Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
PROFESSIONAL TA'LIMDA ZAMONAVIY DIDAKTIK VOSITALARINI QO'LLASHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Sanaqulovich To'rabekov Farxod
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Innovatsion ta'lim" kafedrasi dotsenti
Komola Abduvohid qizi Sadikova
Dilmurodovich Sharipov Begzod
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistratura talabalari
Bugungi kunda OTM larida bo'lajak professional ta'lim o'qituvchilarini tayyorlashni zamonaviy didaktik vositalari xususan, elektron darsliklar, elektron o'quv qo'llanma, elektron masalalar to'plami, elektron trenajyorlar, elektron praktikumlar, elektron ma'lumotnomalar, elektron ensiklopediyalar, avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari, elektron o'quv metodik-majmua (EO'MM), mabil ilovalar va shu kabi boshqa ko'plab zamonaviy didaktik vositalarisiz tasavvur etish qiyin. Shu bois, hozirgi zamon professional ta'limida zamonaviy didaktik vositalari tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.
Professional ta'lim tizimida zamonaviy didaktik vositalarining ahamiyati ularning qo'llanilishi bosqichlari va darajalari bilan belgilanadi [41] (1-rasm). Birinchi bosqichda zamonaviy didaktik vositalari an'anaviy ta'lim shakllari va o'qitish metodlari doirasida alohida pedagogik vazifalarni hal qilish vositasi sifatida qo'llaniladi.
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
bu bosqichda zamonaviy didaktik vositalari o'quv jarayonini boshqa o'quv-metodik vositalar bilan baravar holda qo'llab-quvvatlashni ta'minlaydi. Zamonaviy didaktik vositalarining o'rni va uning bajaradigan vazifalari ta'limni tashkil etishning shakllangan tamoyillari bilan belgilanadi. Boshqacha aytganda, ushbu bosqichda zamonaviy didaktik vositalari nofaol tarzda qo'llaniladi, ya'ni ta'lim tizimining o'zgarishiga deyarli ta'sir etmaydi.
Zamonaviy didaktik vositalarining professional ta'limda faol qo'llanilishi ikkinchi va uchinchi bosqichlarda yaqqol namoyon bo'ladi. Bu shu bilan belgilanadiki, zamonaviy didaktik vositalar an'anaviy o'quv-metodik vositalarga nisbatan yangi imkoniyatlarni ta'minlaydi, ko'pgina mavjud funksiyalar yanada yuqori sifat bilan amalga oshiriladi.
Zamonaviy didaktik vositalarning asosiy afzalliklari bo'lib quyidagilar hisoblanadi: ta'lim oluvchiga o'ziga qulay zamonaviy didaktik vositalari bilan ishlash joyi va vaqtini, o'qish sur'atini tanlashga imkon beradigan o'quv materialini mustaqil o'zlashtirish (mustaqil ta'lim olish) uchun shart-sharoitlar yaratilishi; ta'limni yanada chuqurroq individuallashtirish va uning variativligini (ayniqsa, ta'lim oluvchining joriy tayyorgarlik darajasi va qiziqishlar doirasiga moslashtiriladigan zamonaviy didaktik vositalari) ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratilishi; o'rganilayotgan ob'ektlar va jarayonlarning modellari (shu jumladan, amaliyotda tanishish qiyin bo'lgan modellar) bilan ishlash imkoniyati; o'rganilayotgan ob'ektlarning uch o'lchamli virtual obrazlarini taqdim etish va birgalikda ishlash imkoniyati; noyob axborot materiallarini (slaydlar, rasmlar, qo'lyozma, videolavhalar, ovozli yozuvlar va boshqalar) multimedia va mabil ilova shaklida taqdim etish imkoniyati; nazoratni avtomatlashtirish, bilim va ko'nikmalarni yanada ob'ektiv baholash imkoniyati; bilim va ko'nikmalarni nazorat qilish uchun takrorlanmaydigan topshiriqlar sonini avtomatik tarzda generatsiya qilish imkoniyati; axborotni izlash (gipermatn, gipermedia, avtomatlashtirilgan ko'rsatkichlar, tayanch so'zlar bo'yicha izlash, butun matn bo'yicha izlash va boshqalar) imkoniyati; ilg'or psixologik-pedagogik metodikalarni (o'yinli va musobaqali ta'lim shakllari, eksperiment o'tkazish, virtual holatga "sho'ng'ish" va boshqalar) samarali qo'llash uchun yaratilgan imkoniyatlar.
Yuqorida qayd etib o'tilgan mulohazalar zamonaviy didaktik vositalarini didaktik va funksional nuqtai nazardan tavsiflaydi.
Zamonaviy didaktik vositalarining texnologik afzalliklariga quyidagilar kiradi: ishlab chiqish tezkorligining oshishi; yangilash, rivojlantirishning osonligi va nusxalarini ko'paytirishning osonligi, Internet orqali foydalanishi va tez tarqatilishi.
