Научная статья на тему 'MASOFAVIY TA’LIMNING ELEKTRON-MODULLI DIDAKTIK TA’MINOTI'

MASOFAVIY TA’LIMNING ELEKTRON-MODULLI DIDAKTIK TA’MINOTI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

78
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta‟lim / pedagogika / masofaviy ta‟lim / elektron-modul / didaktika / ta‟minot / tajriba.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shukurullo Qo‘Ldoshevich Mardonov, Onaxon Mannapovna Jabborova

maqolada raqamli texnologiya asoslaridan biri masofaviy ta‟limning elektronmodulli didaktik ta‟minoti asoslari to„g„risida fikr yuritilgan va metodik tavsiyalar taqdim qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MASOFAVIY TA’LIMNING ELEKTRON-MODULLI DIDAKTIK TA’MINOTI»

g

MASOFAVIY TA'LIMNING ELEKTRON-MODULLI DIDAKTIK

TA'MINOTI

Shukurullo Qo'ldoshevich Mardonov

O'zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiot instituti Tillarni intensiv o'qitish texnologiyalari bo'limi boshlig'i, Pedagogika fanlari doktori, professor

shmardonov@mail. ru

Onaxon Mannapovna Jabborova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi mudiri Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori o. jabborova@mail.ru

maqolada raqamli texnologiya asoslaridan biri masofaviy ta'limning elektronmodulli didaktik ta'minoti asoslari to'g'risida fikr yuritilgan va metodik tavsiyalar taqdim qilingan.

Kalit so'zlar: ta'lim, pedagogika, masofaviy ta'lim, elektron-modul, didaktika, ta'minot, tajriba.

Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida ta'lim tizimini takomillashtirish, uning sifat ko'rsatkichlariga erishish va ta'lim berish asoslarini yangilash vazifalari qo'yilgan [1]. Bu jarayonda ta'limning turli shakllarini joriy etish muhim ahamiyatga egadir. Shu jihatdan masofaviy ta'limning elektron-modulli didaktik ta'minotini ishlab chiqish metodikasi bo'yicha tushunchalarga ega bo'lish zaruriyat hisoblana di. Bu o'rinda ana shu masalaning tahliliga e'tiboringizni tortamiz.

Masofaviy ta'lim xususiyatlari. Mamlakatimiz ta'lim tizimida 2020 yildan boshlab COVID-19 pandemiyasi ta'siri sababli ta'limning masofaviy shaklidan foydalanish amaliyoti yo'lga qo'yildi. Bu borada dastlabki tajribalar yuzaga kelganligini ta'kidlab o'tish lozim. Ayni paytda, oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak o'qituvchilarni masofaviy ta'lim texnologiyasining asoslari bilan tanishtirish dolzarb bo'lib turibdi. Shu jihatdan masofaviy ta'limning quyidagi xususiyatlariga e'tibor bering:

1) masofaviy ta'lim ommaviy ravishda kompyuter, yer sun'iy yo'ldoshi, televideniya, radio kabi axborot

ANNOTATSIYA

kommunikatsion texnik vositalar asosida amalga oshiriladi;

October 20, 2023

g

2) masofaviy ta'lim bilim olish va layoqatni rivojlantirishda ijobiy yondashuvni ta'minlaydi;

3) masofaviy ta'limda ta'lim oluvchiga keng ko'lamli yo'nalish berish imkoniyati bor;

4) mamlakatning eng chekka hududlarida istiqomat qiluvchi ta'lim oluvchilarning ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlari mavjud;

5) masofaviy ta'limda ta'lim beruvchi tashkil etuvchi, ta'lim oluvchi esa mustaqil o'zlashtiruvchi vazifalarini bajaradi.

Shu sababli dunyo mamlakatlarida masofaviy ta'lim texnologiyasiga asosiy e'tibor qaratilmoqda [2]. Ko'pchilik pedagoglar masofaviy ta'limda o'zlashtirish jarayonini kuzatish imkoniyati cheklangan, deb hisoblaydi. Aslida o'zlashtirish jarayonini tekshirish uchun tegishli topshiriqlar, vazifalar va ko'rsatmalar kompyuterli dasturdagi masofaviy ta'lim o'quv materiallarida aks etishi kerak. Asosiy e'tibor ta'lim oluvchining kerakli mavzular bo'yicha tushunchaga ega bo'lishiga qaratiladi. Shu jihatdan pedagogik masofaviy ta'limda asosiy masala ta'lim nazariyasi, tarbiya metodi va o'qitish texnologiyalarini o'zlashtirish hisoblanadi. Aynan mana shu masalalarga e'tibor berish masofaviy ta'limning mazmuknini to'g'ri tushunish imkonini beradi.

Masofaviy ta'limning elektron-modulli ta'minoti tuzilmasi. Bugungi kunda kompyuter ta'lim dasturiga asoslangan elektron-modulli ta'minotni yaratish muhim hisoblanadi. Chunki umumiy o'rta ta'lim maktablarida informatika fani vositasida kompyuter texnologiyasiga asoslangan o'qitish jarayonlari bo'yicha ko'nikmalar berilmoqda. Shu jihatdan masofaviy ta'lim elektron-modulining tuzilishi quyidagilarga asoslanadi:

1) muayyan mavzu bo'yicha o'quv materiallarining elektron nushasini tayyorlash va ularda asosiy e'tiborni eng muhim ma'lumotlarni ifodalashga qaratish;

2) o'quv materiallarini o'zlashtirish bo'yicha metodik tavsiyalar, topshiriqlar va vazifalarni ifodalash;

3) o'zlashtirish jarayonini nazorat qiluvchi topshiriqlar, vazifalar va tavsiyalarni aks ettirish.

