Научная статья на тему 'GEOGRAFIYA DARSLARIDA “GEOGRAFIK SAYOHAT USULI” DAN FOYDALANGAN HOLDA DARSLARNI TASHKIL ETISH'

GEOGRAFIYA DARSLARIDA “GEOGRAFIK SAYOHAT USULI” DAN FOYDALANGAN HOLDA DARSLARNI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

693
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Geografiya / xarita / shartli belgilar / masshtab / geografik koordinata / geografik kenglik / geografik uzunlik / balandlik shkalasi / chuqurlik shkalasi / sayohat / marshrut / kema / o`qituvchi / o`quvchi / atlaslar / globus. / Geography / map / symbols / scale / geographical coordinate / latitude / longitude / altitude scale / depth scale / travel / route / ship / teacher / student / atlas / globe.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Akbar Orolovich Shernaev

Ushbu maqolaning mazmun va mohiyati o’quvchilarning guruxlarga bo`lib holdaq raqobat muhiti yaratiladi. Geografik bilimlarni puxta egallashda o`qituvchi dars jarayonida sinfni kichik guruhlarga bo`lib o`qitiladi. Bunda o`qituvchi o`quvchilarga darsni gegrafik sayohat metodidan foydalangan holda dars o`tsa maqsadga muvofiq bo`lar edi, darslarni makammal urganishda geografik xaritalarni o’qitishga katta e`tabor qaratiladi. Geografik xaritalarni o’qiy olgan o’quvchi kreativ fikrlay oladi, dunyoqarashi kengayadi, to’g’ri va mustaqil xulosa chiqara oladi, xotirasi mustahkamlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZATION OF LESSONS IN GEOGRAPHY CLASSES USING THE “GEOGRAPHICAL TRAVEL METHOD”

The content and essence of this article is to create a competitive environment in which students are divided into groups. In the process of mastering the knowledge of geography, the teacher teaches the class in small groups during the lesson. In this case, it would be expedient for the teacher to teach the lesson to students using the method of geographical travel, and in the study of the lessons a great deal of attention is paid to the teaching of geographical maps. A student who is able to read geographical maps will be able to think creatively, expand their worldview, draw correct and independent conclusions, and strengthen their memory.

Текст научной работы на тему «GEOGRAFIYA DARSLARIDA “GEOGRAFIK SAYOHAT USULI” DAN FOYDALANGAN HOLDA DARSLARNI TASHKIL ETISH»

GEOGRAFIYA DARSLARIDA "GEOGRAFIK SAYOHAT USULI" DAN FOYDALANGAN HOLDA DARSLARNI TASHKIL ETISH

Akbar O'rolovich Shernaev

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Geografiya kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolaning mazmun va mohiyati o'quvchilarning guruxlarga bolib holdaq raqobat muhiti yaratiladi. Geografik bilimlarni puxta egallashda o'qituvchi dars jarayonida sinfni kichik guruhlarga bo'lib o'qitiladi. Bunda o'qituvchi o'quvchilarga darsni gegrafik sayohat metodidan foydalangan holda dars o'tsa maqsadga muvofiq bo'lar edi, darslarni makammal urganishda geografik xaritalarni o'qitishga katta e'tabor qaratiladi. Geografik xaritalarni o'qiy olgan o'quvchi kreativ fikrlay oladi, dunyoqarashi kengayadi, to'g'ri va mustaqil xulosa chiqara oladi, xotirasi mustahkamlanadi.

Kalit so'zlar: Geografiya, xarita, shartli belgilar, masshtab, geografik koordinata, geografik kenglik, geografik uzunlik, balandlik shkalasi, chuqurlik shkalasi, sayohat, marshrut, kema, o'qituvchi, o'quvchi, atlaslar, globus.

ORGANIZATION OF LESSONS IN GEOGRAPHY CLASSES USING THE "GEOGRAPHICAL TRAVEL METHOD"

Akbar Urolovich Shernaev

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region Teacher of the Department of Geography

ABSTRACT

The content and essence of this article is to create a competitive environment in which students are divided into groups. In the process of mastering the knowledge of geography, the teacher teaches the class in small groups during the lesson. In this case, it would be expedient for the teacher to teach the lesson to students using the method of geographical travel, and in the study of the lessons a great deal of attention is paid to the teaching of geographical maps. A student who is able to read geographical maps will be able to think creatively, expand their worldview, draw correct and independent conclusions, and strengthen their memory.

Keywords: Geography, map, symbols, scale, geographical coordinate, latitude, longitude, altitude scale, depth scale, travel, route, ship, teacher, student, atlas, globe.

