jort^
gi
TA'LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASH AHAMIYATI
Saidova Saida , Ma'murjon Jonuzoqov
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Ilmiy rahbari: p.f.f.d dotsent Toshtemirova Saodat Abdurashidovna
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada ta'lim tizimida axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanish va ularni izchil o'raganish. Raqamlashtirishning afzalliklari samaradorlikni oshirish, talabalar faolligini oshirish, shaxsga qaratilgan ta'lim va yangi o'qitish usullaridan foydalanishni o'z ichiga oladi.
Kalit so'zlar. Texnoligiya, raqamlashtirish, resurs, raqamli transformatsiya, ilmiy bazalar, modernizatsiya, raqamli muhit,axborot tizimlari, vertual texnologiya
Bugungi kunda mamlakatimizda tizimli va izchil ravishda olib borilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlar o'z natijasini ko'rsatmoqda, universitetlarimiz akademik va moliyaviy mustaqillikka erishdi, o'zining maqsad va vazifalarini belgilab, zamon talablariga moslashish hamda bugungi kun va kelajak uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatiga egadir. Amalga oshirilayotgan islohotlarning shu asnoda davom ettirilishi, ta'lim tashkilotlari tomonidan qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlari hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko'rsatib o'tilgan oliy ta'lim tizimidagi ustuvor vazifalar ijrosi sifatli ta'minlanishi mamlakatimizda ta'limning yuqori cho'qqilarga chiqishiga va eng asosiysi yoshlarimiz xalqaro miqyosda raqobatbardosh bo'la oladigan yuqori malakali kadr bo'lib yetishishiga xizmat qiladi.Raqamlashtirish ta'lim va boshqaruv uchun yangi imkoniyatlar yaratib, ma'lumotlar yig'ish va tahlil qilish, o'zaro hamkorlik va muloqot qilishni osonlashtirdi. Raqamlashtirishning afzalliklari samaradorlikni oshirish, talabalar faolligini oshirish, shaxsga qaratilgan ta'lim va yangi o'qitish usullaridan foydalanishni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, raqamlashtirish universitetlarni, o'quv dasturlarini, professor-o'qituvchilarni, xodimlarni va resurslarni boshqarishni osonlashtiradi.Talabalarning o'zlashtirish ko'rsatkichlarini oshirish, ularda zarur kompetensiyalarni shakllantirish orqali ishga joylashish ko'rsatkichlarini ko'paytirish hamda turli vositalar orqali ma'lumotlarni yetkazish va tushuntirish usullarini qo'llagan universitetlar nufuzi oshishi hamda ularda mazkur imkoniyatlar orqali qo'shimcha foyda olishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi orqali boshqalarga nisabatan ustunlik shakllanadi.Mazkur yo'nalishda Toshkent davlat yuridik universitetida ham bir qator yutuqlarga erishilganlikni ko'rsatib o'tish mumkin. Xususan, mamlakatimiz prezidentining 2020- yil 29 -aprelda "O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan
October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
966
jort^
takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmonida [1].
Yuridik ta'lim va fanni yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari belgilanib, ular qatorida «Elektron universitet» (E-University) tizimini joriy etgan holda ochiq, shaffof, sub'yektivlik va suiiste'molchiliklardan xoli bo'lgan ta'lim muhitini yaratish vazifasi ko'rsatilgan. Shunga asosan, Toshkent davlat yuridik universitetida tizimli ishlar amalga oshirilib, bir qator elektron tizimlar ishlab chiqildi va joriy etildi. Jumladan, talabalar uchun har qanday masala yuzasidan elektron murojaat qilish imkoniyati yaratildi hamda yagona darcha tamoyili asosida faoliyat yurituvchi maxsus Talabalarga xizmat ko'rsatish markazi joriy etildi, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari hamda ilmiy rahbarlarni tanlash elektron tizimi yaratildi, to'lov-shartnomasini elektoron ravishda olish hamda to'lovlar bo'yicha qarzdorlikni onlayn nazorat qilib borish mexanizmi ishga tushirildi.Ta'kidlash kerakki, hozirgi vaqtda talabalar oldingilarga qaraganda nihoyatda farq qiladi. Endilikda ularning zamonaviy talablari va ehtiyojlari mavjud bo'lib, zamonaviy oliy ta'lim xizmatini ko'rsatuvchilar ularga munosib bo'lishlari lozim.2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi[2] "fan, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq bugungi kunda butun mamlakat bo'ylab 1 148 ta yangi baza stansiyasi o'rnatildi va foydalanishga topshirildi. 1483 ta muassasada joylashgan tayanch stansiyalarni modernizatsiya qilish orqali keng polosali Internet xizmatlarini ko'rsatish mumkin bo'ldi.Ushbu jarayonlardan yaqqol ko'rinib turibdiki ta'lim tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada keng ko'lamli bo'lishini ko'rsatib beradi.Muayyan tarixiy taraqqiyot davrida sodir bo'layotgan hodisalarning in'ikosi tabiiy ravishda milliy yondashuvlarda o'z aksini topadi. Bu esa uning ta'sirida fuqarolar o'rtasida muayyan munosabatlarni qaror toptiradi. SHu sababli jamiyatda kechadigan shaxslararo munosabatlar o'zining huquqiy yechimiga ega bo'lishi zarur.
