Научная статья на тему 'Axborotlashgan ta’lim muhitida talabalar mustaqil ishini tadqiqoti va metodikasini takomillashtirish'

Axborotlashgan ta’lim muhitida talabalar mustaqil ishini tadqiqoti va metodikasini takomillashtirish Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
40
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mustaqil ta’lim / metodika / Moodle / HEMIS / masofaviy ta’lim / uslubiyot / auditoriya soati / zamonaviy texnologiyalar

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Xalilov Durbek Aminovich, Qurbonova Gulruxsor Murodjon Qizi

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasida talabalar mustaqil ishlashining ahamiyati, bu borada olib borilgan izlanishlar va masofaviy ta’lim platformalari Moodle va HEMIS, bunga qo‘shimcha ravishda, raqamli texnologiyalarning talabalarning mustaqil ishlashiga ko‘rsatgan ta’siri haqida so‘z boradi. Mustaqil ishlarni tayyorlash va qabul qilishdagi mavjud muammolar o‘rganilib, ularni hal qilish uchun yechimlar taklif qilingan bo‘lib, ularnng bir nechtasi yangi platformada joriy qilingani maqolada aks etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Axborotlashgan ta’lim muhitida talabalar mustaqil ishini tadqiqoti va metodikasini takomillashtirish»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 1 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 1 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 1 | 2024 год

Axborotlashgan ta'lim muhitida talabalar mustaqil ishini tadqiqoti va metodikasini takomillashtirish

Xalilov Durbek Aminovich

fizika-matematika fanlari nomzodi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali Axborot texnologiyalari kafedrasi professori,

Farg'ona, O'zbekiston E-mail: [email protected]

Qurbonova Gulruxsor Murodjon qizi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali 2-bosqich magistri Farg'ona, O'zbekiston E-mail: [email protected]

Annotatsiya: Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasida talabalar mustaqil ishlashining ahamiyati, bu borada olib borilgan izlanishlar va masofaviy ta'lim platformalari Moodle va HEMIS, bunga qo'shimcha ravishda, raqamli texnologiyalarning talabalarning mustaqil ishlashiga ko'rsatgan ta'siri haqida so'z boradi. Mustaqil ishlarni tayyorlash va qabul qilishdagi mavjud muammolar o'rganilib, ularni hal qilish uchun yechimlar taklif qilingan bo'lib, ularnng bir nechtasi yangi platformada joriy qilingani maqolada aks etadi.

Kalit so'zlar: mustaqil ta'lim, metodika, Moodle, HEMIS, masofaviy ta'lim, uslubiyot, auditoriya soati, zamonaviy texnologiyalar.

KIRISH. Milliy ta'limni takomillashtirish jarayonida har yili zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati ortib bormoqda, ularning joriy etilishi ta'limni modernizatsiya qilish, rivojlantirish, shuningdek, bo'lajak mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirish va ta'limni fanga yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda. Oliy ta'lim tizimida mustaqil ta'lim haqida gap ketganda, unga ajratilgan soatlarni e'tiborga olish juda muhimdir. Buning sababi shundaki, professional ta'limda talabalar mustaqil ishlashlari uchun mo'ljallangan auditoriyadan tashqaridagi soatlar ortib borgani sari, mustaqil ishlanmalarning sifatiga bo'lgan talab ortib boraveradi. Talabalar uchun maxsus yo'riqnoma va metodikalarning ishlab chiqilishi, qo'yilgan talablarni bajarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida talabalarning mustaqil ishlashi uchun barcha oliygohlarda kerakli muhit yaratib

berilmaganligining ta'kidlanishi, mustaqil ta'lim jarayoniga e'tibor qaratish dolzarb masala ekanligini yana bir bor ta'kidlashga asos bo'ladi.

Axborotlashgan ta'lim muhitida talabalarni mustaqil ishlarini tashkil etish uchun, Oliy ta'lim muassalari o'z yo'nalishlaridan kelib chiqib talabalar uchun maxsus o'quv yo'riqnomalarini va har bir talabani mustaqil ishlashga undash yo'llarini, masalan, maxsus platformalarni ishlab chiqishlari kerak. Bunda xorijiy ta'lim muassalari tajribalaridan foydalanish ham maqsadga muvofiq bo'ladi, chunki Oliy ta'lim tizimida tayyorlanadigan mutaxassislarni jahon standartlari darajasiga yetkazish, ilmiy - pedagogik kadrlarni tayyorlashga alohida e'tibor berish, talabalarni ilmiy tadqiqot ishiga yo'naltirish professor - o'qituvchilar uchun muhim vazifa hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini

196

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 1 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 1 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 1 | 2024 год

tasdiqlash to'g'risida"gi 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son qarorida oliy ta'limni modernizatsiya va o'zgartirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "O'zbekiston oliy ta'lim tizimida biz hozirgacha gapirgan masofaviy, raqamli ta'limning haqiqiy poydevori hozir qo'yilmoqda". Mazkur farmon ta'lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni joriy etishni nazarda tutadi [1].