KIRISH

Bugungi kunda ta'lim tizimiga ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etishga katta e'tibor berilmoqda. Geografiya fanini o'rganishda yangi pedagogik texnologiyalarning o'rni katta ahamiyatga ega bo'lib, o'z navbatida geografiya darslarini yangi zamonaviy metodlar yordamida o' qitish maqsadga muvofiqdir.

Ishning maqsadi o'quvchilarni geografiya darslarida xaritalar bilan ishlash texnologiyalarini rivojlantirish va samaradorligini oshirishdan iborat.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ishni bajarishda geografik sayohat metodidan foydalanildi. Geografiya fanini o'zlashtirishda yangi pedagogik toxnologiyalarning o'rni beqiyosdir. Har bir darsni o'qitishda yangi metodlarni amalyotga qo'llagan maqul va samarali natija beradi. Jumladan geografik sayohat metodidan foydalanib dars o'tilganda yaxshi samara beradi.

Geografiya fanini xaritasiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Xarita geografiya o'rganadigan barcha predmet va hodisalar haqida hikoya qiladi, xarita lar geografik ma'lumotlarni tez, aniq va lo'nda qilib hikoya qilishda geografiya darsliklariga tenglashtiriladi. Geografiya sohasida olib boriladigan har qanday tadqiqotlar ham xaritalar bilan bog'liq ravishda bajariladi.

Xarita - "geografiyaning tili"dir. Geografik atlas va xaritalarni o'rganish, o'quvchilarni mustaqil bilim olishga, izlanishga chorlaydi. O'quvchilar bilan qanchalik ko'p xaritalar bilan ishlasak ularning dunyoqarashi va fikrlash qobiliyati ham shunchalik yaxshi rivojlanadi.

Yaponlar "Fikrlayapsanmi, demak, yashayapsan, fikrlamayapsanmi, demak, yoqsan" degan iborani bekorga aytishmaydi. Oqituvchi fikrlashi uchun unga albatta imkoniyat yaratib berish zarur. Bu imkoniyat o' qituvchi yo'rig' i asosida bo' lishi kerak. Ular o'z mulohazalari, o'z fikrlarini erkin bayon eta olishlari muhim ahamiyatga ega. O'qituvchi o'quvchilarni guruhlarga bo'lib, dars jarayonini o'quvchilar o'z fikrini erkin ayta olishi, tushunmagan joylarini so'ray bilishi, muzokara qilishi asosida olib borishi lozim. Ular bir-biriga savol beradi va o'z fikri bilan o'rtoqlashadi.

O'quvchilar keyinchalik xaritada berilmagan ayrim ma'lumotlarni ham bilib olishga intiladilar. Xaritani o'qish asosida tegishli xulosa va yakunlar chiqara olishlari uchun o'quvchilarga beriladigan savollar nazariy bilimlarga asoslanuvchi, hodisa sabablarini aniqlovchi savollar bo'lishi kerak. O'quvchilarning xaritadan oladigan bilimlari ma'lum bir tartib, reja asosida (masalan, joyning geografik o'rni quyidagi tartibda: joyning nomi, u joylashgan materik, uning geografik kengligi va uzunligi,

dengiz va quruqlikdagi chegaralari, geografik o'rnining qulay va noqulayligi) bo'lishi kerak.

NATIJA

Dastlab oqituvchi sinf o'quvchilarini qatorlarga qarab 3 ta guruhga bo'lib oladi. Har bir guruh sayohatga chiqish uchun o'z kemalariga ega bo'lishlari va sayohat manzillarini tanlashi lozim. Ularga kema qoidalari eslatib o'tiladi. Kema qoidalari :

Matros(o'quvchi) formada ozoda kiyingan, kemani toza tutgan holatda bo'lishi lozim. Matros o'ziga zarur qurollarga ega bo'lishi kerak (daftar, ruchka, kitob, atlas, qalam va boshqalar) Kema shiori:

1-guruh -"Bir kishi- hamma uchun, hamma - bir kishi uchun".

2-guruh- "Kemaga tushganning joni bir".

3-guruh- "Bir yoqadan bosh chiqarish"

Dars uchun qoidalar ishlab chiqiladi va sinf taxtasiga yozib qo'yiladi. Oltin qoidalar

l.Intizom 2. O'zaro hurmat 3. Faollik 4. Vaqtga rioya qilish. 5.O'ng qo'l qoidasi. Dastlab o'quvchilar o'tgan mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob berish asosida o'z kemalarini "barpo qilishadi" Buning uchun oqituvchi o'quvchilarga o'tgan mavzu yuzasidan savol beradi. Savolning javobi kemani " barpo qiladi" Masalan:

1-savol. Dunyodagi eng katta mamlakat qaysi va qayerda joylashgan? Javob: Rossiya, Yevrosiyoda joylashgan.

