Научная статья на тему 'CHET TILI DARSLARIDA O‘YINLARNING AHAMIYATI'

CHET TILI DARSLARIDA O‘YINLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
510
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvistik o’yinlar / kichik guruhlar / kungaboqar o’yini / doska / birgalikda o’naymiz / fikr. / linguistic games / small groups / sunflower game / blackboard / let's play together / idea.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — B. Gulimetova, Z. Satimova

Ushbu maqolada o’quvchilarga chet tillarini o’rgatishda o’yinlarda foydalanish muvaffaqiyat kaliti ekanligi to’g’risida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF GAMES IN FOREIGN LANGUAGE LESSONS

In this article, it is considered that the use of games is the key to success in teaching foreign languages to students.

Текст научной работы на тему «CHET TILI DARSLARIDA O‘YINLARNING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

CHET TILI DARSLARIDA O'YINLARNING AHAMIYATI

Gulimetova B.M

UrDU Xorijiy filologiya fakulteti, katta o'qituvchi Satimova Zuxro Shuxrat qizi

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti (koreys tili ta'lim

yo'nalishi) III bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7257868 Annotatsiya. Ushbu maqolada o'quvchilarga chet tillarini o'rgatishda o'yinlarda foydalanish muvaffaqiyat kaliti ekanligi to'g'risidafikryuritiladi.

Kalit so'zlar: lingvistik o'yinlar, kichik guruhlar, kungaboqar o'yini, doska, birgalikda o'naymiz, fikr.

ЗНАЧЕНИЕ ИГР НА УРОКАХ ИНОСТРАННОГО ЯЗЫКА Аннотация. В данной статье рассматривается, что использование игр является залогом успеха в обучении студентов иностранным языкам.

Ключевые слова: языковые игры, малые группы, игра в подсолнухи, доска, поиграем вместе, идея.

THE IMPORTANCE OF GAMES IN FOREIGN LANGUAGE LESSONS Abstract. In this article, it is considered that the use of games is the key to success in teaching foreign languages to students.

Key words: linguistic games, small groups, sunflower game, blackboard, let's play together, idea.

KIRISH

Hozirgi kunda kundan kunga shiddat bilan rivojlanib borayotgan davlatimizda chet tillarini mukammal egallagan mutaxassislarga bo'lgan talab ortib bormoqda. Shuning uchun yosh avlodni maktabgacha ta'lim muassasidan boshlab to oliy ta'limgacha bo'lgan davrda ham chet tillarini o'qitishga katta e'tibor qaratilmoqda.

O'tgan yillarimizga nazar tashlab uni sarxisob qilsak, ta'limda butunlay yangilanish va unga moslashish davrini boshdan kechirayotganimizni sezamiz.

Bugungi kundagi jadal rivojlanayotgan ta'limda o'quvchilarning qalbidgi cho'g'ni alanga oldirib uni har tomonlama rivojlantirib yuksak cho'qqilarga olib chiqishimiz uchun bizga ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan bir qatorda ilg'or o'qituvchilar ham zarur.Chet tillarini o'rganish va o'rgatish uzoq va mukammal jarayon. Bu kishidan muntazam mehnatni va o'z ustida ishlashni talab qiladi. Og'zaku nutq malakalarini o'stirish uchun chet tillarini o'qitish jarayonida har xil interfaol metodlardan foydalanish tilni o'rganishni qiziaqrli va sevimli mashg'ulotga aylantirishi aniq.

O'quvchilarning chet tilida nutq boyligini va uning samaradorligini oshirish uchun darsda ta'limiy o'yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Tajribalardan ma'lumki, o'yin bu yangi tilni o'rganishda tasavvurni kengaytiradi, shu tilda o'ylash va gapirishga imkon yaratadi.o'yin yordamida xotirada unutilayotgan so'zlarni tiklash mumkin. Kichik-kichik guruhlarga bo'linib yoki umumjamoa bo'lib o'ynaladigan o'yinlardan dars jarayonida darsda yoki to'garak mashg'ulotlarida foydalanish mumkin. Bu esa o'z navbvtida samarasini bermasdan qolmaydi albatta. Yolg'iz o'ynab biror muammoning echimini topganda o'quvchi haqiqiy quvonch hissini tuyadi. Jamoa o'yinlari esa muvaffaqiyatga erishishga o'rgatadi va nutqni erkinlashtiradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Lingvistik o'yinlrda muloqot holatlarini yuzaga keltirib, o'quvchilarda og'zaki va yozma nuqni o'stirish mumkin.

