Научная статья на тему 'SMART TA’LIM MASOFAVIY FAN VA UNI TASHKIL ETISH METODIKASI'

SMART TA’LIM MASOFAVIY FAN VA UNI TASHKIL ETISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
14
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
raqamli ta’lim / mustaqil fikrlash / mustaqil ta’lim / ijodiy fikrlash / innovatsion ta’lim / individual faollik / smart – ta’lim / Smart TA’LIM / mobil dastur.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Erkinjon Yusupov Xurramovich, Aqida Normurodova Yigitali Qizi

Mazkur ishda oliy ta’lim muassasalarining Axborot tizimlar va texnologiyalari ta’lim yo‘nalishi talabalarining darsdan tashqari mustaqil ishlarini raqamli ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish masalasi Smart TA’LIM masofaviy fan to‘garagi misolida yoritilgan. Talabalarni faollashtiruvchi va ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi kabi didaktik funksiyalar tahlil qilingan. Raqamli ta’lim asosida masofaviy ta’lim shaklini keng qo‘llash va umumkasbiy mahoratni shakllantirishga yo‘naltirilgan modullardan foydalanish bo‘yicha mulohazalar bayon qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SMART TA’LIM MASOFAVIY FAN VA UNI TASHKIL ETISH METODIKASI»

SMART TA'LIM MASOFAVIY FAN VA UNI TASHKIL ETISH

METODIKASI

1Erkinjon Yusupov Xurramovich, 2Aqida Normurodova Yigitali qizi

1Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti katta o'qituvchisi (PhD), 2Denov tadbirkorlik va

pedagogika instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11117081

Annotatsiya. Mazkur ishda oliy ta'lim muassasalarining Axborot tizimlar va texnologiyalari ta'limyo'nalishi talabalariningdarsdan tashqarimustaqilishlariniraqamli ta'lim texnologiyalariasosida tashkil etish masalasi Smart TA'LIM masofaviy fan to'garagi misolida yoritilgan. Talabalarni faollashtiruvchi va ularning mustaqilfikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi kabi didaktikfunksiyalar tahlil qilingan. Raqamli ta'lim asosida masofaviy ta'lim shaklini keng qo'llash va umumkasbiy mahoratni shakllantirishga yo'naltirilgan modullardan foydalanish bo'yicha mulohazalar bayon qilingan .

Kalit so'zlar: raqamli ta'lim, mustaqilfikrlash, mustaqil ta'lim, ijodiy fikrlash, innovatsion ta'lim, individual faollik, smart - ta'lim, Smart TA'LIM, mobil dastur.

Аннотация. В данной работе рассматривается вопрос организации самостоятельной внеаудиторной работы студентов высших учебных заведений информационных систем и технологий на основе цифровых образовательных технологий на примере дистанционного научного кружка Smart EDUCATION. Анализируются дидактические функции, активизирующие учащихся и развивающие у них способность к самостоятельному мышлению. Представлены мнения о широком использовании дистанционного образования на основе цифрового образования и использовании модулей, направленных на формирование общепрофессиональных навыков.

Ключевые слова: цифровое образование, самостоятельное мышление, самостоятельное образование, креативное мышление, инновационное образование, индивидуальная активность, умное образование, Smart EDUCATION, мобильная программа.

Abstract. In this work, the issue of organizing independent extracurricular work of students of higher educational institutions of Information Systems and Technologies on the basis of digital educational technologies is covered by the example of Smart EDUCATION distance science circle. Didactic functions that activate students and develop their ability to think independently are analyzed. Opinions on the widespread use of distance education based on digital education and the use of modules aimed at the formation of general professional skills are presented.

Keywords: digital education, independent thinking, independent education, creative thinking, innovative education, individual activity, smart education, Smart EDUCATION, mobile program.

