Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZDA UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARINI RAQAMLASHTIRISH VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TA’LIM TIZIMIGA TA’SIRI'

MAMLAKATIMIZDA UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARINI RAQAMLASHTIRISH VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TA’LIM TIZIMIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
6
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Masofaviy ta’lim / raqamli texnologiya / raqamlashtirish / “emaktab.uz”(kundalik.com)

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sardorbek Xusnutdinov Fazliddin O’G’Li

Maqolada mamlakatimizda umumiy o‘rta ta’lim tizimida raqamlashtirish va raqamli texnologiyalarning maktablarga joriy etilishining ahamiyati, masofaviy ta’lim doirasida “emaktab.uz” online platformasining afzalliklari va kamchiliklari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZDA UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARINI RAQAMLASHTIRISH VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TA’LIM TIZIMIGA TA’SIRI»

MAMLAKATIMIZDA UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARINI RAQAMLASHTIRISH VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TA'LIM TIZIMIGA

TA'SIRI

Sardorbek Xusnutdinov Fazliddin o'g'li

Toshkent Davlat Pedagogika Universteti, Tarix Fakulteti, Ta'lim Menejment kafedrasi, Maktab

Menejment yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10800052

Annotatsiya. Maqolada mamlakatimizda umumiy o'rta ta'lim tizimida raqamlashtirish va raqamli texnologiyalarningmaktablargajoriy etilishining ahamiyati, masofaviy ta'lim doirasida "emaktab.uz " online platformasining afzalliklari va kamchiliklari tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: Masofaviy ta'lim, raqamli texnologiya, raqamlashtirish, "emaktab. uz "(kundalik. com)

Abstract. The article analyzes the importance of digitalization in the general secondary education system and the introduction of digital technologies to schools , as well as the advantages and disadvantages of the online platform "emaktab.uz" within the framework distance education

Keywords: Distance education, digital technology, digitization, "emaktab.uz"(kundalik.com)

Аннотация. В статье анализируется важность цифровизации в системе общего среднего образования и внедрения цифровых технологий в школы, а также преимущества и недостатки онлайн платформы "emaktab.uz " в рамках дистанционного образования.

Ключевые слова: Дистанционное образование, цифровые технологии, цифровизация, "emaktab. uz "( kundalik. com)

KIRISH

Hozirgi paytda "raqamlashtirish " degan atama ko'pchilikka tanish bo'lsa kerak, texnika va texnologiyalar kun sayn shiddat bilan yangilanib borayotgan davrda jamiyat hayotini osonlashtirish, dunyoqarashi va zamonga moslashuvini tubdan o'zgartirishi tabiiy holat bo'lib bormoqda. Bu holat o'qitish metodikasini yangilanishiga va ta'lim tizimida vaqt va mablag'ni tejashga, ta'limga yangicha raqamlashtirilgan turli texnologiyalarni qo'llash orqali ta'lim tizimini tez suratlarda rivojlantirishiga sabab bo'ladi.

Bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida"emaktab.uz"(kundalik.com)ning yo'lga qo'yilishi bunga bir misol sifatida ko'rishimiz mumkin. Masofaviy ta'lim, tabiatning o'zgarishi (pandemiya davri) va so'nggi texnologiyalarning ta'lim tizimiga samarali tadbiqi o'qitishni va o'qishni o'zgartirishga undaydi. Bu esa raqamlashtirilgan dunyoda o'qitish va o'rganish borasida ko'plab pedagogik tadqiqotlar o'tkazish zaruratini ifodalaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimini tubdan isloh qilish va ta'lim sifati natijalarini baholash hamda raqamli ta'limni rivojlantirish bo'yicha keng ko'lamliishlar olib borilmoqda. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 29-apreldagi "O'zbekiston respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-sonli Farmonida "PISA" (The Programme for International Student Assessment) o'quvchilarni baholash xalqaro dasturi reytingida O'zbekistonning 2025-yilda 60 talikka va 2030-yilga kelib esa, birinchi 30 ta ilg'or mamlakatlar qatoriga kiritish ko'zda tutilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF 6079 sonli ""Raqamli O'zbekiston 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari to'g'risida"gi farmonida raqamli dunyoda

