Научная статья на тему 'GEOGRAFIYANI O’QITISHDA OG`ZAKI BAYON QILISH METODLARI'

GEOGRAFIYANI O’QITISHDA OG`ZAKI BAYON QILISH METODLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1584
78
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
og‟zaki bayon usullari / hikoya / suhbat / tushuntirish / o‟quv ma‟ruzasi / xususiyatlari turlari / suhbat / savol / javob. / oral presentation methods / story / conversation / explanation / lecture / types of features / conversation / question / answer.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sherzod Ibroim Ogli Ibroimov, Maxina Anarbayevna Usmanova

Maqolada geografiya fanlarida bir vaqtning o„zida bayon etish yo„llari ochib berilgan. Maktab o„quvchilar og„zaki nutqini rivojlantirish metodlari va uni qanday amalga oshirsa bo„ladigan yo„l yo„riqlar ko„rsatib o„tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF ORAL EXPRESSION IN TEACHING GEOGRAPHY

This article gives you a brief overview on geography. Here are some suggestions on how to look or get an appointment for oral speech in schools.

Текст научной работы на тему «GEOGRAFIYANI O’QITISHDA OG`ZAKI BAYON QILISH METODLARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-961-970

GEOGRAFIYANI O'QITISHDA OG ZAKI BAYON QILISH METODLARI

Sherzod Ibroim o'g'li Ibroimov Maxina Anarbayevna Usmanova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat Toshkent viloyati Chirchiq davlat

pedagogika instituti pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada geografiya fanlarida bir vaqtning o'zida bayon etish yo'llari ochib berilgan. Maktab o'quvchilar og'zaki nutqini rivojlantirish metodlari va uni qanday amalga oshirsa bo'ladigan yo'l yo'riqlar ko'rsatib o'tilgan.

Kalit so'zlar: og'zaki bayon usullari, hikoya, suhbat, tushuntirish, o'quv ma'ruzasi, xususiyatlari turlari, suhbat, savol, javob.

METHODS OF ORAL EXPRESSION IN TEACHING GEOGRAPHY

ABSTRACT

This article gives you a brief overview on geography. Here are some suggestions on how to look or get an appointment for oral speech in schools.

Keywords: oral presentation methods, story, conversation, explanation, lecture, types of features, conversation, question, answer.

KIRISH

O'qitish metodlari tasnifiga asos qilib olingan bilim manbalari ichida o'qituvchining jonli so'zi, nutqi asosiy ahamiyatga ega bo'ladi.

Jonli nutq o'quvchi ongiga tez yetib boradi. Uni ma'lum xulosalarga olib keladi. O'qituvchining jonli nutqi puxta bilim, ko'nikma va malaka manbai bo'lish bilan birga juda katta tarbiyalovchi kuchga ham ega. O'qituvchi nutqidagi mantiq, intonatsiya, urg'uning kuchi dalillarning jonli va ishonarli bo'lishi o'quvchilarning ongiga, his - tuyg'ulariga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Ularni fikrlashga o'rgatadi, ma'lum xulosalarga olib keladi. Jonli nutq o'quvchilarning b ilim olishdagi boshqa manbalar: ko'rsatmali qurollar va matnlar mazmunini tushunish, ular ustida mustaqil ishlash, fikr yuritishga ham yo'l ochib beradi.

O'qituvchi dars jarayonida o'quv materiallarini og'zaki bayon qilib berish bilan chegaralanib qolmasdan, har xil ko'rsatmali qurollardan foydalanadi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-961-970

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'qituvchining og'zaki bayonini keng ma'noda tushunmoq kerak.

