ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-833-837
MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYASI KURSINI O'QITISHDA O'QUVCHILARDA SHAKLLANADIGAN GEOGRAFIK
TUSHUNCHALAR
Akbarjon Abdulhamidovich Isayev
Andijon davlat universiteti E-mail. Akbarionisayev@ gmail. com
Muhammadismoil Muxitdinovich Mahmudov Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti muhammadismoilQ 8@ gmail. com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursini o'rganishda o'quvchilarda shakllanadigan geografik tushunchalar va ulardan foydalanish imkoniyatlari haqida yozilgan.
Kalit so'zlar: geografiya, umumgeografik tushunchalar, xususiy geografik tushunchalar, materik, interfaol metod, re'lef, ekvator chizig'i.
GEOGRAPHICAL CONCEPTS FORMED IN STUDENTS IN THE COURSE
OF NATURAL GEOGRAPHY OF CONTINENTS AND OCEANS
ABSTRACT
This article is about the geographical concepts that students develop and how to use them in the course of natural geography of continents and oceans.
Keywords: geography, general geographical concepts, special geographical concepts, continent, interactive method, relief, equator.
KIRISH
Hozirgi kunda innovatsion ta'lim, o'quvchilardan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish bilan birga, ulardan aqliy faoliyat usullarni ham egallab borishni talab etmoqda. Bilimlarni egallash va ularni turli amaliy ishlarda tatbiq etish jarayonida, o'quvchilarga yangi geografik tushunchalarni shakllantirish jarayonida geografik ob'yektlarni qiyoslashda, ulardagi umumiylik va tafovutlarni aniqlashda, xarita va boshqa bilim manbalari asosida tasnifini tuzishda o'quvchilar turli ko'nikma
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-833-837
va malakalarni tatbiq etadilar. Ana shunday ko'nikmalardan biri geografik tushunchalarni shakllantirish xisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Umumta'lim maktablarida geografiya kurslarini o'qitishda asosiy vazifalardan biri o'quvchilarda geografik tushunchalarni shakllantirishdan iboratdir.
Taniqli olim N.N.Baranskiyning metodikaga oid asarlarida iqtisodiy geografiya tushunchalari haqida, L.A.Polovinkinning metodik asarlarida umumiy geografik tushunchalarning yoritilish masalalari, L.Darinskiyning asarlarida esa tabiiy gegrafiya kursidagi geografik tushunchalar haqida talaygina ma'lumotlar bor. P.G'ulomov, R.Qurbonniyozov, A.Abdulqosimov, A.Soatov, X.Vahobov, M.Tillaboyevalar tomonidan yaratilgan darslik va qo'llanmalarda umumiy geografik tushunchalarning yoritilish masalalariga atroflicha to'xtalganlar.
NATIJALAR
O'quvchilarda shakllanadigan geografik tushunchalar asosan ikki guruhga-umumiy va xususiy tushunchalarga bo'linadi.
Umumiy geografik tushunchalarga geografik hodisalarning butun bir guruhiga kirib, ularni o'quvchilar idrok etishlari bilan tushunib oladilar.
Masalan: tog'lik, zilzila, iqlim mintaqasi, daryo, ko'l, tabiat zonalari va h.k.
Umumiy geografik tushunchalar mazmunini aniqlashda uning asosiy belgilari aytiladi.
O'quvchilarda umumiy geografik tushunchalarning hosil bo'lishida o'qituvchining yangi pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlagan dars ishlanmalari, prezentatsiyalari, ko'rgazmali qurollari juda katta ahamyatga ega. Chunki, o'qituvchining ko'rgazmali qurollari o'quvchilarda geografik tushunchalarni hosil bo'lishiga yordam berib, ularning kuzatuvchanligi, tafakkurining rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.
