Научная статья на тему 'IQTISODIYOTNI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING AHAMIYATI'

IQTISODIYOTNI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
8
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / elektron tijorat / raqamli texnologiya / YaIM / intensiv rivojlanish / kompyuter savodxonligi. / digital economy / e-commerce / digital technology / GDP / intensive development / computer literacy.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Baytanov O‘Ralboy Miraqul O‘G‘Li

Bugungi kunda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida esa iqtisodiyotda elektron tijoratning ulushi ortib bormoqda. Shu sababli, iqtisodiyotimiz iqtisodiyotning raqamlashuvi, mobillashuvi, sohaga sun’iy intellektning joriy etilishi bilan bog‘liq muhim davrni boshdan kechirmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF THE DIGITAL ECONOMY IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF THE ECONOMY

Today, a lot of attention is being paid to the development of the digital economy in our country. As a result, the share of e-commerce in the economy is increasing. Therefore, our economy is experiencing an important period related to digitization, mobilization of the economy, introduction of artificial intelligence in the field.

Текст научной работы на тему «IQTISODIYOTNI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING AHAMIYATI»

IQTISODIYOTNI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING AHAMIYATI

Baytanov O'ralboy Miraqul o'g'li

Jizzax Politexnika instituti assistenti baytanovorol@gmail.com

Annotatsiya: Bugungi kunda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Buning natijasida esa iqtisodiyotda elektron tijoratning ulushi ortib bormoqda. Shu sababli, iqtisodiyotimiz iqtisodiyotning raqamlashuvi, mobillashuvi, sohaga sun'iy intellektning joriy etilishi bilan bog'liq muhim davrni boshdan kechirmoqda.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, elektron tijorat, raqamli texnologiya, YaIM, intensiv rivojlanish, kompyuter savodxonligi.

ВАЖНОСТЬ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ В УСТОЙЧИВОМ РАЗВИТИИ

ЭКОНОМИКИ

Байтанов Уралбой Миракул угли

Ассистент Джизакского политехнического института baytanovorol@gmail.com

Аннотация: В статье дается определение возможностей, преимуществ и недостатков развития цифровой экономики, изучаются этапы исторического развития данной сферы в масштабах развитых стран мира. В нем проанализирован уровень развития цифровой экономики в Узбекистане и на основе опыта развитых стран изложены пути дальнейшего развития этой сферы, устранения имеющихся недостатков.

Ключевые слова: цифровая экономика, электронная коммерция, цифровая техноолгия, ВВП, интенсивное развитие, компьютерная грамотность.

THE IMPORTANCE OF THE DIGITAL ECONOMY IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF THE ECONOMY

Baytanov Uralboy Mirakul ugli

Assistant of the Jizzakh Polytechnic Institute

baytanovorol@gmail.com

Abstract: Today, a lot of attention is being paid to the development of the digital economy in our country. As a result, the share of e-commerce in the economy is increasing. Therefore, our economy is experiencing an important period related to digitization, mobilization of the economy, introduction of artificial intelligence in the field.

Keywords: digital economy, e-commerce, digital technology, GDP, intensive development, computer literacy.

KIRISH

Raqamli iqtisodiyot - raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog'liq iqtisodiy faoliyat hamda shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar yig'indisidir. Ba'zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi [1].

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini beradi" [2]. Raqamli iqtisodiyot - bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo'llash asosida amalga oshirish tizimidir. Ba'zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. 1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte "raqamli iqtisodiyot" terminini amaliyotga kiritdi. Hozirda bu istilohni butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar - deyarli barcha qo'llamoqda. 2016-yilda Butunjahon banki dunyodagi raqamli iqtisodiyotning ahvoli haqida ilk marta ma'ruza e'lon qildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon "Yangi raqamli iqtisodiyot" turli xil atamalar bilan nomlanadi. Masalan, "postindustrial iqtisodiyot" (D.Bell), "Axborotlashgan iqtisodiyot" (O.Toffler), "Megaiqtisodiyot" (V.Kuvaldin), "axborot va aloqaga asoslangan iqtisodiyot" (I. Niiniluto), "texnoiqtisodiyot yoki raqamli iqtisodiyot" (B. Geyts), "bilimlarga asoslangan iqtisodiyot" (D. Tapskott). Ushbu tushunchalarni bog'lab turadigan omil - bu iqtisodiy jarayonlarning globallashuv jarayonida axborot texnologiyalarning birlamchi o'rinni egallashi bo'lib hisoblanadi.