Jonli nutq deganda, ta'limning og'zaki metodigina emas, balki, o'qituvchining butun dars davomida jaranglab turadigan so'zini, uyda bajarish uchun berilgan topshiriqlar mazmuni va ularni bajarish yo'llarini izohlashga doir so'zini, seminarlar uyushtirishdagi kirish so'zini, o'quvchilarga beriladigan turli yo'l - yo'riqlarni, izohli baholash va boshqalarni tushunish kerak. O'qituvchining jonli so'zini o'quvchilarning o'qib - o'rganishi va bilim faoliyatini boshqarishi, unga rahbarlik qilish yo'llari va vositalarini ham o'zida mujassamlashtiradi. Jonli nutqning bu imkoniyatlaridan oqilona foydalanish o'quvchilar bilimining puxta va mustahkam bo'lishini ta'minlaydi. Geografiya o'qitishning ta'limiy vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi. O'qituvchining nutqi quyidagi pedagogik talablarga javob berishi kerak:

1. Ilmiy va g'oyaviy jihatdan to'g'ri bo'lishi, tanlangan material ilmiy jihatdan asoslangan bo'lishi kerak;

2. Bilimlarning muntazam, mantiqiy to'g'ri bo'lishini ta'minlash ;

3. O'quvchilar uchun tushunarli bilimlarni puxta o'zlashtirilishini ta'minlashga;

4. Nutq obrazini qiziqarli bo'lishga, o'quvchilarni ham jonlantirish;

5. Bayon qilinayotgan materialni o'quvchilar yozib olishiga e'tibor berish

kerak;

Tajribalar shuni ko'rsatmoqdaki, V-VII sinflarda hikoya yoki tushuntirish 510 minutdan oshmasligi kerak. Yuqori sinflarda unga ajratiladigan vaqt birmuncha oshirilishi mumkin. O'quvchilarning o'qituvchi bayonini e'tibor va qiziqish bilan o'rganishini quyidagi yo'llar bilan amalga oshirish mumkin:

1. O'qituvchi darsning vazifalari, maqsadi va bayonining asosiy o'rinlarini qisqacha so'zlab beradi;

2. O'qituvchi o'rganilayotgan mavzuning muhim yoki qiyinligini aytib, uni puxta tushunib olish uchun nima qilish zarurligini aytaylik, bayonning qaysi qismlariga e'tibor berish kerakligini, qo'shimcha qanday materiallar, (vaqtli matbuot, ilmiy - ommabop, geografik adabiyotlarni ) o'qib chiqish zarurligi va boshqalarni uqtirib o'tadi;

O'qituvchi nutqidagi intonatsiya va urg'uning kuchli, pauza, geografik usullarning ixcham va mantiqan to'g'ri ifoda qilinishi nutqning ravon, sof, obrazli va ta'sirchan bo'lishi tabiat, xalqlarga oid hikmatli so'zlar va oforizmlardan o'rinli

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-961-970

foydalanish ayniqsa muhimdir. Demak, geografiya o'qituvchisi didaktik va pedagogik talablar asosida, hamda geografiya fanining mazmunli vazifalariga mos ravishda materiallarni aniq va ko'rgazmali qilib so'zlab berishi lozim. To'g'ri, turli o'qituvchilar nutqidagi erkinlik va badiiylik bir xil emas. Metodik adabiyotlarda o'g'zaki bayon paytida o'quvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish bu metodni boshqa metodlar bilan birgalikda foydalanish muammolarini yechish muhim bo'lib turibdi. Ayniqsa, bayon qilish paytida o'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish va boshqalar geografiya ta'limi metodikasidagi muhim muammolardan hisoblanadi.

Hikoya usuli Hikoya-o'quv materialini bayon qilish shakli bo'lib, asosan tasvirlash xarakteriga ega. Hikoyada maruzada qaraganda o'qituvchi o'quvchilar bilan ko'proq muloqotda bo'ladi. Hikoya davomida o'quvchilar bilan savol-javob qilib bo'lmaydigan mavzularni o'qitishda bu metod keng qo'llaniladi. Masalan, vulqonlarni, yer qimirlashlarni, oqimlar, kashfiyotlar, ekvatorial o'rmonlar va boshqalarda bu metodning afzalligi yorqin seziladi.

