Научная статья на тему 'RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI ROLI'

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI ROLI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
13
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli texnologiyalar / masofaviy ta’lim / internet / gipermatn

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xamidova Komila Maxmudovna

Maqolada hozirgi kunda ta’lim jarayonida (axborot – kommunikatsiya, zamonaviy telekomonikatsiya vositalaridan foydalanishning afzalliklar) masofaviy ta’limning samarali usullarini rivojlantirish. “Maktab, ota-ona, mahalla, elektron muloqot platformasini yaratish haqida so’z yuritiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI ROLI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI ROLI

Xamidova Komila Maxmudovna

Xalqaro Nordic Universiteti magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.10678109

"Agar biz kecha o'qiganimiz kabi bolalarimizni o'qitsak, biz ularni kelajagini o'g'rilagan bo'lamiz.

(Jon Dyui)

Annotatsiya. Maqolada hozirgi kunda ta'lim jarayonida (axborot- kommunikatsiya, zamonaviy telekomonikatsiya vositalaridan foydalanishningafzalliklar) masofaviy ta'limning samarali usullarini rivojlantirish. "Maktab, ota-ona, mahalla, elektron muloqot platformasini yaratish haqida so'z yuritiladi

Kalitso'zlar: raqamli texnologiyalar, masofaviy ta'lim, internet, gipermatn,

Kirish.Bugungi kunga kelib axborot tizimlari har bir sohaning rivojlanishida innovatsion g'oyalarni amalga oshirishga imkon bermoqda. Jahonda ta'lim olish jarayonlarini tashkil etish boshqarish hamda sifat darajasini oshirishga xizmat qiluvchi axborot tizimlariga talab yuqori bo'lmoqda.

Ayniqsa oliy ta'lim sohasiga axborot tizimlarinijoriy qilish va undan samarali foydalanish ushbu sohaning tendensiyasiga ijobiy ta'sirqilmoqda.

Raqamli transformatsiya deyarli har qanday faoliyat sohasiga taalluqlidir.U ta'limga keldi va biz zamonaviy maktablar, kollejlar va OTM lari interfaol vositalardan foydalanayotganini, o'quvchilar elektron kundaliklarni yaratishni, audio va videotarkibini yaratishni, qo'shma loyihalarni amalga oshirayotganini, o'qituvchilar ijtmoiy tarmoqlar orqali maslahat berayotganini ko'rmoqdamiz. Zamonaviy texnologiyalar an'anaviy ta'lim bilan o'qitishni amalga oshirib bo'lmaydigan usullardan foydalanishga imkon berayotgani, ya'ni axboot texnologiyalar tobora o'sib kelayotgan avlod uchun muhim tafakkur vositasiga aylanib bormoqda. 2024-yil 5-fevralda SH.Mirziyoyev rahbarligida o'tkazilgan videoselektrda "Yoshlar o'rtasida ommalashgan ijtimoiy tarmoqlarni tahlil qilish,ularning zararli oqibatlari ta'siridan himoyalsh va ijobiy tomondan foydalanish choralarini ko'rish,"Maktab, ota-ona, mahalla"zanjiri asosida elektron muloqot platformasini ishga tushirish vazifasi qo'yildi".

Bu tizim ,shubhasiz, bizga tarqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini

egallashimiz zarur va shart-sharoitlat yaratilishiga zamin tayyorlaydi. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'ldan borish imkoniyatini beradi.

Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib

bormoqda. Bugungi globallashib borayotgan davrda yoshlarni milliy ruhda tarbilash, ularga ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanishga o'rgatish, huquqbuzarlikka qarshi immunitet hosil qilish zarurati har qachongidan muhim masala bo'lib qolmoqda.

Adabiyotlar tahlili

Chirchiq davlat universiteti professor o'qituvchilari Nurmuhammad Duisinov, Bekjan Akhmedovlar elektron resurslarni yaratish texnologiyalari mavzusida faoliyat yuritib "Couserlab" dasturining afzaliklari, kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, ma'lumotingizni boshqalarga qanday yetkazish, multimediya elektron ta'lim resurslarini yaratishning usullari haqida

tushunchalar asoslab bergan. Multimediya texnologiyalari (multi-ko'p, media-muhit) - bir vaqtning o'zida ma'lumot taqdim etishning bir nechta usullaridan foydalanish imkonini beradi: matn, audio va video deb ta'kidlaydi.