raqamlashtirish, raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish, raqamli iqtisodiyot sohasida yangi loyihalarni ko'rib chiqish va raqamli ta'limni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilmoqda. Ushbu farmonda ta'lim sohasida raqamli ko'nikmalarni oshirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

ta'lim pog'onasining boshlang'ich bosqichida o'quvchilarga raqamli texnologiyalarni taqdim etish orqali raqamli ko'nikmalarni o'zlashtirish uchun imkoniyatlar yaratish, tahliliy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, kelajakda zarur bo'ladigan keng ko'lamli raqamli transformatsiya sharoitida yoshlarga bilim va ko'nikmalar berish;

yagona masofaviy ta'lim platformasini kelajakda ta'limning barcha yo'nalishlarida tatbiq etish maqsadida yaratish va amalga oshirish; o'quvchilar uchun raqamli texnologiyalardan foydalanishning umumiy darajasini oshirish maqsadida umumta'lim maktablarining asosiy o'quv dasturlariga doimiy o'zgartirishlar kiritish;

inson kapitalini rivojlantirish, shu jumladan, ixtisoslashgan ta'limni rivojlantirish hamda IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish, IT-korxonalar uchun institutsional sharoitlarni yaxshilash va ma'muriy to„siqlarni kamaytirish; maktab va maktabgacha ta'lim tizimiga raqamli transformatsiya va yangi texnologiyalar bo„yicha innovatsion o„quv dasturlarini joriy etish kabilar kiradi. NATIJALAR VA MUHOKAMA

Yuqoridagi qaror va farmonlarning ijrosini ta'minlashning tasdig'i o'laroq umumiy o'rta ta'lim maktablarda online "kundalik.com"(hozir "emaktab.uz" deb nomlanadi) platformasi joriy etildi. Ushbu platforma ota-onalarning o'z farazandlarini masofadan uzluksiz nazorat qilib borishlariga, o'qituvchilarni ish faoliyatini osonlashtirishga va o'qituvchilarni diqqat markazini faqat va faqat o'quvchilarga sifatli ta'lim berishiga zamin yaratdi. Ota-onalar elektron kundalik yordamida, uydan chiqmasdan va ishdan chalg'imasdan, o'z farzandlarining baholarini, uy vazifalarini va davomatini onlayn rejimda nazorat qilishlari mumkin. Ushbu raqamli vosita eng muhim maktab yangiliklaridan, masalan, jadvaldagi o'zgarishlardan yoki tantanali kiyimda kelish zaruratidan xabardor bo'lish imkonini beradi. Agar o'qituvchi yoki boshqa ota-onalar bilan biror masalani muhokama qilish kerak bo'lsa, buni ham tizim ichida tez va oson qilish mumkin.Elektron kundalik tufayli bolalarda darsda faolroq bo'lish, orqa partada jimgina o'tirmasdan o'z iste'dodlari va imkoniyatlarini namoyon etish uchun ko'proq motivasiya paydo bo'ladi. Bunda o'qituvchi bevosita dars paytida o'quvchining ota-onasiga sharh yozishi, bolani maqtashi yoki, aksincha, nomaqbul xulqiga e'tibor qaratishi mumkin.Shuningdek platforma o'qituvchilarga ortiqcha qog'oz hujjatlarni to'ldirishga vaqt sarflamaslikka va vaqtini ko'proq ta'lim jarayoniga ajratishga, o'qitish ishlariga ijodiy yondashishga yordam beradi. O'quvchiga bitta qog'oz kundalik bir yilga yetmaydi, elektron kundalik bu muammoni hal etadi - o'quvchi va uning oila a'zolari qog'oz kundalik qiymatiga teng summani bir marta to'lagan holda tizimdan foydalanishlari mumkin. Bolalar yashirishi, baholarni o'chirishi va to'g'irlashi mumkin bo'lgan qog'oz kundalikdan farqli o'laroq, oila xuddi shu narxga ta'lim platformasidan foydalanish bo'yicha zamonaviy vositaga ega bo'ladi. Kundalik tizimida qo'shimcha foydali funksiyalar ko'zda tutilgan, xususan: zarurat bo'lganida masofadan turib shug'ullanish, foydali onlayn-materiallardan foydalanish imkoniyati. Endi ota-onalarda shunchaki baho qo'yiladigan daftar uchun emas, balki uning zamonaviy raqamli analogi uchun to'lash imkoniyati mavjud.Tadqiqotlar natij alariga ko'ra, bolalar hatto karantin davrida ham elektron kundalik yordamida muvaffaqiyatli ta'lim oldi, ko'proq motivasiyani hamda uy vazifalarini, sinf ishlarini bajarishda mustaqillikni namoyon etishdi. Kundalik tizimi o'quvchilarning o'zlashtirish darajasini hamda davomat ko'rsatkichlarini oshirishga ko'maklashadi, bolalar o'quv jarayoniga faolroq jalb etiladi.Xalqimizda bir ajoyib maqol bor : " Guruch kurmaksiz bo'lmaydi " deganlaridek " emaktab.uz" online platformasining o'ziga yarasha