Xususiy geografik tushunchalar biror bir geografik ob'yektning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. O'quvchilarda xususiy geografik tushunchalar ham umumiy geografik tushunchalar kabi izchillik bilan idrok etish bilan shakllanadi. Geografiya kurslarida, xususan, "Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursi"da o'rganiladigan geografik ob'yektlarning ko'pligidan idrok etishda murakkabliklar mavjud. Shuning uchun ham, o'qituvchining yangi pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlagan slaydlari, og'zaki tasvir, geografik kartalar, rasm
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-833-837
va fotosuratlar, taqqoslash usullari, diagramma va tablitsalar o'quvchilarda xususiy geografik tushunchalarning shakllanishida muhim ahamiyatga ega.
MUHOKAMA
Umumta'lim maktablarining geografiya kurslari uchun muhim ko'rsatkichlardan biri, o'quvchilarda o'rganilayotgan materiallarga nisbatan qiziqishini orttirish muammosidir. Bu masalani hal etish uchun geografiya o'qituvchisidan o'qitishning turli metodlari va usullari va yangi pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlangan ko'rgazmali qurollardan, prezentatsiyalardan foydalanishni taqozo etadi.
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursini o'qitilishi jarayonida umumiy geografik tushunchalarni o'quvchilarga yetkazish zarur ekan, eng avvalo, har bir mavzu yuzasidan xususiy geografik tushunchalar tanlab olinadi. Mazkur tanlab olingan xususiy geografik tushunchalar, umumiy geografik tushunchalarning o'quvchilar ongida shakllanishiga zamin bo'ladi.
Xususiy geografik tushunchalarni tanlab olishda o'qitish jarayonlarini hisobga olgan holda, turli tabiat hodisalari, aholining hayoti, mahalliy aholining madaniyati, urf-odatlari, turmush sharoitlarini tasvirlaydigan adabiyot, manbalardan foydalanishni taqozo qiladi. Masalan, materiklarning geografik o'rni, chegaralari, qirg'oqlarning qiyofasi mavzusida quyidagi tartibda dars jarayonida yangi tushunchalar singdirib boriladi:
Ushbu mavzu yuzasidan o'quvchilarda quyidagi geografik tushunchalar shakllanishi kerak:
- har bir materikning ekvator chizig'iga va bosh meridianga nisbatan joylashganligi;
- har bir materikning geografik koordinatalari, chekka nuqtalari orasidagi masofalar;
-materiklarni o'rab turgan okean, dengizlar va ularning nomlari, chuqurligi, sho'rligi, materik tabiatiga ta'siri;
- materiklar qirg'oqlarining qiyofasi, egri - bugriligi, orol va yarim orollari, ularning nomlari va h.k.
Materiklarning geografik o'rni, chegaralari, qirg'oqlarining qiyofasi haqidagi tushunchalar shakllanishida karta ustida mashq qilish, "Kartada sayohat" o'tkazish, hisoblash, o'lchash, kartadan ob'yektlarni topish ishlarini bajarish yaxshi natija beradi. Shuningdek, o'qituvchi tomonidan tayyorlangan qo'shimcha ma'lumotlar, jadvallar ham bu masalani oydinlashtirishda o'z xissasini qo'shadi.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-833-837
Materiklarning relefi mavzusi yuzasidan o'quvchilaming oladigan geografik tushunchalari quyidagilardan iborat bo'lishi maqsadga muvofiq:
Birinchidan u yoki bu materikning yer usti qanday relef shakllariga ega ekanligi haqidagi tushunchalarga ega bo'lishlari kerak. Masalan; Afrikaning relefida - yassi tog'liklar va tog'liklar;
Ikkinchidan u yoki bu materikda qaysi rel'ef shakllari asosiy o'rinda turishi haqidagi tushunchalarga ega bo'lishi kerak. Masalan; Janubiy Amerika materigida asosiy re'lef shakllari - tog'liklar;
Uchunchidan u yoki bu materikda re'lef shakllarining hususiyatlari haqidagi tushunchalarga ega bo'lishlari kerak va h.k.