Hikoya ob'yekt va hodisalarni tabiat va jamiyatdagi xalqlar hayotidagi hodisalar, voqealarning nutqda ifodalanishidir.

O'qituvchi biror narsani tasvirlash orqali unga xos bo'lgan belgilarni ajratadi va shu bilan ularda tushuncha va tasavvurlar hosil qiladi. Hikoya o'quvchilarda materialni o'zlashtirishni yengillashtiradi. Hikoyaning ta'lim tarbiyaviy ahamiyati faktorlarni to'g'ri tanlashga bog'liq. Ba'zan o'qituvchi asosiy bilimlarni o'zlashtirilishi qiyinlashtiradigan bir qator qo'shimcha, ikkinchi darajali ma'lumotlarni bayon qiladi. Ayrim hollarda o'quvchi ekskursiyada olgan taassurotlarini aytayotganda asosiy narsani ajrata olmasdan ko'rgan narsalarning hammasi haqida gapiraveradi.

NATIJALAR

Agar o'qituvchi hikoya metodini oldindan tanlamasa hikoya qiziqarsiz chiqadi. Maktab geografiyasida hikoyaning quyidagi ikki turi keng qo'llaniladi.

1. O'rganilayotgan kursda faktik bilimlar tuzilishini bayon qilishdan iborat bo'lgan hikoyalar. Bularga sayohatchilar, materiklar, okeanlar haqida, O'zbekiston geografiyasida kishilarning xo'jaligi turmush madaniyati haqidagi hikoyalari kiradi.

2. Tasviriy hikoyalar bu turdagi hikoyaning asosiy maqsadi geografik ob'yekt va hodisalar haqida o'quvchilarda aniq tasavvurlar hosil qilishdan iborat.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-961-970

Birinchi turdagi hikoyalar materialni o'rganishda asosiy metod sifatida qo'llanilsa , illyustrativ hikoyalar boshqa metodlarni to'ldiruvchi qo'shimcha material sifatida ishlatiladi.

Ko'pchilik hollarda har ikki turdagi hikoyalar bitta hikoyani bayon qilishda ham qo'llanishi mumkin. Tasvirli hikoya mazmunini badiiy va bop ailmiy ommadabiyotlar, o'qituvchining sayohat va kinofilmlardan olgan shaxsiy kechinmalari tashkil qiladi. Tasviriy hikoya geografik talablarga javob berishi bilan birga ob'yekt va hodisalar dars mazmuni bilan uyg'unlashgan bo'lishi lozim. Geografiya ta'limidagi karta, rasmlar asosida hikoyalar ham keng qo'llaniladi.

Hikoyada ob'yektning umumiy belgilaridan asosiy belgilar ajratib ko'rsatilishi yaxshi natijalar beradi. Hikoyadan darsning turli bosqichlarida foydalaniladi. Hikoya qo'shimcha bilimlarni xabar qilish vositasi ham bo'lishi mumkin. Ba'zan hikoya darsda mustaqil o'rin ham egallashi mumkin, uning turli bosqichlarida tushuntirish jarayoniga ham kiritish mumkin. Hikoya darsning boshida yangi materialni o'zlashtirishga tayyorlaydi. Oxirida qo'llanilsa o'rgatilgan materialni umumlashtiradi va darsga xotima yasaydi. Hikoyaga yuqori sinflarda 20-25 minut , quyi sinflarda 5 minutdan 15 minutgacha vaqt ajratish mumkin. Hikoyaning salbiy tomonlari ham bor. Hikoya paytida o'quvchilar faqat diqqat bilan tinglovchi bo'lib, faol ishga jalb qilinmaydilar. Hikoya anchaga ketsa ham ular diqqati asosida va oqibatda uning ta'siri kamayadi. O'qituvchi hikoya vaqtida o'quvchi yoshiga mos keladigan dars mazmuniga to'g'ri keluvchi materiallar to'plashi kerak. Hikoyada ortiqcha faktlar, raqamlar, uzuq-yuluq tasvirlar bo'lmasligi kerak. O'qituvchi faqat o'zi bilgan narsalarni gapirmasdan balki mavzuga oid bo'lgan materiallarni hikoya qilmog'i zarur. Hikoya yakunida soddalashtirib yubormasligi, unda tushunchalar, atamalar albatta, aks etishi kerak. Qisqasi, hikoya geografik bilimlar shakllanishida muhim omil bo'lish maqsadiga muvofiq. Hikoya paytida ayrim mavhum narsalar, raqamlar doskaga yozib borilishi kerak.Hikoya davomida o'qituvchi nazorat savollar berib borishi materialning puxta o'zlashtirilishiga yordam beradi.

