Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING AHAMIYATI'

O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
171
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
RAQAMLI IQTISODIYOT / ELEKTRON TIJORAT / RAQAMLI TEXNOLOGIYA

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Baytanov O'.M.

Bugungi kunda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida esa iqtisodiyotda elektron tijoratning ulushi ortib bormoqda. Shu sababli, iqtisodiyotimiz iqtisodiyotning raqamlashuvi, mobillashuvi, sohaga sun’iy intellektning joriy etilishi bilan bog’liq muhim davrni boshdan kechirmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF THE DIGITAL ECONOMY IN THE DEVELOPMENT OF THE ECONOMY OF UZBEKISTAN

Today, great attention is being paid to the development of the digital economy in our country. As a result of this, the share of electronic commerce in the economy is increasing. There fore, our economy is experiencing an important period related to the digitization of the economy and the introduction of artificial intelligence into the field.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING AHAMIYATI»

Baytanov O'.M.

Jizzax Politexnika instituti Servis fakulteti Iqtisodiyot va menejment kafedrasi assistenti

O'ZBEKISTON IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI

IQTISODIYOTNING AHAMIYATI

Annotatsiya: Bugungi kunda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga katta e 'tibor qaratilmoqda. Buning natijasida esa iqtisodiyotda elektron tijoratning ulushi ortib bormoqda. Shu sababli, iqtisodiyotimiz iqtisodiyotning raqamlashuvi, mobillashuvi, sohaga sun'iy intellektning joriy etilishi bilan bog'liq muhim davrni boshdan kechirmoqda.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, elektron tijorat, raqamli texnologiya.

Baytanov O'.M. assistant

department of economy and management

faculty of service Jizzakh Polytechnic Institute

THE IMPORTANCE OF THE DIGITAL ECONOMY IN THE DEVELOPMENT OF THE ECONOMY OF UZBEKISTAN

Abstract: Today, great attention is being paid to the development of the digital economy in our country. As a result of this, the share of electronic commerce in the economy is increasing. There fore, our economy is experiencing an important period related to the digitization of the economy and the introduction of artificial intelligence into the field.

Key words: digital economics, electron commerce, digital technology.

Rivojlangan davlatlarning iqtisodiy hayotiga raqamli iqtisodiyotni joriy etish allaqachon boshlangan. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va raqamli texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida O'zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan erishib bo'lmaydi.

Bugun jadallik bilan kechayotgan raqamlashuv jarayoni "yangi iqtisodiyot"ni vujudga keltirmoqda. Kam o'rganilgan va kun sayin chuqur tomir otib borayotgan bu bozor segmenti ishlab chiqaruvchilarga biznesda samarali marketing kompaniyalari uyushtirish, minimal xarajat qilib, maksimal foyda olish, tovar va xizmatlarni muvaffaqiyatli sotishning optimal usullarini taqdim etadi. Iste'molchi, xaridor va mijozlarga sifatli xizmat, qulaylik yaratiladi. Bu vaqtingiz tig'iz paytida internet orqali tushlikka buyurtma berish, mobil ilova

orqali taksi chaqirish, uzoqdagi yaqiningizga pul jo'natishdan ko'ra kengroq imkoniyatlar bo'lib, transchegaraviy biznes hamkorlik, elektron tijoriy maydon, masofaviy ofis kabilarni ham qamrab oladi.

Raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes, elektron tijorat bilan bog'langan, raqamli Tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan va taqdim etayotgan iqtisodiy faoliyatdir.

Raqamli iqtisodiyot yirik sanoat obyektlari ish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishda o'sish, faoliyat shaffofligini ta'minlash, mahsulot tannarxini kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar olib borgan tahlillar natijalariga ko'ra, raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oshiradi, shuning barobarida, xufyona iqtisodiyotga barham beradi.