Kirish. Respublikamizda raqamli ta'lim bo'yicha "ta'lim tizimining barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va zamonaviy iqtisodiyot uchun zarur bo'lgan raqamli bilimlarning darajasini oshirish, ta'lim infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, "Besh tashabbus" loyihasini amalga oshirish doirasida 2024 yilga qadar respublikaning barcha hududlarida raqamli bilimlarga o'qitish markazlarini ochish" haqida O'zbekiston Respublikasi

Prezidentining Qarori qabul qilindi [1]. Bu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida yurtimiz viloyat va tumanlarida IT

- parklar, informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan maktablar tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda. Ta'lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish va o'quv jarayonida interfaol texnologiyalarni tatbiq etish, bugungi kun yoshlaridan yuqori malakali kadr bo'lib yetishish uchun intelektual salohiyatli, ilm

-fanning zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mushohada yurita oladigan shaxslarni tarbiyalash talab etadi. Bugungi kunda ilm - fanning tezkor taraqqiy etishida raqamli texnologiyalarining keng joriy etilishi, turli fan yo'nalishlarida bilimlarning jadal yangilab borishi, ta'lim oluvchilarning mustaqil ravishda muntazam bilim olish vazifasini talab etmoqda.

"Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" asosida oliy ta'lim tizimida tahsil olayotgan talaba yoshlarining bilim va ko'nikmalarini oshirish, ularni raqamli texnologiyalar, hamda ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida qurollantirish alohida ta'kidlab o'tilgan. Bu esa dars jarayonini, xususan talabalarning darsdan tashqari iglarni raqamli ta'lim texnodogiyalari asosida tashkil etish samaradorligini oshirishni nazarda tutadi.

Asosiy qism. Raqamli ta'limni rivijlantirishda nimalarga e'tibor qaratish lozimligi,

talabalarning raqamli ta'lim va texnologiyalardan foydalanishning hozirgi kundagi holati o'rganilib so'rovnoma o'tkazilganda, qatnashchilarning 63,7 foizi smartfon qurilmasini tanlaganligi, raqamli ta'lim haqidagi ma'lumotga ega qantashchilar 79,5 foizni, raqamli texnologiyalardan ta'limda foydalanish kerekligini 93,2 foiz qatnashchilar, raqamli ta'limni qo'llashda mobil ilovalarining zarurati so'roviga 87,8 foiz qatnashchilar "zarur" degan tanlovlarni amalga oshirganligi sababli onlayn to'garak tashkil etilib, talabalarning o'z kasbiga qiziqishi, bilim doiralari kengaytirilsa, ularda hozirjavoblik xususiyatlari tarbiyalanib, faollashtiruvchi va mustaqil fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Raqamli ta'limning samaradorligi yana shundan iboratki, uning qatnashchilari yaxlit tizimli bilimga ega bo'ladi va mustaqil - ijodiy fikrlash qobiliyatlari oshiriladi. Shuning uchun ham raqamli ta'lim, rivojlantiruvchi o'qitishning yuqori samarali usullaridan biri bo'lib hisoblanadi. Talabalarning darsdan tashqari mustaqil ishlarini tashkil etishda ham o'qituvchilarning tashabbuskorligi, mahorati muhim hisoblanadi.

en

■ I

.••Vil

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida ham iqtisodiy-ijtimoiy hayotning barcha sohalariga, shu jumladan, ta'lim sohasiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish eng ustuvor vazifa qilib belgilangan. Ushbu ustuvor vazifalarni amalga oshirishda talabalarning bo'sh vaqtlarda ularning darsdan tashqari mustaqil ishlarini masofadan tashkil etish, individual faollikni, tashabbuskorlikni, intellektual salohiyatlarini oshirib va uni namoyish etishda juda katta yordam beradi.

O'tkazilgan tadqiqotlardan shuni kuzatish mumkinki, talabalarning raqamli texnologiyalarga bo'lgan qiziqishini oshirish bugungi kunda pedagog kadrlar tayyorlash tizimining dolzarb muammolaridan biri sifatida o'rganilmoqda.