Matn, rasm va obyektlarni qo'yish, taqdimotlarni yaratish mexanizmini soddalashtirish va axborot oluvchini ma'lumotlar bazasidan foydalanishida qulayliklar keltirish ,elektron darsliklar orqali keng ommani ta'limga bo'lgan ehtiyojini qondirish dolzarb masala ekanligi talqin etilgan. Andijon mashinasozlik instituti Dotsenti Xoldarboy Raximjonov, Abduvaxobova Robiyaxon Abdusamat qizi "Elektron darsliklar yaratish texnologiyalari" mavzusidagi maqolasida ham yangi axborot texnologiyalari sohasida gipermedia tizimlarini qo'llash, rivojlanib borayotganligi, bunday texnologiyalarasosida takkomillashtirilgan o'quv materiallari, chuqurlashtirilgan hamda kengaytirilgan kurslar animatsion lavhalardan foydalanish haqida so'z yuritadi. Bizga ma'lumki inson intelektining katta hajmdagi axborotlatni yodda saqlab qolish imkoniyati cheklangan gipermatnlar esa murakkab darajadagi axborotlarni saqlaydi va tashkil etadi.

Natija va tahlilar.

Raqamli savodxonlik zamonaviy dunyoda hayot uchun, raqamli texnologiyalar va internet resurslaridan xavfsiz va samarali foydalanish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar to'plamidir. Onlayn rejimlarni yaratish va saqlash, yirik va murakkab bo'lgan onlayn ijtimoiy tarmoqlarni boshqarish qobiliyati hisoblanadi.

Bugungi kunda raqamli savodxonlik masalasi ham professional ham jamiyat, ham ta'lim sohasidan alohida e'tibor talab qilmoqda. Birinchi navbatda, ta'lim berishda raqamli identifikatsiya tizimini yaratish masalasini hal etishga e'tibor qaratish lozim. Barcha vositachilarni olib tashlash va yagona ta'lim platformasini yaratish davr talabiga aylandi. Bu xarajatlarning sezilarli darajada kamayishi hamda fuqarolar va inson omili ta'sir sifatining optimallashuviga olib keladi.

Pedagogik ta'lim muhitini raqamlashtirish, ta'lim muassasasi faoliyatining barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni joriy qilishni nazarda tutadi va pedagog kadrlarning tegishli kasbiy tayyorgarligi, ularning raqamli kompetensiyalarini shakllantirish va baholashni talab etadi. Ta'lim oluvchilarning raqamli texnologiyalar sohasida savodxonligini rivojlantirishga yo'naltiradi.

Raqamli texnologiyalarni ta'limga integratsiyalash pedagogik metod va yondashuvlarni takomillashtirish, ta'lim oluvchilar uchun ta'limni personallashtirish jihatidan yangi imkoniyatlar taqdim qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzurida 2018-yil 28-noyabrda "INNOVATION TEXNOLOGY AND STRATEGY CENTER" markazi tashkil etilgan. ISTM tomonidan 20 dan ortiq loyihalar, ta'lim tizimini raqamlashtirish, bolalarni maktabga qabul qilish tizimini soddalashtirish, masofaviy ta'limni va maktabdan tashqari ta'lim yo'nalishlarini yaratish uchun texnologiyalar ishlab chiqildi. Markazning birinchi va muvaffaqiyatli loyihalaridan biri -"Prezident maktablarini tashkil etish (2019-yil)shuningdek, "Onlayn qabul","Zamonaviy maktablar" va boshqa loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

ISTM dunyoning 18 dan ziyod xalqaro va xorijiy hamkorlar bilan uzviy bog'langan holda faoliyat olib boradi.

Mamlakatimizda ta'limga oid Maktab.uz (2021-yil fevralda tashkil etilgan, asosiy fanlar bo'yicha 7700 ta videolar, 2500 ta taqdimot, 500 ta o'quv materiallar) Smartland 1000 dan ortiq o'yinlar."Ta'lim media group"(2019- yilda tashkil etilgan Bilimland 40000 ortiq inter darslar 141 qo'llanma,106 ta virtual labaratoriya.)