Tushuntirish - nazariy o'quv materialini egallash shakli bo'lib, o'quvchilarga geografik jarayon va qonuniyatlarini kengroq ochib berishi lozim bo'lganda qo'llaniladi. Tushuntirishda mulohaza qilish shakllari tahlil va sintez kuzatish va xulosalarni tahlil qilish , induksiya (aniq ma'lumotlar asosida xulosa chiqarish) , deduksiya (ilgari o'rganilgan umumiy hodisalar asosida ma'lum qoida, ta'rifini shakllantirish) keng qo'llanildi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-961-970

Yerning shakli kattaligi geografik kenglik va uzoqlik, yerning sutkalik va yillik harakati, gradus to'ri, tog'larning paydo bo'lishi, musson, siklon, antisiklo n, frontlar, geologik hodisalar , iqtisodiy qonuniyatlar ishlab chiqarishni joylashtirish shakllarini o'rganishda tushuntirish metodidan keng foydalaniladi.

Materiklar va okeanlar geografiyasida Sharqiy Osiyo mavzusini o'tishda musson tipidagi iqlimni quyidagicha tushuntirish mumkin.Ma'lumki, Sharqiy Osiyoning eng katta okean bilan tutash joyida joylashgan. Shu tufayli Sharqiy Osiyo iqlimi bevosita quruqlik va suv ustida turlicha xarorat, bosim vujudga kelishi bilan belgilanadi. Buni doskada quyidagi tayyor reja asosida tushuntirish maqsadga muvofiq.

1. Yozda quruqlik va okean ustida havo harorati qanday taqsimlanadi? Qishda-chi?

2. Yozda quruqlik va okean ustida havo bosimi qanday taqsimlanadi? Qishda-chi?

3. Agar bizga havo bosimi taqsimlanishi ma'lum bo'lsa, shamol yo'nalishini aniqlasak bo'ladimi?

Yuqoridagi savollar asosida mussonning mavsumiy xarakterga ega ekanligi o'quvchilarga tushuntiriladi.Tajribali o'qituvchilar tushuntirish momentlarini oldindan belgilaydilar.Bu momentlarning har biri puxta tayyorgarlikni talab qiladi. Nazariy va amaliy materialni puxta, izchil bayon qilish , puxta o'ylangan tushuntirishlar va qo'shimchalar, tushuntirishni ilmiy bilimlarni egallashning ta'sirchan metodiga aylantiradi. Mamlakatlar , iqitisodiy zonalar ixtisoslashuvi, iqtisodiy hududlar iqtisodiyoti tushuntirilayotganda o'qituvchi avvalo, dalillarga asoslangan ma'lumotlar yig'adi. Masalan, biror mamlakat sanoati tushuntirilganda unga doir bo'lgan savollar aniqlanadi.O'zbekiston geografiyasida O'zbekiston sanoatini quyidagi reja asosida yoritish mumkin:

O'zbekiston sanoatining Yaponiya, Isroil sanoatiga nisbatan birmuncha zaiflik sabablari

O'zbekiston sanoatining hozirgi zamonda rivojlantirish vazifalari.