ADABIYOTLAR TAHLILI. Ilmiy-pedagogik adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, hozirgi vaqtda talabalarning mustaqil ishlarini faollashtirish uchun ko'plab nazariy tadqiqotlar olib borildi va pedagogik texnologiyalar ishlab chiqildi. S.V.Panyukova ta'kidlaydiki, yangi axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan, talabalar o'rtasida ham, talabalar va o'qituvchilar o'rtasida ham kundalik hamkorlik, fikr va ma'lumot almashish uchun real imkoniyatlar oshadi. O.M.Buranok bunday ta'lim berish strategiyasi, bilimlar tez yangilanish sharoitida uzluksiz o'z-o'zini tarbiyalashga qodir bo'lgan "natijaga yo'naltirilgan" talabalarni olish imkoniyatini beradi, deb hisoblaydi. P.I.Samoylenko va L.Yu.Sergiyenkolarning ishlari mustaqil ishlarni tashkil etishning turli shakllari va usullariga bag'ishlangan [2].

O'qituvchilarning roli talabalarni mustaqil ishlashga tayyorlashda ayniqsa muhimdir. O'qituvchi mavzuni belgilashi kerak, mustaqil ishni talabaning qobiliyati va bilim darajasiga mos keladigan tarzda amalga oshirishi uni ishga qiziqishga va mustaqil fikrlashga majbur qiladi. Ushbu ishni amalga oshirish uchun zarur ma'lumotlar, uslubiy ko'rsatmalar va agar zarur bo'lsa, bu mavzularda savol-javoblar, maslahatlar va ekskursiyalar tashkil etish kerakligi Buxoro davlat universiteti o'qituvchi va talabalari M.M.Avliyakulov, N.A.Rafiyeva, S.B.Shodiyeva tomonidan yozilgan maqolada ta'kidlab o'tilgan [3].

USLUBIYOT. Axborot-ta'lim muhitida o'quvchilarning tadqiqot va mustaqil ishlarini tashkil etish uslubini takomillashtirish zamonaviy ta'limning muhim yo'nalishi hisoblanadi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi va internet

F.

tarmog'i orqali ta'lim resurslari mavjudligi sharoitida o'qituvchi va olimlar o'quv jarayoni sifatini oshirish, talabalarning mustaqil ishini oshirish saviyasini oshirish ustida ishlashlari kerak bo'ladi. Avvalo, axborot ta'lim muhitida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish tegishli ishlarni ishlab chiqishni talab qiladi: mustaqil ish jarayonida maslahat va yo'l-yo'riq ko'rsatish, shuningdek, talabalarning shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta'lim faoliyati natijalarini baholash. Boshqacha aytganda, o'quvchilarning tadqiqotchilik ko'nikmalarini, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladigan o'quv materiallarini yaratish va tizimlashtirish zarur

[4].

Talabalarning AKT kompetentsiyasining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

1) ishlarni turli xil axborot tashuvchi elektron vositalar bilan o'tkazish;

2) ofis dasturlari asosida ish olib borish;

3) tarmoq axborot resurslaridan foydalanish;

4) turli multimediya vositalaridan ma'lumot

olish;

5) masofaviy yondashuvlar yordamida o'qitish.

Kompetentsiyalar asosiy, texnologik va kasbiy

turlarga bo'linadi. Birinchisida AKT asoslaridan foydalanadi. Ikkinchisi dasturiy ta'minot va tarmoq resurslarini tahlil qiladi. Uchinchisida ish va dasturlar uchun yangi vositalarni yaratiladi [5].

Hozirgi kunda yurtimiz Oliy ta'lim o'quv jarayonida bir nechta raqamli ta'lim platformalaridan foydalanib kelinmoqda. Bulardan eng keng tarqalgani Moodle masofaviy ta'lim platformasi va HEMIS axborot tizimi hisoblanadi.

Moodle - ushbu bepul LMS (ta'limni boshqarish tizimi) avstraliyalik Martin Dugimas tomonidan ishlab chiqilgan va uning birinchi versiyasi 2002 yilda chiqarilgan. Endi u dunyodagi eng mashhur masofaviy ta'lim tizimi bo'lib, 200 dan ortiq mamlakatlarda qo'llaniladi.

Moodle o'qituvchi va talabalar o'rtasida qulay masofaviy muloqotni tashkil etishga qaratilgan, ammo u an'anaviy masofaviy kurslarni tashkil qilish va yuzma-yuz o'rganishni qo'llab-quvvatlash uchun ham mos keladi. U bir necha yuz ming o'quvchini qamrab

197

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 1 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 1 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 1 | 2024 год

olish imkoniyatiga ega va boshlang'ich maktablarda yoki mustaqil ta'limda foydalanish mumkin [6].