Ta'limning didaktik darajalari raqamli texnologiyalardan foydalanishda quyidagi komponentalar:

• ta'limda raqamli texnologiyalardan faqat aloqa vositasi sifatida foydalanish;

• haqiqiy, ijodiy va hamkorlikda o'rganishni qo'llab quvvatlash;

• interfaollik darajasi, baholash yondashuvlarning keng doirasini ta'minlash;

• smart - ta'limni samarali tashkil etish darajasi bilan belgilanadi [2].

Ta'limda raqamli texnologiyalardan foydalanishning didaktik darajalarini tadqiq etish texnologik rivojlanish bilan bog'liq holda kengayib boradi, ta'limiy maqsadlar va vazifalar fan va jamiyat rivojlanishining talab va ehtiyojidan kelib chiqib shakllanadi. Hozirgi kunda jamiyat rivojlanishi sohalarda sun'iy intellekt texnologiyalarini qo'llovchi dasturiy ta'minot ishlab chiquvchilariga raqamli ma'lumotlardan foydalanish muayan sharoit yaratish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining tegishli ma'lumotlarini tezkor raqamlashtirishni ta'minlash bilan uzviy bog'liq [3].

Oliy ta'lim muassasalarining "Axborot tizimlari va texnologiyalari" yo'nalishida o'qitiladigan umumkasbiy fanlaridan masofaviy to'garaklar tashkil qilish va platformalar yaratish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda talabalarning bo'sh vaqtlarini unumli va sermazmun o'tkazish, fanga nisbatan bo'lgan qiziqishlarini yanada orttiradi. Darsdan tashqari ishlarning maqsadi, talabalarda dunyoqarashni to'g'ri shakllantirishda va tarbiyaviy axloqiy kamol topishida zamin yaratadi. Quyida talabalarning darsdan tashqari mustaqil va ijodiy ishlarini tashkil etishga doir ishlab chiqilgan "Smart TA'LIM" nomli masofaviy to'garak ishidan lavhalar keltirilgan. Ushbu to'garak ishi 2019 - 2020 o'quv yilida tashkil etilgan bo'lib, hozirgi kunga qadar muvofaqqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.

Ayniqsa, butun jahon COVID - 19 pandemiyasiga yuz tutgan davrda deyarli barcha davlatlarda koronavirus tarqalishi sababli, xususan Respublika OTM larida o'quv jarayonini uzluksizligini ta'minlash hamda talabalarining bilim olish darajasini masofadan turib metodik qo'llab - quvvatlash maqsadida yangi innovatsion usullar joriy etila boshladi. Bu esa, so'ngi uch yilda raqamli ta'limning sohada alohida ahamiyat kasb etishi va pandemiya sharoitida masofaviy ta'limning faol qo'llanilishi tizimda qilinadigan ishlar hali ko'pligi, xususan raqamli ta'limda bilimni baholash bilan bog'liq muammolar hozirgi kunda qadar dolzarbligini amaliy misollarda yaqqol ko'rsatib bermoqda. Bu esa biz yosh tadqiqotchilarga ham keng imkoniyatlar eshigini ochib berdi va shu bilan bir qatorda mukammal dasturlarasosida ta'lim sohalari to'liq zamonaviy texnologiyalashtirildi. Albatta, masofaviy o'qitish tizimi bugungi kunnning yangi tushunchasi bo'lmasida, pandemik vaziyat yanada bizni ushbu metodologiyaga chuqurroqkirishimizga sabab bo'ldi.

Bunda bizga dasturiy ta'lim vositalari alohida muhim o'rin egallabgina qolmasdan, uning samaradorligi:

• talabalarning o'quv materiallarini to'liq o'zlashtirganligi;

• tarbiyaviy va intellektual rivojlanganligi;

• talabalarning ilmiy izlanishlarga nisbatan barqaror motivatsiyasi va ishchanlik ko'rsatkichlarining rivojlanishi;

• motivatsion barqarorlik darajalari;

• pedagogik texnologiyalari va ta'lim vositalaridan individual foydalanish ko'rsatkichlarida salmoqli natijalarga erishiladi [4].