Aql-zakovat va ilm - taraqqiyot qanotidir. Zamonaviy ilm-fanning cho'qqisi yuqori texnologiyalarda, raqamli olmda ko'zga tashlanadi. To'rtinchi sanoat inqilobi taraqqiyotning yangi ko'rinishi - "raqamli iqtisodiyot" boshlanganini anglatadi. Bugungi kunga kelib jahonda raqamli iqtisodiyot taraqqiy etgan 20 mamlakatda 2 trillion AQSH dollarini tashkil etayotgani hisoblab chiqilgan. Mamlakatimizda 2020-yildan boshlab transport, geologiya, ta'lim, arxiv kabi sohalarni to'liq raqamlashtirish belgilangan va bu boradagi ishlar jadal olib borilmoqda. Zamonaviy infratuzilmaga ega bo'lgan "IT-park"lar ham fikrimiz dalilidir.

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi versiyasi, Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko'rib chiqish virtual qabulxonasi "business.gov.uz" portali ishga tushirilgani raqamli iqtisodiyot rivoji yo'lidagi muhim qadamlardir.

Mamlakatimizda zamonaviy dasturlash texnologiyalarini o'zlashtirgan kadrlarni tayyorlash maqsadida "Bir million dasturchi" loyihasi ishlab chiqilib, loyiha doirasidagi mashg'ulotlarni tashkil etish uchun uzbekcoders.uz o'quv portali ishga tushirildi.

2020-yil mamlakatimizda "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb e'lon qilindi va bu boradagi ishlar endilikda yangi bosqichga ko'tarilib, Prezident Farmoni bilan mamlakatning "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasi va uni amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda avvalo telekommunikatsiya va elektron infratuzilmani takomillashtirish alohida ahamiyatga ega. Albatta, aholini internet tarmog'idan foydalanish darajasi qanchalik yuqori bo'lsa raqamli iqtisodiyot, shu jumladan elektron hukumat tizimi ham shuncha samarali faoliyat yuritadi. Yurtimiz bo'yicha internet foydalanuvchilari soni jami aholiga nisbatan 2018-yilda 46 foizni tashkil qilgan bo'lsa, 2021-yilda bu ko'rsatkich 60 foizdan yuqorini tashkil etmoqda.

Reallik bilan bog'laganda raqamli iqtisodiyot rivojlangan davlatlarda YAIM hajmi ham, YAIMning aholi son boshiga ulushi ham yuqoriligini

ko'rishimiz mumkin. Shu jihatdan olib qaraganda, mamlakatimizda mazkur masalaga e'tibor qaratish yagona maqsadni ko'zlaydi, u ham bo'lsa, aholining yashash sharoitini yaxshilash, aholini real daromadini oshirish, qolaversa tadbirkorlikni va mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishdir.

"Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og'ir illat - korrupsiya balosini yo'qotishda ham samarali vositadir" - Prezidentimizning mazkur so'zlari raqamlashtirish nafaqat iqtisodiyot tarmoqlarida tejamkorlik va samaradorlikni ta'minlashi, balki korrupsiya va qora iqtisodiyotga qarshi kurashish uchun samarali vosita sifatida qayd etilishi bilan ahamiyatlidir.

Xulosa o'rnida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy jihatdan kuchli, bozor iqtisodiyoti qonunlari to'liq amal qiladigan demokratik davlat qurishga hamda mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatiga keng qulaylik yaratish va uni yuritishni soddalashtirish, yangi innovatsion g'oyalar realizatsiyasiga xizmat qiluvchi asosiy vositalardan biri ekanligi bilan alohida ahamiyatga egadir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: l.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4699-sonli qarori

2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi PF-5953-sonli farmoni

3. O'zbekiston Respublikasi Statistika Qo'mitasi rasmiy sayti https://stat.uz 4.O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy sayti https://cbu.uz/oz/ 5.O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rasmiy sayti ma'lumotlari https://mitc.uz/news/513 6.The guardin jurnali ma'lumotlari. https://www.theguardian.com/commentis

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.