Janubiy Amerikaning paydo bo'lishiga ko'ra yer yuzining barqaror uchastkalarga bo'linishi, har bir uchastkalarga kiruvchi hududlar, har bir hududda sodir bo'ladigan hodisalar va ularning sabablari hamda xarakterli tog'lar va yassi tog'liklar haqidagi tushunchalar beriladi.
XULOSA
Geografik tushunchalarni jumladan materiklardagi yosh va keksa tog'lar haqidagi tushuncha berar ekanmiz, bu ikkala tipdagi tog'larning paydo bo'lishi bir xil davrda emasligi tufayli bu tog'lar tashqi kuchlar: harorat, shamol, suvning ta'siri tufayli o'zgarib ketganligi yani tabiatdagi dialektik qonuniyatlar tog'larni hosil bo'lishida qanday ishlashi mumkin ekanligini o'quvchilar tasavvurida shakllantirib boriladi. Shuningdek, yosh baland tog'larga tashqi kuchlardan tashqari ichki kuchlarning ham ta'siri kuchli ekanligi bo'yicha tushunchalar berishda tashqi va ichki omillarga e'tibor qaratilishi lozimligi uqtiriladi.
REFERENCES
1. Alimqulov N.R. Abdimurotov O.U. Yandasheva G. Sobirov E. "Umumta'lim maktablarida geografiya darslarini o'qitishda kartografik texnologiyalardan foydalanish". Farg'ona vodiysida tabiatdan foydalanish va muhofaza qilishning dolzarb muommolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Namangan, 6-7-iyun 2014-yil. 122-124-bet
2. Abdimurotov O.U. "Tabiiy geografiya kurslarida amaliy mashg'ulotlarni tashkil qilishda interfaol metodlarning qo'llanishi". Ta'limni axborotlashtirishning zamonaviy interfaol texnologiyalari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Toshkent, 2015-yil II-Tom 25-27-bet 3. Alimqulov N.R. Sultonova N.B. Abdimurotov O.U. "Umumiy yer bilimi kursida amaliy mashg'ulotlarni o'qitishda
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-833-837
modulli ta'lim texnologiyasidan foydalanish". Geografiya fani va ta'limning zamonaviy muommolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Toshkent, 20-may 2015-yil 361-364-bet
4.Баранский Н.Н. Методика преподавания экономической географии. Москва : Учпедгиз, 1960. — 451 с.
5. Даринский В.А. Методика преподавания географии. М. : Просвеhение, 1975. 368 с.
6.Половинкин А. А. Методика на преподаването по физическая география. Народна просвета, 1952. - 322 с.
7.Гуломов П., Курбонниёзов Р. Табиий география бошлаетич курси. 5-синф учун дарслик. Тошкент, "Узбекистон", 2003.-1346
8.География укув фанидан умумта'лим мактаблари учун Давлат та'лим стандарти (5-9 синфлар). Тошкент, 2014.
9.Rajabov Furkat Turakulovich, Sattarov Abdisamat Umirkulovich (2020) FARMS OF UZBEKISTAN: DEVELOPMENT, SPECIALIZATION, GEOGRAPHY. Journal of Critical Reviews, 7 (6), 1189-1196.
10 Radjabov, F. (2020). Describe the Individual Food Industry Contents and their Role in the Delivery of Agricultural Products. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 19(1), 292-294.
11.Sultonova N.B. , Abdimurotov O.U. "Amaliy geografiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish". "Ta'lim texnologiyalari" ilmiy-uslubiy jurnal 2014-yil № 2(46). Toshkent, 55-59
12. Sultonova N.B. Abdimurotov O.U. "O'zbekiston tabiiy geografiyasi kursida Keysstadi texnologiyasidan foydalanish". Geografiya fani va ta'limning zamonaviy muommolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Toshkent, 20-may 2015-yil 423-426-bet 17. 13..
13. Shernayev A.O'. The System Of Working With Maps In Geography Lessons In Secondary Schools Of Uzbekistan. Jour of adv research in dynamical & control systems, vol. 12, special issue-06, 2020.