Asosiy sanoat tarmoqlarining rivojlanishi.

Sanoatning joylashishi va asosiy sanoat rayonlari.

O'qituvchi har bir savolga faktlarga tayangan holda javob berishi kerak.Yuqori sinflarga o'tish bilan tushuntirishda hikoya elementlari deyarli uchramaydi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-961-970

Tushuntirish jarayonida o'quvchilar tomonidan javob reaksiyasining bo'lishini ko'zda tutish kerak. O'qituvchi qisqa muammoli savollar berishini , qiyin o'rinlarini qanday tushunganliklarini so'rash , aqliy va amaliy ishlarni bajarishga undashi mumkin. Ikki tomonlama aloqa tushuntirishni takomillashtirishga yordam beradi.

Suhbat - ta'lim metodi sifatida o'quv materialini egallashning savol-javob shaklidir. Bunda asosiy o'rinni o'qituvchi savoli va o'quvchi javobi egallaydi. Ba'zi hollarda o'quvchi savoli va o'qituvchi javobi ham uchraydi. Suhbat jarayonida o'quvchilar tushunmaganlarini o'qituvchidan so'rashlari mumkin. Ba'zilar suhbat metodini savol-javob metodi bilan chalkashtiradi. Ayni paytda ularning har ikkisi mazmunan bir xil metoddir.

MUHOKAMA

Bu metodning bosh talabi mukammal o'ylagan savollar va o'quvchilar qaytarishi kerak bo'lgan javoblarning puxta tizimidir.Savol aniq bo'lishi ya'ni o'quvchilar suhbat nima ustida borayotganini hamisha tushunishlari kerak. O'qituvchi suhbat paytida o'quvchilar fikrini o'rganiladigan geografik ob'yekt va hodisalarning asosiy belgilariga yo'naltiradi va ularning bilish faoliyatlarini boshqarib boradi. Mavzu e'lon qilinganidan keyin savollar o'rtaga tashlanadi.Suhbat mantiqiy qismlarga bo'linadi. O'qituvchi o'quvchilar javobini tinglaydi, hatolarini tuzatadi va uni to'ldiradi.Shundan so'ng o'quvchilarni yakun yasashga undaydi.Savollarni to'g'ri tuzish va berishning o'ziga xos san'at ekanligini uqdirish lozim. O'quvchilar qaytarayotgan javoblar turlicha bo'lishini nazarda tutish kerak. Buni bilgan o' qituvchi oldindan bir qator yordamchi tuzatuvchi savollarni tayyorlab turadi.

Suhbat o'quvchilarni turli bilim va manbalar, karta, globus, gerbariylar, kolmaruzalar bilan ishlashga o'rgatadi . Suhbat metodini murakkab mavzularni o'rganishda qo'llash mumkin . Chunki bu borada o'quvchilarda bu borada tayanch bilim kam . Eng muhimi suhbatning yaxshi chiqishi uchun o'quvchilarda tayanch bilimlarga tayanish maqsadga muofiq . Savol - javob " suhbat " savollari mazmunan quyidagi turlarga bo'linadi .

Aniq va to'g'ri ma'lumotlarni o'zlashtirishga oid savollar .Masalan : O'zbekistonda eng baland cho'qqi necha metr , u qaysi tog'da joylashgan ? Globusni kim kashf qilgan ? Jamolungma cho'qqisini kashf etgan sayyohni ayting

Kartani bilish va o'qib olishga doir savollar .

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-961-970

Kartalardagi ob'yektlarni ta'riflay olish tarzidagi savollar : Masalan : Samarqand va Toshkent shaharlari orasidagi geografik o'rinni qiyoslang .

Sabab va aloqadorlik qonuniyatlarini o'zlashtirishga qaratilgan tarzdagi savol-javoblar .