HEMIS O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga muvofiq, Jahon banki bilan hamkorlikda oliy ta'lim jarayoni boshqaruvi axborot tizimi (HEMIS), oliy o'quv muassasalarida ma'lumotlar to'plamini elektron shaklda tayyorlash va o'quv muassasalarining faoliyatini avtomatlashtirish maqsadida qo'llaniladi. Bu tizim "Boshqaruv", "Ta'lim", "Ilmiy" va "Moliyaviy" jarayonlarni boshqarish modullarini o'z ichiga oladi. Mamlakatimizning barcha davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari ushbu tizimga ulangan bo'lib, barcha oliy o'quv yurtlari va talabalari haqidagi ma'lumotlarni ushbu tizimdan markazlashgan holda olish mumkin. Tizimdan foydalanish uchun maxsus sayt http://hemis.uz yaratilgan bo'lib, unda ushbu tizimdan qanday foydalanish to'g'risida barcha zarur ma'lumotlarni olish imkoni mavjud. O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarida hozirgi kunda ushbu loyihani test rejimida amalga oshirib, tizimning yanada rivojlanishi uchun ishlar olib borilmoqda [7].

Ta'lim tizimida raqamli texnologiyalar joriy etilgach, o'quvchilarning fanga qiziqishi ortdi [8]. Talabalarning faolligini oshirish va ta'lim tizimidagi yangi islohatlar asosida o'quv soatlarining taqsimotini ozgarishiga olib kelmoqda. Dastavval, talabalarning mustaqil ishi o'quv jarayonining deyarli 10 dan bir qismini tashkil etgan bir vaqtda, auditoriyada ishlash soati sezilarli darajada yuqori, ya'ni 70% ni tashkil etgan. O'tgan vaqt mobaynida, axborot texnologiyalari bilan ishlash va mustaqil adabiyotlarni izlash va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashda o'ta ahamiyatli deyarli o'zgarishlar kuzatilmagan. Yangi o'quv va raqamli texnologiyalarning oliy ta'lim tizimiga kiritilishi mustaqil ishlash mazmuni va hajmini oshishiga, auditoriya soatlarini esa deyarli 2 barobar kamayishiga olib kelmoqda. Qolgan ko'rsatkichlar deyarli o'zgarishsiz qolmoqda. Buni quyidagi 1-rasmda ko'rishimiz mumkin:

\50

X rio 20\ X. -/- \ / ^^ Л ЭЛ

12 г 10 4"l ___ /

v ^

л 10 10

Talabalarning mustaqil ishi Axborot texnologiyalari Mustaqil adabiyotlarni Auditoriyada ishlash bilan ishlash izlash va zamonaviy

texnologiyalar bilan ishlash

-hozirgi

-keyingi

1-rasm. Talabalarga ajratilgan o'quv soatlar taqsimotini qiyosiy tahlili (kecha, bugun, ertaga).

NATIJA. Mustaqil ta'lim tizimi metodikasini takomillashtirish maqsadida TATU Farg'ona filialida Moodle va HEMIS tizimlarida bir qator tadqiqotlar olib borildi va masofaviy ta'lim platformalarida mustaqil ta'lim jarayonini shakllantirish uchun zaruriy funksiyalar tahlil qilindi, natijada quyidagi HEMIS va Moodle tizimlaridagi ba'zi funksiyalarning qiyosiy jadvali shakllantirildi:

Moodle HEMIS

Topshiriq fayllarini yuklab olish

har bir fayl alohida barchasi arxivlangan holda har bir fayl alohida

Topshiriq fayllarini ochib ko'rish

faqat yuklab olish orqali faqat yuklab olish orqali

Tizimga yuklanadigan fayllar uchun limit

2 mb 2 mb

Chat tizimi

barcha uchun umumiy barcha uchun umumiy

Baholash

baholarni o'zgartirish imkoniyati mavjud baholarni o'zgartirish imkoniyati mavjud emas

Guruh kesimida tahlil qilis 1

mavjud emas mavjud emas

1-jadval. HEMIS va Moodle tizimlaridagi ba'zi funksiyalarning qiyosiy jadvali

Sinov tariqasida mustaqil ishlarni topshirish, qabul qilish va baholash uchun mustaqil ta'lim tizimi taklif etilib, unda o'qituvchi va talabalar uchun bir nechta qulayliklar bo'lishi nazarda tutildi:

• Fayllar tanlash orqali yuklab olinadi;

198

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 1 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 1 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 1 | 2024 год

• Fayllarni xohishga ko'ra yuklab olish yoki avval ko'rib so'ng yuklab olish mumkin bo'ladi;

• Yuklanadigan fayl hajmi chegarasini 2 mbdan oshirish va nazorat qilish;

• Chat tizimi har bir fan uchun alohida bo'ladi;

• Guruh ichida o'zlashtirish

ko'rsatkichlari tahlil qilinadi.