OTMda raqamli ta'lim muhitini yaratish hamda ko'rsatiladigan ta'limiy xizmatdan foydalanish milliy qonunchilik asoslariga ko'ra tartibga solinadi. Hozirda bu nafaqat bolaga bevosita jismoniy kuch va g"ayrat bag"ishlovchi muhitni, balki ta'lim sub'ektlarining sa'y-harakatlari bilan yaratilgan raqamli texnologiyalar tarmog'ini shakllantirishga doir bir-biriga bog'langan pedagogik chora-tadbirlar muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga, raqamli muhit insonlar uchun nafaqat xavf-xatarlarlar tug'diruvchi jarayon, balki ularning yangi ko'rinishdagi turmush tarzi, faoliyati va munosabatlari majmuidir. Raqamli muhitning xavf-xatarlari, birinchi navbatda, maxfiylik, tarmoqdagi ma'lumotlarning xavfsizligi va foydalanishning noaniqligi, shuningdek, uning mavjudligi maqsadlarini belgilaydigan moliyalashtirish masalalari bilan bog'liq.
October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
967
jort^
Mahalliy ta„limning o'zgarishi ta'lim mazmuni va uning tizimini o'zgartira oladigan axborot muhitining ta'siri bilan bog'liq bo'lib, biroq bu hanuzgacha istiqboldagi ijtimoiy-pedagogik vazifalar kontekstida hisobga olinmagan. Bugungi kunda ta'limdagi raqamli transformatsiyaning ustuvor yo'nalishlari va maqsadlari har bir bolaning muvaffaqiyati va raqobatbardoshligini ta'minlashga qaratilgan ommaviy yagona ta'limdan individual ta'limga o'tish sifatida belgilab qo'yilgan. Masofadan ishlash, o'rganish va boshqa aloqalarning o'sishi, shuningdek, kelajak avlodlardan samarali hamkorlik va ijobiy munosabatlarga yordam beradigan ma'lum turdagi ijtimoiy va hissiy intellekt (EI)ga ega bo'lishni talab qiladi. Bu yangicha ko'nikma hisoblanib, biroq u hech qanday mavjud muloqot tarzi va o'zaro ta'sirni o'zgartirmaydi. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda yangi raqamli ta„lim muhitini yaratish yuzasidan bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ4851-sonli "Axborot texnologiyalari sohasida ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlar to'g'risida"gi [3] Qarori asosida "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasini amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta'minlashning muhim shartlari va u bilan bog'liq jarayonlar belgilab berildi. Mamlakatimizda 2020-yilni "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb nomlanishi bilan birga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy-intellektual va moliyaviy resurslarni to'liq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanish, istiqbolda ilmfanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yo„nalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko„tarish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktabrda PF-6097-sonli "Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" Farmoni qabul qilindi [4].Ta'limning raqamli transformatsiyasi - bu o'quv reja va dasturlar, ta'lim mazmuni, ta'lim metodi va shakllarini yangilash, shuningdek, jadal rivojlanayotgan raqamli muhitda har bir talaba erishgan natijalarni baholashni tubdan yaxshilash jarayonidir. Ta'limni raqamli transformatsiyasi — "Raqamli yetuklikka" erishish jarayoni hisoblanib, uning natijasida ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini umumlashtiruvchi axborot tizimlari yig'indisidan iborat raqamli ta'lim muhiti shakllanadi. Ta'limda raqamli texnologiyalardan foydalanish boshqa sohalarga nisbatan dolzarb hisoblanadi. Bugungi kunda raqamli ta'lim texnologiyalar ta'lim tizimining barcha bosqichlarida qo'llanilmoqda. Ushbu texnologiyadan foydalanish uchun avvalo uning imkoniyatlari bilan bog'liq bilim, ko'nikma va malakalar bo'lishi lozim. Ana shundagina raqamli ta'lim texnologiyasidan kutilgan samaraga erishiladi. Oliy ta'lim muassasalarida raqamli texnologiyalardan
October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
968
g
m
foydalanish ko'p sonli elektron darslik va elektron o'quv qo'llanmalarni ta'lim jarayonida qo'llash va u orqali o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish, masofaviy ta'limni yo'lga qo'yish, bosqaruv faoliyatini masofaviy tashkil etish, talabalar fikrmulohazalarini doimiy bilib borish, avtomatlashgan nazorat sinovlarini tashkil etish, elektron o'quv manbalarini o'zida mujassam etgan katta ilmiy bazalarni shakllantirish, virtual va kengaytirilgan reallik texnologiyalarini joriy qilish, kompyuter fanlarida kompyuter texnikasi va ko'p sonli dasrturlardan samarali foydalanishda namoyon bo'ladi. Raqamli texnologiya o'qitish jarayonidagi o'zgarishlarni amalga oshiradigan yagona katalizator hisoblanadi. Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish yuqori darajadagi fikrlash qobiliyatlari va kontseptual tushunishni rivojlantirish uchun taqdim etilgan va ko'p hollarda talabalarning ijodkorligi, tasavvurlari va muammolarni hal qilish ko'nikmalarini yaxshilovchi innovatsion pedagogik modellarni nazarda tutadi.
REFERENCES
[1]. 2020 yil 29 aprelda "O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmon
[2]. 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
[3]. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ4851-sonli "Axborot texnologiyalari sohasida ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlar to'g'risida"gi
[4]. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktabrda PF-6097-sonli "Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" Farmoni qabul qilindi.
[5].A.X.Maxmudov. Zamonaviy ta'limni rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning o'rni // Academic research in educational sciences. 2021. №NUU Conference 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/zamonaviy-talimnirivozhlantirishda-ra-amli-tehnologiyalarning-rn
https://cspi.uz/
Republican Scientific and Practical Conference
October 20, 2023