Ana shu uch komponentdan iborat tuzilma asosida elektron-modulli o'quv materiallari tayyorlanadi va kompyuterning maxsus dasturida joylashtiriladi. Mazkur o'quv materiallarini o'zlashtirish muddati, topshiriqlarni bajarish vaqti va uni baholash mezonlari alohida ko'rsatiladi. Buning natijasida ta'lim oluvchi istalgan vaqtda mavzuni o'zlashtirish, topshiriqlarni

bajarish va baholash nazoratidan o'tish imkoniyatiga ega bo'ladi.

October 20, 2023

g

g

Masofaviy ta'limning muhim jihati shundaki, asosiy e'tibor amaliy o'zlashtirish jarayoniga qaratiladi. Shuningdek, shahar hududlarida istiqomat qilayotgan mohir pedagoglarning individual tajribalarini ommalashtirish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini beradi. Ayni paytda, masofaviy ta'limda o'qitish jarayoni ustuvor bo'lishini ta'kidlab o'tish lozim. Shu sababli masofaviy ta'limning o'qitish jarayonida ta'lim beruvchi ta'lim oluvchining tarbiya ko'nikmalarini shakllantirishga e'tibor berishi maqsadga muvofiq bo'ladi [3]. Buning uchun ta'lim beruvchi turli savollar yoki suhbatlar vositasida ta'lim oluvchining tarbiya ko'nikmalarini tarkib toptirishga e'tibor berishi kutilgan samarani beradi.

Elektron-didaktik ta'minotni tayyorlashda quyidagi ta'moyillarga asoslanish

shart:

1) ilmiylik;

2) tushunarlilik;

3) ko'rgazmalilik;

4) tizimlilik;

5) ketma-ketlilik;

6) variativlik.

Misol uchun, varitivlik tamoyili asosida o'quv materiallarining bir necha variantlarini taqdim etish mumkin. Bu bilan ta'lim oluvchiga o'quv materiallarini tanlash huquqi beriladi.

Elektron-o'quv modulining turlari. Kompyuyetli dastur asosida tayyorlanadigan elektron-o'quv moduli bir necha turlarda tayyorlanishi mumkin. Ayni paytda, bugungi kunda quyidagi uch tur keng amalda ekanligini eslatib o'tish joiz:

1) informatsion shakldagi nazariy elektron o'quv moduli;

2) amaliy shakldagi elektron o'quv moduli;

3) nazorat shaklidagi elektron o'quv moduli.

Nazariy shaklidagi elektron o'quv modulida muayyan fanning barcha masalalari qamrab olinadi va kompyuter dasturi imkoniyatlariga asosan o'quv materiallari keng ko'lamda tayyorlanadi.

Amaliy shakldagi elektron o'quv modulida o'zlashtirilgan materiallarni topshiriqlar vositasida mustahkamlash materiallari aks etadi. Buning uchun ta'lim beruvchi turli variantdagi topshiriqlarni ta'lim oluvchiga taqdim etishi kerak bo'ladi.

Nazorat shaklidagi elektron o'quv modulida murakkab savollar majmuasi o'z aksini topadi. Ular vositasida o'zlashtirish

jarayoni chuqurlashtiriladi va ta'lim oluvchini faollashtiriladi.

October 20, 2023

g

g

E'tibor berilsa, masofaviy ta'limning elektron-modulli didaktik ta'minoti muhim xususiyatlar va imkoniyatlarga egaligi bilan diqqatni tortadi. Shu sababli oliy pedagogik ta'lim muassasalarida quyidagilarni tashkil etish maqsadga muvofiq

1) majburiy pedagogik o'quv fanlarida masofaviy ta'lim bo'yicha bo'lajak o'qituvchilarning bilim va ko'nikmalarini shakllantirishga e'tibor berish;

2) "Masofaviy ta'limning elektron-modulli ta'minoti" maxsus kursini tashkil

qilish;

3) "Talabalar Akademiyasi" tuzilmasi mashg'ulotlarida masofaviy ta'limning elektron-modulli ta'minotini yaratish bo'yicha talabalarni yo'naltirish.

Bunday yondashuv bo'lajak o'qituvchilarni masofaviy ta'lim asoslari va uning elektron-modulli ta'minoti bo'yicha ko'nikmasini kutilgan darajada tarkib toptirish imkonini beradi.

Shunday qilib oliy pedagogik ta'lim jarayonida masofaviy ta'limning elektron -modulli ta'minoti asoslarini chuqur o'zlashtirish taqozo etiladi. Chunki kelgusida masofaviy ta'limdan keng foydalanish ehtimoli mavjud.

REFERENCES

1. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. // www.ziyonet.uz

2. Mardonov Sh.Q. Pedagogika fanidan o'qitishning elektron-modulli didaktik ta'minotini ishlab chiqish texnologiyasi. - Chirchiq, 2021

3. Jabborova O., Saparbayeva D. Boshlang'ich ta'limda mustaqil ta'limni tashkil etish metodikasi. - Chirchiq, 2023

bo'ladi:

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.