ZiyoNet (47309 foydalanuvchisi mavjud. 111727 ta resurs 5570 sayt 8240 audio manbalar mavjud). Bundan tashqari Prof ta'lim, EDU KIDS ,Khan academy, Ta'lim.uz va bir qancha ta'lim plotformalari mavjud. Bugungi kunda O'zbekistonning qariyib 31 million aholisi internetdan foydalanishi va 29,5( mamlakatimizning doimiy aholisi 36 milliondan ziyod) million nafari mobil internet orqali tarmoqqa ulanishi ma'lum qilindi. Ammo respublikamizda tashkil etilgan ta'lim resurslarining har birida bir millionga kuzatuvchisi yo'q. Davlat tomonidan tashkil etilgan bu sayt va plotformalar nafaqat yoshlarimizni balki katta yoshdagi iste'molchilarni bilim zahirasini kuchaytirishga omil bo'lib xizmat qiladi. Ota-onalarimiz, yoshlarimiz xattoki nuroniy onaxon va otaxonlarimiz internetning You tube, Telegramm, Twitter, Whatsapp, Instagram tarmoqlarida soatlab o'z vaqtlarini o'tkazishdan charchamaydilar.

Maktab o'quvchilarining ta'lim -tarbiya jarayonini nazorat qilish uchun ota-onalar «Kundalik.com» tizimiga obuna bo'lish zarur, aksari hollarda ota-onalar faqatgina obuna bo'lish bilan cheklanib qolmoqda nazorat qilishga esa loqaydlik bilan qaraydi. «Mazkur tizimning afzalliklari shundaki, bu orqali, avvalo, ota-ona o'quvchining darslardagi ishtirokini har kuni nazoratga olishi, o'qituvchi bilan muloqot qilishi, kunning hohlagan vaqtida kuzatish imkoniyati mavjud.

Agar ota-ona ta'lim muassasalari bilan hamkorlik olib borib, birgalikda farzandiga ta'limning eng qulay shakllaridan onlayn tartibdagi masofaviy bilim olishiga,ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishlarida e'tiborini kuchaytirsagina O'zbekistonda kelgusida tashkil etilayotgan ta'lim- tarbiyaning mazmuniga va 2025-yilda o'tkaziladigan PISA xalqaro tadqiqotlarida rejalashtirilgan yuqori ko'rsatkichlarga erishishimiz mumkin. Ta'kidlanishicha, bu nuqtai nazardan, pedagoglarni aynan ta'lim realligini raqamlashtirish jihatidan tayyorlashning yangi mazmunlarini belgilash, rejalashtirish, aniqlash maqsadga muvofiq.

Raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta'lim, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha kompleks choratadbirlar amalga oshirilmoqda.

Raqamli texnologiyalar zamonaviy ta'lim jarayoni o'qituvchi va

ota-ona o'rtasida muntazam muloqot olib boorish yo'lga qo'yilgan. Ta'lim sohasida raqamlashtirish vositalaridan foydalanish o'quv jarayonini individuallashtirishga va istalgan qulay vaqtda, istalgan qulay joyda o'qish imkoniyatini oshirishga yordam beradi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan axborot texnologiyalari asrida ta'lim tizimini yangi imkoniyatlarini kashf etish va yanada samaraliroq foydalanish borasida izlanishlar olib borishga undaydi. Jahonning ta'lim tizimi sohasida Koreya Respublikasi eng yaxshilaridan biri hisoblanadi va PISA tadqiqoti natijalariga ko'ra aynan Koreyalik o'quvchilar fahrli uchlikdan joy olgan. Koreya keng polosali Internet va ovozli aloqadan foydalanadigan yuqori texnologiyali mamlakatlardan biri sifatida yetakchi o'rinni egallaydi. Mamlakatda raqamlashtirish dasturini ishga tushirish va amalga oshirishda asosiy rol davlatga tegishli. Raqamli ta'lim kontseptsiyasi ta'lim dunyosi tizimiga 90-yillarning oxirida faol kiritila boshlandi, Koreyada "Kelajak maktabi" maktab o'quvchilarini nafaqat o'zgarishlarga, balki elektron ta'limga ham tayyor bo'lishga o'rgatish uchun innovatsion loyihaga aylandi. Shuningdek, va electron ta'lim, ulkan axborot oqimlarida orientatsiya, raqamli bilan ishlash texnologiyalarini o'rgatdi. "Smart-school" (Aqlli maktablar bu umumiy ta'lim muassasalarini to'liq kompyuterlash tirish va maktab o'quvchilariga axborot resurslaridan foydalanishni o'rgatishdir.