Raqamli iqtisodiyot - bu innovatsion g'oya. Ushbu fikr Jahon banki tomonidan 2016-yil "Jahon taraqqiyoti haqida ma'ruza - 2016: raqamli dividendlar" ma'ruzasida ma'lum qilingan. Ushbu tadqiqot xulosalari mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning naqadar dolzarb va muhim masala ekanligini ko'rsatadi.

Xususan, internet tezligining 10 foizga o'sishi mamlakat YaIM o'sishiga olib keladi. Rivojlangan davlatlarda bu ko'rsatkich 1,21 foizni tashkil etsa, riojlanayotgan mamlakatlarda 1,38 foizga teng. Demak, internet tezligi 2 barobar oshadigan bo'lsa, YaIM hajmi 13-14 foiz ortishiga erishish mumkin [3].

Hozirgi kunda xizmat ko'rsatish biznesida barqarorlikka erishish ilgarigidan ko'ra, misli ko'rilmagan darajada juda qiyin bo'lib ketgan. Mustahkam raqobatli ustunlikka erishish, eng yuqori cho'qqiga chiqish hamda bu maqomni saqlab qolish oson ish emas. Xususan, Amerika statistika ma'lumotlariga ko'ra, 2000 yil Fortune -500 dan o'rin olgan kompaniyalarning 52 foizdan ko'prog'i hozirgi kunga kelib mavjud emas. Yana bir muhim ko'rsatkich: Standart & Pyurs 500 ga kiradigan kompaniyalarning o'rtacha umr uzunligi 1960-yilda 60 yilni tashkil qilgan bo'lsa, 2019-yilga kelib 15 yilga qisqargan. Yetakchilik muddatining bunday besh karra qisqarishining sababi - butun biznesning, jumladan, servis biznesining raqamli asoslarga o'tishi sanalib, biz hozirgi kunda bu hodisaning guvohi va qatnashchisi bo'lib turibmiz. Yuz minglab va hatto millionlab odamlarning faoliyatini muvofiqlashtirishni talab qiladigan yirik tashkilotlar majmui va ishlab chiqarish tizimlarini boshqarish qobiliyatining yangi sifat bosqichiga o'tildi. Alohida tashkiliy muammolar bilan bog'liq bo'lgan axborot nazariyasi, informatika, kibernetika, qarorlar nazariyasi, o'yinlar nazariyasi va boshqalar kabi yangi ilmiy yo'nalishlarning jadal rivojlanishi davom etmoqda.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Rivojlangan davlatlarning iqtisodiy hayotiga raqamli iqtisodiyotni joriy etish allaqachon boshlangan. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va raqamli texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida O'zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga raqamli

iqtisodiyotni rivojlantirmasdan erishib bo'lmaydi.

Bugun jadallik bilan kechayotgan raqamlashuv jarayoni "yangi iqtisodiy ot"ni vujudga keltirmoqda. Kam o'rganilgan va kun sayin chuqur tomir otib borayotgan bu bozor segmenti ishlab chiqaruvchilarga biznesda samarali marketing kompaniyalari uyushtirish, minimal xarajat qilib, maksimal foyda olish, tovar va xizmatlarni muvaffaqiyatli sotishning optimal usullarini taqdim etadi. Iste'molchi, xaridor va mijozlarga sifatli xizmat, qulaylik yaratiladi. Bu vaqtingiz tig'iz paytida internet orqali tushlikka buyurtma berish, mobil ilova orqali taksi chaqirish, uzoqdagi yaqiningizga pul jo'natishdan ko'ra kengroq imkoniyatlar bo'lib, transchegaraviy biznes hamkorlik, elektron tijoriy maydon, masofaviy ofis kabilarni ham qamrab oladi.

Raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes, elektron tijorat bilan bog'langan, raqamli tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan va taqdim etayotgan iqtisodiy faoliyatdir.

Raqamli iqtisodiyot yirik sanoat obyektlari ish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishda o'sish, faoliyat shaffofligini ta'minlash, mahsulot tannarxini kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar olib borgan tahlillar natijalariga ko'ra, raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oshiradi, shuning barobarida, xufyona iqtisodiyotga barham beradi [4].