METOD VA METODOLOGIYA

Chet tilida olib boriladigan o'yinlar yoki o'yin uslubidagi mashqlarning barchasi so'zlarning sehrli olamiga yo'l ochib beradi. Shunig uchun haqiqiy chet tili o'qituvchisi bo'laman degan har bir inson ijodkor bo'lmog'i kerak deb o'ylayman, ya'ni har doim bir xil o'yinlardan foydalanavermasdan o'quvchilar bilimiga moslab, ularning so'zlarini har safar o'zgartirib, maqbulini tanlab,yangilarini yaratib va umuman shu o'yinlar yordamida darsni yanada qiziqarliroq va maroqliroq qilish mumkin.

Bunaqa darslarda va to'garak mashg'ulotlarida o'quvchilar hech qachon zerikib qolmaydi va darsga to'liq qatnashadi shu bilan birga navbatdagi darsni orziqib kutadi.

Quyida men darsdan bo'sh paytlarimda ingliz tilini o'rganayotgan o'quvchilarim uchun ishlatadigan o'yinlardan ayrimlarini misol qilib ko'rsatmoqchiman va kelajakda o'qituvchi bo'lmoqchi bo'lgan tengdoshlarimga ham tavsiya qilaman:

1."Kungaboqar" o'yinida o'quvchilar 4-5 kishidan iborat guruhlarga bo'linadi. O'qituvchi fanning mavzusidan kelib chiqib, o'rtaga bitta muammoni tashlaydi. Har bir guruh kungaboqar yasab, uning markaziga doira joylashtirib, barglar yopishtiradi. Mavzuga qarab, doiraga har bir guruh umumiy bitta muammo yozilib, doskaga yopishtiriladi Ajratilgan vaqt ichida guruhlar birgalikda fikrlarini bargga yozib, uni o'sha guruh muammosi yozilgan gulga joylashtirib qo'yadilar. Bu uslubdan o'tilgan mavzuni tushuntirish, uni mustahkamlash va takrorlash hamda o'quvchilar egallagan bilimlarni aniqlashda foydalanish mumkin.

Navbatdagi o'yinimizda topshiriq juft- juft bo'lib bajariladi.Bunda birinchi ishtirokchi chet tilida o'z ismini aytadi, ikkinchi ishtirokchi esa o'rtog'ining ismini aytib unga o'zining ismini ilova qiladi.

Masalan: Birinchi o'quvchi: My name is Jeremie

Ikkinchi o'quvchi: His name is Jeremie and my name is Nicole. va xakozo o'yin shu taxlit davom etadi. Bunday o'yinlardan o'quv yili boshida yangi tanishayotgan o'quvchilar bilan o'tkazsa bo'ladi. Shu orqali ular ingliz tilida o'zlarining hamda o'rtoqlarining ismlarini bilib olishadi.

What is your name ? What is your hobby? o'yinida esa ishtirokchilar doira shaklida o'tiradilar. Buning uchun yumshoq kichik koptokcha kerak bo'ladi. Bunda boshlovchi koptokni ishtirokchilardan biriga irg'itadi. Koptokni olgan o'quvchi o'z ismini aytishi va o'zi haqida gapirishi kerak. So'ngra u koptokni boshqa ishtirokchiga otadi.Shartni bajarolmagan o'quvchi esa o'yindan chiqadi Namuna:

1.My name is Ruslan. I like drawing pictures.

2. My name is Anne .I like reading books

3. My name is.....I like.....

Bunda sing (dance, playing football,listing to music, go to the cinema, go to the theatre, playing chess) kabilarni qo'llash mumkin. Jamoa o'yinlari.

"Ha" yoki "Yo'q" so'zini ishlatmasdan o'ynaladigan bu o'yinning maqsadi o'quvchilarning tasavvur doirasini kengaytirish, ijodkorligini oshirish, savollar berishga o'rgatish. O'yinga 2 yoki undan ortiq jamoa o'zining 5 yoki 6 nafar o'yinchisi bilan qatnashadi. Jamoalardan binning birinchi ishtirokchisi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

o'rtaga chiqib o'zini tanishtiradi va raqib jamoalar azolari unga qisqa "Ha" yoki "Yo'q" deb javob

beriladigan savollar beradilar. O'yinchi esa bu savollarga "Ha" yoki "Yo'q" so'zini ishlatmasdan,

ular o'rniga boshqa javob variantlarini qo'llashi kerak. 1 ta savol - javob taxminan 30 sekund davom

etadi va juda tezkorlik bilan amalga oshiriladi. O'yinchiga o'ylash uchun imkoniyat bermaslik lozim.