Ta'limda zamonaviy didaktik vositalarining faol qo'llanilishining ahamiyati shundan iboratki, ular nafaqat ma'lum pedagogik vazifalarni hal qilish vositalari Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 316 www.ares.uz
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
sifatida foydalaniladi, balki didaktika va metodikaning rivojlanishiga turtki beradi, o'qitish va ta'limning yangi shakllarini yaratishga imkoniyat yaratadi. Masofaviy ta'lim Internet texnologiyalarining keng tarqalishi natijasida jadal rivojlanadi. Multimedia, kompyuter grafikasi, mabil ilovalar va trenajyor tizimlari texnologiyalari, shuningdek raqamli ma'lumotlarni zichlashtirish metod va algoritmlarining rivojlanishiga, kasbiy faoliyat sharoitini imitatsiya qiluvchi virtual voqelikka "kirish" orqali foydalaniladigan o'qitish metodikalarini ishlab chiqishga turtki beradi. Bundan tashqari, kompyuterli tarmoq trenajyorlar sinfining yaratilishi ishbilarmonlik va musobaqa o'yinlari (kasbiy tayyorgarlik va malaka oshirishda kasbiy musobaqa va ishbilarmonlik o'yinlari avvaldan qo'llanilib kelinsada, lekin zamonaviy didaktik vositalari ularni tashkil etish va o'tkazish sifatini sezilarli oshiradi shaklidagi mashq qilish metodikasining rivojlanishiga ham imkoniyat yaratadi).
Metodika va didaktikaning rivojlanishida zamonaviy didaktik vositalari hal qiluvchi ahamiyatga ega. O'quv jarayonida zamonaviy didaktik vositalaridan foydalanish natijasida (ta'lim sifatini oshirish; o'quv tadbirlarini tashkil etish va o'tkazishga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish; o'qituvchilar yuklamasi va metodik vazifalarni qayta taqsimlash, nostandart o'quv topshiriqlarini tayyorlash, ta'lim oluvchilar bilan individual ishlash va boshqalar natijasida) o'quv jarayonini o'quv-metodik vositalar bilan ta'minlashning tezkorligi ta'minlanadi.
Ta'limga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish quyidagilarning hisobiga amalga oshiriladi: o'qituvchining ayrim vazifalarini (tayanch o'quv materialini bayon etish, ko'p sonli nazorat topshiriqlarini tayyorlash va tekshirish, ta'lim oluvchilarning dastlabki tayyorgarligi, bilim va ko'nikmalari darajasini joriy baholash va boshqalarni) zamonaviy didaktik vositalariga yuklash; bosma, o'quv-metodik qo'llanmalarga ehtiyojni kamaytirish; o'quv jarayonining moddiy-texnik ta'minoti vositalari (bino, laboratoriya jihozlari va boshqalar) ga yuklamani kamaytirish; o'quv tadbirlarini o'tkazish joylariga borishga harajatlarni kamaytirish va boshqalar.
Qayd etilganlardan ko'rinib turibdiki, ta'limning zamonaviy tizimida aniq o'quv-metodik vositalarni tanlash ehtiyoji tug'ilganda zamonaviy didaktik vositalariga o'qitishning an'anaviy vositalariga nisbatan ko'proq ustuvorlik beriladi. Ammo, bu ustuvorlik zamonaviy didaktik vositalarining o'qitishning an'anaviy vositalarini butunlay siqib chiqarishini yoki ularni almashtirishni anglatmaydi. Zamonaviy didaktik vositalarining ham o'ziga xos kamchiliklari bor. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: Zamonaviy didaktik vositalari bilan ishlash uchun mos dasturiy ta'minotga ega bo'lish; kompyuterda ishlash ko'nikmasini egallash zarurligi; kompyuter ekranida katta hajmdagi matnli materiallarni idrok qilishning Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 317 www.ares.uz
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
murakkabligi; zamonaviy didaktik vositalarining interfaolligining yetarli emasligi; o'quv rejasi bajarilishini bevosita va muntazam nazorat qilish imkonining yo'qligi. Bu kamchiliklar ob'ektiv xarakterga ega. Afsuski, ular qatoriga zamonaviy didaktik vositalarini loyihalash jarayonida yaratuvchilar tomonidan yo'l qo'yiladigan konseptual noaniqliklar natijasi bo'lgan sub'ektiv kamchiliklar ham kiradi. Shu bois zamonaviy didaktik vositalarini o'quv jarayoniga an'anaviy o'quv-metodik vositalar bilan majmuaviy qo'llash maqsadga muvofiq.
REFERENCES
1. Hamidov J. A. Kasb ta'limi o'qituvchilarini tayyorlashda o'qitishning zamonaviy didaktik vositalarini yaratish texnologiyasi // Monografiya.-Toshkent, "Sano-standart" nashriyoti. 2017.- B. 160.
2. Hamidov J.A. Zamonaviy o'qitish texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari // Kasb-hunar ta'limi.-Toshkenet, 2007.- № 2.-B.20-21.
3. А.Ж. Сейтов, Ф.Х. Абдумавлонова. Решение геометрических задач с помощью математического пакета MAPLE. Academic research in educational sciences, 2021. T.2 №6 Pp.933-941.