Demak, 1-guruhning kemasi "barpo bo'ldi"

2-savol. 2-3-qatorlarga beriladi va ularning ham kemalari barpo qilinadi. O'quvchilar savollarga javob bera olmasa, savol yengillashtirilgan holda bayon etiladi. Uchala guruhning kemalari barpo qilingandan song oqituvchi kema bayroqlarini tanlashga o'tadi.

1-savol. Dunyoda okeanlardan eng uzoq mamlakat qaysi? Javob: O'zbekiston Demak, 1-guruh O'zbekiston bayrog'i ostida suzadi.

2-guruh savoli. O'zbekistonga chegaradosh maydoni eng katta mamlakat qaysi? Javob: Qozog'iston.

Demak, 2-guruhn Qozog'iston bayrog'i ostida suzadi.

3-guruh savoli. Osiyodagi quduqlar mamlakati qaysi? Javob : Turkmaniston.

Demak, 3-guruh Turkmaniston bayrog'i ostida suzadi.

Endi o'qituvchi kemalarni nomlashga o'tadi. Kemalarni nomlashda ham o'tgan mavzu bo'yicha yondashadi. O'tgan mavzular tog'lar, daryolar, ko'llar bo'lishi mumkin.

1-guruh savoli. O'rta Osiyoni tadqiq etgan, Labnor ko'li va yovvoyi otlarni topgan sayyoh kim? Javob: Perjivalskiy.

Demak, l-guruh kemasining nomi - Prejivalskiy.

2-guruh savoli. O'rta Osiyodagi tog'larni o'rgangan va shu tog'lardan biri uning taxallusiga aylangan olim nomini ayting? Javob : Semyonov-Tyan-Shanskiy. Demak, 2-guruh kemasining nomi - Semyonov-Tyan-Shanskiy.

3-guruh savoli. Pomir tog'laridagi eng uzun muzlikka qaysi olimning nomi qo'yilgan? Javob: Fedchenko.

Demak, 3-guruh kemasining nomi - Fedchenko.

Kemalar barpo qilinib, bayroq va nomlari yozildi. Bular doskaga magnitli qog' ozchalar yordamida yopishtiriladi. Endi, o'quvchilar sayohat qilishlari kerak bo'lgan orolni tanlashadi. Aytaylik, o'quvchilar Indoneziyadagi orolni tanlashdi. Orollar atrofini mustahkam tosh-to'siqlar to'sib turadi. Bu to'siqlar soni o'qituvchi yangi mavzu bo'yicha tayyorlangan savollarga mos keladi. Har bir to'siq - bitta savol. O'quvchilar istagan orolni tanlashadi. Masalan, Madagaskar, Shri-Lanka va hokazo.

MUHOKAMA

Orol rasmi temir doskaga yopishtiriladi. Atrofi yumaloq qoyalar bilan o'raladi. "Qoya" belgisi orqasiga magnit yopishtiriladi. O'qituvchi orol atrofiga 10 ta qoya qo'ygan bo lsa, shu asosda lO ta yangi mavzudagi savol beriladi. O'quvchilar kengashib uni bayon etishadi. Savolga to'g'ri javob bergan kema bitta ballga ega bo'ladi. Ularning kemasiga bitta qoya rasmi joylashadi.Qaysi kema ko'p qoya to'plasa, shu guruh g'olib hisoblanadi. Shu zaylda kemalar orolga qarab suzib boradi.Bu usulni 5-6- sinflarda qo'llash mumkin.5-sinfda " Dunyo okeani",

"Daryolar", "Ko' llar va muzliklar", "Yer po' stining harakatlari","Yer yuzi relyefining asosiy shakllari" mavzularida va 6- sinfda har bir okean va materiklarni o'rganishda mana shu usuldan foydalanish mumkin.

Materik yoki okean atrofini mustahkam tosh-to'siqlar to'sib turadi. Bu to'siqlar soni o'qituvchi yangi mavzu bo'yicha tayyorlangan savollarga mos keladi. Har bir to'siq -bitta savol. O'quvchilar istagan okean yoki materikni tanlashadi. Masalan, Tinch okeani, Yevrosiyo materigi va hokazo.