Shu o'rinda to'garak qatnashchilarining raqamli ta'lim

texnologiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishda umumkasbiy fanlaridan dasturiy ta'limdan foydalangan holda tashkil etish va ularni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash sifatini oshirish maqsadida amaliyotga joriy etildi. Ayniqsa, 2020 yil mart oyida pandemiya tufayli ta'limning masofaviy shakliga o'tish jarayonida talabalarning bo'sh vaqtlarinisermazmun tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Shuningdek, to'garak mashg'ulotlariga tajribali professor - o'qituvchilardan T.H.Rasulov va Z.N.Hamdamovlar ham jalb etilgan.Hozirgi kunda to'garak a'zolari 150 nafarni tashkil etgan bo'lib, unda nafaqat "Axborot tizimlari va texnologiyalari", balki Matematikava Fizika ta'lim yo'nalishida tahsil oluvchi talabalar, hatto Qarshi davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti iqtidorli talabalari faol ishtirok etib kelmoqdalar.

To'garak mashg'ulotlarida T.H.Rasulov, G'.G'.Qurbonov, Z.N.Hamdamovlar tomonidan ishlab chiqilgan o'quv qo'llanma va o'quv - metodik qo'llanmalar masalalari hamda test topshiriqlari to'liq tahlilqilinishi, fan bo'yicha turli tanlovlar va fan olimpiadalariningmuntazam tashkil qilinib borilishi to'garak a'zolari sonining keskin oshishiga hamda to'garak faoliyatining ommalashishiga xizmat qilmoqda.Bu esa o'z navbatida hududda "Chiziqli algebra va analitik geometriya" fanini o'qitishda ta'lim sifati oshishiga hamda talabalarning fanga nisbatan qiziqishlari ortishiga sabab bo'lmoqda.

Hozirgi kunda ushbu masofaviy to'garak ishi talabalarniehtiyojini hisobga olgan holda sohadagi sog'lom raqobat kutilganidan ko'ra ancha tez rivojlanib bormoqda. Talabalarni masofaviy o'qitish jarayonida, amalga oshiriladigan ishlarning naqadar ko'pligini raqamli ta'limda sun'iy intellektga asoslangan ta'limni boshqarish tizimlarining aqllilik darajasini rivojlantirish bilan ham izohlash mumkin. Bularga individual sur'atda mashq qilish, dars jadvalining erkinligi va moslashuvchanligi, foydalanish imkoniyati, harakatchanlik, ijtimoiy tenglik, ijodkorlik, intensivlik, qulay sharoit va boshqalarni asosiy sabab qilib ko'rsatish mumkin.

Yuqorida ta'kidlanganidek ta'lim jarayonining muammolarini bartaraf etishda, dasturiy vositalar ishlab chiqib, ulardan samarali foydalanishni tashkillashtirish, talabalarning bilim va ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat.

O'tkazilgan tajribalarni yanada mustahkamlash va real amaliyotdagi sharoitda sinash hamda amaliy ko'nikmalarni raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirish maqsadida dasturiy ta'lim vositalaridan foydalanishning takomillashtirilgan metodikasi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilindi.

To'garak qatnashchilarining bilimlarini rivojlantirishda amaliy mashg'ulotlar va mustaqil ta'lim alohida ahamiyat kasb etadi. Bu amaliy mashg'ulotlar ta'lim jarayonining muhim dars shakllaridan biri bo'lib, talabalar o'quv topshiriqlari majmuasini o'qituvchi rahbarligida bajaradilar. Onlayn o'tkazilgan darslarda ishtirok eta olmagan talabalar uchun videodarslar to'garakning telegram kanalida yoritilib boriladi. Bu esa talabalarning mavzu bo'yicha tayyorlangan videodarslarni qayta - qayta kuzatishi orqali o'zlashtirish darajasiniyanada oshiradi.

