Научная статья на тему 'MASOFAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA MATEMATIKA FANLARINI O'QITISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH'

MASOFAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA MATEMATIKA FANLARINI O'QITISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
masofaviy ta’lim / raqamli vositalar / raqamli texnologiyalar / axborotni qayta ishlash / aloqa / kontent yaratish / raqamli kontent / ta'lim resurslari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Meliboyeva Yulduzxon Erkinjon Qizi

Ta’lim jarayonini raqamli tashkil etish va bu zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimini boshqarish, masofaviy texnologiyalar va ulardan foydalanishning samaradorligi, imkoniyatlarini tahlili, masofaviy texnologiyalarni qo’llash bo’yicha pedagogik tadqiqotlar olib borilishi va asosiy muammolari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MASOFAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA MATEMATIKA FANLARINI O'QITISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH»

MASOFAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA MATEMATIKA FANLARINI O'QITISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH

Meliboyeva Yulduzxon Erkinjon qizi

Aniq va tabiy fanlar fakulteti (matematika) 1- kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.13897581 Annotatsiya. Ta'lim jarayonini raqamli tashkil etish va bu zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarga asoslangan ta'lim tizimini boshqarish, masofaviy texnologiyalar va ulardan foydalanishning samaradorligi, imkoniyatlarini tahlili, masofaviy texnologiyalarni qo'llash bo'yicha pedagogik tadqiqotlar olib borilishi va asosiy muammolari yoritilgan.

Kalitso^zlar: masofaviy ta'lim, raqamli vositalar, raqamli texnologiyalar, axborotni qayta ishlash, aloqa, kontentyaratish, raqamli kontent, ta'lim resurslari.

Abstract. The digital organization of the educational process and the management of the educational system based on modern information and communication and digital technologies, the analysis of the effectiveness and possibilities of remote technologies and their use, the conduct of pedagogical research on the use of remote technologies and the main problems are highlighted.

Keywords: distance education, digital tools, digital technologies, information processing, communication, content creation, digital content, educational resources.

Аннотация. Цифровая организация образовательного процесса и управление образовательной системой на основе современных информационно-коммуникационных и цифровых технологий, анализ эффективности и возможностей дистанционных технологий и их использования, проведение педагогических исследований по использованию дистанционных технологий и выделены основные проблемы.

Ключевые слова: дистанционное образование, цифровые инструменты, цифровые технологии, обработка информации, коммуникация, создание контента, цифровой контент, образовательные ресурсы.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan sohada samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarorida oliy ta'lim tashkilotlarida masofaviy ta'limni tashkil etish tartibi to'g'risidagi nizom ilovaga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining , 03.10.2022 yildagi 559-son "Oliy ta'lim tashkilotlarida masofaviy ta'lim shaklini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori tasdiqlandi.[1]

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108-son Farmoniga asosan ta'lim muassasasi xususiyatiga muvofiq metod va texnologiyalarda joriy etiladi va shu asosida o'qitish tashkil etiladi.[2]

Zamonaviy o'qituvchining jamiyatni axborotlashtirish sharoitida ishlashga tayyorligini belgilab beradigan quyidagi axborot-kommunikativ salohiyatlar muhim hisoblanadi. Kompyuterli ta'lim jarayonida ta'lim o'quvchi va kompyuter orasidagi munosabatlarga ko'ra tashkil etiladi, boshqariladi, nazorat qilinadi. Kompyuterli ta'limni tashkil etish - o'quvchi bilan o'quv materiali

o'rtasidagi bog'lanishni kompyuter vositasida yo'lga qo'yish. O'quvchi bilan o'quv materiali o'rtasidagi boglanishni tashkil etish uchun ta'lim loyihalanadi. O'quvchilarning o'quv ishlarini tashkil etish, ular faoliyatini rag'batlantirish tegishli vositalar asosida modellashtiriladi. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo'lgan ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi.[3]

Masofadan turib onlayn o'qish ta'lim olishning innovatsion va qiziqarli usuli hisoblanadi. Bunda o'quvchi mustaqil tarzda ta'lim oladi, bilimlarni o'zlashtiradi, o'z-o'zini nazorat qiladi, mustaqil fikrlaydi va xulosa chiqaradi. Ta'lim jarayonini masofaviy shaklda tashkil etish uchun ta'lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar (LMS - Learning management systems)dan foydalaniladi[4].