Masalan: Nima sababdan yosh tog'larda zil zilalar ko'p bo'ladi. Chiqindi foydali qazilmalar nima sababdan tekisliklarda ko'p uchraydi va hokazo. Har bir yangi mavzuni o'tishdan oldin o'quvchilarga havola etishi mo'ljallangan savollar tayyorlab qo'yilishi kerak. Ayniqsa ish faoliyati endi boshlanayotgan yosh o'quvchilar bu qoidaga nihoyatda amal qilishlari zarur.

CHunki dars va suhbat jarayonida bunday mavzudagi savollarni bevosita tuzish va o'quvchilar diqqatiga havola qilish ancha murakkab masaladir. Quyidagi savollar mantiqga ko'ra suhbat metodi 2 turga bo'linadi.

1.Savol-javob suhbati. Bunda o'qituvchi savollar qo'yadi. O'quvchilar unga qisqa javob qaytaradilar.Savol-javob orqali geografik ob'yektlarni joylashishi haqidagi bilimlar aniqlanadi.Bu metodda o'quvchilarning ilgari olgan bilimlari takrorlanadi. Masalan: Yevropa bilan Osiyo , Yevroosiyo bilan Afrika o'rtasidagi chegaralar qayerlardan o'tadi.

2. Keng qo'llangan evristik suhbat: Bu metodda o'qituvchi bilish faoliyatini ustidan nazorat qiladi. Ular diqqati geografik ob'yekt va hodisalarning eng muhim belgilarini aniqlashga va mustaqil xulosalar chiqarishga qaratiladi. Savollar shunday qo'yilishi kerakki, berilgan javob asosiy fikrni davom ettirish kerak. Quyidagi O'zbekiston iqlimi mavzusida iqlim kartasi asosida bir-birini to'ldiruvchi quyidagi savollarni berish va unga javob talab qilish mumkin.

l.O'zbekistonning Shimoliy va Janubiy qismida havo harorati qanday?

2. Shu joylarda qish harorati qanday?

3. Shu joylarning havo harorati ni yillik ampilitudasi qanday?

4. Yillik ampilitudaning bunday farqlanishiga sabab nima?

5. O'zbekiston Shimoli va Janubida yog'inlarning taqsimlanishi qanday?

6. Yog'inlarning bunday farqlanishigqa sabab nima?

7. Sovuq kunlar O'zbekiston Shimoli va Janubida qancha vaqt davom qiladi?

Keng qo'llashda bunday suhbatda asosan yangi bilimlarni o'rganishda va

yakuniy takrorlashda qo'llaniladi. Suhbatda bir necha tipdagi savollar qo'yiladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

a) O'quvchilardagi mavjud bilimlarni aniqlash savollar.

b) Karta ko'rgazmali qurollar, statistik materiallar asosida yangi bilimlarni egallashda qo'llaniladigan savollar.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-961-970

c) Taqqoslash orqali geografik voqea va hodisalarning sabab

oqibatlarini bilishga qaratilgan savollar va hokazo.

Geografiya ta'limidagi karta asosida uyushtiriladigan suhbat keng qo'llaniladi. Suhbat metodini didaktik maqsadga ko'ra 3 xil bo'lishi lozim.

1.Tushuntirish yoki kirish suhbati: yangi materialni o'rganishda qo'llashda va o'quvchilardagi mavjud bilimlarga tayangan holda uyushtiriladi.O'quvchilar obekt va hodisalar o'rtasidagi aloqalarni mustaqil aniqlashdan iborat bo'lgan vazifalarni bajaradi. O'quvchilarga karta va boshqa ko'rsatmali vositalar asosida savollar beriladi. Savollar vositasida yangi materiallar bilan boshlanadi. Masalan: Afrika iqlimini o'tishda o'quvchilar 4-sinfda egallagan tushunchasi esga solinib iqlimga ta'sir qiluvchi omillar aniqlanadi.