Materik yoki okean rasmi temir doskaga yopishtiriladi. Atrofi yumaloq qoyalar bilan o'raladi.. "Qoya" belgisi orqasiga magnit yopishtiriladi.O'qituvchi materik yoki okean atrofiga lO ta qoya qo'ygan bo'lsa, shu asosda lO ta yangi mavzudagi savol yoki topshiriq beriladi. O'quvchilar kengashib uni bayon etishadi. Savolga to'g'ri javob

bergan kema bitta ballga ega boladi. Ularning kemasiga bitta qoya rasmi joylashadi.Qaysi kema kop qoya toplasa, shu guruh golib hisoblanadi. 7-9-sinf geografiya darslarida ham qo'llash mumkin.

Masalan, 7-sinf "Orta Osiyoning siyosiy xaritasi", "Daryolar", "Ko'llar va suv omborlari" mavzularida foydalanish mumkin.

9-sinfda davlatlarning tavsifini organishda ham shu usuldan foydalanish mumkin. Bunda davlatning rasmi atrofiga qoyalar ornatiladi. Qoyalar orqasida savol va topshiriqlar boladi.

"Daryolar" mavzusida esa qoyalar daryoning manbayidan boshlab to daryoning mansabigacha terib chiqiladi . Har bir guruh daryoning ozanini qoyalardan tozalab boradi, ya'ni agar savol va topshiriqlarga to'g'ri va aniq javob bersa daryo mansabigacha yetib boradi. Agar savol va topshiriqqa javob bera olmasa kema g'arq boladi. Shuningdek, xaritani o'qish ko'nikmalarini takomillashtirishda xarita bo'ylab "sayohat"ning ham ahamiyati katta. O'quvchilarni "sayohat" marshrutlari bilan tanishtirish kerak. Xaritada qilinadigan "sayohat" bilan o'quvchilar xaritani jonlantiradilar, xaritadagi ob'ektlarni o'zlari o'sha joylarda bo'lgandek hikoya qilib beradilar. Yevrosiyo mavzusiga oid bir necha «sayohat» marshrutlarini ko'rib chiqaylik.

1- marshrut. Londondan Yevrosiyoning janubiy qirg'oqlari bo'ylab kemada Vladivostokkacha sayohat.

2- marshrut. Toshkent - Kobul - Dehli (avtomashinada) - Kalkutta (poezdda) -Jakarta (kemada) sayohati.

3- marshrut. Toshkent kengligi bo'ylab Yevrosiyoning g'arbiy chekkasidan sharqiy chekkasigacha samolyotda sayohat.

Bu sayohatlarda o'quvchilar turli mazmundagi xaritalari, rasmlar, gerbariylardan foydalanadilar. Birinchi marshrutda o'quvchilar qanday okean, dengiz, bo'g'oz orqali, qaysi yarimorol va orollar yonidan o'tganliklari haqida dengizlarning muzlash yoki muzlamaslik sabablari haqida so'zlab beradilar. Ikkinchi va uchinchi marshrutlarda yo'lda uchragan har bir joyning yer yuzasi, dengizlar, iqlimning o'ziga xos xususiyati, daryo va ularning xususiyati, o'simligi va hayvonot olami, aholisi haqida, shuningdek sayohat uchun qulay vaqt va yo'lda uchraydigan qiyinchiliklar haqida gapirib beradilar. "Sayohat" vaqtida har bir joyning tabiiy sharoitini o'z o'lkasining tabiiy sharoiti bilan taqqoslab boradilar. Bir marshrutga 2-3 o'quvchi (marshrutni bir necha qismga bo'lib) javob berishi mumkin. Xarita bo'ylab qilingan sayohat o'rganilgan materialni mustahkamlash va takrorlash maqsadida tashkil etilishi mumkin.

XULOSA

Bu geografik sayohat usuli o'quvchilarni ko'rish, topqirlik, ijodkorlik, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini oshiradi.O'quvchilarni mustaqil ijodiy izlanishga undaydi. O'quvchilar qanchalik o'z ustida ishlasa ularning fikrlash doirasi kengayadi, ularning bilim saviyasi o'sadi.

REFERENCES

1. Shernaev, A. O. (2020). Geografiya darslarini o'qitishda atlas va xaritalar bilan ishlash texnologiyalari. Academic research in educational sciences, (4), 657-662.

2. Ражабов, Ф. Лобар Джураева, & Асрор Махмадалиев (2020). Узбекистан фермер хужаликлари: ривожланиши, ихтисослашуви, географияси. Academic research in educational sciences,(3), 674-686.

3. Jurayeva, L. V., & Yeshinbetova, G. A. (2020). Nozoogeografik vaziyatni yaxshilashning ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolami o'rganish prinsiplari. Academic research in educational sciences, (4), 630-638.

4. Джумабаева, С. К. (2020). География фанини уцитиш методикаси фанини уцитишда ноанъанавий методларнинг урни ва ахамияти. Academic research in educational sciences, (4), 663-671.