Masofaviy o'qish - bu zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarga asoslangan ta'lim tizimi. U o'quvchiga o'qituvchi bilan muloqot olib borish hamda xohlagan vaqtida, istalgan joydan turib mustaqil ravishda shug'ullanish imkoniyatini ta'minlaydi. O'qituvchi uchun esa internetda o'z o'quv materiallarini o'quvchiga taqdim etish va o'quvchilarning o'zlashtirishini masofadan turib kuzatib borish imkoniyatini yaratadi.[5]

Ta'limni boshqaruv tizimlari (LMS - Learning management systems) - bilim olish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun mo'ljallangan videodars, ma'ruza materiallari, taqdimot, kitob kabi o'quv materiallari majmuasidan iborat muloqot rejimida ishlay oladigan inson-mashina majmuasi yoki masofaviy ta'lim shakli.

Learning - o'qitish. LMS yordamida elektron kurs yoki o'quv materiallarining yagona bazasini yaratish mumkin. Bunday baza mavzu bo'yicha shakllantirilgan bilimlar omboridir.

Management - boshqaruv.

Ta'limni administrator (yoki kursni tashkil etuvchi o'qituvchi) boshqarib boradi. U o'quvchilar uchun kurs, topshiriq va testlarni belgilab beradi hamda uy vazifalari bajarilishini nazorat qilib boradi. System - elektron tizim.[6]

LMS o'qituvchining o'rniga har bir o'quvchi berilgan topshiriq yoki testni qancha vaqtda va qanday topshirganini tekshirib, qayd etib boradi. Hisobotlar orqali o'quvchilarning o'zlashtirish darajasini kuzatib borishi ham mumkin. LMSning afzalliklari shundaki, foydalanishning erkinligi - tinglovchilar va kurs ishtirokchilari tizimdan deyarli ozlariga qulay joyda foydalanishi mumkin, malaka oshirish kurslarida yoshi katta, yosh bolali ta'lim oluvchilar asosiy ish joyidan ajralmagan holda ta'lim olishlari mumkin. Iqtisodiy tomondan ham qulay, o'qish xarajatlarini kamaytirish -metodik adabiyotlar sotib olish uchun mablag' talab qilinmaydi. Moslashuvchanligi - o'quv jarayoni o'qituvchi va o'quvchi imkoniyat va talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etilishi mumkin. Zamonaviy ta'lim shakllaridan biri - elektron kurs foydalanuvchilari, xususan, o'qituvchi va o'quvchilar o'z bilim va ko'nikmalarini eng yangi zamonaviy texnologiya va standartlarga muvofiq rivojlantirib boradilar. Bunda elektron o'quv kurslar materiallarini tezkorlik bilan o'z vaqtida yangilab turish imkoniyatlari mavjud.

Ta'lim olishning tengligi - o'qitish ma'lum bir ta'lim muassasasidagi o'qitish sifatiga bog'liq bo'lmaydi. Bilimlarni baholashning obyektiv mezonini belgilash imkoniyati - o'quv jarayonida o'quvchi tomonidan o'zlashtirilgan bilimlarni baholashning aniq mezonlarini belgilab olish mumkin. Tajriba almashish - muloqot qilish, xabarlar almashish uchun chat, blog, forum va konferensiyalardan foydalanish mumkin.

Statistika olib borilishi - darsga qatnashish, o'zlashtirish kabi ma'lumotlar tizimda qayd etib borilganligi uchun, o'qituvchi xohlagan paytda kerakli shakldagi hisobotni olishi mumkin.

Zamonaviy masofaviy ta'lim platformalari talabalar, mutaxassislar va ta'lim beruvchilarning ehtiyojlarini qondirishi kerak. Ta'lim xizmatlarini ishlab chiqish uchun oylar va

yillar sarflashingiz mumkin yoki bir necha kun ichida tayyor platforma asosida o'quv tizimini yaratishingiz mumkin.