2.Nazorat suhbati: O'quvchilar ekskursiya va darslaridan keyin geografik materialni yoki sinfda so'zlar berganligini qanchalik to'g'ri o'zlashtirishlarini hamda bilim ko'nikma va malakalarini qanday egallaganlarini aniqlashda qo'llaniladi.

3. Umumlashtiruvchi suhbat: Bu turdagi suhbatni uyushtirishdan asosiy maqsad o'quvchilarni xulosa chiqarishga o'rgatishdan iborat. Bunday o'quvchilarning geografik ta'surotlari va bilimlari tartibga solinadi. Yakunlovchi suhbat yirik mavzular, qismlar, bo'lishlar bo'lib o'tib bo'lingandan keyin qo'llaniladi. Suhbat turlari o'quvchilarning tayyorgarligiga qarab o'zgar ib turishi ham mumkin. Geografiya ta'limining dastlabki bosqichida suhbat oddiy kam sonli va qisqa javob talab qiluvchi savollardan iborat bo'ladi. O'quvchilarning fikrlash qobiliyati rivojlanishi va mustaqilligi oshishi bilan suhbat metodi sifatida takomillashadi. Geografiya o'qitishda suhbat yaxshi chiqishi uchun quyidagilqrga e'tibor berish kerak.

XULOSA

1. Savol shakl jihatdan aniq va ravshan bo'lishi kerak.U butun sinfga tushunarli bo'lishi uchun jumlalar aniq tuzilishi lozim. Qiyin atamalar murakkab iboralarni kiritish yaramaydi. Berilgan savol muayyan javob talab qilishi kerak. Masalan: O'rmonda o'simliklardan nimalarni ko'rdingiz deb emas balki siz o'rmonda qanday daraxt turlarini uchratdingiz,deb qo'yilishi maqsadga muvofiq. Shuning uchun ularni o'ylashga, fikrlashga majburlaydigan savollar qo'yilsa hamma o'quvchilar qo'yilgan savolga birdaniga javob berolmaydilar.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-961-970

2. O'quvchilar javoblari ham fikr jihatdan ravshan bo'lishi kerak.Javob muayyan rejada bo'lishi lozim. Eng muhimi qanday vositalardan foydalanib nimani isbotlayotganligi yoki tushuntirayotganligini anglash zarur.

3. Qo'shaloq savol berishdan saqlanish kerak.Masalan:Siz tekislikda oqadigan daryolarni bilasizmi va ular qaysi jihatidan tog' daryolaridan farq qiladi? Bunday savollar o'quvchi diqqatini bo'ladi. Savollar qisqa bo'lsa shunday qo'shaloq savol bo'lishi mumkin. Masalan: O'zbekistonlik sayyohlar kimlar va qanday qilib Jamolugma cho'qqisini zabt qildi.

4. Savollarga keraksiz ortiqcha so'z va jumlalar kiritilmasligi lozim. Ma salan: Endi ko'raylikchi, kim javob beradi.Demak,ya'ni so'zlarni keragidan ortiqcha ishlatmaslik kerak.

5.Javobi anglashilgan savollar bermaslik kerak. Masalan: Kuzatuvchi yuqoriga ko'tarilgan sari ufq chizig'I kengayadimi? Bu savolni kuzativchi yuqoriga ko'tarilganda ufq qay holda o'zgaradi shaklida havola qilingan va tuzgan ma'qul.

6. G'oyat murakkab va g'oyat uzun javob berish talab qilinadigan savol tuzmaslik kerak.

7. Ha yoki yo'q deb javob ko'tarish talab qilinadigan bo'lmasligi kerak . Masalan:Amudaryo Orolga quyiladimi? Volga Kaspiyga quyiladimi?

8. Har xil javob berishi mumkin bo'lgan noaniq savollar berishdan qochish kerak. Masalan: Sel paytida nima bo'ladi? Tumanchi?