Rossiyada mahalliy tajribani tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, Rossiyada axborot -komunikatsiya texnologiyalari jadal yangilanadi va takomillashtiriladi. Bu bizga o'quvchining o'zgaruvchan ehtiyojlarini tez va moslashuvchan muvofiqlashtirishga imkon beradi, ijtimoiy sohadagi jarayonlarning o'zgarishi qanday sodir bo'lishini aksettiradi va sezilarli qiladi. Garchi ta'lim tizimi so'nggi o'nyillikda axborot ta'lim texnologiyalari o'quv jarayonida muhim o'rin bera boshlagan bo'lsada, ular ta'limning an'anaviy shakllari bilan bir qatorda muvaffaqiyatli ildiz otadi. Xalqaro tajribaga asoslanib respublikamizda ham ta'lim sohasida raqamli ko'nikmalarni oshirish maqsadida tadbirlar amalga oshirishilmoqda. Ta'lim pog'onasining boshlang'ich bosqichida o'quvchilarga raqamli texnologiyalarni taqdim etish orqali raqamli ko'nikmalarni o'zlashtirish uchun imkoniyatlar yaratilmoqda. 2024-yilning yanvar oyidan birinchi sinf o'quvchilariga axborot texnologiyalari fani o'qitilishi belgilab qo'yilgan bo'lib, o'quvchilarning tahliliy vatan haqida fikrlashini rivojlantirish, kelajakda zarur bo'ladigan keng ko'lamli raqamli transformatsiya sharoitida bilim va ko'nikmalarni oshirishga xizmat qiladi.

Umum ta'lim muassasalarini rivolantrish uchun yagona masofaviy ta'lim platformasini kelajakda ta'limning barcha yo'nalishlarida tashkil etish raqamli texnologiyalardan foydalanishning umumiy darajasini oshirish, umum ta'lim maktablarining asosiy o'quv dasturlariga o'zgartirishlar kiritish, texnologik kasblar va innovatsion faoliyat sohasida o'qishni tashkil etishga qaratilgan yuqori samarali xalqaro amaliyotni ta'lim tizimiga joriy etish muhim masala sifatida ahamiyat kasb etishi kerak.

Xulosa qilishimiz mumkinki, ta'lim sohasida raqamlashtirish vositalaridan foydalanish o'quv jarayonini individuallashtirishga va istalgan qulay vaqtda, istalgan qulay joyda o'qish imkoniyatini oshirishga yordam beradi. Ta'limni o'zgartirishning muhim tendentsiyalari sifatida o'qitishning interaktiv shakllari, amaliyotga yo'naltirilgan ta'limning rolini oshirish va o'quv tarkibidagi akademik komponentning rolini kamaytirish taklif etiladi. Ta'limni boshqarish tizimining tasnifi asosli mezonlar to'plamiga muvofiq berilgan. Jamiyatdagi jadal o'zgarishlar ta'lim tizimini modernizatsiya qilishni vata'limning barcha daraj adagi raqamli o'zgarishi sharoitida uzluksiz ta'lim texnologiyalarini joriy etishni talab qilishi ko'rsatilgan. Shunday qilib, o'quv jarayonini raqamlashtirishning barcha vositalari ta'lim uchun muhim ro'l o'ynaydi. Shuni ta'kidlash mumkinki, raqamli iqtisodiyotda sanab o'tilgan tendentsiyalar va o'qitish vositalari zamonaviy avlodga xos xususiyatlardan kelib chiqadi. Mobil texnologiyalar davrida o'quv jarayonini raqamlashtirishning ro'li rasmiy va norasmiy ta'lim uchun tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston respublikasi prezidenti matbuot xizmati/5.02.2024 "

2. Zamonaviy ta'limning rivojlanishida raqamli taxnoligiyalarning o'rni."A.X.Maxmudov Scientefic lirary of Uzbekistan.WWW.ares.uz.

3. ISTM.uz "Korparativ PROFAYL 2018-2021"

4. "O'zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 31 milliondan oshdi. https://www.gazeta.uz/oz/202/12/15/internet-users

5. WWWxanakademiyasi.uz

6. Maktab.uz saytlari

7. Ziyonet.uz saytlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.