Xozirgi kunda masofaviy ta'lim platformalari ta'lim muassasalari ta'limi tizimidagi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarining malakasini oshirish, onlayn maktablar va oliy o'quv yurtlari dasturlari faoliyati uchun qo'llaniladi. Platformaning asosiy maqsadi bilimlarni uzatishdir. Buning uchun marketing va savdoni kuchaytirish, taraqqiyotni kuzatish va real vaqt rejimida darslarni o'tkazish, stajyorlarni tezda lavozimlarga kiritish va amaldagi xodimlarning tajribasini saqlash.

Matematika fanlarini o'qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, masofaviy texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni taminlash maqsadida raqamlashtirish yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir.

Kompyuter texnologiyalar va o'qitish vositalari, online dasturiy vositalarni ta'lim muassasalariga tatbiq etish, o'qitish jarayonini optimallashtirish, masofali o'qitishni qo'llash uzoqdan ta'lim olishga keng yo'l ochib beradi. Pandemiya sharoitidan keyin ta'limda fanlarni o'qitishda masofaviy texnologilaridan foydalanish bir necha asosiy yo'nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, electron adabiyotlar yaratish, dars taqdimotlari, videomaruzalar tayorlash,turli tipdagi o'rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o'yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi.

Matematika o'qitishda kompyuter texnologiyalar va o'qitish vositalari, online dasturiy vositalarni qulayligini yana bir yo'nalishi ayrim o'quv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o'qitishning boshqa usullari qo'llanganda tasavvur qilish, ko'z oldiga keltirilishi qiyin bo'lgan materiallarni tushunarlibo'lishini taminlashdan iborat. Modellashtirish yordamida o'quvchilarga ma'lumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi ko'rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matematikani chuqur o'rganish va o'quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga moyil bo'ladilar. Kompyuter texnikalarini maktab ta'lim muassasalariga tatbiq etish, o'qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo'l ochib beradi.

Xulosa qilib aytganda, matematika fani o'qituvchining asosiy vazifasi quyidagilar matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish, shuningdek, kompyuter texnologiyalar va o'qitish vositalari, online dasturiy vositalarni ta'lim muassasalariga tatbiq etish, o'qitish jarayonini optimallashtirish, masofali o'qitishni qo'llash ham muhim axamiyatga ega.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining , 03.10.2022 yildagi 559-son "Oliy ta'lim tashkilotlarida masofaviy ta'lim shaklini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori/ https://lex.uz/uz/docs/-6221502

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 06.11.2020 yildagi O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida PF-6108-son

3. Axborot texnologiyalari (M.Aripov, B.Begalov, U.Begimqulov, M. Mamarajabov) Toshkent-2010.

4. A.Nurmatova. Matematika fanini o'qitishda informatika va axborot texnologiyalarning o'rni. Международный научный журнал № 11 (100),часть 1 «Научный импульс» июня , 2023.

5. https://oefen.uz/uz/documents/slaydlar/umumiy/lms-learning-management-systems-ta-limni-boshqaruv-tizimlari

6. Теория и практика дистанционного обучения : учебное пособие для вузов / Е. С. Полат [и др.] ; под редакцией Е. С. Полат. — 2-е изд., перераб. и доп. — Москва : Издательство Юрайт, 2020. — 23 с.

7. Устаджалилова, Х. "Об организации спецкурса по изучению уравнений и неравенств с параметрами по математике в педагогическом ВУЗе." Физико-математическое образование 2 (12) (2017): 151-155.

8. Устаджалилова, Хуршида. "SUPPORT OF ADVANCED RELATIONS IN TEACHING MATHEMATICS OF AVERAGE AND HIGHER EDUCATION." Актуальные научные исследования в современном мире 5-7 (2020): 62-66.

9. Устаджалилова Х. SUPPORT OF ADVANCED RELATIONS IN TEACHING MATHEMATICS OF AVERAGE AND HIGHER EDUCATION //Актуальные научные исследования в современном мире. - 2020. - №. 5-7. - С. 62-66.

10. Эркабаева Н. Ш., Устаджалилова Х. А. ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ У БУДУЩИХ ПЕДАГОГОВ ФОРМИРОВАНИЯ КОМПЕТЕНЦИЙ ПО ИСПОЛЬЗОВАНИЮ ЦИФРОВЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В ОБРАЗОВАНИИ //Science and innovation. - 2024. - Т. 3. - №. Special Issue 18. - С. 320-323.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.