4. S.Kh.Khasanova A.J.Seytov, A.J. Khurramov, S.N.Azimkulov, M.R.Sherbaev, A.A.Kudaybergenovю. Optimal control of pumping station operation modes by cascades of the Karshi main canal. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology, 2021. Tom 8. №4. Pp. 17177-17185.
5. А. Ж. Сейтов А. Р. Кутлимурадов Р. Н. Тураев Э. М. Махкамов Б. Р. Хонимкулов. Оптимальные управления водных ресурсов крупных магистральных каналов с каскадом насосных станций ирригационных систем. academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 21811385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-13852021- 00193. Стр. 265- 273.
6. А.В. Кабулов, А.Ж. Сейтов, А.А. Кудайбергенов. Критерий управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. ILIM ham JAMIYET. Стр. 6-8
7. АЖ Сейтов, БР Ханимкулов, М Гаипов, О Хамидуллаева, НК Мурадов. Численные алгоритмы решения задач оптимального academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 8 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-153-160 Academic Research, Uzbekistan 159 www.ares.uz Управления объектами
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
каршинского магистрального канала. Academic research in educational sciences. T. 2 № 3 pp. 1145- 1145.
8. А.Ж. Сейтов, Б.Р. Ханимкулов, М.А. Гаипов, М.Р. Юсупов. Зарафшон дарёси окимининг хосил булишига атмосфера ёгинлари ва хаво хароратининг таъсири. Academic research in educational sciences. T.2 №5. Стр. 156-162.
9. A.A. Kudaybergenov A.J. Seytov, A.R. Kutlimuradov, R.N. Turaev, N.K. Muradov. Mathematical model of optimal control of the supply canal to the first pumping station of the cascade of the Karshi main canal. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. T. 8 № 3 pp. 1679016797.
10. A.J.Seytov, A.J. Khurramov, S.N.Azimkulov, M.R.Sherbaev, A.A.Kudaybergenov. S.Kh.Khasanova. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. T. 8 №2 ISSN: 2350-0328. Pp. 1717717185.
11. Рахимов Ш.Х., Сейтов А.Ж. Теоретико-множественная модель насосной станции, оснащенная осевыми поворотно-лопастными насосными агрегатами. Материалы республиканской научной онлайн конференции молодых ученых «современные проблемы математики и прикладной математики» посвященной 100 летию академика С.Х.Сираждинова (21 мая 2020 г.) Стр. 78-82.
12. Сейтов А. Ж., Кудайбергенов А. А., Хонимкулов Б. Р. Моделирования двумерного неустановившегося движения воды на открытых руслах на основе проекционного метода. сборник докладов Республиканской научнотехнической конференции «Инновационные идеи в разработке информационно -коммуникационных технологий и программных обеспечений» 15-16 мая 2020 года. САМАРКАНД. Стр. 60-63.
13. Рахимов Ш. Х., Сейтов А. Ж., Кудайбергенов А. А. Критерии управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. Abstracts of IX International Scientific and Practical Conference Kharkiv, Ukraine 2-4 August 2020. Стр. 125-131.
14. Mekhriban Salaeva, Kakhramon Eshkaraev, Aybek Seytov. Solving mathematical problems in unusual ways with excellent limits. European Scientific Conference. Пенза, 17 мая 2020 года рр. 254-257.
15. А.Сейтов. Оптимальные методы управления водных ресурсов в крупных магистральных каналах ирригационных систем. AGRO ILM - O„ZBEKISTON QISHLOQ VA SUV XOJALIGI. Махсус сон. 2020. Ташкент. Стр. 84-86.
16. Ш.Х. Рахимов, А.Ж. Сейтов, А.А. Кудайбергенов. Оптимальное управление распределением воды в магистральных каналах ирригационных систем. ILIM Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 319 www.ares.uz
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
ham JAMIYET. SCIENCE and SOCIETY Scientific-methodical journal Series: Natural-technical sciences. Social and economic sciences. Philological scienes. pp. 810.
17. А.В.Кабулов, А.Ж.Сейтов, А.А.Кудайбергенов, Критерий управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. ILIM ham JAMIYET. science and society Scientific-methodical journal Series: Natural-technical sciences. Social and economic sciences. Philological scienes №2 2020. Pp.6-7.
18. Ш. Х. Рахимов, А. Ж. Сейтов, М. Р. Шербаев, Д. Жумамурадов, Ф. Ж. Дусиеров. Структура базы данных и программные модули для моделирования управления водными ресурсами каскада насосных станций каршинского магистрального канала. Мелиорация 2019 3(89) стр. 85-91. (№5, web of science IF=0.144)
19. А. Ж. Сейтов А. Р. Кутлимурадов Р. Н. Тураев Э. М. Махкамов Б. Р. Хонимкулов. Оптимальные управления водных ресурсов крупных магистральных каналов с каскадом насосных станций ирригационных систем. academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 21811385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: (№5, web of science IF=5.723)