kamchiliklari bor. Ko'p oila farzandlari, ayniqsa, qishloq joylardagi o'quvchilar "emaktab.uz" tufayli bu quvonchdan bebahra qolishyapti. Chekka hududlardagi maktab o'quvchilarining 15-20 foizigina katta ekranli ijtimoiy tarmoqlarga bemalol kira oladigan telefonlardan foydalanadi. Mavsumiy ish bilan shug'ullanadigan ba'zi ota-onalar pulni telefonga sarflagandan ko'ra uyga biror narsa olganim ma'qul deydi. Yana ba'zi ota-onalar borki, YouTube, Tik-tokdan ortib, farzandining bahosiga qiziqmaydi. O'quvchilarning ota-onalari : "Qog'oz kundalik yaxshi edi, kundalik daftar yo'qligi sababli farzandim darsga qiziqmay qo'ydi, hatto dars jadvalini ham bilmay qolyapti", deb ta'kidlashmoqda. Shaharda bu tizim o'zini oqlayotgandir, lekin qishloqlarda buning aksi bo'lmoqda.Bundan tashqari ba'zi o'qituvchilarning fikricha : "Qog'oz kundalik va qog'oz jurnal yaxshi edi. O'quvchi uchun bahoning qadri, jurnalga qo'yilgan bahoning qiymati, mas'uliyati bor edi. Ko'z oldida qo'yilgan baho ular uchun ogohlantirish, hushyorlik, ruhlantirish edi. Endi-chi, internetimiz ishlasa qo'yamiz, bo'lmasa kompyuter xonasiga chiqib wi-fidan foydalanamiz. O'quvchilarimning o'qishi sustlashganini ko'rib, rasmiy bo'lmasa-da, qog'oz kundalikka o'rgatdim. Ishonasizmi, hammasi jonlanib qoldi. Darsliklar joyida, "5" baho olish uchun o'zaro raqobatda, davomat ham yaxshi (chunki bir kun kelmasa, "5"lar soni bo'yicha o'rtoqlaridan ortda qolaman deb o'ylaydi) bo'lib qolgan. Ota-onalar ham kundalikdagi vazifalarga qarab qiynalmay farzandlari bilan shug'ullanishyapti. Ko'pchiligi telefonlari yo'qligi sababli kunda nazorat qilolmayotgan ekan" deb ta'kidlagan.Ko'rinib turganidek, "emaktab.uz" platformasining O'zbekiston ta'lim tizimiga moslashishiga yana biroz vaqt borligini ta'kidlash lozim.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, raqamli texnologiyalarni umumiy o'rta ta'lim maktablariga joriy etish foydali bo'lishi bilan qatorda ba'zi kamchiliklarini ham tuzatib yana takomillashtirib "O'zbek ta'lim tizimi"ga moslashtirish zarur va muhimdir. Buning natijasida o'quvchilarning o'zlari mustaqil o'rganishi, shaxsiy o'rganishga moslashishi va o'zini ustida ishlashi kabi qobiliyatlari rivojlanadi. Dars jarayonlari raqamli kontekntda jonli olib borish va darslarda interfaol topshiriqlarni berish, virtual lobaratoriyalarda o'rganish talabalarni yanada fikrlashlarini o'stiradi. O'zi qiziqqan sohadagi kasbiy kompetensiyalari rivojlanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 -yil 5-sentabrdagi PF-5538- sonli "Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 997-sonli qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabedagi PF 6079 sonli ""Raqamli O'zbekiston 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari to'g'risida"gi farmoni.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.