Aql-zakovat va ilm - taraqqiyot qanotidir. Zamonaviy ilm-fanning cho'qqisi yuqori texnologiyalarda, raqamli olmda ko'zga tashlanadi. To'rtinchi sanoat inqilobi taraqqiyotning yangi ko'rinishi - "raqamli iqtisodiyot" boshlanganini anglatadi. Bugungi kunga kelib jahonda raqamli iqtisodiyot taraqqiy etgan 20 mamlakatda 2 trillion AQSH dollarini tashkil etayotgani hisoblab chiqilgan. Mamlakatimizda 2020-yildan boshlab transport, geologiya, ta'lim, arxiv kabi sohalarni to'liq raqamlashtirish belgilangan va bu boradagi ishlar jadal olib borilmoqda. Zamonaviy infratuzilmaga ega bo'lgan "IT-park"lar ham fikrimiz dalilidir.

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi versiyasi, Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko'rib chiqish virtual qabulxonasi "business.gov.uz" portali ishga tushirilgani raqamli iqtisodiyot rivoji yo'lidagi muhim qadamlardir.

Mamlakatimizda zamonaviy dasturlash texnologiyalarini o'zlashtirgan kadrlarni tayyorlash maqsadida "Bir million dasturchi" loyihasi ishlab chiqilib, loyiha doirasidagi mashg'ulotlarni tashkil etish uchun uzbekcoders.uz o'quv portali ishga tushirildi.

2020-yil mamlakatimizda "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb e'lon qilindi va bu boradagi ishlar endilikda yangi bosqichga ko'tarilib, Prezident Farmoni bilan mamlakatning "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasi va uni amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda avvalo telekommunikatsiya va elektron infratuzilmani takomillashtirish alohida ahamiyatga ega. Albatta, aholini internet tarmog'idan foydalanish darajasi qanchalik yuqori bo'lsa raqamli iqtisodiyot, shu jumladan elektron hukumat tizimi ham shuncha samarali faoliyat yuritadi. Yurtimiz bo'yicha internet foydalanuvchilari soni jami aholiga nisbatan 2018-yilda 46 foizni tashkil qilgan bo'lsa, 2021-yilda bu ko'rsatkich 60 foizdan yuqorini tashkil etmoqda.

Reallik bilan bog'laganda raqamli iqtisodiyot rivojlangan davlatlarda YalM hajmi ham, YalMning aholi son boshiga ulushi ham yuqoriligini ko'rishimiz mumkin. Shu jihatdan olib qaraganda, mamlakatimizda mazkur masalaga e'tibor qaratish yagona maqsadni ko'zlaydi, u ham bo'lsa, aholining yashash sharoitini yaxshilash, aholini real daromadini oshirish, qolaversa tadbirkorlikni va mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishdir.

"Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og'ir illat - korrupsiya balosini yo'qotishda ham samarali vositadir" - Prezidentimizning mazkur so'zlari raqamlashtirish nafaqat iqtisodiyot tarmoqlarida tejamkorlik va samaradorlikni ta'minlashi, balki korrupsiya va qora iqtisodiyotga qarshi kurashish uchun samarali vosita sifatida qayd etilishi bilan ahamiyatlidir.

XULOSA

Xulosa o'rnida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy jihatdan kuchli, bozor iqtisodiyoti qonunlari to'liq amal qiladigan demokratik davlat qurishga hamda mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatiga keng qulaylik yaratish va uni yuritishni soddalashtirish, yangi innovatsion g'oyalar realizatsiyasiga xizmat qiluvchi asosiy vositalardan biri ekanligi bilan alohida ahamiyatga egadir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Mirzaqul o'g, B. O. R. (2023). Hududlarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni rag'batantirish usullari.

2. Baytanov, O. R. (2017). O'zbekistonda soliq tizimini takomillashtirish orqali oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, 6, 62-68.

3. Baytanov. O'. Mamlakat eksport salohiyatini soliq imtiyozlari vositasida rag'batlantirish. Volume: 03 Issue: 03 | Mar - 2023 ISSN: 2181-2624

4. Baytanov. O'. O'zbekistonda oziq-ovqat sanoati rivojlanishining hozirgi holati. Volume: 03 Issue: 03 | Mar - 2023 ISSN: 2181-2608.

5. Rasulova D.V. Tadbirkorlik sub'ektlari eksportini rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish// Biznes va iqtisodiyotda raqamli transformatsiya// Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari // 2023-yil 21-iyun.

6. Rasulova, S., & Jabborova, Z. (2019). PRINCIPAL DIRECTIONSON THE DEVELOPMENT OF ENTREPRENEURSHIP. International Finance and Accounting, 2019(3), 18.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi "O'zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to'g'risida"gi PF-5468-sonli Farmoni

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi

bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi PF-5953-sonli farmoni 9. O'zbekiston Respublikasi Statistika Qo'mitasi rasmiy sayti https://stat.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.