O'yinni boshqarayotgan shaxs soatiga qarab turib javob berayotgan o'yinchining savollariga 30

sekund yoki bir minutda javob berayotganini tekshirishi kerak. Agar o'yinchi bir daqiqa davomida

"Ha" yoki "Yo'q" so'zini ishlatmasdan savollarga tezkorlik bilan javob bersa, u birinchi ball

to'plagan hisoblanadi, aks holda u yutqazgan hisoblanadi. Savol bergan o'quvchiga esa bir ball

qo'shiladi. To'plangan ballar har bir o'quvchi yoki jamoa tomonidan hisob- kitob qilinadi.

Beriladigan savollar quyidagicha bo'lishi mumkin:

Raqib: Sening mushuging bormi?

O'yinchi:Albatta !

Raqib :Sen uni yaxshi ko'rasanmi?

O„yinchi:Bo'lmasamchi!

Raqib :Uning ranggi qorami?

O„yinchi:Butunlay

Ikkinchi o'yin:

Groupe adverse: Sen Toshkentga borganmisan? Joueur 2 : Albatta!

Groupe adverse: Senga u joy yoqadimi? Joueur 2: Men hali unaqa joyni ko'rmaganman! Groupe adverse: Favvoralarni tomosha qildingmi? Joueur 2: Vaqtim bo'lmay qoldi!

TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA

Jamoa o'yinlari ancha murakkab bo'lib, o'quvchilar lug'atlardan foydalanishi mumkin. Lekin bu o'yinlarni o'tkazish uchun maxsus qo'llanmalar talab qilinmaydi. O'yin ishtirokchilariga esa qog'oz va qalam kerak bo'ladi.

«BIRGALIKDA O'QIYMIZ» texnikasi. Bunda o'quv guruhi kichik guruhlarga bo'linadi.. Har bir kichik guruhda ekspert bo'ladi va boshqalarga o'rgatib turadi. Har bir guruhning maqsadi barcha boshqa guruhlar ishtirokchilarining mavzu bo'yicha bilimlarini to'liq o'zlashtirishdan iborat.

«Birgalikda o'qiymiz» texnikasidan foydalangan holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi:

1. Bilim darajasiga qarab 3-5 kishidan iborat bo'lgan har xil turdagi guruhlar tuziladi.

2. Har bir guruhga bitta topshiriq beriladi.

3. Har bir guruh ichida umumiy topshiriq taqsimlanadi.

4. Hamma yakkatartibdagi topshiriqni bajaradi.

5. Barcha guruh a'zolarining mini-ma'ruzalarini tinglanadi. Umumiy natijani shakllantiriladi va uni taqdimotga tayyorlanadi.

Bu o'yinlardan tashqari quyidagi mashq turlaridan ham foydalanilsa kutilgan natijalarga erishish mumkin:

1.Rasmlarni berilgan so'zlar asosida o'rni - o'rniga qo'ying.

2.Juft bo'lib ishlang, so'z birikmalarini dialoglarda qo'llang.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

3.Mustaqil fikrlashga o'rgatuvchi mashqlar (orzuyimdagi uy yoki kvartirani tasvirlang, chizing yoki yozing).

3.Dialogni tinglang va sahnalashtiring.

4.Tasvirdagi kamchilikni toping.Rassom qanday xato qilganini topib unga xat yozing.

5.Fikrlarni eshiting va unga o'z munosabatingizni bildiring.

Va hakozo bunday mashq turlariniyam ijodiy yondoshgan holda yana davom ettirish mumkin.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki sinfda bellashuv ruhi, kayfiyatini yaratish uchun o'qituvchi oyda bir marta o'yinlar natijasini elon qilib borishi va final musobaqasini o'tkazsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerak-ki, barcha o'yinlarda eng muhimi g'alaba emas, balki ishtirok etish demakdir.Barchaga muvaffaqiyatli dars tilayman.

REFERENCES

1. Jalolov J.J. Chet tilo'qitishmetodikasi. T.:2012.

2. Xoshimov O'., I. Yoqubov. Ingliz tili o'qitish metodikasi T.: 2003 y.

3. Рогова Г.Б., Рабинович Ф.М., Сахарова Т.Э. Meтодика обучения иностранным языкам в средней школе. Москва: Просвещение, 1991 г.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.