9. Muhokama disskussiya talab etiladigan savollar puxta o'ylab o'rtaga tashlashi kerak. Masalan: Orol ko'li yana o'z holiga qaytishi mumkinmi yoki Orol butunlay qurisa nima bo'ladi? Va hokazo.

10. Savollar ma'noli gramatik jihatdan to'g'ri sodda tilda tushunarli qilib ifoda etilishi kerak. Bilimlarni egallash shartli sifatida suhbat o'quv jarayonida turli o'rinni egallash mumkin . Dars berishda tayyorgarlik va yangi materialni o'zlashtirish uyga berilgan vazifani tekshirish e'tiborini to'plash vositasi bo'lishi tushuntirish jarayonda yangi materialni o'rganilgan bilimlar bilan bog'lash dars yakunida o'rganiladigan qoidalar va ta'riflarni mustahkamlash metodi sifatida yakun sifatida foydalanishi mumkin. Suhbat boshqa metodlar bilan bog'langan bo'lib , ularni to'ldirib turadi. Materialning egallashning har qanday shakllarida qisqacha suhbatlardan foydalaniladi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-961-970

REFERENCES

1. Sherzod Ibroim O'Gli Ibroimov, & Saida Zunnunovna Mirzarahimova (2021). GEOGRAFIK NOMLARNING YOZILISHI VA TRANSKRIPSIYASI. Academic research in educational sciences, 2 (1), 789-798. doi: 10.24411/2181-1385-202100100

2. Шерзод Иброим ^У^ли Иброимов (2020). ГЕОГРАФИЯ ДАРСЛАРИДА ТАЛАБАЛАР БИЛИМИНИ НАЗОРАТ КИЛИШ УСУЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, (4), 412-417.

3. Фуркат Туракулович Ражабов, & Азиза Абдуллаевана Олимова (2020). ТАЪЛИМ МУАММОЛАРИ ЕЧИМИДА ИННОВАЦИОН КЛАСТЕРНИНГ А^АМИЯТИ (ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МИСОЛИДА). Academic research in educational sciences, (3), 697-702.

4. Шерзод Иброим Угли Иброимов, & Гулчехра Курдашевна Юсупова (2021). БОШЛАНЕИЧ СИНФЛАРДА У^УВ ЖАРАЁНИНИ ТАШКИЛ ЭТИШНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ (ТАБИАТШУНОСЛИК ФАНИ МИСОЛИДА). Academic research in educational sciences, 2 (Special Issue 1), 370-378.

5. Oybek Uralovich Abdimurotov (2021). "YEVROSIYO MATERIGI"NI O'QITISHDA "KEYS STADI" METODIDAN FOYDALANISH USULLARI. Academic research in educational sciences, 2 (1), 377-382. doi: 10.24411/21811385-2021-00048

6. Шерзод Иброим Угли Иброимов, & Актути Араповна Туйчибекова (2021). БОШЛАНЕИЧ СИНФ У^ИТУВЧИСИ ФАОЛИЯТИДА МУЛОКОТ МАДАНИЯТИ ВА ПСИХОЛОГИЯСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ УСУЛЛАРИ (ТАБИИЙ ФАНЛАР МИСОЛИДА). Academic research in educational sciences, 2 (Special Issue 1), 456-471.

7. Sherzod Ibroim Oglu Ibroimov, & Xaytgul Omonboevna Begalieva (2021). БОШЛАНЕИЧ ТАЪЛИМДА "ТАБИАТШУНОСЛИК" ФАНИНИ УКДТИШНИНГ АХДМИЯТИ. Academic research in educational sciences, 2 (Special Issue 1), 438-445.

8. Ражабов, Ф. Т., & Абдимуротов, О. У. (2020). ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯ КУРСЛАРИДА АМАЛИЙ МАШЕУЛОТЛАРНИ ТАШКИЛ КИЛИШДА ЯНГИ ПЕДАГОГИК ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ КУЛЛАШ УСЛУБИЁТИ. Academic research in educational sciences, (4), 663-671.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.