Научная статья на тему 'RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TA’LIM TIZIMINI YUKSALTIRISH ORQALI YOSHLARDA AXLOQIY-MA’NAVIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI'

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TA’LIM TIZIMINI YUKSALTIRISH ORQALI YOSHLARDA AXLOQIY-MA’NAVIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
fan / texnika / bilim / tarbiya / ta’lim / axloq / ma’naviyat / texnologiya / raqamli texnologiyalar / “Besh tashabbus” / “elektron hukumat” / “elektron savdo” / “raqamli iqtisodiyot” / Internet / kompyuter / kompyuter savodxonligi.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Mamatqulova Ozoda Xikmat Qizi

Ushbu maqolada raqamli texnologiya tushunchasi, ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, bu borada davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim tizimini yuksaltirish va shu orqali yoshlarda axloqiy-ma’naviy sifatlarni rivojlantirish mexanizmlari xususida so‘z yuritilgan. Shuningdek, mazkur mavzu yuzasidan tegishli tavsiya va xulosalar keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TA’LIM TIZIMINI YUKSALTIRISH ORQALI YOSHLARDA AXLOQIY-MA’NAVIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI»

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TA'LIM TIZIMINI YUKSALTIRISH ORQALI YOSHLARDA AXLOQIY-MA'NAVIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH

MEXANIZMLARI Mamatqulova Ozoda Xikmat qizi

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti tayanch

doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10677441

Annotatsiya. Ushbu maqolada raqamli texnologiya tushunchasi, ta'lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, bu borada davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, raqamli transformatsiya sharoitida ta'lim tizimini yuksaltirish va shu orqali yoshlarda axloqiy-ma'naviy sifatlarni rivojlantirish mexanizmlari xususida so'z yuritilgan. Shuningdek, mazkur mavzu yuzasidan tegishli tavsiya va xulosalar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: fan, texnika, bilim, tarbiya, ta'lim, axloq, ma'naviyat, texnologiya, raqamli texnologiyalar, "Besh tashabbus", "elektron hukumat", "elektron savdo", "raqamli iqtisodiyot", Internet, kompyuter, kompyuter savodxonligi.

Ma'lumki, mamlakatning yuksalishiga hissa qo'shadigan malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bevosita ta'lim tizimining rivojiga bog'liq bo'lib, bu borada o'zining mustaqil fikriga ega bo'lgan, ijodkor, tadbirkor, tashabbuskor shaxsni voyaga yetkazish bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sanaladi hamda ushbu maqsadga erishish yo'lidagi vazifalar respublikamiz Prezidentining qator farmon va qarorlarida o'zining ifodasini topgan. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bejizga: "Yangi O'zbekistonning asosiy ustuni - bilim, ta'lim va tarbiya bo'ladi!" [1], - deb ta'kidlamaganlar.

Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida zamonaviy bilim va yangicha yondashuvlarga ehtiyoj mavjud. Shu bois, ta'lim sifatini oshirishda o'quv jarayonini davr talablariga mos holda tashkil etish, davlat ta'lim standarti va o'quv dasturlarini takomillashtirish, yangi avlod o'quv adabiyotlarini yaratish, zamonaviy innovatsion pedagogik va raqamli texnologiyalaridan foydalanish, oliy ta'lim va raqamli texnologiyalarning transformatsiyasini ta'minlash ertangi istiqboldagi yutuqlarimiz kafolatidir.

Fan va texnika jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda Vatanimiz kelajagi bo'lmish yoshlarni har tomonlama yetuk kadrlar etib shakllantirishda ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalardan unumli foydalanish ko'zlangan maqsadga erishishimizda muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, bugungi yuksak texnologiyalar zamonida ilmiy bilim, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bordi. "Bu, bir tomondan, fan-texnikaning yangi sohalari rivojlanishi tufayli uning differensiallashuvini ta'minlayotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida integratsiya jarayoni vujudga keladi. Bunday sharoitda malakali kadrlarga bo'lgan talab ortib, o'z sohasi bo'yicha fundamental bilimlarni mukammal egallagan, kasbiy tayyorgarligi yuqori bo'lgan hamda zamonaviy raqamli texnologiyalarni amaliyotda qo'llay oladigan ijodkor kadrlarni tayyorlash talab etiladi" [2]. Chunki, biz xohlaymizmi yoki yo'qmi, bugungi kundagi taraqqiyot ko'p jihatdan raqamli texnologiyalarining rivojlanish ko'rsatkichlariga bog'liq bo'lib qoldi. Prezidentimiz ta'birlari bilan aytganda: "Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart". Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga raqamli texnologiyalar chuqur kirib bormoqda. Shuning uchun ham yoshlarning raqamli texnologiyalar bo'yicha zarur bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi bugungi zamon talabi sanaladi. Xususan, O'zbekiston

Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan yoshlarning ma'naviyatini yuksaltirish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish bo'yicha "Besh tashabbus"ning uchinchi tashabbusi "aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish"ga [3] qaratilganligi bejiz emas edi.

So'nggi yillarda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi tufayli ta'limni samarali tashkil etishda ularning imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanila boshlandi. Ta'kidlash joizki, bugungi kunda ta'limni raqamli texnologiyalarisiz tasavvur eta olmaymiz. Zero, bugungi kunda ta'lim muassasalarida foydalaniladigan multimediyalar, kodoskop, kompyuter, noutbuk, internetga ulangan televizorlar, telefon liniyalar, smart doska, proyektorlarning o'rni beqiyosdir.