Olingan nazariy bilimlarni amaliy mashg'ulotlarda qo'llay olishi bilan o'z samarasini kuzatishimiz, hamda har bir mavzu bo'yicha Quiz Bot orqali tayyorlangan testlar orqali bilimlarini baholab borishimiz mumkin. Ijodiy faoliyat orqali esa, ko'nikma va malakalarga ega bo'ladilar, texnik vositalar yordamida zamonaviy metodlar bilan amaliy ish bajaradilar, darsdan tashqari ishlarda esa,aynan talabalarning mustaqil ko'nikmalarini shakllantiradi.

Raqamli ta'lim vositalari asosida talabalarning darsdan tashqari to'garaklarni tashkil qilish, ularni kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimidagi eng muhim metodik muammo sanalib, bu ilm sohasidagi vazifalarning samarali yechimi, oliy ta'lim tizimidagi o'qitish jarayonini innovatsion talablarga asoslangan ta'lim sharoitida amalga oshirish bilan belgilanadi [5].

Smart TA'LIM masofaviy to'garagini tashkil etishning yutuqlari quyidagilardan iborat:

• barcha qatnashchilar uchun qulay vaqt tanlash;

• tayyorlangan videodarslarni qayta - qayta kuzatish imkoniyati mavjudligi;

• to'garak a'zolarning sonining chegaralanmaganligi;

• mashg'ulotni ommalashtirish imkoniyati mavjudligi, ya'ni Respublikamizning ixtiyoriy OTMlari talabalariga masofaviy to'garakda qatnashishi imkoniyati mavjudligi.

Masofaviy to'garakni tashkil etishdagi kamchilik sifatida, Respublikamizning chekka hududlarlaridagi qatnashuvchi talabalar uchun internet tezligining past bo'lish ehtimoli borligini ko'rsatish mumkin.

Bu borada hozirgi kun yoshlari uchun, Prezidentimizning chekka hududlaridagi internet tezligini oshirish bo'yicha bir qator qarorlariga asosan, yuqori qayd qilingan muammolar o'z yechimini topmoqda.

Xulosa. Ta'limda raqamli texnologiyalarni qo'llash, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samara berishi, bu boradagi nazariy, uslubiy va boshqa jihatlarni davr talablari asosida takomillashtirilishi bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligini aytib o'tish mumkin. To'garakning mazmuni mehnat xarakteriga bevosita emas, balki bilvosita ta'sir etib, mustaqil faoliyat uchun imkoniyat topa olishiga bog'liq bo'ladi. Mustaqil faoliyat talabaning kelgusi faoliyati davomida o'z yo'lini belgilashning vositasi bo'lib, talaba o'z imkoniyatlarini baholay olishiga sabab bo'ladi. Olinadagan natija esa raqamli texnologiya imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda, ta'lim berish sifatini zamonaviy taraqqiyot g'oyalaridan unumli vamaqsadli foydalanib, yanada takomillashtirishdan iboratdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4699-sonli Qarori (Manba: https://lex.uz/docs/4800657).

2. Игнатова Н.Ю. Образование в цифровую эпоху: монография. Нижний Тагил, 2017. 128 с.

3. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta'lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti.:Ped.fan.dokt. ... diss. avtoref. - T.: 2007. - 37 b.

4. Rasulova Z.D. Dasturiy ta'lim vositalaridan foydalanib umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan bo'lajak texnologiya o'qituvchilarining kreativligini rivojlantirish // "Pedagogik mahorat". Ilmiy-nazariy va metodik jurnal, № 2, Buxoro. 2021. - 15- 20 b.

5. Qurbonov G' .G'. Analitik geometriyaning vektorlar mavzusini o'qitishda kompyuterli ta'lim texnologiyalaridan foydalanish. Pedagogikmahorat. Maxsus son. -Buxoro. (buxdu. uz), 2020-yil, dekabr.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.