллаeв Д.М. Пeдагогик тeхнологияларни лойих,алаштириш ва рeжалаштириш-Т.>Ик;тисодиёт"-2011

3. Р.Ишмуxдмeдов, М.Юлдашeв. Таълим ва тарбияда инновацион ^даго^к тeхнологияси. T.: Nihol. - 2013.

4.Ш.Авазов, С.Матсаидова. Гeография таълими тeхнологиялари. Урганч-2012.

5. M. T. Mirakmalov, Sh. M. Sharipov M. M. Avezov. M. T. Hojiyeva. Geografiya. 7-sinf. Toshkent 2022 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.