Raqamli texnologiyalar ta'lim sifatini oshishiga xizmat qiluvchi vositalardan sanaladi. Xususan, bu kabi texnologiyalar ta'lim jarayonida ta'lim oluvchilarning bilimlarni o'zlashtirish jarayoni faollashishiga, turli raqamli texnologiyalardan foydalana olish imkoniyatining shakllanishiga imkon yaratadi. Shuningdek, raqamli texnologiyalardan foydalanish auditoriyaning to'liq qamrab olish va fanga nisbatan ijobiy munosabatni uyg'otishga sabab bo'ladi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalardan ta'lim tizimida foydalanilishi talabalarga dars mashg'ulotlarini sifatli o'tilishini ta'minlaydi. Birgina, pandemiya sharoitining o'zi ham ta'lim tizimida raqamli texnologiyalarning qo'llanilishi yaxshi samara berishini isbotladi.

Raqamli ta'limga o'tishning boshqa ijobiy tomonlari xususida fikr yuritadigan bo'lsak, darsliklar elektron shaklda ekranlarga ko'chadi, talabalar o'zlariga qulay bo'lgan vaqtda ta'lim olish imkoniga ega bo'ladi, internetdan axborot olish va undan foydalanish madaniyati shakllanadi, ta'lim tizimini yangi bosqichga ko'taradi, vaqt va mablag' sarfini kamaytiradi va boshqalar. Ayni shuning uchun ham hozirgi kunda jamiyat hayotining barcha sohalari qatori, ta'lim tizimining ham jadal raqamli rivojlanishini ta'minlash, shu jumladan, elektron davlat xizmatlarini ko'rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish juda katta ahamiyatga ega. Buning tasdig'i o'laroq, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-60-son Farmoni 41-maqsadining beshinchi qismida "kompyuter va IT texnologiyalari sohasida bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlari uchun zarur jihozlar bilan ta'minlangan 100 mingdan ortiq bepul to'garaklar faoliyatini yo'lga qo'yish" [4] belgilanganligi juda katta ahamiyatga egadir. Shuningdek, bu boradagi ishlarni takomillashtirish maqsadida 2020 yil 5 oktyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi [5] PF-6079-sonli Farmoni qabul qilingan bo'lib, mazkur huquqiy qonunosti hujjati O'zbekiston Respublikasining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirishning ustuvor maqsadlari, muhim yo'nalishlari hamda istiqbolli vazifalarini belgilaydi.

Bundan tashqari, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari va Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida qayd etilgan vazifalardan kelib chiqib, raqamli texnologiyalarni yanada keng joriy etish uchun muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.

Raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayonini yanada takomillashtirish uchun axborot texnologiyalaridan ta'lim berish jarayonini yanada optimallashtirish, buning uchun esa, o'sib kelayotgan yosh avlod orasida axborot texnologiyalarini yanada ommalashtirish, shuningdek, aholining barcha qatlamlari orasida raqamli texnologiyalardan foydalanish ko'nikmalarini rivojlantirish, turli yoshdagi aholiga Internet tarmog'ida ishlash, Yagona interaktiv davlat

xizmatlari portalidan va boshqa texnologiyalardan foydalanish bo'yicha tegishli bilim va ko'nikmalarni o'z ichiga qamrab olgan kompyuter savodxonligi o'quv kurslarini tashkil etish, axborot texnologiyalari sohasida masofaviy, onlayn va virtual o'qitish texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, onlayn kurslar uchun platformalar ishlab chiqish, raqamli texnologiyalar sohasida yuqori bilim va malakaga ega bo'lgan kadrlarni shakllantirish maqsadida umumta'lim maktabi o'quvchilariga dasturlashni o'rgatish uchun zarur bo'lgan sharoitlarni yaratib berish va boshqalardan iborat.

Ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalarning joriy etilishi va bu boradagi ishlarning yanada kengaytirilishi ta'lim jarayoni ishtirokchilari uchun juda katta afzalliklarga ega. Aytaylik, oliy ta'lim muassasalariga hujjatlarning onlayn shaklda topshirilishi bu ularning ham vaqtini, ham "naqd"ini tejalishiga xizmat qilmoqda. Yokida ta'lim jarayonida dars mashg'ulotlarini raqamli texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etilishi ta'limdan ko'zlangan maqsadga erishilishiga olib keladi. Misol uchun, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda turli vatanparvarlik ruhidagi video-roliklarning namoyish etilishi yoshlarning qalbida o'z Vataniga nisbatan yuksak fuqarolik burchining shakllanishiga xizmat qilishi mumkin. Shu sababli, ta'lim sohasida ham raqamli ko'nikmalarni oshirish muhim ahamiyatga ega va ushbu jarayonni takomillashtirish uchun ta'lim tizimida ta'lim oluvchilarga raqamli texnologiyalarni taqdim etish orqali ularda raqamli ko'nikmalarni o'zlashtirish uchun imkoniyatlar yaratish, tahliliy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, kelajakda zarur bo'ladigan keng ko'lamli raqamli transformatsiya sharoitida yoshlarga bilim va ko'nikmalar berish lozim. Bir so'z bilan aytganda, raqamlashtirish jarayoni faoliyatimiz samaradorligi, ta'lim sifati, shaffoflik va hudud xavfsizligini ta'minlashda, o'qituvchi va talabalarga qulaylik yaratish barobarida keng imkoniyatlar yaratib berdi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekistonning asosiy ustuni - bilim, ta'lim va tarbiya bo'ladi: Daryo yangiliklari

2. ta-lim-sifati-islohotlar-muammolar-yechimlar-va-istiqbollari-haqida-fikr-va-mulohazalar.pdf

3. kun.uz

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni: Lex.uz.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevining 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-sonli "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni: lex.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.