2-rasm. Fayllarni tanlash orqali yuklab olish imkoniyati.

Ushbu qismda, o'qituvchi o'zi tanlagan fayllarni yuklab olishi mumkin. Bunda talabaning ism familiyasi qarshisidagi o'ng burchakdagi maydonga tasdiq belgisini qo'yadi va shu tariqa tanlagan fayllarning barchasini fayl_nomi.zip formatda yuklab oladi. Dastur kodi PHP dasturlash tilining Yii2 freymvorkidan foydalanilgan ko'rinishi keltirilgan:

<script>

document.addEventListener('DOMContentLoa ded', function() {

// Barcha checkboxlarni tanlash var checkAll = document.querySelectorA ll ('input[type = "checkbox "][i dA= "check-all"]');

var oneCheckboxes = document.querySelectorAll('input[type= "checkbox "][i dA= "one "]');

// Values massivini yaratish var values = [];

checkAll.forEach(function(allCheckbox, index)

{

allCheckbox.addEventListener('change ', function() {

var oneCheckboxes = document.querySelectorAll('input[type= "checkbox "][i dA= "one ' + index + '"]');

oneCheckboxes.forEach(function(oneCheckbo

x) {

oneCheckbox.checked = allCheckbox.checked; });

// Qiymatlarni bitta massivga joylash if (allCheckbox.checked) { values[index] = [];

oneCheckboxes.forEach(function(oneCheckbo

x) {

values[index].push(oneCheckbox.value); });

} else {

values[index] = []; }

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

console.log(values); updateDownloadLink(); }); });

// One checkboxlar uchun hodisalar oneCheckboxes.forEach(function(oneCheckbo

x) {

oneCheckbox.addEventListener('change ', function() {

var allChecked = true;

oneCheckboxes.forEach(function(checkbox) { if (!checkbox.checked) {

allChecked = false; }

});

</script>

// Check-all checkboxlar uchun hodisalar

199

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 1 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 1 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 1 | 2024 год

3-rasm. Har bir fan topshirig'i uchun alohida chat tizimi

Bunda har bir fan topshirig'i uchun alohida chat tizimi mavjud bo'ladi, fanga biriktirilgan guruh talabalari va fan o'qituvchisi topshiriq yuzasidan fikr almashish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

XULOSA

Moodle va HEMIS tizimlarini tahlil qilish jarayonida nazariy va amaliy muammolar o'rganildi. Talabalar yuklagan topshiriq fayllari tekshirilib, mavjud muammolar o'rganilishi natijasida zaruriy yo'riqnomalar ishlab chiqilishi zarur ekanligi ma'lum bo'ldi: mustaqil ishlarni rasmiylashtirish uslubiyoti, mustaqil ishlarni tayyorlash uslubiyoti. Amaliy tahlil jarayonida bir nechta muammolar aniqlanib, ularni hal qilish uchun sinov tariqasida yangi mustaqil ta'lim uchun mo'ljallangan tizim taklif etildi. Yangi ti zimli dasturning bir necha imkoniyatlari va kodning bir qismi maqolada keltirib o'tildi.

4. D.A.Xalilov, G.M.Qurbonova. Axborotlashgan ta'lim muhitida talablarning mustaqil ishlarini tadqiqoti va uni tashkil qilish metodikalarini takomillashtirish (TATU Farg'ona filiali misolida) // Universum: texnika fanlari: elektron ilmiy jurnal 2023. 12(117).

5. D.A.Xalilov, G.M.Qurbonova. Talabalarning mustaqil ishi xususiyatlarini o'rganish // ERUS: Ta'limni innovatsion rivojlanish bo'yicha xalqaro konferensiya" 2023/21.

6. Большой обзор LMS-систем: виды, поставщики и реальный кейс внедрения — Образование на vc.ru

7. V.Lyamkina. Tadbirkorlik universitetini raqamlashtirish shartlarida rivojlanish // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar. 2023. 11-tom, №6.

8. M.K.Maxkamov, J.N.Usmonov, M.S.Usmonova. Oliy ta'limda ta'lim jarayonlarini raqamlashtirish // Periodica. 2022, 5-tom.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son farmoni.

2. K.L.Stefanovna. Texnik universitet talabalarining mustaqil ishini mustaqil tashkil etish qobiliyatini shakllantirish. Samara, 2017

3. M.M.Avliyakulov, N.A.Rafiyeva, S.B.Shodiyeva. O'quvchilarning mustaqil ishini tashkil etish usullari // Ijobiy maktab psixologiyasi. 2022. 6-tom, №4

200

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.