5. Oybek Uralovich Abdimurotov (2020). Tabiiy geografiya darslarini mustaqil o'rganishda interfaol metodlardan foydalanishning imkoniyatlari. Academic research in educational sciences, (3), 1306-1312.

6. Sherzod Ibroimov, & Muhayyo Madaminova (2020). Maktablarda geografiya fanini о'qitish samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalarni qо'llash. Academic research in educational sciences, (1), 54-60. doi: 10.24411/2181-1385-2020-00009

7. Ражабов, Ф. Т., & Абдимуротов, О. У. (2020). Табиий география курсларида амалий машгулотларни ташкил цилишда янги педагогик технологияларни цуллаш услубиёти. Academic research in educational sciences, (4), 663-671.

8. Shernayev Akbar (2020/1/30) Abstracts of V International Scientific and Practical Conference Osaka, Japan 29-31 January 2020,189-193.

9. Шерзод Иброим Угли Иброимов, & Махмуджон Жалолитдинович Болтаев (2020). Узбекистон тог-водийларининг экотуристик имкониятлари ва улардан фойдаланиш. Academic research in educational sciences, (1), 21-26. doi: 10.24411/2181-1385-2020-00004

10. Фуркат Туракулович Ражабов, & Азиза Абдуллаевана Олимова (2020). Таълим муаммолари ечимида инновацион кластернинг ахамияти (география таълими мисолида). Academic research in educational sciences, (3), 697-702.

11. Иброимов, Ш. Махмуд Болтаев, & Максуда Сатторова (2020). Мактаб укувчилари онгида рекреация тушунчасини шакллантириш. Academic research in educational sciences,(3), 146-151.

12. Rajabov Furkat Turakulovich, Sattarov Abdisamat Umirkulovich (2020) Farms of Uzbekistan: development, specialization, geography. Journal of Critical Reviews, 7 (6), 11891196. doi:10.31838/jcr.07.06.214

13. Иброимов, Ш. И. У. Мансур Фарманович Бурибеков, & Максуда Анвар Кизи Сатторова (2020). Ёш авлодга экологик туризмнинг мазмун-мохдятини етказиш. Academic research in educational sciences,(3), 275-279.

14. Radjabov, F. (2020). Describe the Individual Food Industry Contents and their Role in the Delivery of Agricultural Products. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 19(1), 292-294.

15. Шерзод Иброим Угли Иброимов (2020). Рекреация ва экотуризм жи^атлари (самарцанд вилояти) мисолида. Academic research in educational sciences, (4), 486-491.

16. Turakulovich RF (2020). Dynamics and Regional Features of Agricultural Production. In the Republic of Uzbekistan. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24 (2), 1264-1269.

17. Sherzod Ibroim Ogli Ibroimov, & Abdurauf Abdurahim Ogli Yusubaxmedov (2020). O'zbekiston hududini tibbiy-geografik baholash usullari. Academic research in educational sciences, (4), 418-424.

18. Komilova, N. K., Haydarova, §. A., Xalmirzaev, A. A., Kurbanov, S. B., & Rajabov, F. T. (2019). Territorial Structure of Agriculture Development in Uzbekistan in Terms of Economical Geography. Journal of Advanced Research in Law and Economics, 10(8 (46)), 2364-2372.

19. Шерзод Иброим Угли Иброимов (2020). География дарсларида талабалар билимини назорат цилиш усуллари. Academic research in educational sciences, (4), 412417.

20. Sharipov Shavkat Mukhamajanovich, Shomurodova Shahnoza Gayratovna, Gudalov Mirkomil Ravshanovich (2020) The use of the mountain kars in the tourism sphere in cort and recreation zone of chimgan-charvak. Journal of Critical Reviews, 7 (3), 475-481.

21. Ibroimov, S. I. (2020). Bugungi kunda pedagogik texnalogiyalarning ahamiyati va ularni tarix darslarida qo'llanilishi. Academic research in educational sciences, (4), 59-63.

22. Abdimurotov, OU (2020). Xalqaro pisa dasturi uchun kelajaklarga geografiya o'qituvchilarini tayyorlashning muhimi. Iqtisodiyot va sotsium , (5-1), 3-8.

23. Шомуродова Шахноза Гайратовна Природные озера Тянь-Шаня в зоне отдыха Чимган-Чарвак // Европейское научное обозрение. 2018. №9-10-1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/the-natural-lakes-at-the-tianshan-mountains-covered-in-chimgan-charvak-recreation-zone (дата обращения: 15.12.2020).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.